cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Madaniyat.uz I Rasmiy kanal

Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 107b-uy 🌐 https://gov.uz/madaniyat/ 📞 (55)-502 33 75) 📨 [email protected] t.me/madaniyatvazirligi www.instagram.com/madaniyatvazirligi www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
10 409
Obunachilar
-624 soatlar
-407 kunlar
-55430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️ O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov Turkmanistonda bo'lib o'tayotgan Maxtumquli Firog'iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan xalqaro madaniyat vazirlari konferesiyasida ishtirok etayotganligi haqida xabar berilgan edi. 17-may kuni Avazxon Tadjixanov Ashxobod shahrida (Turkmaniston) buyuk turkman shoiri, faylasufi, mutafakkiri, klassik turkman adabiyoti yirik vakili Maxtumquli Firog'iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan xalqaro konferensiyada nutq so'zladi.
“O‘zbekiston dunyoda Maxtumquli asarlari eng ko‘p nashr qilinadigan va eng ko‘p o‘qiladigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Qolaversa, yurtimizda shoir she’rlari va ular asosida yaratilgan qo‘shiqlar kirib bormagan biror-bir xonadon yo‘q, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Joriy yil 19-fevral kuni Prezidentimizning “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani keng jamoatchilik tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Mazkur qarorda, 💬 shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida spektakl sahnalashtiriladi; 💬 yosh xonandalar o‘rtasida “Maxtumquli she’rlari bilan aytiladigan eng yaxshi qo‘shiqlar ijrochisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi; 💬 2024-yil oktyabr oyida esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Maxtumquli Firog‘iy xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tadi. Bugun bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjuman ham O‘zbekistonda Maxtumquli ijodiga, merosiga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasi bo‘lib, tarixi, madaniyati, maqsad va intilishlari mushtarak ikki buyuk elning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonamiz. Niyatimiz, Maxtumquli Firog‘iyning bebaho merosi asrlar osha insoniyatni ezgu maqsadlar sari chorlab turaversin!”
– deya o‘z nutqini yakunladi vazirning birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 2👏 2🤩 1🤝 1🤗 1
#Faxr ⚡️ Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ak Ilbirs" marosimida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Yakshanba” filmi aktrisasi Roza Piyazova "Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. ✅ Shuningdek, taniqli rejissyor, senarist va kino ustasi Elyor Ishmuhamedov "Jahon kinematografiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" mukofoti bilan taqdirlandi. Elyor Ishmuhamedov o‘zining kino durdonalari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham ko‘pchilikning qalbini zabt etgan. Ijodkor faoliyati davomida “Mehribonlik”, “Alvido, g‘o‘r yoshligim”, “Hayotning boshlanishi”, “Sevishganlar”, “Orzularimiz qanotida”, “Sevishganlar 2”, “Shok” kabi ko‘pchilikning qalbidan o‘rin egallagan filmlarni yaratgan. ❗️ Maʼlumot uchun, Qirg‘izistonda o‘tgan xalqaro kinofestivalda o‘zbek kinosi kunlari ham tashkil etilib, uning doirasida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Abdulla Oripov", “Sabot” va "O‘zbek qizi" filmlari qirg‘izistonlik tomoshabinlar uchun namoyish qilindi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#teatr 🎭 18-may kuni namoyish etiladigan spektakllar bilan tanishing 👉 Batafsil ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 1👏 1👌 1
04:21
Video unavailableShow in Telegram
#ustoz Agar insoniyatni donishmandlari, oqillari, ulamolari, insonlarni yaxshi kelajak sari yetaklamasa, yetaklanuvchilar yoʻlni topa olmay qolishadi. Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻofurov ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👏 2🔥 1🤩 1
