Sherobod tuman 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi (Rasmiy)
Открыть в Telegram
Sherobod tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun telefon ☎️ raqam: +998942698203
Больше378
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-430 день
Архив постов
Repost from MADANIYAT TA’LIMI MARKAZI
#eslatma
‼️Qabul komissiyasi uchun eslatma
Bolalar musiqa va san’at maktablarida qabul jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, ijodiy sinovlarni o‘tkazish hamda natijalarni rasmiylashtirish bo‘yicha muhim yo‘riqnoma. Qabul uchun arizalar my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.💠 Barcha yangiliklarni markazning rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin: 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱 Youtube
Repost from Ozodbek Nazarbekov
🇺🇿69 yoshingiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!
Sizning rahbarligingizda Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasi mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish, milliy madaniy merosimizni asrash va targ‘ib etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Maqom va baxshichilik san’atini rivojlantirish, teatr, kino hamda madaniyat markazlari faoliyatini yanada mustahkamlash, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy san’atimizni xalqaro maydonda munosib namoyon etish yo‘lida yaratib berayotgan imkoniyatlaringiz madaniyat sohasi vakillari uchun ulkan ishonch va yuksak mas’uliyatdir.
Siz bildirayotgan ana shunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik xalqimizning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, milliy madaniyatimiz ravnaqiga sidqidildan xizmat qilish yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga ruhlantiradi.
Sizga — yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz baxt-saodati, yoshlarimiz kelajagi yo‘lida qilayotgan ulug‘vor xizmatlaringizda mustahkam sog‘lik, cheksiz quvvat, bardavom zafarlar hamda baxt-u saodat tilayman!
Hurmat bilan, Ozodbek Nazarbekov
📲Telegram 📲Instagram
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
+9
⚡️Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejalari muhokama qilindi
Bugun, 22-iyul kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev, vazir o‘rinbosari Sanjar Bobojonov hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy birlashmalar mas’ullari ishtirokida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish rejalari muhokama qilindi. Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF–103-son Farmonida belgilangan vazifalarning ish rejalarida to‘liq aks etishi, tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida ish rejalarini takomillashtirish va qayta ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
#Diqqat_tanlov
⚡️"Vatan haqida eng yaxshi esse" tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi tomonidan markaziy apparat va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida 25-iyuldan 5-avgustga qadar “Vatan haqida eng yaxshi esse” tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda Madaniyat vazirligi markaziy apparati va tizim tashkilotlarining barcha xodimlari ishtirok etishi mumkin. Esse quyidagi talablarga javob berishi lozim: • davlat tilida yozilgan bo‘lishi; • muallifning mustaqil ijod mahsuli bo‘lishi; • 100–150 so‘z hajmida qo‘lyozma shaklda tayyorlanishi; • plagiatga yo‘l qo‘yilmasligi. Esselar mavzuning yoritilishi, mazmuni, ijodiy yondashuv, bayonning mantiqiyligi hamda davlat tili me'yorlariga rioya etilgani asosida baholanadi. Tanlov yakunida g‘oliblar I, II va III o‘rinlar hamda maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi. Eng yaxshi esselar Madaniyat vazirligining rasmiy axborot sahifalarida e'lon qilinishi va alohida to‘plam shaklida nashr etilishi mumkin.Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
#Murojaat
📑 Madaniyat vazirligiga qanday murojaat qilishni bilmayapsizmi?
Sohada ochiqlik, shaffoflik va xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yanada ko'paytirish maqsadida, sizlar uchun vazirlikka murojaat qilishning bir nechta usullarini taqdim etamiz:
✔️ vazirlikning rasmiy www.gov.uz/madaniyat veb-sayti orqali;
✔️ murojaat@madaniyat.uz elektron pochtasi orqali;
✔️ +99855-502-33-77 (ichki raqam 1240,1241) ishonch telefoni orqali;
✔️ Telegramdagi @madaniyatvazirligigamurojaatbot orqali.
Shuningdek, bevosita vazirlik binosiga kelish yoki murojaatingizni manzil bo'yicha yuborish orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.
⚫️Vazirlikka kelib tushgan har bir murojaat qonun talablari asosida ko‘rib chiqiladi, asosli murojaatlarga munosib javob beriladi va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
📍 Manzil: 100084, Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasi 107 B-uy.
