PSIXOEKSPERIMENT
Kanalga Telegram’da o‘tish
1. Ilmiy tadqiqotchi 2. Koreyalik (vaqtincha) 3. Immigrantshunos 4. Psixokonsultant 5. Double-PhDer 6. Psixolingvist 7. Etnopsixolog 8. PhD (Psixologiya) Shaxsiy murojaatlar uchun : @ganiev_akhrorjon
Ko'proq ko'rsatish1 183
Obunachilar
-124 soatlar
+187 kunlar
+330 kunlar
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyul '26
Iyul '26
+43
0 kanalda
Iyun '26
+15
2 kanalda
Get PRO
May '26
+128
2 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+67
3 kanalda
Get PRO
Mart '26
+11
0 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+18
2 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+58
3 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+273
2 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+70
3 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+29
1 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+196
2 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+344
2 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+36
1 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+51
2 kanalda
Get PRO
May '25
+44
1 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+460
2 kanalda
Get PRO
Mart '25
+453
2 kanalda
Get PRO
Fevral '250
3 kanalda
Get PRO
Yanvar '250
2 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+48
2 kanalda
Get PRO
Noyabr '240
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '240
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '240
0 kanalda
Get PRO
Avgust '240
0 kanalda
Get PRO
Iyul '240
0 kanalda
Get PRO
Iyun '240
0 kanalda
Get PRO
May '240
0 kanalda
Get PRO
Aprel '240
0 kanalda
Get PRO
Mart '240
0 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+1
0 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 23 Iyul | 0 | |||
| 22 Iyul | 0 | |||
| 21 Iyul | +2 | |||
| 20 Iyul | +1 | |||
| 19 Iyul | +13 | |||
| 18 Iyul | +2 | |||
| 17 Iyul | +6 | |||
| 16 Iyul | +1 | |||
| 15 Iyul | 0 | |||
| 14 Iyul | +3 | |||
| 13 Iyul | +3 | |||
| 12 Iyul | +1 | |||
| 11 Iyul | +2 | |||
| 10 Iyul | +2 | |||
| 09 Iyul | +2 | |||
| 08 Iyul | +2 | |||
| 07 Iyul | 0 | |||
| 06 Iyul | 0 | |||
| 05 Iyul | +2 | |||
| 04 Iyul | 0 | |||
| 03 Iyul | +1 | |||
| 02 Iyul | 0 | |||
| 01 Iyul | 0 |
Kanal postlari
Hind oilalari haqida...
Odatda hind oilalari bir ayoldan nimani kutadi?
Yaxshi kelin bo'lsin. Yaxshi ona bo'lsin. Yaxshi turmush o'rtoq bo'lsin. Ishlasa ham uyga ulgurib kelsin. Bolalarga qarasin. Qarindoshlarning ko'nglini olsin. Bayramlarni tashkillashtirsin. Hech kimning tug'ilgan kunini unutmasin. Va eng muhimi...
Hech qachon charchamasin.
Psixologiyada buning nomi Role overload (ortiqcha rollar yuklamasi) - bir inson zimmasiga haddan tashqari ko'p ijtimoiy rollar yuklanishi deyiladi.
Yana bir tushuncha bor Mental load (aqliy yuklama) hech kim ko'rmaydigan, lekin miyani tinimsiz band qiladigan ko'rinmas mehnat.
Kimning dorisi tugayapti? Ertaga bolani bog'chaga kim olib borishi, kim olib kelishi kerak? Qaysi qarindosh xafa bo'lib qolmasin? Uyda nima pishiriladi? Mehmon kelsa nima qilamiz? Bu savollar ko'pincha bitta insonning boshida aylanadi.
Muammo ovqat pishirishda emas. Muammo doimo hamma narsani eslab yurishga majbur bo'lishda.
Eng qizig'i shuki, ko'p ayollar bolaligidan: Moslash. Sabr qil. Oilangni saqla. Gap qaytarma. degan g'oyalar bilan ulg'ayadi.
Natijada o'zini birinchi o'ringa qo'yish ularga aybdek tuyula boshlaydi.
Bu post albatta Hindiston haqida.
Lekin agar o'qiyotganingizda xayolingizga boshqa bir mamlakat yoki oila kelgan bo'lsa... Men hech narsa demadim. 🙂
Oila psixologiyasi oilani bir insonning fidoyiligi emas, mas'uliyatning adolatli taqsimlanishi mustahkam qilishini doimo uqtirib keladi. Ba'zan eng og'ir yuk qo'lda ko'tariladigan yuk emas, uni hech kim ko'rmaydigan, ammo har kuni ongda ko'tariladigan yuk bo'lishi mumkin.
Fikrimga qo'shilasizmi?
PSIXOEKSPERIMENT
| 2 | 🎙️ Bu oddiy televizion studiya emas. Bu Janubiy Koreyadagi boshlang'ich maktabning ovoz yozish xonasi
Rasmlarda ko'rayotganingiz Janubiy Koreyaning Chuncheon shahridagi endigina foydalanishga topshirilayotgan oddiy davlat boshlang'ich maktabining media studiyasi. Ha, boshlang'ich maktabi.
