JavaHere
Відкрити в Telegram
Software Engineer @ Google IT - Lifestyle - Sport
Показати більше2 215
Підписники
Немає даних24 години
-97 днів
-5030 днів
Архів дописів
2 215
Repost from MOBILERS
42.uz Loyihasida Yangilik!
Endi siz Android dasturlash asoslarini 42.uz loyihasi orqali o'rganishingiz mumkin.
Darslar Yusuf Abdullaev tomonidan yozib boriladi.
👉Darsga Havola
@Mobilers_uz
2 215
Repost from N/a
2 215
Assalamu alaykum!
Segment Tree mavzusi haqidagi birinchi dars tayyor:)
1 soat vaqt ajrating va ich-ichidan o'rganib oling.
Asosiy qismlar:
(00:00:00) - Kirish
(00:01:19) - Minimum Element masalasi - brute force
(00:04:00) - Minimum Element masalasi - dp
(00:09:12) - Minimum Element masalasi - Segment Tree
(00:18:17) - Segment Tree - GET
(00:23:34) - Segment Tree - UPDATE
(00:26:45) - Segment Tree ni xotirada qanday saqlaymiz?
(00:29:38) - Segment Tree da qanday harakatlanamiz?
(00:31:10) - Segment Tree ni kodda qanday yozamiz?
(01:00:36) - Xulosa
Do'stlarga ulashishni unutmang.
O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!
🚀🚀🚀
Telegram | Youtube
2 215
Repost from Doniyor Tojikhonov | Blog
HENNGE xalqaro kompaniyasida dasturchilar uchun amaliyot (internship) dasturi
Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan HENNGE xalqaro cloud security kompaniyasi, dasturchilik yo'nalishida ta'lim olayotgan va yangi universitet bitiruvchilari uchun to'liq moliyalashtirilgan amaliyot (internship) dasturini taklif etadi. Saralab olingan nomzodlar Tokio shahrida joylashgan HENNGE kompaniyasining bosh ofisida 4-6 xafta davomida o'z tajribalarini oshirishlari mumkin bo'ladi.
Talablar
ーNomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak. Bunda nomzodlar yapon tilini bilishlari shart emas.
ーNomzodlar kamida universitetda 3-kurs talabasi yoki universitetni yaqinda tamomlagan bo'lishlari kerak.
ーNomzodlar universitetda computer science yoki engineering yo'nalishlarida ta'lim olayotgan yoki bitirgan bo'lishlari kerak.
ーNomzodlar istalgan dasturlash tillaridan birini bilishlari kerak.
Foydali tomonlari
ーViza homiyligi va tibbiy sug'urta.
ーYaponiyaga kelib ketish avia chiptasi.
ーAmaliyot davomida foydalanish uchun mobil telefon.
ーTurar joy, ovqatlanish, transport xarajatlarini qoplash uchun maosh.
Ushbu dastur ishga qabul qilishdan oldingi jarayonning bir qismi bo'lib, amaliyot tugagach ushbu kompaniyada ishlash uchun shartnoma ham olishingiz mumkin.
Amaliyot haqida ushbu havola orqali ko'piroq ma'lumot olishingiz mumkin.
@Doniyor_Tojikhonov
2 215
Boshqa vodiylar
Men ham faqatgina Android ni o'rganib qolmasdan Backend va Fronted tomonlarga sarguzashtlar qilishga qaror qildim.
Devbridge.com ning o'zi uchun junior dasturchilar tayyorlaydigan academy si bor ekan. Bu academy ni menga taklif qilgan Tohir aka ga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Endi Spring va React borasida ham kerakli bilimlarni egallab odamlarga yanada ko'proq foyda keltirishga harakat qilaman.
Bu academy ga kirish 2 ta qadamdan tashkil topgan:
1. Imtihon
2. Telefonda suhbat
Imtihon - tanlagan yo'nalishingizga qarab har xil bo'ladi. Men "Spring va React" ni tanlaganim uchun Java, Javascript, SQL, Logic (Mantiq) bo'yicha bo'ldi.
Telefonda suhbat - bu qismda esa "behavioral interview" bo'ldi. Savollar biror yangi narsa o'rgansam uni qanday tarzda o'rganishim, loyiha tugay deganda biror muammo chiqsa uni qanday bartaraf qilishim, nima uchun dasturlashdagi bu sohani tanlaganim va shunga o'xshash narsalar haqida bo'ldi.
