es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Şerobod tuman 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi (Rasmiy)

Şerobod tuman 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi (Rasmiy)

Ir al canal en Telegram

Şerobod tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali Murojaat uçun telefon ☎️ raqam: +998942698203

Mostrar más
360
Suscriptores
-124 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib
+9
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdim. Davlatimiz rahbarining qutlovida xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi sadoqatli xizmat uchun soha xodimlariga minnatdorlik bildirilgan. Tizimda to‘plangan katta tajriba, jasorat an’analari zamonaviy bilim va yondashuvlar asosida boyitilayotgani ta’kidlangan. Joriy yilda mahallalarning qariyb yarmida jinoyat sodir etilmagani ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari va aholining hamkorlikdagi mehnati samarasi ekani qayd etilgan. Prezidentimiz har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish ishlarini izchil davom ettirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, kiberjinoyatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish, yoshlarni giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilik ta’siridan asrash muhimligini ta’kidlagan. Davlatimiz rahbari soha xodimlaridan tashabbuskorlik, qat’iy intizom va halollik kutishini bildirgan. “O‘zingni angla va o‘zgani qadrla” tamoyili asosida kasbiy sha’nni asrash, qonunga qat’iy rioya etish, har bir insonga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. «Oddiy insonlarning sizga ishonch bilan murojaat qilishi va bundan ko‘ngli taskin topishi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir», deyiladi qutlovda. Tabrikda el-yurt tinchligini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan mard va fidoyi xodimlar xotirasi hurmat bilan yod etilgan. Soha xodimlari va faxriylariga mustahkam sog‘liq, xonadonlariga tinchlik va fayzu baraka, mas’uliyatli xizmatida muvaffaqiyatlar tilangan. — Сегодня состоялось торжественное мероприятие по случаю 35-летия создания Министерства внутренних дел Республики Узбекистан. На мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел. В поздравлении главы государства выражена благодарность сотрудникам за преданную службу по обеспечению спокойствия народа, защите прав и интересов граждан. Подчеркнуто, что накопленный в системе большой опыт и традиции мужества обогащаются современными знаниями и подходами. Отмечено, что в текущем году почти в половине махаллей не было совершено ни одного преступления, что стало результатом совместного труда сотрудников органов внутренних дел, активистов махаллей и населения. Подчеркнута важность последовательного продолжения работы по созданию безопасной среды в каждой махалле, использования цифровых технологий и искусственного интеллекта, раннего выявления и предупреждения киберпреступлений, защиты молодежи от воздействия наркомании и организованной преступности. Президент нашей страны отметил, что ожидает от сотрудников инициативности, строгой дисциплины и добросовестного несения службы. Указано на необходимость сохранять профессиональную честь, строго соблюдать закон и уважительно относиться к каждому человеку, следуя принципу «Уважай себя и цени других». «Когда простые люди, доверяя, обращаются к вам и, получив поддержку, уходят с облегчением в душе – это самая высокая оценка вашей работы», говорится в поздравлении. В поздравлении также отдана дань уважения памяти мужественных и самоотверженных сотрудников, погибших при защите спокойствия народа и страны. Выражены пожелания крепкого здоровья, мира и достатка в семьях, успехов в ответственной службе. Facebook|Instagram|X

#Mahorat_darsi #Sherobod_tumani #Sherobod8BMSM MAHORAT DARSI: BAXSHICHILIK SAN’ATI VA IJRO MAHORATI Sherobod tuman 8-son bola
+1
#Mahorat_darsi #Sherobod_tumani #Sherobod8BMSM MAHORAT DARSI: BAXSHICHILIK SAN’ATI VA IJRO MAHORATI Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida belgilangan reja asosida oktabr oyi uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsi O‘zbekiston xalq baxshisi Xo‘jamberdiyev Shodmon Egamberdiyevich ishtirokida o‘tkazilib, unda “Surxondanman, surxondan” asarini ijro etish uslubi va mahoratiga alohida e’tibor qaratildi. Dars davomida milliy baxshichilik san’atining o‘ziga xos jihatlari, asarni badiiy talqin etish, ijro mahoratini oshirish hamda yosh avlodga milliy musiqa merosini yetkazish borasida amaliy tavsiyalar berildi. Mazkur mahorat darsi o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, milliy san’at an’analarini asrab-avaylash va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Sherobod tuman 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi axborot xizmati #MahoratDarsi #Baxshichilik #MilliySanat #Sherobod8BMSM