Repost from ICRICH
#ilmiy_muloqot Oʻzbekiston tasviriy san’at galereyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, musiqashunos-sharqshunos, madaniyatshunos – Aleksandr Djumaevning “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi davrida badiiy madaniyat: shakllanish manbalari” mavzusida ma’ruzasi boʻlib oʻtdi. Olim oʻz ma’ruzasi davomida tinglovchilarga Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelganidan keyingi davrdagi ilmiy-ijodiy muhit, shu davrda paydo boʻlgan yoʻnalishlar, janrlar, oʻsha davrlarda yetishib chiqqan allomalar va ularning asarlarini tahlil qilib, izohlab berdi. Ma’ruza soʻngi muloqot tarzida davom etib, tinglovchilar mavzu doirasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ulaning va ulashing❗️ Telegram | Instagram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🔥 2👏 1
#Hudud_xabarlari 📍 Sirdaryo viloyati 16-may kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida O'zbekiston Xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning "Maestro" deb nomlangan ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Dastur davomida "Anvar va Ra'no" spektakli uchun bastalangan kuylar, ariyalar va ashulalar ijro etildi. 📍 Qashqadaryo viloyati 13-18-may kunlari Respublika bo'yicha barcha bolalar musiqa va san'at maktablari uchun "Xoreografiya va teatr haftaligi" bo’lib o'tmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati bolalar musiqa va san'at maktablarida haftalik jadallik bilan olib borilmoqda. 📍 Andijon viloyati Andijonning Qo'rg'ontepa tumani 23-son bolalar musiqa va san'at maktabi Teatr san'ati sinfi o'quvchilari tomonidan "Yangi Ildiz" deb nomlangan kichik spektakl namoyishining tahlili va ochiq darsi bo'lib o'tdi. 📍 Namangan viloyati Namanganning Uchqo'rg'on tumani 19-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi "Xush kelding Bahor" deb nomlangan hisobot konsert dasturini o'tkazdi. 📍 Samarqand viloyati Samarqand viloyati Qo'g'irchoq teatri jamoasi Farg'onada ijodiy safarda bo'ldi. Unda, viloyatning Toshloq, Qo'shtepa hamda Quva tumanlaridagi kichkintoylarga "Matonatli yurak" spektakli namoyish etildi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 6👏 2
⚡️ Ayni paytda "Yangi O‘zbekiston kino san’atining ufqlari" forumi bo'lib o'tmoqda. ✅ Unda O'zbekiston xalq artistlari Mukambar Rahimova, Yodgor Sa'diyev, Tesha Mo'minov, Gulchehra Jamilova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov kabi taniqli kinoijodkorlar hamda vazirlik va tashkilotlar xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda. ✅ Shuningdek, forum davomida Samarqand Amiri, buyuk sarkarda, Registon bunyodkori haqidagi "Bahodir Yalangto'sh" tarixiy-badiiy filmining mutaxassislar va OAV vakillari uchun maxsus premyerasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👏 2🔥 1
Repost from Saida Mirziyoyeva
Kecha Prezidentimiz boshchiligida milliy estrada asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykalining ochilish marosimida ishtirok etdik. Tadbirdan so‘ng Milliy estrada san’ati instituti hamda Kino saroyiga tashrif uyushtirildi. Davlat rahbari vatanimiz tarixi va madaniyatiga muhabbat, buyuk O‘zbekistonimiz, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlarni suratga olish muhim ekanini ta’kidladilar. Umid qilamanki, yaqin kelajakda aynan shunday filmlar ekran yuzini ko‘radi. - Вчера мы во главе с Президентом приняли участие в церемонии открытия памятника основоположнику национальной эстрады, народному артисту Узбекистана Батыру Закирову.   После этого состоялось посещение Института национального эстрадного искусства и Дворца кино. Глава государства сказал о важности создания фильмов, которые прививали бы любовь к истории и культуре нашей страны, вызывали бы гордость за наш великий Узбекистан и его традиции.   Я очень надеюсь, что именно такие фильмы и появятся в ближайшем будущем.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 4🤩 2👏 1
Po'stilar arxiv