Shunday qilib, Azimjon aka aytganidek kichik-kichik lekin to'xtovsiz(consistency) qadamlar bilan "Bollar biz yutdik" va "Bollar biz yutamiz", Inshalloh.
2 215
Boshqa vodiylar
Men ham faqatgina Android ni o'rganib qolmasdan Backend va Frontend tomonlarga sarguzashtlar qilishga qaror qildim.
Devbridge.com ning o'zi uchun dasturchilar tayyorlaydigan academy si bor ekan. Bu academy ni menga taklif qilgan Tohir aka ga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugundan shu yerda oʻqishni va jamoaviy loyihalar qilishni boshladim.
Endi Spring va React borasida ham kerakli bilimlarni egallab odamlarga yanada ko'proq foyda keltirishga harakat qilaman.
Bu academy ga kirish 2 ta qadamdan tashkil topgan:
1. Imtihon
2. Telefonda suhbat
Imtihon - tanlagan yo'nalishingizga qarab har xil bo'ladi. Men "Spring va React" ni tanlaganim uchun Java, Javascript, SQL, Logic (Mantiq) bo'yicha bo'ldi.
Telefonda suhbat - bu qismda esa "behavioral interview" bo'ldi. Savollar biror yangi narsa o'rgansam uni qanday tarzda o'rganishim, loyiha tugay deganda biror muammo chiqsa uni qanday bartaraf qilishim, nima uchun dasturlashdagi bu sohani tanlaganim va shunga o'xshash narsalar haqida bo'ldi.
Shunday qilib, Azimjon aka aytganidek kichik-kichik lekin to'xtovsiz(consistency) qadamlar bilan "Bollar biz yutdik" va "Bollar biz yutamiz", Inshalloh.
2 215
Repost from AHBS | Alisher Kasimov’s Blog
Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O'qituvchilik qilish Sizga mumkin emas!
Hozirgi davrda IT o'quv markazlar juda ko'p. Ular har xil sifatda dars beradilar, turli yo'nalishlarda ilm ulashishga harakat qilishadi. Ammo har bir markazning eng katta muammosi bu sifatli, ilmli Ustozni topa bilishdir.
Lekin e’tiborimizni bir narsa tortdi. Hali tajribasi ikki yil bo'lmagan juda ko'p yoshlar markazlarda dars berishga oshiqishadi. Bu narsa o'ta yomon natijalarga olib borishi haqida esa deyarli hech qayerda gapirilmaydi. Joriy maqolada shu mavzularni yoritishga harakat qilamiz.
Haqiqiy proyekt qanday amalga oshirilishini bilmaysiz.
Tajribasi hali yo’q, yoki kam bo’lgan odam proyekt qanday yuritilishi haqida hali yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaydi. O’rgatiluvchi har bir mavzu keyinchalik proyektda qayerda yordam bera olishini bilish — dars berishdagi eng muhim joy! Proyektni bajarishda kimlar ishtirok etadi, qanday vazifalar bajariladi — bularni bilish darsni mazmunli qilib o’tishga sababchi bo’ladi.
Mijoz kimligi haqida ma’lumotingiz yo’q.
Hali tajribasi kam bo’lgan odam, o’zi yozayotgan kodning mijoz qo’lida qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lmaydi. Kod soddaligi, effektivligi, katta yuklamalarga bardoshliligi tajribasi faqat mijoz uchun real proyektda ishtirok eta olgan odamda bo’ladi. Mijozning xohishlari, uning injiqliklarini ko’rmagan odam dasturlashdagi tushunchalar qanday qilib muammolarni hal qilishini bila olmaydi.
Hayotiy tajriba o’lchamini o’quvchi o’ta tez ilg’ay oladi.
Xohlaysizmi, yo’qmi — Sizni eshitayotgan odam Sizning tajribangizni tez ilg’aydi. Buning uchun dasturchi bo’lish shart emas. Umuman tajribasi bor odam bilan tajribasiz odam fikrlashida, gapirishida va mavzuni tushuntirib berishida juda katta farq bo’ladi va bu narsani o’quvchi birinchi darsning o’zidayoq ilg’ay oladi.
Muammolar qanday hal qilinishini bilmaysiz.