Bu yerda,
professional video kameralar;
televizion darajadagi ovoz yozish xonasi;
audio mixer lar;
yoritish uskunalari;
montaj va translyatsiya pulti;
intervyu hamda podkast yozish imkoniyati mavjud.
Endi bir savol. Bizda bunday studiyalarni kimlar orzu qiladi?
Ko'plab blogerlar. Ko'plab podkastchilar. Hatto ayrim taniqli san'atkorlar ham. Bu yerda esa bularning barchasi 7–12 yoshli bolalar uchun qurilyapti.
Farq faqat pulda emas. Farq dunyoqarashda. Biz hali ham bolalarimizga
"Telefon ishlatma, darsingni qil."
deb majburlaymiz.
Koreyslar esa bolaga:
"Mana kamera. Mana mikrofon. Fikringni ayt."
deydigandek😊.
Bizda ijod ko'pincha darsdan keyingi qo'shimcha mashg'ulot sifatida qaraladi. Bu yerda esa ijod bu ta'limning o'zi.
Eng qiziq tomoni esa...
Bu studiya kelajakdagi teleboshlovchilar yoki qo'shiqchi blogerlarni tayyorlash uchun emas. Bular bolalarga:
kamera oldida erkin gapirishni;
jamoa bilan ishlashni;
media savodxonligini;
tanqidiy fikrlashni;
o'z g'oyasini ifodalashni o'rgatish uchun qurilgan.
Chunki koreyslar XXI-asrda bilimning o'zi yetmasligini yetkaza olish ham alohida kompetensiya ekanligini juda yaxshi biladi.
Endi ozgina achchiq sarkazm.
Bizda hali ham ba'zi maktablarda marker topilsa bayram. Projektorlar ishlasa direktor faxrlanadi. Internet uzilmasa "o'sha kun omadli kun" hisoblanadi. Lekin hisobotlarda hammasi "raqamlashtirilgan", "zamonaviy", "innovatsion". Qog'ozdagi innovatsiya bilan hayotdagi innovatsiya orasidagi masofa esa... minglab kilometr.
Gap Koreyani maqtashda emas.
Gap shundaki, davlatning kelajakka bo'lgan munosabatini uning bolalari uchun yaratgan sharoitidan bilish mumkin. Yoshlar xarajat emas. Yoshlar - eng uzoq muddatli investitsiya.
Kim buni ertaroq tushunsa, 20-30 yildan keyin texnologiyani ham, iqtisodiyotni ham, ilm-fanni ham o'sha boshqaradi. Shuning uchun ham bugun ular boshlang'ich sinf o'quvchisiga studiya, zamonaviy VR ko'zoynaklar va dronlargacha mavjud bo'lgan kompyuter xonalari qurmoqda.
Biz esa hanuz "bularni nima keragi bor?" degan savol bilan ovoradekmiz.
Shuni unitmaylik, kelajakni qurayotgan jamiyatlar "qancha tejaymiz?" deb emas, "bolalar yana nimani o'rganishi mumkin?" deb o'ylaydi.
Fikrimga qo'shilasizmi?
PSIXOEKSPERIMENT | 510 |
| 3 | Жанубий Кореянинг Кангвон миллий университети тадқиқотчиси Аҳроржон Ғаниев ўзбек халқининг этнопсихологик қиёфасини аниқлаш бўйича тадқиқот ўтказмоқда.
Аҳроржон билан гаплашганимда, у мазкур тадқиқотга методологик асос қилиб нидерланд жамиятшуноси Герт Ҳофстеденинг турли халқлар маданий хусусиятларини акс эттирувчи кўрсаткичлар моделини олганини айтди. Бу — баҳсли, лекин анча қизиқ ёндашув. Бугун ўзи жамиятларнинг этнопсихологик қиёфаси борми, йўқми, бўлса, у сабабми, оқибатми, анча баҳсли ҳисобланади.
Шунга қарамай, тадқиқотни қўллаб-қувватлаймиз. Аҳроржонга ёрдам бериш учун у тайёрлаган сўровномада қатнашинг ва натижалар релевантлигини оширишга ёрдам беринг.
Сўровномани якунлагач, унинг охирида берилган Telegram гуруҳига қўшилинг ва сўровнома муваффақиятли якунланганини тасдиқловчи скриншотни гуруҳга юборинг. Тадқиқот якунида барча иштирокчилар орасидан тасодифий танлов асосида 15 нафар ғолиб аниқланади.
Сўровномани қуйида тўлдиришингиз мумкин.
@AsanovEldar | 402 |
| 4 | SEVGI BOMBARDIMONI
Munosabatning ilk kunlarida hamma mehribon bo'lishi tabiiy. Ammo ba'zan bu mehr sog'lom yaqinlik emas, balki manipulyatsiyaning bir qismi bo'lishi mumkinligini ham unutmang.
