cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Vohid Karimov | Hello world

Software Engineer, Google. 📃 Resume review: https://forms.gle/2quujLYRvdqdqZaJ6 📅 Consulting session: https://forms.gle/4jqGbLovrTWrCzLR7buymeacoffee.com/vovopapcom 🤙 @talk2vovopap

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 350
Obunachilar
-324 soatlar
-77 kunlar
+330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

1000 millisekunddan 2.5 millisekundgacha 📈 Product user journeydagi bottlenecklarni topish va uni bartaraf qilish men uchun boshqacha zavq beradi. Yaqinda proyektimizdagi shunday bir bottleneckni topib unga yechim berdim va natijada ko'p narsa o'rgandim. Mening Googledagi komandam Android Auto'ning connectivity qismida ishlaydi. Biz Bluetooth, USB, Access Point, Location Services, va TCP socket texnologiyalar bilan ko'p ishlaymiz. Haydovchilar uchun connectivity user experience'ni siliq va mustahkam qilish bizning asosiy maqsadlardan biri bo'ladi. Qisqa qilib tushuntirganda, moshina va telefon bir biriga ulanishi bilan biz Android Auto Projection'ni ishga tushuramiz. Lekin ba'zida Wifi stackda tez qayta ulanishlar bo'ladi va bunday xolatlarda xaydovchi uchun ulanish siliq kechmaydi. Muammo shundaki biz har yangi connection uchun TCP socket orqali alohida thread ochamiz va disconnection bo'lganda uni kill qilamiz. Threadni o'ldirib yangi thread ochish esa 1s vaqt olar edi. Bu logika low levelda yotgani uchun hozirgacha uni teardown qilishni tezlashtirish hech kimni kallasi kelmagan ekan. Meni kallamga kelib qoldi 🧠😎😊 #Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
Hammasini ko'rsatish...
👍 73🍾 16 5❤‍🔥 4👏 2🤣 1🤝 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
Hardware xonamizda har xil test devicelar turadi va ko’pini Ok Google bilan uyg’otish mumkin. Shunga kimdir Ok Google demanglar deb yozib qo’ygan ekan… buyog’i The office bo’lib ketdi 😁
Hammasini ko'rsatish...
4.53 MB
🤣 48😁 6
Yangilik 🆕 Endi siz mendan resume review va consulting session xizmatlarini sotib olishingiz mumkin. Oldin bu uchun vaqtim bo’lmas edi, endi vaqt ajrata olaman deb umid qilaman 🙂 Resume review: https://forms.gle/2quujLYRvdqdqZaJ6 Consulting session: https://forms.gle/4jqGbLovrTWrCzLR7
Hammasini ko'rsatish...
👍 37😁 9 3
Qiladigan ish juda ko’p, hammasi tengday muhim, va kamroq ish plan qilishni iloji yo’q deyishingiz mumkin. Tushinarli xolat, hozirda meni komandamda ham shu axvol. Lekin yaxshilab… yaaaaaxshilab o’ylab ko’rsak… qilinishi kerak bo’lgan ishlarni bir biriga solishtirib ko’rsak va kompaniya/proyekt uchun muhim bo’lgan savollarni o’zimizdan so’rasak, albatta ular orasidan eng muhimlarini topamiz. There is saying… if everything is important, then nothing is.
Hammasini ko'rsatish...
👍 43👎 3💯 2🔥 1
Under promise, over deliver Student vaqtimda ovqatni tuzini sho'r qilib qo'yardim. Har safar taxmin qilgan miqdorim ovqat uchun ko'p bo'lib chiqardi. Keyinchalik o'zimga qoida qilib olgandim: men to'g'ri deb bilgan tuz miqdorini qo'limga olardim va teng yarmini ovqatga solardim. Muammoni shunday hal qilganman. Hozir oshpaz bo'lib ishlamasamda, o'ylab ko'rsam shu strategiyani karyeramdagi hozirda duch kelgan muhim bir muammoni hal qilish uchun ishlatsam bo'lar ekan. Bu muammo — work estimation. Men 2024-yilning 2-choragi (Aprel, May, Iyun) uchun bir qancha ish rejalashtirgan edim. Mana chorakning bir oyi qoldi va ko'rinib turibdiki men aslida belgilagan ishimning yarimini qila olar ekanman (agar chiransam). Ovqatga tuz solish strategiyasidan foydalanganimda hozir xolat boshqacha bo'lar edi. Huddi ovqat pishirishda tuzi kam bo'lsa unga ko'proq tuz qo'shsangiz bo'lgani kabi kam ish rejalashtirgan bo'lib chiqsangiz qo'shimcha ish olsangiz bo'ladi. Albatta ko’p ish rejalashtirib kam ish qilganim uchun meni ishdan haydashmaydi yoki oyligimni kamaytirishmaydi (work estimationda hamma ham xato qiladi). Lekin ish miqdorini kamroq qo'ysam: — proyektga eng muhim bo’lgam ishlarni tanlashimga to'g'ri keladi — eng muhim ishlarni qilib katta impact olib kelgan bo'laman (20/80 rule) — men boshqa odamlar ko'zida hamma ishni tugatgan bo'laman — bo'sh vaqtim qolsa, qo’shimcha ish qilib over deliver qilgan bo’laman — yoki boshqalarga yordam berib team player bo’lib ko’rinaman — yaxshi performance review olaman — o’zimdan mag’rur bo’laman va keyingi kvartal uchun shijoatim oshadi — ish-xayot balansini yaxshi ushlay olaman — proyektimga oid yangi narsalar o’rgangani vaqtim bo’ladi — va bu yerda postlar yozib turgani energiyam ham qolar ekan
Hammasini ko'rsatish...
👍 60 5🔥 5
Komentlarni o'qib vanihoyat mikrofon sotib oldim: Rode Wireless Go II Juda xursandman va umid qilaman u bilan qiziqarli, foydali, va zo'r videolar olaman. Shunday videolardan birinchisi mana shu video bo'ladi. Uni birinchi yarimi mikrofonsiz (kameraning built-in mikrofoni) va qolgan yarimi mikrofon bilan olingan. Farqiga e'tibor bering: 0:00 Mikrofonsiz 8:16 Mikrofon bilan
Hammasini ko'rsatish...
Birinchi mikrofonimni ishlatib ko'raman