⏰ Ish vaqti: Dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
#vakansiya
📝 Madaniyat vazirligi vacancy.argos.uz platformasi orqali bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
📎 Vakant lavozimlar bilan tanishish
✔️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod vacancy.argos.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Repost from EFFECT.UZ | Расмий канал
Президент: йирик концерт ва фестиваллар учун ягона миллий оператор ташкил этилади
Президент Шавкат Мирзиёев маданият ва санъат соҳасини ривожлантиришга бағишланган тақдимот билан танишди. Унда халқаро кўргазмалар, музей лойиҳалари, маданий меросни реставрация қилиш ва нуфузли саҳналарда ўзбек санъатини тарғиб этиш режалари муҳокама қилинди.
Таклифга кўра, Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси ҳузурида Маданий лойиҳалар миллий оператори ташкил этилади. У йирик халқаро тадбирларни ўтказиш, уларни хорижда тарғиб қилиш, машҳур ижрочилар концертларини ташкил этиш ҳамда «Шарқ тароналари» фестивалини тайёрлаш учун масъул бўлади.
Тақдимотда 2026–2027 йилларга мўлжалланган қатор йирик маданий лойиҳалар, жумладан Доҳа, Милан, Венеция, Нара, Нью-Йорк ва Бухорода ўтказиладиган кўргазма, концерт ва биеннале дастурлари ҳам кўриб чиқилди.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Repost from EFFECT.UZ | Расмий канал
Хивада МакСим иштирокида халқаро мусиқа фестивали бўлиб ўтади
Хива шаҳри халқаро меҳмонларни яна бир йирик маданий тадбир билан қарши олади.
“Қовун сайли – 2026” халқаро фестивали доирасида миллий анъаналар, гастрономик намойишлар, маданий дастурлар ва эстрада консертлари ташкил этилади.
Фестивалнинг асосий тадбирларидан бири россиялик машҳур хонанда МакСимнинг Арда Хива туризм мажмуасидаги консерт дастури бўлади.
Консерт 8-август куни ўтказилади. Тадбирга кириш бепул.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, milliy merosni asrab-avaylash hamda xalqaro miqyosda keng targʻib qilishga qaratilgan loyiha va tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов и мероприятий, направленных на развитие культуры и искусства, сохранение национального наследия и его широкую популяризацию на международной арене.
#Mirziyoyev #taqdimot #madaniyat #sanat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
#Stop_korrupsiya
⚡️ Maqsadimiz korrupsiyasiz jamiyat qurishda faol ishtirok etish!
Agar siz Madaniyat vazirligi tizimidagi barcha sohalarda korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki guvoh bo’lsangiz quyidagi korrupsiya hamda manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida xabar berish aloqa kanallariga murojaat qiling:
☑️ Telegram - https://t.me/antikorrupsiya_madaniyat_bot
☑️ Telefon raqami - +998 55-502-33-77 (1109)
☑️ Elektron manzil - antikorrupsiya@madaniyat.uz
❕ Korrupsion holat haqida xabar bergan shaxs ma’lumotlari sir saqlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
+9
⚡️ Madaniyat vazirligida yangi tayinlangan o‘rinbosarlar jamoaga tanishtirildi
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/191886
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank
📣📣DIQQAT!! EʼLON!!
SURXONDARYO VILOYATI MADANIYAT BOSHQARMASI TASARRUFIDAGI SHEROBOD TUMANI 8-SON BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABI 2026/2027 O‘QUV YILI UCHUN SANʼATGA ISHTIYOQMAND BO‘LGAN VA IQTIDORLI O‘QUVCHI-YOSHLARNI QUYIDAGI MUTAXASSISLIKLAR BO‘YICHA O‘QISHGA TAKLIF ETADI.
1. CHOLG'U IJROCHILIGI (Turlari bo‘yicha); 🪕 🎷🎹
2. VOKAL SAN'ATI ( Anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi.); 🎤
3. XALQ IJODIYOTI (Baxshichilik);
4. AKTIYORLIK SANʼATI;🎭
5. XOREOGRAFIYA (Raqs sanʼati);🕺
6. TASVIRIY SANʼAT YO‘NALISHLARI: 🎨
2026/2027 O‘QUV YILI UCHUN RO‘YXATGA OLISH BOSHLANDI.
✅ OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI https://my.gov.uz/uz/service/1264 ORQALI ARIZALARNI ELEKTRON QABUL QILISH;
📆 2026-YIL 1-AVGUSTDAN BOSHLANADI;
🏢 MANZIL:SHEROBOD TUMAN “GALAGUZAR” MAHALLASI, SOY SOHILI KO'CHASI 12-UY;
☎️TEL: (94)-269-82-03; (88)-550-77-37;(97)152-93-00
✅Telegram manzilimiz:
https://t.me/Sherobod_8_BMSM