Psixologiyada bu Love Bombing deb ataladi.
Love Bombing - bu insonni juda qisqa vaqt ichida kuchli mehr, e'tibor, maqtov va romantik harakatlar bilan hissiy jihatdan o'ziga bog'lab olishga qaratilgan manipulyativ usuldir.
Bunday inson sizni hali yaxshi tanimasdan turib:
— "Siz hayotimdagi yagona odamsiz."
— "Sizni uchratishim taqdir ekan."
— "Sizsiz yashay olmayman."
kabi juda katta gaplarni aytishi mumkin.
Doimiy xabarlar, ketma-ket qo'ng'iroqlar, qimmat sovg'alar, haddan tashqari maqtovlar, har bir bo'sh vaqtingizni egallashga urinish - bularning barchasi bir qarashda romantik tuyuladi. Ammo maqsad sizni sevish emas, balki imkon qadar tez hissiy jihatdan o'ziga bog'lab olish bo'lishi mumkin.
Masalan, bir yigit qiz bilan endigina tanishganiga bir hafta bo'lgan bo'lsa ham, har kuni gullar yuboradi, "tezroq turmush quramiz", "ota-onamni sovchilikka yuboraman", "sensiz kelajagimni tasavvur qila olmayman", deydi. Qiz asta-sekin barcha vaqtini unga ajrata boshlaydi, do'stlaridan uzoqlashadi va hissiy jihatdan unga qattiq bog'lanadi. Oradan bir necha oy o'tgach esa yigit butunlay o'zgaradi, e'tibor kamayadi, tanqid va nazorat kuchayadi, rashk va talablar boshlanadi. Endi qiz munosabatning boshidagi mehr yana qaytishiga umid qilib, bu munosabatni tark eta olmay qoladi.
Love Bombingning eng xavfli tomoni shundaki, u sevgiga o'xshab ko'rinadi. Aslida esa sog'lom sevgi vaqt o'tishi bilan ishonch, hurmat va barqarorlik orqali shakllanadi. Manipulyativ mehr esa juda tez boshlanadi, juda kuchli bo'ladi va ko'pincha xuddi shunday tez o'zgaradi.
Shuni unutmangki, ko'p mehrning o'zi muammo emas. Muhimi - bu mehr sizning erkinligingizni hurmat qiladimi, vaqt sinovidan o'tadimi va hech qanday nazorat yoki bosimga aylanmaydimi. Haqiqiy sevgi sizni erkinroq qiladi. Manipulyativ sevgi esa sizni o'ziga qaram qiladi.
PSIXOEKSPERIMENT | 395 |
| 5 | Oxir-oqibat uzr so'rayotgan odam siz bo'lib qolyapsizm
Bugun yana bir toksik munosabatlarda uchrovchi manipulyatsiya usuli haqida gaplashamiz.
Ba'zan insonni manipulyatsiya qilish uchun yolg'onning o'zi ham yetmaydi. Buning o'rniga shunday usul qo'llaniladiki, suhbat oxiriga kelib haqiqiy aybdor emas, aynan siz o'zingizni aybdor his qila boshlaysiz.
Psixologiyada bu DARVO deb ataladi (bu atama dastlab Jennifer Freyd tomonidan tavsiflangan).
DARVO uch bosqichdan iborat:
D – Deny (Inkor qilish)
Avval manipulyator bo'lgan voqeani yoki qilgan ishini inkor qiladi.
A – Attack (Hujum qilish)
Keyin muammoni muhokama qilish o'rniga sizni ayblashni boshlaydi. Sizning xarakteringiz, niyatingiz yoki hissiyotlaringiz nishonga olinadi.
RVO – Reverse Victim and Offender (Jabrlanuvchi va aybdorning o'rnini almashtirish)
Oxirida esa o'zini jabrlanuvchi, sizni esa aybdor qilib ko'rsatadi. Natijada suhbatning markazida uning xatti-harakati emas, sizning xatolaringiz qoladi.
Masalan, xotin erining boshqa ayol bilan yozishmalarini ko'rib qoladi va bu haqida eridan so'raydi. Eri avval yozishmalarni inkor qiladi. Dalil ko'rsatilgach, "Telefonimni titkilashga uyalmaysanmi? Nega har doim shunday qilaverasan", deb ayolga hujum qiladi. Bir necha daqiqadan so'ng esa eri: "Bu oilani buzayotgan sensan. Men shuncha harakat qilyapman, sen esa menga ishonmaysan", deydi. Suhbat yakunida yozishmalar emas, ayolning o'zi muammoning sababi sifatida ko'rsatiladi.
DARVOning eng xavfli tomoni shundaki, u odamni haqiqatni izlashdan chalg'itib, o'zini oqlashga majbur qiladi. Vaqt o'tishi bilan inson o'z xotirasi, hissiyotlari va qarorlariga shubha qila boshlashi mumkin.