#21_oktabr #O‘zbek_tili_bayrami #Sherobod_tumani 🇺🇿 O‘ZBEK TILI — MILLAT KO‘ZGUSI! 📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
+8
#21_oktabr #O‘zbek_tili_bayrami #Sherobod_tumani 🇺🇿 O‘ZBEK TILI — MILLAT KO‘ZGUSI! 📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Sherobod tuman 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rni, uning boy tarixi hamda sofligini asrab-avaylashning ahamiyati alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashildi. Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va bebaho merosimizdir! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir. O‘zbek tilimiz doimo barhayot va barhayot bo‘lsin! 📍 Sherobod tuman 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi axborot xizmati 🔗 Telegram: https://t.me/Sherobod_8_BMSM #Sherobod8BMSM #O‘zbekTili #TilBayrami #OnaTilimFaxrim

Repost from Ozodbek Nazarbekov
🇺🇿 Aziz vatandoshlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli! Barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabr
🇺🇿 Aziz vatandoshlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli!   Barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklayman! Ona tili – millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va tafakkurini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir. U xalqning qalbini, orzu-umidlarini, quvonch-u iztiroblarini avloddan avlodga yetkazib turuvchi muqaddas rishtaning o‘zidir. Ayniqsa, biz – madaniyat va san’at vakillari uchun tilning qadri va mas’uliyati o‘zgacha. Zero, adabiyot so‘z bilan yashaydi, teatr so‘z bilan ta’sir qiladi, kino so‘z orqali hayot haqiqatlarini ochadi, qo‘shiq esa so‘zga ohang va qalb bag‘ishlaydi. Alisher Navoiy hazratlari so‘z qudrati bilan ona tilimizni yuksak adabiyot tili darajasiga ko‘targan bo‘lsalar, asrlar davomida shoir-u adiblarimiz, baxshilarimiz, hofizlarimiz va san’atkorlarimiz uning go‘zalligini xalqimiz qalbida asrab kelmoqda. Bugun ham o‘zbek tilining jozibasi xalq qo‘shiqlarimizda, maqomlarimiz, dostonlarimiz, sahna asarlarimiz va zamonaviy ijod namunalarida yangramoqda. Bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: ona tilini asrash faqat uni sevish haqida gapirish emas, balki unda to‘g‘ri, ravon, go‘zal va mas’uliyat bilan so‘zlashdir. Shu ma’noda, har bir ijodkorning qalamidan chiqqan so‘z, sahnadan aytilgan har bir jumla, kuyga solingan har bir misra ona tilimizga bo‘lgan munosabatimizni namoyon etadi. Bizning vazifamiz – tilimizning boy imkoniyatlarini san’at asarlarida yanada teran ochish, uning sofligi va nafosatini asrash, eng muhimi, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va iftixor tuyg‘usini mustahkamlashdir. Chunki tilni asrash – milliy o‘zlikni asrash, uning imkoniyatlarini kengaytirish esa millat ma’naviyatining kelajagiga xizmat qilish demakdir. Aziz yurtdoshlar! Ona tilimiz hamisha xalqimizni birlashtiruvchi, milliy madaniyatimizni yuksaltiruvchi va dunyoga tanituvchi ma’naviy qudrat bo‘lib qolsin! Barchangizni yana bir bor O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ona tilimiz hamisha qalbimizda, ijodimizda va hayotimizda ardoq topsin! Hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri                                 Ozodbek Nazarbekov ✅ Telegram ✅ Instagram

#Dutor_chellenj #Sherobod8BMSM 🎶 MILLIY CHOLG‘ULAR IJROSIGA BAG‘ISHLANGAN CHELLENJDA ISHTIROK ETAMIZ! Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi hamda “Milliy cholg‘u ijrochiligi” ijodiy birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan “Dutor chellenji” davom etmoqda. Ushbu chellenjda Sherobod tuman 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi ham faol ishtirok etib, milliy musiqa san’atimizning betakror ohanglarini keng targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Dutor — xalqimizning boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz va asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan musiqiy an’analarimiz timsolidir. Ushbu chellenj yosh avlod qalbida milliy cholg‘ularimizga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Milliy san’atimizni birgalikda targ‘ib qilamiz va qadrlaymiz! 📲 Telegram: https://t.me/Sherobod_8_BMSM #DutorChellenj #MilliyCholgular #MilliyMeros #YoshIsteʼdodlar #Sherobod8BMSM

