JavaHere
Kanalga Telegramāda oātish
Software Engineer @ Google IT - Lifestyle - Sport
Ko'proq ko'rsatish2 215
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-97 kun
-5030 kun
Postlar arxiv
2 215
Repost from MOBILERS
42.uz Loyihasida Yangilik!
Endi siz Android dasturlash asoslarini 42.uz loyihasi orqali o'rganishingiz mumkin.
Darslar Yusuf Abdullaev tomonidan yozib boriladi.
šDarsga Havola
@Mobilers_uz
2 215
Repost from N/a
Decorator Design Pattern
O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!
ššš
Telegram | Youtube
2 215
Assalamu alaykum!
Segment Tree mavzusi haqidagi birinchi dars tayyor:)
1 soat vaqt ajrating va ich-ichidan o'rganib oling.
Asosiy qismlar:
(00:00:00) - Kirish
(00:01:19) - Minimum Element masalasi - brute force
(00:04:00) - Minimum Element masalasi - dp
(00:09:12) - Minimum Element masalasi - Segment Tree
(00:18:17) - Segment Tree - GET
(00:23:34) - Segment Tree - UPDATE
(00:26:45) - Segment Tree ni xotirada qanday saqlaymiz?
(00:29:38) - Segment Tree da qanday harakatlanamiz?
(00:31:10) - Segment Tree ni kodda qanday yozamiz?
(01:00:36) - Xulosa
Do'stlarga ulashishni unutmang.
O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!
ššš
Telegram | Youtube
2 215
Repost from Doniyor Tojikhonov | Blog
HENNGE xalqaro kompaniyasida dasturchilar uchun amaliyot (internship) dasturi
Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan HENNGE xalqaro cloud security kompaniyasi, dasturchilik yo'nalishida ta'lim olayotgan va yangi universitet bitiruvchilari uchun to'liq moliyalashtirilgan amaliyot (internship) dasturini taklif etadi. Saralab olingan nomzodlar Tokio shahrida joylashgan HENNGE kompaniyasining bosh ofisida 4-6 xafta davomida o'z tajribalarini oshirishlari mumkin bo'ladi.
Talablar
ć¼Nomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak. Bunda nomzodlar yapon tilini bilishlari shart emas.
ć¼Nomzodlar kamida universitetda 3-kurs talabasi yoki universitetni yaqinda tamomlagan bo'lishlari kerak.
ć¼Nomzodlar universitetda computer science yoki engineering yo'nalishlarida ta'lim olayotgan yoki bitirgan bo'lishlari kerak.
ć¼Nomzodlar istalgan dasturlash tillaridan birini bilishlari kerak.
Foydali tomonlari
ć¼Viza homiyligi va tibbiy sug'urta.
ć¼Yaponiyaga kelib ketish avia chiptasi.
ć¼Amaliyot davomida foydalanish uchun mobil telefon.
ć¼Turar joy, ovqatlanish, transport xarajatlarini qoplash uchun maosh.
Ushbu dastur ishga qabul qilishdan oldingi jarayonning bir qismi bo'lib, amaliyot tugagach ushbu kompaniyada ishlash uchun shartnoma ham olishingiz mumkin.
Amaliyot haqida ushbu havola orqali ko'piroq ma'lumot olishingiz mumkin.
@Doniyor_Tojikhonov
2 215
Boshqa vodiylar
Men ham faqatgina Android ni o'rganib qolmasdan Backend va Fronted tomonlarga sarguzashtlar qilishga qaror qildim.
Devbridge.com ning o'zi uchun junior dasturchilar tayyorlaydigan academy si bor ekan. Bu academy ni menga taklif qilgan Tohir aka ga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Endi Spring va React borasida ham kerakli bilimlarni egallab odamlarga yanada ko'proq foyda keltirishga harakat qilaman.
Bu academy ga kirish 2 ta qadamdan tashkil topgan:
1. Imtihon
2. Telefonda suhbat
Imtihon - tanlagan yo'nalishingizga qarab har xil bo'ladi. Men "Spring va React" ni tanlaganim uchun Java, Javascript, SQL, Logic (Mantiq) bo'yicha bo'ldi.
Telefonda suhbat - bu qismda esa "behavioral interview" bo'ldi. Savollar biror yangi narsa o'rgansam uni qanday tarzda o'rganishim, loyiha tugay deganda biror muammo chiqsa uni qanday bartaraf qilishim, nima uchun dasturlashdagi bu sohani tanlaganim va shunga o'xshash narsalar haqida bo'ldi.
Shunday qilib, Azimjon aka aytganidek kichik-kichik lekin to'xtovsiz(consistency) qadamlar bilan "Bollar biz yutdik" va "Bollar biz yutamiz", Inshalloh.
