uz
Feedback
Sherobod tuman 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi (Rasmiy)

Sherobod tuman 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi (Rasmiy)

Kanalga Telegram’da o‘tish

Sherobod tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun telefon ☎️ raqam: +998942698203

Ko'proq ko'rsatish
381
Obunachilar
-224 soatlar
-57 kunlar
-1130 kunlar
Postlar arxiv
#Live #Maqom_2026 🌟 Ayni damda Namanganda YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o'tkazilayotgan “III Xalqaro maqom san'ati for
+9
#Live #Maqom_2026 🌟 Ayni damda Namanganda YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o'tkazilayotgan “III Xalqaro maqom san'ati forumi” doirasida maqom ansambllari, xonandalar va cholg‘uchilar o‘rtasida xalqaro tanlov boshlandi Tanlov g‘oliblari diplom, haykalcha va quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: ➖Gran-pri — 15 000 AQSh dollari; ➖ 1-o‘rin (2 nafar) — har biri 10 000 AQSh dollari; ➖ 2-o‘rin (2 nafar) — har biri 7 000 AQSh dollari; ➖ 3-o‘rin (2 nafar) — har biri 5 000 AQSh dollari. Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha maxsus mukofotlar ham topshiriladi: ➖ “Eng yaxshi maqom xonandasi”; ➖ “Eng yaxshi maqom cholg‘uchisi”; ➖ “Eng yaxshi maqom ustasi”; ➖ “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”; ➖ “Eng yaxshi yosh maqom ijrochisi” ; ➖ “Eng yaxshi maqom bastakori” . 📲Bizni kuzatishda davom eting! Tanlovning barcha tafsilotlarini siz bilan bo‘lishib boramiz. 🔹Telegram 🔹Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimidagi nutqiВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия третьего Международного форума искусства макома Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🎼 Prezident Shavkat Mirziyoyev "III Xalqaro maqom san'ati anjumani"ning tantanali ochilish marosimidagi nutqi davomida futbolchilarimizga omad tiladi. 📍 Namangan TelegramInstagramFacebook |  Veb-sayt | YouTube | Mediabank

#Live #Maqom_2026 🎥 Ayni damda "III Xalqaro maqom san'ati anjumani"ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda. 📍 Namangan 🔹Telegram 🔹Instagram

#G'alaba_Biznikidir #Olgʻa_Oʻzbekiston 🇺🇿 Yangi O‘zbekiston yoshlari — millat iftixori! ​Madaniyat va sport har qanday xalqni dunyoga tanitadigan eng qudratli vositadir. Yoshlarimizning yashil maydonlardagi jasorati, adolatli va kuchli oʻyin ortidan erishilgan tarixiy gʻalabalari har bir yurakni cheksiz faxrga toʻldiradi. ​"Adolat bo‘lsa, korrupsiya bo‘lmasa, nimalarga qodirligimizni futbol ko‘rsatib berdi" - Prezident Shavkat Mirziyoyev. ⭐️Biz siz bilan faxrlanamiz, qahramonlar! Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san'at maktabining tasviriy san'at yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. ❎Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni kengaytirish hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishdan iborat bo‘ldi. ❎ Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali sog‘lom hayot, ma'naviy barkamollik, sport va zararli odatlardan yiroq bo‘lish g‘oyalarini badiiy ifoda etdilar. Yaralgan rasmlarda yoshlarning sog‘lom kelajak sari intilishi, giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabati o‘z aksini topdi. ❎Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san'at maktabi axborot xizmati

Repost from Ozodbek Nazarbekov
#Olgʻa_Oʻzbekiston #Biz_birgamiz ⚡️ Milliy terma jamoamiz ilk bor FIFA Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi Bu yutuq millionlab muxlislar orzusi, futbolchilarimiz, murabbiylar va mutaxassislarning ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘ldi. Jahon chempionatiga chiqish nafaqat futbolimiz, balki butun O‘zbekiston sporti uchun ulkan voqea hisoblanadi. Bu muvaffaqiyat yoshlarimizga katta ishtiyoq berib, mamlakatimiz nufuzini yanada yuksaltiradi. Tarixiy yutuq muborak bo‘lsin! Olg‘a, O‘zbekiston! Biz birgamiz. 🚀Telegram 📷Instagram

🇺🇿 ⚽️🇺🇿 JAHON CHEMPIONATIGA BIRGALIKDA! Tarixiy lahzaga guvoh bo‘ling! 🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon ch
🇺🇿 ⚽️🇺🇿 JAHON CHEMPIONATIGA BIRGALIKDA! Tarixiy lahzaga guvoh bo‘ling! 🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini katta ekranlarda jonli tomosha qilishga taklif etamiz. 🇺🇿 O‘ZBEKISTON 🆚 KOLUMBIYA 🇨🇴 📒 18-iyun ⏰ Soat 07:00 📌 Manzil: Sherobod tumani, Bahor mahallasi, 2-sonli maktab hududi (Most yonidagi maktab) 🎉 Futbol ishqibozlari, bayroqlaringizni olib keling! 👏 Birgalikda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz! 🔥 Tarixiy o‘yinni birga tomosha qilamiz! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿Bizni kuzatib borishda davom eting! Kanalga obuna bo‘ling |🔹Telegram |🔹 Facebook |🌍Web-site |🔹YouTube |🔹 Instagram

Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori N. Saidova Surxondaryo telekanali "Kun mavzusi" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi.