​MUVAFFAQIYAT VA RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA! ​«G‘ijjak sehri» respublika tanlovining Surxondaryo viloyati hududiy sarala
+5
​MUVAFFAQIYAT VA RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA! ​«G‘ijjak sehri» respublika tanlovining Surxondaryo viloyati hududiy saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini (yo‘llanmani) qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘quvchilarimiz hamda ularning ustozini chin qalbdan tabriklaymiz! ​Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar va ularning ustozi: ​Murodov Afruzbek Ikrom o‘g‘li — o‘quvchi ​Fayziyev Behruzbek Bahodir o‘g‘li — o‘quvchi ​Raxmatov Bekzod Jo‘rayevich — ustoz ​Yoshlarimizni ushbu yuksak natijaga tayyorlagan fidoiy ustozimizga va muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz. ​Respublika bosqichida ham vakillarimizga omad va ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz! Telegram manzilimiz:

#Tanlov #Sherobod_tumani “Iste’dodlar xaritasi” respublika tanlovining Sherobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi “Fortepiano ijro
+2
#Tanlov #Sherobod_tumani “Iste’dodlar xaritasi” respublika tanlovining Sherobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi “Fortepiano ijrochiligi” ijodiy birlashmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Iste’dodlar xaritasi” respublika tanlovining Sherobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda mahalla bosqichida g‘olib deb topilgan iqtidorli yoshlar ishtirok etib, fortepiano ijrochiligi bo‘yicha o‘z mahorati, musiqiy bilimi va ijodiy salohiyatini namoyish etdilar. Ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanma olish uchun o‘zaro bellashdilar. Barcha ishtirokchilarga omad va kelgusi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! #Sherobod8BMSM

#Davlat_tili_bayrami Onam meni suygan kabi suydim seni, Jon jomimga hayotim deb quydim seni. Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor, Onajonim allasida tuydim seni. Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim, Ham g‘ururu ham sharaf-shon, Ona tilim. Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland, Jonimiz senga fido, jon Ona tilim. 🇺🇿 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank

#Temur_bolaligi ⚡️ Sohibqiron Amir Temurning bolalik yillariga bag‘ishlangan tarixiy filmni tomosha qiling!
Buyuk Sohibqiron Amir Temurning bolalik davri, uning xarakterini toblagan ilk sinovlar va buyuk taqdir sari boshlangan mardona yo‘li haqida hikoya qiluvchi filmni tomosha qiling! "Raqamli San’at" ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiyev boshchiligida yaratilgan mazkur loyiha ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalari va an’anaviy kino san’atini uyg‘unlashtirgan. Xalqaro AI Film Awards tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ushbu durdona asarni endi siz ham tomosha qilishingiz mumkin. Qolgan qismlarni iTV platformasida tomosha qiling: https://itv.uz/detail/98055/amir-temu...
Tarixga sayohat qiling. Sohibqironning buyuk taqdiri sari ilk qadamlariga guvoh bo‘ling! Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank

📣 Diqqat, diqqat! ⚡️ Hurmatli davlat xizmatchisi, Siz uchun bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" taqdim qilindi. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. ✨ Yangi ish kuningiz samarali o‘tsin! Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank

«UMUMMILLIY DIKTANT» LOYIHASI O‘TKAZILDI Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida davlat tilining nufuzini osh
+7
«UMUMMILLIY DIKTANT» LOYIHASI O‘TKAZILDI Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida davlat tilining nufuzini oshirish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish hamda xodimlarning yozma savodxonligini mustahkamlash maqsadida «Umummilliy diktant» loyihasi doirasida diktant tashkil etildi. Mazkur loyiha davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash, imlo qoidalariga amal qilish madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Diktant jarayonida maktab xodimlari faol ishtirok etib, o‘zbek tilida to‘g‘ri va savodli yozish, imlo qoidalari hamda davlat tili me’yorlariga rioya qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Bunday ma’rifiy tadbirlar ona tilimizga bo‘lgan ehtiromni kuchaytirish, davlat tilining nufuzini oshirish va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilimiz — millatimiz faxri va ma’naviyatimiz ko‘zgusi!