Shuni unutmangki, har bir inkor yoki bahs DARVO emas. Ammo agar har safar muammo ko'targaningizda voqea inkor qilinsa, keyin sizga hujum qilinsa va oxir-oqibat aybdor siz bo'lib qolsangiz, bu manipulyativ muloqotning muhim belgilaridan biri bo'lishi mumkin.
PSIXOEKSPERIMENT | 557 |
| 6 | "Men haddan tashqari ta'sirchanman shekilli..."
Agar munosabat davomida o'zingizga tez-tez shu gapni ayta boshlagan bo'lsangiz, ehtimol muammo sizda emasdir, ehtimol gap umuman boshqa yerdadir.
Gaslighting - bu shunday manipulyatsiyaki, unda inson sizning xotirangizga, his-tuyg'ularingizga va hatto aqlingizga shubha qila boshlashingizga sabab bo'ladi. Gaslighterlar odatda mana bunga o'xshash gaplardan juda ko'p foydalanadi:
"Bunaqa narsa bo'lmagandi, yaxshiroq o'ylab ko'r"
"Sen hamma narsani bo'rttiriraverasan."
"Hazil qilgandimku, sen tushunmabsan."
Vaqt o'tishi bilan siz haqiqatni emas, uning aytganlarini tekshira boshlaysiz. Kechirim so'rashni odat qilasiz. Hatto o'zingizni aybdor hamhis qilasiz. Eng xavflisi shundaki, gaslighting baqirish yoki haqorat bilan boshlanmaydi. U juda oddiy, hatto mehribon ko'rinadigan gaplar ortiga yashirinadi. Shu sababli ko'p odamlar manipulyatsiya ichida yashayotganini uzoq vaqt anglamaydi, yoki bir umr aglolmay o'tadi.
Sog'lom munosabat sizni o'zingizdan shubhalantirmaydi. Aksincha, o'zingizni xotirjam, tinglangan va qadrlangan his qilishingizga yordam beradi.
Agar kimdir sizni doimiy ravishda o'zingizning hislaringiz va xotirangizdan shubhalanishga majbur qilayotgan bo'lsa, bu sevgi emas. Bu - manipulyatsiyadir siz esa uning qurbonisiz.
Aytgancha mana postda men iltimos qilgan so'rovnomani to'ldirish haligacha davom etmoqda, esingizdan chiqib qoldi shekilli, so'rovnomani yakunlaganlar uchun sovg'alar ham bor. Astoydil bo'lamiz...
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola (link):
https://forms.gle/XNpgJfL4V4FBXJKu6
PSIXOEKSPERIMENT | 487 |
| 7 | ⚡️ Ilmiy tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shing!
Sizni "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi keng ko‘lamli ilmiy so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.
🕒 So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Barcha javoblar anonim tarzda yig‘iladi va faqat ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi.
🎁 Rag‘batlantirish
So‘rovnomani yakunlagach, uning oxirida berilgan Telegram guruhiga qo‘shiling va so‘rovnoma muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi skrinshotni guruhga yuboring.
Tadqiqot yakunida barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 20 nafar g‘olib aniqlanadi.
🏆 Sovg‘alar:
📚📖"Mutolaa" loyihasining 1 oylik Premium obunasi, yoki
💰💳 uning qiymatiga teng pul mukofoti (g‘olibning tanloviga ko‘ra).
🙏 Ilmiy tadqiqotimizni qo‘llab-quvvatlab, uning muvaffaqiyatli amalga oshishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizdan umidvormiz. Shuningdek, ushbu so‘rovnomani yaqinlaringiz va hamkasblaringiz bilan ulashsangiz, tadqiqot sifatini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:
https://forms.gle/XNpgJfL4V4FBXJKu6 | 1 175 |
| 8 | 🧠 Aziz Psixoeksperiment kuzatuvchilari!
Sizlardan kichik iltimosim bor.
Bir necha oylik mehnatdan so'ng "O'zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi ilmiy tadqiqotimizning asosiy bosqichini boshladik.
Birozdan so'ng so'rovnoma havolasini ulashaman. Imkoningiz bo'lsa, uni to'ldirib, tadqiqotimizni qo'llab-quvvatlashingizni va yaqinlaringizga ham ulashishingizni so'rayman.
Har bir javob ushbu tadqiqot uchun juda qadrli. Oldindan barchangizga katta rahmat! 🙏🤝 | 500 |
| 9 | Yuqoridagi bu so'rovnomani o'tkazishdan asosiy maqsadim shu ediki, avvalroq shu yerda o'tkazilgan sinov tadqiqot ishini yakunlab, endi asosiy natijalar yig'ish bosqichiga yetib keldim.
Tadqiqot mavzuim ham o'ziga xos va original ya'ni O'zbek xalqining etnopsixologik qiyofasi va profaylini yaratishdan iborat. Natijalar statistik jihatdan ishonchli bo'lishi uchun esa O'zbekistonning barcha viloyatlaridan 1000 dan ziyod ishtirokchilar zarur.
