ru
Feedback
GENERALISSIMUS

GENERALISSIMUS

Открыть в Telegram

Haq olinur, berilmas! ©️ Mahmudxója Behbudiy Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала GENERALISSIMUS

Канал GENERALISSIMUS (@u_generalissimus) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 132 869 подписчиков, занимая 385 место в категории Политика и 350 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 132 869 подписчиков.

Согласно последним данным от 13 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 1 255, а за последние 24 часа — 260, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 36.44%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 32.35% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 48 383 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 42 950 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 125.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Haq olinur, berilmas! ©️ Mahmudxója Behbudiy Aloqa uchun: @Fieldmarshal_uz

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 14 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Политика.

132 869
Подписчики
+26024 часа
+4597 дней
+1 25530 день
Архив постов
#rasmiy Yangiyo‘l tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ataullayev Odiljon Qosimovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
#rasmiy Yangiyo‘l tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ataullayev Odiljon  Qosimovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida mas'ul lavozimda ishlab kelayotgan San’at Shakirovich Jumaniyazov nomzodini tavsiya qildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan S. Jumaniyazov Yangiyo‘l tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Тошкент шаҳар ҳокимлиги нега ўзи реклама масаласига ёпишиб олган? Шуғулланишга бошқа соҳа йўқми? @u_generalissimus

👍 RASMIY MUNOSABAT   Toshkent shahrida reklama sohasida faoliyat olib boruvchi bir qator tadbirkorlik subyektlariga binolarning tom qismida joylashgan reklama konstruksiyalarini demontaj qilish talabi qoʻyilayotganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Biznes-ombudsman tomonidan ushbu masala nazoratga olingan boʻlib, quyidagilar maʼlum qilindi.   “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, reklama joyining pasporti — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat boʻlib, ushbu hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) unda koʻrsatilgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga, mulk shaklidan qatʼi nazar, oʻrnatish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.    "Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida"gi Qonunning 12-moddasiga koʻra, manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tugʻdirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash maʼmuriy organlarga taqiqlanadi.   Qolaversa, "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonunning 41-moddasiga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.   Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan Toshkent shahar hokimligiga reklama pasportlari amalda boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, qabul qilinadigan qarorlarda qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilish boʻyicha xulosa kiritilgan.   Shu bilan birga, agar ushbu jarayonda tadbirkorlarning mulkiy huquqlari yoki qonuniy manfaatlari buzilsa, Biznes-ombudsman oʻz vakolatlari doirasida ularning huquqlarini, shu jumladan, sudlarda ham himoya qiladi. @u_generalissimus

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi rahbarlari va masʼul xodimlarini kelgusida pora olmasligi uchun qamoqqa olib
+3
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi rahbarlari va masʼul xodimlarini kelgusida pora olmasligi uchun qamoqqa olib borishibdi. @u_generalissimus

Санъатбек Шакирович Жуманиязов Янгийўл тумани ҳокими этиб тайинланди. Бунга қадар у Вазирлар Маҳкамасида масъул лавозимда фаолият юритган. @u_generalissimus

Янги тайинланган "свежий" терговчилар @u_generalissimus
+1
Янги тайинланган "свежий" терговчилар @u_generalissimus

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрациясининг Комплаенс хизмати ташкил этилганига роппа-роса 1 йил бўлди. Шу қ
Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрациясининг Комплаенс хизмати ташкил этилганига роппа-роса 1 йил бўлди. Шу қисқа давр мобайнида хизмат ва унга бўйсунувчи ички назорат бўлинмалари томонидан салмоқчли ишлар амалга оширилди. Ўйлайманки, келгусида тараққиётимиз натижалари ҳисоб-китоб қилинганда, комплаенс хизмати ва унинг ҳалол ходимлари мамлакатимиз ривожи учун катта ҳисса қўшган бўладилар. Барча ватанпарвар ва виждонли ходимларни чин дилдан табриклайман ва келгуси ишларига омад тилайман. @u_generalissimus

photo content

Нотариал палата нотариусларнинг тушуми камайиб кетганлиги сабабли тўловларни оширишни сўраб Адлия вазирлигига бир қатор эътирозларини билдирибди. Шунингдек, улар адлия вазирининг яқинда қабул қилинган буйруғидан ҳам норозилигини маълум қилган. @u_generalissimus

Депутатлар бирон марта бўлса ҳам, бу таклиф қилган номзодинг бўлмайди, биз тасдиқламаймиз деганмикана? Шунақаси бўлишини тириклигимда кўриш орзу бўлиб қолмасин, ҳурматли депутатлар😁! @u_generalissimus

Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat yoki cheklovlar yuklatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tadbirkorlar ishtirokida muhokama qilinishi hamda ular tartibga solish ta’siri bo‘yicha ijobiy baholangan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.
🔴 Bundan tashqari, loyihada tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalarning turlari, muddatlari hamda tartibini qamrab olgan alohida reyestr yuritish, mas’uliyatli biznes yuritish mezonlarini belgilash, shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilmoqda.
🔴 Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasi atroflicha tahlil qilinib, deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek tadbirkorlik subyektlari va ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar tahlil qilindi.
🔴 Muhokamalar natijasida qonun loyihasining bir qator normalari aniqlashtirildi va takomillashtirildi. Jumladan, loyihadagi prinsiplar, xususiylashtirish natijalariga oid kafolatlar, tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llashga oid va boshqa ko‘plab qoidalar qayta ko‘rib chiqildi, ayrim normalar amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirildi. Huquqiy noaniqliklarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritildi.
🔴 Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulk daxlsizligini mustahkamlash hamda iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini kengaytirishga xizmat qiladi.
🔴 Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi. @u_generalissimus