2 215
Boshqa vodiylar
Men ham faqatgina Android ni o'rganib qolmasdan Backend va Frontend tomonlarga sarguzashtlar qilishga qaror qildim.
Devbridge.com ning o'zi uchun dasturchilar tayyorlaydigan academy si bor ekan. Bu academy ni menga taklif qilgan Tohir aka ga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugundan shu yerda oʻqishni va jamoaviy loyihalar qilishni boshladim.
Endi Spring va React borasida ham kerakli bilimlarni egallab odamlarga yanada ko'proq foyda keltirishga harakat qilaman.
Bu academy ga kirish 2 ta qadamdan tashkil topgan:
1. Imtihon
2. Telefonda suhbat
Imtihon - tanlagan yo'nalishingizga qarab har xil bo'ladi. Men "Spring va React" ni tanlaganim uchun Java, Javascript, SQL, Logic (Mantiq) bo'yicha bo'ldi.
Telefonda suhbat - bu qismda esa "behavioral interview" bo'ldi. Savollar biror yangi narsa o'rgansam uni qanday tarzda o'rganishim, loyiha tugay deganda biror muammo chiqsa uni qanday bartaraf qilishim, nima uchun dasturlashdagi bu sohani tanlaganim va shunga o'xshash narsalar haqida bo'ldi.
Shunday qilib, Azimjon aka aytganidek kichik-kichik lekin to'xtovsiz(consistency) qadamlar bilan "Bollar biz yutdik" va "Bollar biz yutamiz", Inshalloh.
2 215
Repost from Vohid Karimov
Yevropa boāylab Googlening ochiq Software Engineer ish o'rinlari:
š©šŖGermany: 3ta
šµš±Poland: 52ta š„
š¬š§United Kingdom (UK): 18ta
šØšSwitzerland (Zurich): 11ta
š·š“Romania: 13ta
š®šŖIreland, Dublin: 14ta
š«š·France: 4ta
š³š±Netherlands: 1ta
Aynan hozirda Poland va Romaniaga topshirishni maslahat beraman š
2 215
Repost from AHBS | Alisher Kasimovās Blog
Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O'qituvchilik qilish Sizga mumkin emas!
Hozirgi davrda IT o'quv markazlar juda ko'p. Ular har xil sifatda dars beradilar, turli yo'nalishlarda ilm ulashishga harakat qilishadi. Ammo har bir markazning eng katta muammosi bu sifatli, ilmli Ustozni topa bilishdir.
Lekin eātiborimizni bir narsa tortdi. Hali tajribasi ikki yil bo'lmagan juda ko'p yoshlar markazlarda dars berishga oshiqishadi. Bu narsa o'ta yomon natijalarga olib borishi haqida esa deyarli hech qayerda gapirilmaydi. Joriy maqolada shu mavzularni yoritishga harakat qilamiz.
Haqiqiy proyekt qanday amalga oshirilishini bilmaysiz.
Tajribasi hali yoāq, yoki kam boālgan odam proyekt qanday yuritilishi haqida hali yetarlicha maālumotga ega boālmaydi. Oārgatiluvchi har bir mavzu keyinchalik proyektda qayerda yordam bera olishini bilish ā dars berishdagi eng muhim joy! Proyektni bajarishda kimlar ishtirok etadi, qanday vazifalar bajariladi ā bularni bilish darsni mazmunli qilib oātishga sababchi boāladi.
Mijoz kimligi haqida maālumotingiz yoāq.
Hali tajribasi kam boālgan odam, oāzi yozayotgan kodning mijoz qoālida qanday ishlashi haqida maālumotga ega boālmaydi. Kod soddaligi, effektivligi, katta yuklamalarga bardoshliligi tajribasi faqat mijoz uchun real proyektda ishtirok eta olgan odamda boāladi. Mijozning xohishlari, uning injiqliklarini koārmagan odam dasturlashdagi tushunchalar qanday qilib muammolarni hal qilishini bila olmaydi.
Hayotiy tajriba oālchamini oāquvchi oāta tez ilgāay oladi.
Xohlaysizmi, yoāqmi ā Sizni eshitayotgan odam Sizning tajribangizni tez ilgāaydi. Buning uchun dasturchi boālish shart emas. Umuman tajribasi bor odam bilan tajribasiz odam fikrlashida, gapirishida va mavzuni tushuntirib berishida juda katta farq boāladi va bu narsani oāquvchi birinchi darsning oāzidayoq ilgāay oladi.
Muammolar qanday hal qilinishini bilmaysiz.