Shu maqsadda hozirgacha men bilan g'oyibona shu kanalim orqali yaqindan tanish bo'lgan barchangizdan, jonbozlik va faollikni kutib qolgan xolda, asosiy so'rovnomani to'ldirish jarayoniga faol qatnashishingizni iltimos qilib qolaman.
Xa, aytgancha so'rovnomani boshqa yaqinlaringiz, oila a'zolaringiz, qarindoshlaringiz, mahalladosh va kursdoshlaringizga tarqatish orqali esa ilm uchun yana bir katta xissangizni qo'shgan bo'lasiz. O'ylaymanki instagram yoki YouTube ko'rish uchun sarflaydigan 20 daqiqa vaqtingizni, meni kamtarona so'rovnomamni to'ldirish uchun ham ajrata olasiz.
So'rovnoma havolasi ertaga shu kanalimga joylanadi.
Omadli ishtirokchilar uchun ham alohida sovg'alar ham ajratganmiz.
Hurmat bilan, PSIXOEKSPERIMENT | 591 |
| 10 | viloyatlar davomi... | 578 |
| 11 | Kanalimdagi a'zolarning geografik mansubligi men uchun qiziq, qaysi viloyatdansiz? | 623 |
| 12 | 🚶♂️ Nega ba'zi mamlakatlarda odamlar tezroq yuradi?
Tasavvur qiling, siz Tokio ko‘chasida turibsiz. Svetofor yashil yonishi bilan odamlar deyarli yugurayotgandek tez qadam tashlaydi (bunga shaxsan o'zim guvoh bo'lganman (maqtanib ketay shu yerda Yaponiyaga borganimni)). Endi Indoneziyaning bir shahrini tasavvur qiling – odamlar xotirjamroq, shoshilish kamroq, vaqt go‘yo sekinroq oqayotgandek.
Bu shunchaki taassurot emas. 1984-yilda amerikalik psixolog Robert Levin va uning hamkasblari 6 mamlakatda odamlarning yurish tezligi, soatlarning aniqligi va pochta xizmati tezligini o‘rganishdi.
📌 Natija:
🥇 Yaponiya – eng tez hayot ritmiga ega mamlakat.
🥉 Indoneziya – eng sokin ritmga ega mamlakatlardan biri.
🇺🇸 AQSh esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
1999-yilda tadqiqot 31 mamlakatni qamrab oldi va yanada qiziqarli xulosalar paydo bo‘ldi, unga ko'ra:
✅ Sovuq iqlimdagi davlatlarda odamlar tezroq yashaydi.
✅ Boyroq mamlakatlarda vaqt yanada qimmatli resurs hisoblanadi.
✅ Individualistik jamiyatlarda hayot sur'ati yuqoriroq bo‘ladi.
Lekin tadqiqotning eng hayratlanarli topilmasi boshqa edi.
⚠️ Hayot ritmi tez bo‘lgan shaharlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim darajasi ham yuqoriroq ekan.
Balki buning sababi doimiy shoshilish, stress, "vaqt yetmayapti" hissi va bir daqiqa ham bekor ketmasligi kerak degan bosimdir.
Bugungi dunyo bizga tezroq yurishni, tezroq ishlashni, tezroq yashashni o‘rgatmoqda. Ammo ilm-fan bizga ba'zan sekinlashish – ortda qolish emas, balki sog‘lomroq va mazmunliroq yashashning bir usuli bo‘lishi mumkinligini ko'rsatyapti.
🕰 Axir hayotning qiymati uni qanchalik tez yashaganimiz bilan emas, balki uni qanchalik ongli va mazmunli yashaganimiz bilan o‘lchanadiku, to'g'rimi?
📚 Manba: Levine, R. V., & Norenzayan, A. (1999). The Pace of Life in 31 Countries. Journal of Cross-Cultural Psychology.
PSIXOEKSPERIMENT | 890 |
| 13 | 🧠 Xayol surish – vaqtni bekorga sarflashmi
Kuni kecha Psyche platformasida chop etilgan pokistonlik klinik psixolog Vardah Bharuchining "Your Daydreams Know Something You Don't. Look Closely" ("Sizning xayollaringiz siz bilmagan narsani biladi. Yaxshiroq qarang") nomli maqolasini o‘qib chiqdim.
Maqolani o‘qir ekanman, ko‘pchiligimiz odatiy hol deb qaraydigan xayol surish (daydreaming) aslida psixikamiz haqida qanchalik ko‘p ma'lumot berishi mumkinligi haqida o‘ylab qoldim. Biz odatda xayol surayotgan odamni e'tiborsiz, parishon yoki vaqtini bekorga sarflayotgan inson sifatida tasavvur qilamiz. Aslida esa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson ongining katta qismi real voqelikdan tashqaridagi fikrlar, orzular va tasavvurlar bilan band bo‘ladi. Muallifning fikricha, xayollarimiz ko‘pincha bizning ong ostimizda qolib ketgan ehtiyojlarimiz, qo‘rquvlarimiz, armonlarimiz va intilishlarimiz haqida signal beradi.