Komentlarni o'qib vanihoyat mikrofon sotib oldim: Rode Wireless Go II Juda xursandman va umid qilaman u bilan qiziqarli, foydali, va zo'r videolar olaman. Shunday videolardan birinchisi mana shu video bo'ladi. Uni birinchi yarimi mikrofonsiz (kameraning built-in mikrofoni) va qolgan yarimi mikrofon bilan olingan. Farqiga e'tibor bering: 0:00 Mikrofonsiz 8:16 Mikrofon bilan

21👍 15
Repost from ICT4Girls
Choy ustida “ayti”lashamiz!☕️🫖 ❓Sizda IT olamining muayyan sohalari haqida jiddiy savollaringiz bormi? Unda Sizni 26-may kuni bo'lib o'tadigan "ITea" loyihasining ilk uchrashuviga taklif etamiz! 👩🏻‍💻Tadbirda Siz yetakchi IT-mutaxassislar bilan 15 daqiqalik individual seanslarda suhbatlashish imkoniga ega bo’lasiz. Bu quyidagi yo'nalishlar bo'yicha qimmatli maslahat olish imkoniyatidir: 👩‍💻Product Management: Maftuna Lutfilaeva 👨‍💻Data Analysis: Abduvosid Malikov 👨‍💻Web Development: Xumoyun Inoyatov 👩‍💻UX/UI Design: Komila Xashimova 👨‍💻AI/ML Engineering: Islombek Davronov 👨‍💻Mobile App Development: Bobirbek Anvarjonov 🚀Soha mutaxassislaridan insayder bilim va maslahatlar 🚀Kuchli HR menejer tomonidan vorkshop 🚀Mutaxassislar va ishtirokchilar bilan netvorking ⏳Joylar soni cheklangan: tadbirga har bir mutaxassis uchun ro'yxatdan o'tgan birinchi 6 nafar inson taklif etiladi. Bir ishtirokchi faqat 1 yo'nalish bo'yicha ariza qoldirishi mumkin. 👉 Birinchilardan bo'lib ro'yxatdan o'ting
Hammasini ko'rsatish...
10👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
Men sizni eshitdim, endi siz ham meni (yaxshi) eshitasiz 😎
Hammasini ko'rsatish...
😁 85🔥 23🤝 14👍 13 4🐳 3 2👨‍💻 2🕊 1🤓 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tree data strukturasi esga tushib ketdi. Sundar root node bo’lsa meni topish uchun algoritm quydagicha bo'lar ekan ⬆️ Bu algoritm bilan Googleda meni topish sekin bo’lyapti ekan. Kim yanada optimal algoritm bera oladi?
Hammasini ko'rsatish...
😁 43👍 7🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
It ain’t much but honest work 🥲
Hammasini ko'rsatish...
🤣 91😁 15👍 7 4🔥 2