Repost from ICRICH
😂 Bitta so‘zdan butun payrov yoxud Askiyaning nozik mexanizmi 🇺🇿 Askiyada kulgi tasodifan tug‘ilmaydi. Uning ortida tilni chuqur his qilish, hozirjavoblik, mantiqiy sezgirlik va badiiy topqirlik turadi. Ayniqsa, payrov shaklida bu jarayon juda nozik ko‘rinadi: askiyachi bir so‘z yoki iborani ilg‘ab oladi, uni yangi ma’no qatlamiga ko‘chiradi va shu asosda javob zarbasini beradi.
Payrov – Askiyaning eng murakkab va ommabop shakllaridan biri. Unda ijrochilar ma’lum mavzu yoki kalit so‘z atrofidan chiqmay, so‘z o‘yini orqali bellashadi. Bu yerda asosiy shart – mavzuni yo‘qotmaslik. Chunki payrovda so‘z oddiy aloqa vositasi emas, balki fikrni burish, kulgi uyg‘otish va raqibni badiiy jihatdan “qisib qo‘yish” vositasiga aylanadi. ✅ Masalan, Askiyada biror ibora tarkibidagi oddiy so‘z ham butun muloqotni boshqa yo‘nalishga olib chiqishi mumkin. Askiyachi iboradagi nozik nuqtani darhol sezadi, undan yangi ma’no yasaydi, keyingi javob esa shu ma’noni yanada kuchaytiradi. Natijada tinglovchi faqat kulmaydi – u so‘zning qanday “ishlayotgani”ni ham his qiladi.
📌 Shuning uchun Askiya shunchaki hazil emas. U – til tafakkurining jonli maydoni. Unda har bir so‘z harakatga keladi, har bir javob mantiqiy zarba vazifasini bajaradi, har bir payrov esa xalqning zakovati, nutq madaniyati va badiiy tafakkurini namoyon etadi. 💬 Askiyaning kuchi ham shunda: u kulgi orqali aqlni charxlaydi, so‘z orqali tafakkurni sinaydi. #NomoddiyMadaniyMeros #Askiya #SoʻzSanati 🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube

#Live 🎥 Ayni damda poytaxtdagi “Xalqlar do’stligi” san’at saroyida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarinin
+9
#Live 🎥 Ayni damda poytaxtdagi “Xalqlar do’stligi” san’at saroyida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining yillik hisobot konserti bo’lib o’tmoqda. 🔹Telegram 🔹Instagram

#Live 🎥 Ayni damda poytaxtdagi “Xalqlar do’stligi” san’at saroyida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining yillik hisobot konserti bo’lib o’tmoqda. Unda, yurtimizning barcha hududlaridan vazirlik tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining 500 nafarga yaqin talabalari hamda o’quvchilari ishtirok etmoqda. Ma’lumot o’rnida, bu kabi respublika darajasidagi keng miqyosli hisobot konserti ilk marotaba o’tkazilmoqda. 🔹Telegram 🔹Instagram

#Live 🎥 Ayni damda poytaxtdagi “Xalqlar do’stligi” san’at saroyida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining yillik hisobot konserti bo’lib o’tmoqda. Unda, yurtimizning barcha hududlaridan vazirlik tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining 500 nafarga yaqin talabalari hamda o’quvchilari ishtirok etmoqda. Ma’lumot o’rnida, bu kabi respublika darajasidagi keng miqyosli hisobot konserti ilk marotaba o’tkazilmoqda. 🔹Telegram 🔹Instagram

#Taʻlim ⚡️ Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalaridagi jarayonlardan boxabar bo'lishni istaysizmi? Unda, quyidagi havolalar orqali xabardor bo'ling: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali O'zbekiston davlat konservatoriyasi O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiS.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahar filiali Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank

MUXLISLAR MAYDONI 🏖️🏖️Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari Nurxonova Shirina va Nurxonov Mustafo futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qizg‘in qo‘llab-quvvatlamoqda. 🇺🇿 Yosh muxlislar yurtimiz futbolchilariga omad tilab, ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga ishonch bildirmoqda. 🇺🇿 Bir jamoa, bir maqsad, bir g‘alaba! ⚽️ Olg‘a, O‘zbekiston! 📍 Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi matbuot xizmati.