Maqoladagi eng qiziqarli g‘oya shundaki, agar insonning xayollari doim bir xil mavzular atrofida aylansa, bu tasodif emas. Kimdir doimo mashhur bo‘lishni tasavvur qilishi mumkin, boshqasi esa odamlar tomonidan qadrlanishini, yana kimdir esa o‘zini kuchli yoki xavfsiz his qiladigan vaziyatlarni xayol qiladi. Bu xayollar ko‘pincha real hayotda qondirilmayotgan ehtiyojlarimizning aksidir.
Masalan, inson doimo muvaffaqiyat va e'tirof haqidagi xayollarga berilsa, ehtimol uning ichida tan olinmagan mehnat, qadrlanmagan qobiliyat yoki tasdiqlanishga bo‘lgan ehtiyoj yashiringandir. Agar xayollar markazida yaqin munosabatlar bo‘lsa, balki insonning qalbi ko‘proq mehr, tushunish yoki samimiy muloqotni sog‘inayotgandir.
Psixolog sifatida menga maqolaning eng kuchli jihati shundaki, muallif xayollarni bostirish yoki ulardan qutulishga emas, balki ularni tushunishga chaqiradi. Ba'zan biz muammoni emas, uning alomatini yo‘qotishga urinib qolamiz. Holbuki, xayollarimiz bizga nimadir yetishmayotganini ko‘rsatishga harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Menimcha, har birimiz vaqti-vaqti bilan o‘zimizga bir savol berib ko‘rishimiz kerak: Men eng ko‘p nimani xayol qilaman va nega aynan shu mavzu xayollarimda qayta-qayta paydo bo‘ladi?
Balki javobni uzoqdan qidirayotgandirmiz, aslida esa u allaqachon ongimizning chuqur qatlamlarida biz bilan suhbatlashib kelayotgandir.
Maqola uchun link: https://psyche.co/ideas/your-daydreams-know-something-you-dont-look-closely
PSIXOEKSPERIMENT | 849 |
| 14 | 🧠 Nega ayrim odamlar 30 yoshida ham "katta bola" bo‘lib qoladi?
Kechagi mana bu bolalardagi ma'suliyat va mustaqilliklikni shakllantirish haqidagi postimdan keyin bir qiziq savol bilan murojaat qilishdi: nega ba'zi insonlar yosh jihatdan katta bo‘lsa-da, hayotiy qarorlar, mas'uliyat va mustaqillik masalasida hanuz boshqalarga tayanib yashaydi?
Bu savolga javob izlar ekanman, amerikalik yosh davrlari psixologi Jeffrey Arnettning "Emerging Adulthood" nazariyasiga duch keldim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kattalik insonning yoshi bilan emas, balki o‘z hayoti uchun javobgarlikni qanchalik o‘z zimmasiga olishi bilan belgilanadi.
Qiziqarli tomoni shundaki, odamlar Qachon o‘zingizni katta bo‘ldim deb his qilgansiz? degan savolga diplom olganimda, ishga kirganimda yoki ma'lum yoshga yetganimda deb emas, balki:
✔️ O‘zim qaror qabul qila boshlaganimda;
✔️ Qarorlarim oqibatiga javob bera olganimda;
✔️ Ota-onamdan psixologik jihatdan mustaqillashganimda;
deya javob berishgan.
Psixologiyada mas'uliyat hissi ko‘pincha nasihat orqali emas, tajriba orqali shakllanishi ta'kidlanadi. Agar insonning har bir muammosi boshqalar tomonidan hal qilib berilsa, u muammoni yechishni emas, yordam kutishni o‘rganadi. Agar har bir xatosining oqibati undan olib qo‘yilsa, u qarorlarining qiymatini his qilmaydi. Shu sababli ba'zan ota-onalar, turmush o‘rtoqlar yoki yaqinlar yaxshi niyat bilan qilayotgan ortiqcha g‘amxo‘rliklari orqali insonning mustaqillik va mas'uliyat hissi rivojlanishiga to‘sqinlik qilib qo‘yishlari mumkin.
Albert Banduraning o‘ziga ishonch (self-efficacy) nazariyasiga ko‘ra, inson o‘z kuchiga faqat muvaffaqiyatlarni emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tish tajribasi orqali ham ishonishni o‘rganadi. Ya'ni mas'uliyat hissi tayyor berilmaydi — u amaliyotda shakllanadi.
Ba'zan "Bu odam nega mas'uliyatni o'ziga olmaydi?" deb hayron qolamiz. Balki savolni boshqacharoq qo‘yish kerakdir:
"Unga qachondir mas'uliyatni sinab ko‘rish va uning oqibatlarini boshdan kechirish imkoniyati berilganmi?"
Hayotning qiziq paradoksi shundaki, odamlar katta bo‘lib qolganlari uchun mas'uliyatli bo‘lib qolmaydi. Aksincha, mas'uliyatni o‘z zimmasiga ola boshlaganlari sayin katta bo‘lib boradilar.