Zo‘ravonlikning ko‘rinishi turlicha. Bolaning himoyasi esa har qanday holatda ta’minlanishi kerak. Zo‘ravonlik faqat jismoniy zarar yetkazish bilan cheklanmaydi. Tahdid qilish, kamsitish, haqoratlash, qo‘rqitish yoki bolaning zarur ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish ham uning hayoti va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bugun, 14-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish hamda tergov va sud jarayonlarida ularning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda. 🤝 Bolalarni himoya qilishda har birimizning e’tiborimiz muhim. Agar bola zo‘ravonlik haqida aytib bersa, uni xotirjam tinglang, ayblamang va yordam so‘rashini qo‘llab-quvvatlang. 📞 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida 1246 ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin. Befarq bo‘lmang. Sizning murojaatingiz bolaning himoya va yordam olishiga yo‘l ochishi mumkin. Har bir bola zo‘ravonliksiz, xavfsiz muhitda ulg‘ayishga haqli. 🎬 Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz

#Ijtimoiy_rolik ❗️ Farzandlarimizni o‘z ona tilidan ayirmaylik... Aslida tilimiz qadimiy, betakror va dunyodagi eng chiroyli til. Agar biz unda so‘zlasak, uni asrasak, qadrlasak, asrlar davomida avlodlarimiz qalbida, tilida, tafakkurida millatning o‘lmas qadriyatlari ham bardavom bo‘laveradi. 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
1989-yilning 21-oktabr kuni mamlakatimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi  2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi o‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Millatlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri bu – til.  Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Har bir inson o‘z ona tilini bilishi, uni ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa millatlarning ona tiliga ham hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina tilning, millatning qadri va obro‘yi, nufuzi oshadi.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank

#Tanlov ⚡️ “San’atga baxshida umr” respublika onlayn ko‘rik-tanlovida ishtirok eting! O'zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog
#Tanlov   ⚡️ “San’atga baxshida umr” respublika onlayn ko‘rik-tanlovida ishtirok eting! O'zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, taniqli xonanda va bastakor Ortiq Otajonov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan "San'atga baxshida umr" respublika onlayn ko'rik-tanlovi O'zbekiston Davlat filarmoniyasining Xorazm viloyat bo'linmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi — Ortiq Otajonovning boy ijodiy merosini o'rganish va keng targ'ib qilish, milliy qo'shiqchilik va estrada san'ati an'analarini davom ettirish hamda raqamli texnologiyalar yordamida respublikaning eng chekka hududlaridagi iqtidorli ijrochilarni aniqlash, rag'batlantirish va keng jamoatchilikka tanitishdir. Tanlovda respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek chet eldan turib ishtirok etish mumkin. G'oliblar 2027-yil 24-yanvarda Toshkentdagi "Xalqlar do'stligi" saroyida o'tadigan tantanali gala konsertda taqdirlanadi. 👉 Ariza torshirish - https://otajonovtanlov.uz/ Arizalar 2026-yilning 1-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank

#BIZ_GIYOHVANDLIKKA_QARSHIMIZ #SOG‘LOM_HAYOT_TARZI 🎨 “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida rasmlar tanlovi Sherobod tuma
+4
#BIZ_GIYOHVANDLIKKA_QARSHIMIZ #SOG‘LOM_HAYOT_TARZI 🎨 “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida rasmlar tanlovi Sherobod tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida yoshlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari orqali giyohvandlikning salbiy oqibatlarini aks ettirib, sog‘lom turmush tarzini tanlash, zararli illatlardan yiroq bo‘lish va yorqin kelajak sari intilish g‘oyalarini ifoda etdilar. Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning giyohvandlikka qarshi immunitetini mustahkamlash hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Zero, sog‘lom avlod — yurt kelajagi! #Sherobod8BMSM #BizGiyohvandlikkaQarshimiz #Sog‘lomAvlod #YoshlarIjodi

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻquvchini bir taʼlim yoʻnalishidan boshqa taʼlim yoʻnalishiga o‘tkazish qaysi davrda amalga oshiriladi? 🧠 Javobingizni tanlang 👇

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarida qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi? 🧠 Javobingizni tanlang 👇