Istalgan dasturiy taāminot real hayotda ishlatilganidan keyin muammolarga duch kelishi aniq ā hakerlar hujumi, katta yuklamadagi murojaatlar, dasturiy taāminot arxitekturasi oāsishga tayyormasligi yoki notoāgāri tuzilganligi va boshqalar. Tajribasiz odam bunday muammolarni koārmagan boāladi, ularni hal qilish boāyicha fikrga ega boālmaydi. Axir, oāqituvchiga borishdan aynan maqsad shu-ku ā hayotiy muammolarga yechimlarni oārganish. Dasturlash tillarini oāqituvchisiz oārganib olsa ham boāladi. Onlayn kurslar buni sifatliroq ham qila oladilar. Ammo hayotiy tajriba faqat tajribali ustozdan olinadi.
Haqiqiy masāuliyat oāquvchi oāqishni bitirganida boshlanadi.
Endigina dars berishni boshlaganimizda, biz dars berishni masāuliyati yuqori ish deb bilar edik, ammo bu masāuliyat qayerda namoyon boālishini bilmagan ekanmiz. Uch yil dars berib bir fikr paydo boālgan ā Oāqituvchilik masāuliyati oāquvchi oāqishni bitirib, ishini topib oāzini koārsatishni boshlagan kunida boshlanar ekan. Dars jarayoni bu sunāiy jarayon. Undagi masalalar sunāiy (yaāni dars uchun oāylab topilgan) boāladi. Ustozning mahorati, oāquvchiga singdirgan ilmi faqatgina shu oāquvchining haqiqiy ishida bilandi. Agar ishxonadagi odam oāquvchingiz haqida: āShuni ham bilmaysizmi? Oāqituvchingiz kim boālgan oāzi?ā, desa, Sizning masāuliyatsizligingiz bilinadi. Agar oāquvchingiz zarracha boālsa ham Siz bergan ilmga norozilik his qilsa, biling-ki, qilayotgan ishingizda halollikka eātibor kamaygan boāladi. Shuning uchun ham ustozlik ogāir kasb deyiladi. Ustoz bergan ilk ilm oāquvchining professional hayotining har bir nuqtasida bilinib turadi, shuning uchun ham Ustozman degan odam yelkasiga katta yuk olgan boāladi.
Yakun oārnidaā¦
Yakun oārnida bir narsani aytib oātish joiz ā umuman istalgan kasbda Ustozlik qilish uchun katta tajriba oāta muhim. Shundagina ushbu kasb egalari sifatli ish qila oladilar. Dasturlashda esa ayni damda dars beraman deb yonib turgan, hali yetarlicha tajribaga ega boālmagan yoshlar koāpayib qoldi. Maslahatimiz: Dasturlashda yana bir necha yil tajriba yigāing, zero Siz bergan ilm birovning kelajagini sindirib qoāymasin!
Ilm izlashdan toāxtamang!
@app_hbs
2 215
Universitet boshlanish arafasida.
3-semester uchun fanlar quyidagicha ekan:
1. Algoritms and Data Structures
2. Statistical Data Analysis
3. Database Systems
4. Computer Networks and Network Programming in Java
5. Digital Systems and Foundations of Electronics
6. Universal Programming Techniques
2 215
Nima uchun Video Quality Standard Definition bor-u HD yo'q š«¤. Nimadan bo'lishi mumkin? Video HD edi.
2 215
Barchaga assalamu alaykum va hayrli tong.
Anchadan beri kutilayotgan "Bit Manipulation" mavzusi va nihoyat tayyorlandi. O'ylaymanki, albatta yangi bilim o'rganasiz yoki eng kamida bilimlaringizni takrorlab olasiz.
Vidoedagi asosiy qismlar
Kirish
Bit o'zi nima?
Ikkilik sanoq sistemasi
Bitwise Operatorlar
Set Bit nima?
Set Bit ni kodda qanday yozamiz?
Unset Bit nima?
Unset Bit ni kodda qanday yozamiz?
Toggle bit nima?
Toggle bit ni kodda qanday yozamiz?
Set Bit lar sonini hisoblash (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash (Brian algoritmi)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Brain algoritmi)
Yakuniy xulosa
Do'stlarga ulashishni unutmang.
2 215
Repost from Xushnudbek.uz
Oāzbekistonlik oāquvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medal oldi
Vengriyaning Seged shahrida boālib oātgan 35-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI)da Oāzbekiston terma jamoasi oāz tarixida birinchi medallarni qoālga kiritdi.
Gāolib oāquvchilarimiz bilan tanishing:
Dilyorbek Valijonov ā Andijon shahridagi Prezident maktabi oāquvchisi;
Dilshodbek Xoājayev ā Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab oāquvchisi.
āļøMaālumot uchun: amaldagi qonunchilikka koāra, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadalaridaš„bronza medalini qoālga kiritgan oāquvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln soām), ustozi 150 baravar (49,5 mln soām) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
š @xushnudbek š
