cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston49Til ko'rsatilmaganQonun4
Advertising posts
490 000Obunachilar
-18524 soatlar
-2 0027 kunlar
-6 07430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Обуначиларнинг ўсиш даражаси

Ma'lumot yuklanmoqda...

29-mart, juma (19-kun) Saharlik vaqti: 04:51 Iftorlik vaqti: 18:47 (Toshkent vaqti) Sabr. «Ruhiy tarbiya» turkumidan. Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf #ramazon #ruhiytarbiya 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi) Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi (hikoya) Izoh: Dik Morrisonning ishlari tobora orqaga ketayotgan, hayotida ichish va chekishdan boshqa ma’ni qolmayotgandi. Shunday kunlarning birida u kollejda birga o‘qigan do‘sti Jeyms Makkennni uchratib qoladi va uning tavsiyasiga ko‘ra “Chekishni tashlang” korporatsiyasiga boradi. Xo‘sh, shundan so‘ng uning hayotida qandaydir o‘zgarish ro‘y berarmikan? Buni hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin. 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qhGM9QMVbg4 💬 Muhokama bu yerda. 🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda. #kechki_mutolaa 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Xodjayev Alisher Jo’raqulovich Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. U fevral oyida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgan edi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B. pora bilan qo‘lga olingan. Sudyalar oliy kengashi sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirdi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
28-mart, payshanba (18-kun) Iftorlik vaqti: 18:46 (Toshkent vaqti) #hadis #ramazon
Shaddod ibn Avs roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Dono - nafsini tergagan va o‘limdan keyinini ko‘zlab amal qilgan odamdir. Ahmoq - nafsini havosiga ergashtirgan va Allohdan umidvor bo‘lgan odamdir, dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan.
📖 Sharh: Nafsni poklaydigan va axloqni sayqallaydigan eng muhim omillardan biri o‘limni eslashdir. Odamlarning noto‘g‘ri yo‘llarga kirishlari va ularda davomli bo‘lishlariga sabab o‘limni unutishlaridir. O‘limni o‘ylamagan odam har qanday gunohni tap tortmay qilaverishi hech gap emas. Agar har bir banda bir kun kelib o‘lishini, tuproqqa qorilishini, qurtga yem bo‘lishini, Munkar va Nakir savollariga tutilishini, qiyomatda tirilishini, jannat yoki do‘zaxga kirishini o‘ylab tursa, o‘limni eslaydigan va unga tayyorgarlik ko‘radigan bo‘ladi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ruhiy tarbiya» kitobidan. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Bosh vazir Abdulla Aripov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv oʻtkazdi Uchrashuvda investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
🏢 “Karakul Education” o'quv markazida 1-apreldan yangi tezlashtirilgan guruhlarga qabul boshlanadi. O'quv markazida darslar quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi: 🔹 Oliy oʻquv yurtiga kiruvchilar uchun; 🔹 Ingliz tili va turk tilidan milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik koʻruvchilar uchun; 🔹 Prezident va ixtisoslashgan maktablarga kiruvchilar uchun. Oʻquv markazidagi qoʻshimcha qulayliklar: ➖ 3 mahal ovqatlanish; ➖ Barcha qulayliklarga ega yotoqxona; ➖ 24 soat nazorat; ➖ Sport seksiyalari; ➖ Koʻngilochar dasturlar; ➖ Kompyuter savodxonligi; ➖ Tarixiy qadamjolarga sayohat. ❗️Shoshiling! Joylar soni cheklangan! 📍Manzil: Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani “Chekirchi” MFY Buxoro koʻchasi 235-uy; 📍Mo'ljal: Qorako'l tuman prokuraturasi. Murojaat uchun: 📞 55-305-25-25; 91-243-02-12; 93-966-57-76; 99-700-39-88 TELEGRAM | INSTAGRAM 🌐 Online roʻyxatdan oʻtish uchun Reklama
Hammasini ko'rsatish...
🇨🇦 Kanada o‘zbekistonliklarga 5 ming bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda Bunda qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda. Dastlab qurilish sohasida: − duradgor; − payvandchi; − elektrik; − santexnik; − betonchi; − oynachi; − tom yopuvchi; − pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi; − o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar. ❗️Talablar va zarur hujjatlar: - 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish; - Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilish; - Qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplomga egalik; - Xorijga chiqish pasporti. 💵 Ish haqi: soatiga $12,5 dan $30 gacha, haftada 40 soat (5/2) ish. ▶️Ro‘yxatdan o‘tish: https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=636 ‼️Ro‘yxatdan o‘tish ertaga, 29-mart soat 18-00 gacha davom etadi. Qo’shimcha ma’lumot uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
❗️ Soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida elektr uzatish tarmogʻi avariyaviy oʻchgan. Natijada Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotisiz qolgan. Soat 10:20 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida shamol oqibatida katta daraxt qoʻporilib tushgani sabab gaz quvuri uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta koʻp qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan. Ayni paytda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Poytaxtning Chilonzor tumanida kuchli shamol esishi ortidan daraxt sinishi bilan bog‘liq holat yuz bergan. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Kirish va batafsil ma'lumotga kirish

Biz sizga kirlanganingizdan so'ng bu kunodaliklarni ochamiz. Biz va'da qilamiz, bu tez!