"Yangi O'zbekistonni yoshlar quradi" shiori ostida yuqori ko'tarinki kayfiyatda gala konsert bo'lib o'tdi. Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt  | YouTube

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️Maktablarda san’at tanlovlari va katta imkoniyatlar! Endilikda umumta’lim maktablari o‘rtasida
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️Maktablarda san’at tanlovlari va katta imkoniyatlar! Endilikda umumta’lim maktablari o‘rtasida teatr, raqs, xor va cholg‘u yo‘nalishlarida tanlovlar tashkil etiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktablarga 500 million so‘mgacha grant mablag‘lari ajratiladi. Ushbu mablag‘lar: — sahna jihozlarini xarid qilishga — sahna liboslarini tayyorlashga — musiqa asboblarini sotib olishga — ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. ✅Tanlov g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar uchun ham muhim imkoniyat yaratilib, ular san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga kirishda ijodiy imtihonlardan ozod etiladi. 🔹Telegram 🔹Instagram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️Maktablarda san’at tanlovlari va katta imkoniyatlar! Endilikda umumta’lim maktablari o‘rtasida
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️Maktablarda san’at tanlovlari va katta imkoniyatlar! Endilikda umumta’lim maktablari o‘rtasida teatr, raqs, xor va cholg‘u yo‘nalishlarida tanlovlar tashkil etiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktablarga 500 million so‘mgacha grant mablag‘lari ajratiladi. Ushbu mablag‘lar: — sahna jihozlarini xarid qilishga — sahna liboslarini tayyorlashga — musiqa asboblarini sotib olishga — ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. ✅Tanlov g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar uchun ham muhim imkoniyat yaratilib, ular san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga kirishda ijodiy imtihonlardan ozod etiladi. 🔹Telegram 🔹Instagram

📣📣DIQQAT!! EʼLON!! SURXONDARYO VILOYATI MADANIYAT  BOSHQARMASI TASARRUFIDAGI SHEROBOD TUMANI 8-SON BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABI 2026/2027 O‘QUV YILI UCHUN SANʼATGA ISHTIYOQMAND BO‘LGAN VA IQTIDORLI O‘QUVCHI-YOSHLARNI QUYIDAGI MUTAXASSISLIKLAR BO‘YICHA O‘QISHGA TAKLIF ETADI. 1. CHOLG'U IJROCHILIGI (Turlari bo‘yicha); 🪕 🎷🎹 2. VOKAL SAN'ATI  ( Anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi.); 🎤 3. XALQ IJODIYOTI (Baxshichilik); 4.  AKTIYORLIK SANʼATI;🎭 5. XOREOGRAFIYA (Raqs sanʼati);🕺 6. TASVIRIY SANʼAT YO‘NALISHLARI: 🎨 2026/2027 O‘QUV YILI UCHUN RO‘YXATGA OLISH BOSHLANDI. ✅ OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI https://my.gov.uz/uz/service/1264 ORQALI ARIZALARNI ELEKTRON QABUL QILISH; 📆  2026-YIL 1-AVGUSTDAN BOSHLANADI; 🏢 MANZIL:SHEROBOD TUMAN “GALAGUZAR” MAHALLASI,  SOY SOHILI KO'CHASI 12-UY; ☎️TEL: (94)-269-82-03; (88)-550-77-37;(97)152-93-00Telegram manzilimiz: https://t.me/Sherobod_8_BMSM

#Vazir_tavsiya_etadi ⭐️ Davlatchilik ilmi va adolat mezoni haqida. Qadrli vatandoshlar va zamondoshlar! Bugungi shiddatli isl
#Vazir_tavsiya_etadi ⭐️ Davlatchilik ilmi va adolat mezoni haqida. Qadrli vatandoshlar va zamondoshlar! Bugungi shiddatli islohotlar davrida davlat xizmatchilari va har bir mutaxassisdan nafaqat zamonaviy bilimlar, balki ko‘p asrlik davlatchilik tajribamizni ham teran anglash talab etilmoqda. Sharq siyosiy tafakkurining eng noyob durdonalaridan biri — buyuk vazir va davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarini mutolaa qilishni tavsiya etaman. To‘qqiz asrdan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ushbu asar davlat boshqaruvi va adolat mezonlarini belgilashda dunyo siyosatshunoslari tomonidan eng muhim manbalardan biri sifatida e’tirof etib kelinadi. ➡️ Asarning rahbar va kadrlar uchun uch muhim sabog‘i: ✔️ Adolat va Barqarorlik: Davlatning qudrati faqatgina adolat bilan ta’minlanadi. Muallif aytganidek: “Mulk kufr ila mavjud bo‘lishi mumkin, zulm bilan esa barbodlikka mahkumdir”. ✔️ Rahbar mas’uliyati va xalq bilan muloqot: Amaldorlarni to‘g‘ri tanlash va ularning fuqarolar arzini tinglashga doimo ochiq bo‘lishi davlat mustahkamligining bosh shartidir. ✔️ Obodonchilik va Ilm ahliga e’tibor: Boshqaruvning oliy maqsadi — yurtni obod qilish, ilm-fan va farovonlikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. “Temur tuzuklari”da Amir Temur ham Nizomulmulkning boshqaruv san’ati va tadbirkorligini vazirlar uchun yuksak namuna sifatida tilga olgan. Bugungi tizimli yangilanishlar va taraqqiyot yo‘lidagi izlanishlarimizda ajdodlarimizning mana shunday boy tajribasi bizga to‘g‘ri yo‘nalish berishi shubhasiz. Ushbu kitob boshqaruv san’ati, tarix va yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir ziyoli hamyurtimiz uchun foydali bo‘ladi, deb ishonaman. 🔹Telegram 🔹Instagram