Shuning uchun ba'zan insonni rivojlantirishning eng yaxshi usuli unga ko‘proq yordam berish emas, balki o‘zi uddalay oladigan joyda bir qadam ortga chekinishdir.
PSIXOEKSPERIMENT | 946 |
| 15 | #otaonalaruchun
Bolaga ko‘proq yordam berish har doim ham yaxshi tarbiya degani emas
Bugun Peter Grayning "How to Do Less for Your Children" (Farzandlaringiz uchun kamroq ish qilishni qanday o‘rganish mumkin) nomli maqolasini o‘qib chiqdim. Maqola 2022-yilda Psyche platformasida chop etilgan bo‘lib, muallif bolalar psixologiyasi va rivojlanish masalalari bo‘yicha taniqli tadqiqotchilardan biri hisoblanadi.
Maqolani o‘qib, ota-onalik, tarbiya va bolalar mustaqilligi haqida chuqurroq o‘ylab qoldim. Ayniqsa, bugungi kunda ko‘plab ota-onalar farzandlariga yaxshilik qilaman deb, ba'zan ularning mustaqil rivojlanish imkoniyatlarini cheklab qo‘yayotgani haqidagi fikr e'tiborimni tortdi.
Ko‘pchiligimiz yaxshi ota-ona bo‘lishni farzandimiz uchun hamma narsani qilib berish, har bir muammoni hal qilib qo‘yish, har bir qadamini nazorat qilish bilan bog‘laymiz. Aslida esa hayotda muvaffaqiyat qozonadigan, qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan va o‘ziga ishongan insonlar ko‘pincha bolaligidan mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlardir.
O‘ylab qarasak, bola yiqilmasin deb doimo ushlab yurishimiz mumkin. Lekin shunda u yurishni emas, faqat suyanchiqga tayanishni o‘rganadi. Xuddi shuningdek, bola xato qilmasin deb barcha muammolarini hal qilib berishimiz mumkin. Ammo bunda u muammo yechishni emas, boshqalarga suyanishni o‘rganadi.
Maqolaning eng kuchli g‘oyalaridan biri shuki, bolalar mas'uliyatni faqat mas'uliyat yuklanganda, mustaqillikni esa faqat mustaqil bo‘lish imkoniyati berilganda o‘rganadilar. Ota-onaning vazifasi har doim oldinda yurib yo‘lni tozalab berish emas, balki farzand yonida turib, kerak bo‘lganda qo‘llab-quvvatlashdir.
Psixologik nuqtai nazardan ham insonning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi (self-efficacy), muammolarni yengib o‘tish qobiliyati (resilience) va ichki motivatsiyasi aynan mustaqil tajribalar orqali shakllanadi. Shu sababli ba'zan farzandimiz uchun qiladigan eng katta yaxshilik — uning o‘zi qila oladigan ishni uning o‘ziga topshirishdir.
Maqola uchun manba: https://psyche.co/guides/how-to-do-less-for-your-children
PSIXOEKSPERIMENT | 946 |
| 16 | Tongda sizni uyg‘otadigan,
kechqurun esa yo‘lingizga ko‘z tutadigan hech kim bo‘lmasa,
va hayotingizni istaganingizcha yashash imkoniga ega bo‘lsangiz,
bu holatni qanday atash mumkin:
erkinlikmi yoki yolg‘izlik?
PSIXOEKSPERIMENT | 691 |
| 17 | Hara Hachibu: Nega biz ko‘pincha tanamizga kerak bo‘lganidan ko‘proq yeymiz?
Yaponiyada qadimdan qo‘llanib kelinadigan bir tamoyil bor - Hara Hachibu - ya'ni qorin 80% to‘lganda ovqatlanishni to‘xtatish. Bir qarashda oddiy odatdek tuyuladi, ammo uning ortida inson psixologiyasi va organizm faoliyatiga oid qiziqarli jihatlar yashiringan.
Aslida miyamiz to‘yganlik signalini darhol qabul qilmaydi. Ovqat yeyishni boshlaganimizdan keyin to‘yganlik hissi shakllanishi uchun ma'lum vaqt kerak bo‘ladi. Shu sababli tez ovqatlanadigan odamlar organizm ehtiyojidan ko‘proq ovqat iste'mol qilishga moyil bo‘ladilar.
Psixologik jihatdan esa ko‘pchiligimiz ochlik sababli emas, balki odat, stress, zerikish yoki mazali taomning ta'siri ostida ovqatlanamiz. Natijada to‘ydim degan nuqtadan o‘tib ketamiz. Hara Hachibu tamoyili esa insonni o‘z tanasi signallariga quloq solishga, ovqatlanish jarayonida ongliroq bo‘lishga undaydi.
Qizig‘i shundaki, ilmiy tadqiqotlar kaloriyani me'yorida iste'mol qilish uzoq muddatli salomatlik, vazn nazorati va metabolik jarayonlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Albatta, bu och yurish degani emas. Gap organizm ehtiyojini his qilish va ortiqcha iste'moldan qochish haqida ketmoqda.