Bekobod shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Babayev Nasrulla Nurillayevich egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Zoyir M
Bekobod shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Babayev Nasrulla Nurillayevich egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Zoyir Mirzayev Bekobod shahar hokimi lavozimiga Ismoilov Narimonjon Noʻmonovich nomzodini tavsiya qildi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan N. Ismoilov Bekobod shahri hokimi etib tasdiqlandi. @u_generalissimus

Онасини эмсин, қонуний мурожаатингни ҳал қилишлари учун илтимос қилишинг керак😂бу қанақа иш тутуми бўлди. Керак бўлса, тезлаштиришлари учун пора беришинг лозим, жин урсин. @u_generalissimus

Болаларни қийнаган боғчанинг лицензияси бекор қилинди. @u_generalissimus

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik sub
+3
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda. 🚨 Xususan, loyihada tadbirkorlik subyektlarining tengligi, ishonchning himoya qilinishi, mulk daxlsizligi, tadbirkorlikka oid qonunchilikning barqarorligi va aniqligi tadbirkorlik faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida belgilanmoqda. 🚨 Loyiha bilan davlat tomonidan samarali qo‘llab-quvvatlash va rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratilmoqda. 🚨 Shuningdek xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish cheklanmoqda hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmasligi nazarda tutilmoqda. 🚨 Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar reyestrining huquqiy asoslarini mustahkamlash nazarda tutilmoqda. Bunda agar biror-bir talab ushbu maxsus Reyestrga kiritilmagan bo‘lsa, tadbirkor uni bajarmagani uchun javobgarlikka tortilmasligi nazarda tutilmoqda. @u_generalissimus

Mehnat kodeksi 333-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun qabul qilindi! 🚫 Mazkur hujjat mehnat munosabatlarini rasm
+2
Mehnat kodeksi 333-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun qabul qilindi! 🚫 Mazkur hujjat mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xodimlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
🚫 Xususan, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati qisqartirilmoqda. Ya’ni, taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, fuqaroni ishga qabul qilishda asosan uning shaxsiy identifikatsiya raqami talab etiladi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar esa harbiy guvohnoma yoxud harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etadi.
🚫 Shu bilan birga, mehnat munosabatlarini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Endilikda, elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya (Face-ID) orqali tasdiqlangan hujjatlar yuridik jihatdan qo‘lda imzolangan hujjatlar bilan tenglashtirilmoqda.
🚫
Qonun loyihasida mehnat jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga doir normalar ham o‘z aksini topgan. Jumladan, bunday holatlarni
taqiqlash, ularning oldini olish va jabrlangan xodimlarni himoya qilish
choralari belgilanmoqda.
🚫 Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lash muddati buzilgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilmoqda. 🚫 Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

❗️18 нафар ички ишлар органи ходими хизмат вазифасини бажариш чоғида вафот этган.
2026 йилнинг ўзида 18 нафар ходим хизмат вазифасини бажариш чоғида вафот этган. Уларнинг ёрқин хотираси эса қалбимизда мангу яшайди. Шу билан бирга 78 нафар сафдошларимиз турли хавфли вазиятларни бартараф қилиш жараёнида жароҳатланган.
Ички ишлар вазири ўринбосари Рамазон Ашропов @u_generalissimus

Китоб туманида қутуриш касаллигидан одам ўлдими? Расмий изоҳ берилди. @u_generalissimus
Китоб туманида қутуриш касаллигидан одам ўлдими? Расмий изоҳ берилди. @u_generalissimus

🔴 ✅ Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yich
+4
🔴 ✅ Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq yashirin narkolaboratoriyalarda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda prekursorlardan foydalanish holatlari ortib borayotgani mazkur sohada huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishni talab etmoqda. ✅ Amaldagi qonunchilikda prekursorlarning muomalasiga oid qoidalarni buzganlik uchun alohida javobgarlik nazarda tutilmagani ayrim huquqbuzarliklarning huquqiy bahosiz qolishiga sabab bo‘lmoqda. Qonun loyihasi aynan ushbu bo‘shliqni bartaraf etishga qaratilgan. ✅ Mazkur loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga prekursorlarning muomalasiga oid qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi yangi norma kiritilmoqda. Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilganda Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda. ✅ Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ushbu toifadagi ishlarning tegishliligi va ularni ko‘rib chiqish vakolatlarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda. _______________________ ✅ Отмечено, в последние годы в стране реализуется комплекс широкомасштабных мер по борьбе с наркоманией и организованной наркопреступностью. Наряду с этим рост случаев использования прекурсоров при изготовлении синтетических наркотических средств в подпольных нарколабораториях требует дальнейшего совершенствования правовых механизмов в данной сфере. ✅ Отсутствие в действующем законодательстве отдельной ответственности за нарушение правил оборота прекурсоров приводит к тому, что некоторые правонарушения остаются без правовой оценки. Законопроект направлен на устранение данного правового пробела. ✅ Данным законопроектом предусматривается внесение в Кодекс об административной ответственности новой нормы, устанавливающей административную ответственность за нарушение правил оборота прекурсоров. Кроме того, предусматривается установление уголовной ответственности в соответствии с Уголовным кодексом в случае повторного совершения данного правонарушения после применения административного наказания. ✅ Наряду с этим в Уголовно-процессуальный кодекс и Кодекс об административной ответственности вносятся изменения, направленные на четкое определение дел данной категории и полномочий по их рассмотрению. 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽ Yoshlar parlamenti

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma
+3
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olmagan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. 🚫 Shuningdek, tasdiqnomada belgilanmagan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikni belgilash hamda ushbu turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini Davlat mehnat inspeksiyasi, ichki ishlar organlari va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga berilishi taklif qilinmoqda. @u_generalissimus