Istalgan dasturiy ta’minot real hayotda ishlatilganidan keyin muammolarga duch kelishi aniq — hakerlar hujumi, katta yuklamadagi murojaatlar, dasturiy ta’minot arxitekturasi o’sishga tayyormasligi yoki noto’g’ri tuzilganligi va boshqalar. Tajribasiz odam bunday muammolarni ko’rmagan bo’ladi, ularni hal qilish bo’yicha fikrga ega bo’lmaydi. Axir, o’qituvchiga borishdan aynan maqsad shu-ku — hayotiy muammolarga yechimlarni o’rganish. Dasturlash tillarini o’qituvchisiz o’rganib olsa ham bo’ladi. Onlayn kurslar buni sifatliroq ham qila oladilar. Ammo hayotiy tajriba faqat tajribali ustozdan olinadi.
Haqiqiy mas’uliyat o’quvchi o’qishni bitirganida boshlanadi.
Endigina dars berishni boshlaganimizda, biz dars berishni mas’uliyati yuqori ish deb bilar edik, ammo bu mas’uliyat qayerda namoyon bo’lishini bilmagan ekanmiz. Uch yil dars berib bir fikr paydo bo’lgan — O’qituvchilik mas’uliyati o’quvchi o’qishni bitirib, ishini topib o’zini ko’rsatishni boshlagan kunida boshlanar ekan. Dars jarayoni bu sun’iy jarayon. Undagi masalalar sun’iy (ya’ni dars uchun o’ylab topilgan) bo’ladi. Ustozning mahorati, o’quvchiga singdirgan ilmi faqatgina shu o’quvchining haqiqiy ishida bilandi. Agar ishxonadagi odam o’quvchingiz haqida: “Shuni ham bilmaysizmi? O’qituvchingiz kim bo’lgan o’zi?”, desa, Sizning mas’uliyatsizligingiz bilinadi. Agar o’quvchingiz zarracha bo’lsa ham Siz bergan ilmga norozilik his qilsa, biling-ki, qilayotgan ishingizda halollikka e’tibor kamaygan bo’ladi. Shuning uchun ham ustozlik og’ir kasb deyiladi. Ustoz bergan ilk ilm o’quvchining professional hayotining har bir nuqtasida bilinib turadi, shuning uchun ham Ustozman degan odam yelkasiga katta yuk olgan bo’ladi.
Yakun o’rnida…
Yakun o’rnida bir narsani aytib o’tish joiz — umuman istalgan kasbda Ustozlik qilish uchun katta tajriba o’ta muhim. Shundagina ushbu kasb egalari sifatli ish qila oladilar. Dasturlashda esa ayni damda dars beraman deb yonib turgan, hali yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan yoshlar ko’payib qoldi. Maslahatimiz: Dasturlashda yana bir necha yil tajriba yig’ing, zero Siz bergan ilm birovning kelajagini sindirib qo’ymasin!
Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
2 215
Universitet boshlanish arafasida.
3-semester uchun fanlar quyidagicha ekan:
1. Algoritms and Data Structures
2. Statistical Data Analysis
3. Database Systems
4. Computer Networks and Network Programming in Java
5. Digital Systems and Foundations of Electronics
6. Universal Programming Techniques
2 215
Nima uchun Video Quality Standard Definition bor-u HD yo'q 🫤. Nimadan bo'lishi mumkin? Video HD edi.
2 215
Barchaga assalamu alaykum va hayrli tong.
Anchadan beri kutilayotgan "Bit Manipulation" mavzusi va nihoyat tayyorlandi. O'ylaymanki, albatta yangi bilim o'rganasiz yoki eng kamida bilimlaringizni takrorlab olasiz.
Vidoedagi asosiy qismlar
Kirish
Bit o'zi nima?
Ikkilik sanoq sistemasi
Bitwise Operatorlar
Set Bit nima?
Set Bit ni kodda qanday yozamiz?
Unset Bit nima?
Unset Bit ni kodda qanday yozamiz?
Toggle bit nima?
Toggle bit ni kodda qanday yozamiz?
Set Bit lar sonini hisoblash (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash (Brian algoritmi)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Brain algoritmi)
Yakuniy xulosa
Do'stlarga ulashishni unutmang.
2 215
Repost from Xushnudbek.uz
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medal oldi
Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI)da O‘zbekiston terma jamoasi o’z tarixida birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.
G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
❗️Ma’lumot uchun: amaldagi qonunchilikka ko’ra, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadalarida🥉bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