Ba'zan sog‘lom hayot sari eng katta qadam murakkab dietalar emas, balki bir luqma oldinroq to‘xtash bo‘lishi mumkin.
Siz odatda ovqatlanishni qachon to‘xtatasiz: qoringiz to‘yganda, likopchangiz bo‘shaganda yoki hamma ovqatlat tugaganda? 🤔
Aytgancha yuqorida yuborgan va qatnashishni iltimos qilgan mana bu so'rovnomaga ham ishtirok etishingiz so'rab qolamiz, hali ham javoblarni yig'yapmiz.
So'rovnoma havolasi⬇️⬇️⬇️⬇️
https://forms.gle/9L7Qc8u1nm9vhgdLA
PSIXOEKSPERIMENT | 847 |
| 18 | 📊 Aziz do‘stlar! Va’da qilingan so‘rovnoma tayyor
Bugun sizlarni o‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini o‘rganishga qaratilgan pilot tadqiqotda ishtirok etishga taklif qilaman.
⏳ So‘rovnoma biroz uzun (172 ta savol) va taxminan 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ammo har bir javobingiz kelajakda o‘zbeklar uchun yaratiladigan ilk milliy psixologik metodikalardan birining shakllanishiga xizmat qiladi.
🙏 Ilm-fanga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizdan ishtirok etishlarini va imkon qadar yaqinlariga ham ulashishlarini so‘rayman.
🔗 So‘rovnoma havolasi⬇️⬇️⬇️
https://forms.gle/9L7Qc8u1nm9vhgdLA
Oldindan rahmat!
PSIXOEKSPERIMENT | 745 |
| 19 | 📊 Aziz do‘stlar!
MUHIM ILTIMOSNOMA
So‘nggi bir necha oy davomida men psixologiya sohasida juda katta va murakkab bir tadqiqot ustida ishlayapman. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiflashdan iborat.
Eng qiziq tomoni shundaki, bugungi kunga qadar aynan o‘zbeklar uchun ishlab chiqilgan, milliy psixologik xususiyatlarni o‘lchashga qaratilgan mukammal psixologik metodika deyarli mavjud emas. Shu sababli ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida o‘z metodikamni ishlab chiqishga kirishdim.
Hozircha metodikaning dastlabki variantida 172 ta fikr va savollar mavjud. Ha, bu juda katta hajmdagi metodika. Ammo sifatli ilmiy natijaga erishish uchun dastlab uni pilot tadqiqotdan o‘tkazish zarur. Pilot tadqiqot — bu asosiy tadqiqotdan oldin metodikaning sifati, tushunarliligi va ishonchliligini tekshirish uchun o‘tkaziladigan sinov bosqichidir.
Pilot tadqiqot yakunida barcha savollar statistik jihatdan tahlil qilinadi va faqat eng sifatli hamda ilmiy talablarga javob beradigan savollar qoldiriladi.
Buning uchun bizga O‘zbekistonning turli hududlaridan, yoshi, kasbi, millati va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, imkon qadar ko‘proq ishtirokchilar kerak bo‘ladi.
Kanalimda ancha vaqtlardan buyon va yangi qo'shilgan aziz kuzatuvchilarim meni bu ilmiy izlanishda qo‘llab-quvvatlaysizlar, degan umiddaman.
Hozircha bir savol: agar so‘rovnoma havolasini joylashtirsam, taxminan nechta odam ushbu tadqiqotda ishtirok etib, o‘z javoblari bilan yordam bera oladi?
Izohlarda yoki reaksiyalar orqali fikringizni qoldiring. Yetarli qiziqish bo‘lsa, so‘rovnomaning elektron shaklini tez orada e’lon qilaman.
Oldindan barchangizga rahmat! 🙏
PSIXOEKSPERIMENT | 669 |
| 20 | #motivation
Esingizda bo'lsa bundan bir necha oy avval O'zbekistondan Inha Universiteti professori Valijon Turakulov aka Chunchonda mehmon bo'lgandilar. Ustoz bilan kichikroq davrada bo'lsa ham, mazmunli suhbat o'tkazgandik. Valijon akani o'z telegram kanallari ham bo'lib o'ziga xos va dolzarb mavzular haqida yozib turadilar. Bu safar ham shunday postlardan birini siz bilan ulashgimiz keldi.
Chet elda o‘qib qaytganlar ko‘pincha o‘z yurtining iqtisodiy sakrashida muhim rol o‘ynagan.
Koreyslar AQSH va Germaniyada o‘qib, qaytgach zamonaviy sanoat poydevorini qo‘yishdi. Chililik yoshlar Chicago’da iqtisodiy nazariyani o‘rganib, keyinchalik “Chicago Boys” sifatida butun Lotin Amerikasi iqtisodiy siyosatiga ta’sir ko‘rsatgan. Hindistonda ham shunga o‘xshash jarayon bo‘lgan: Apple, Google, Microsoft kabi kompaniyalarda tajriba orttirgan hind mutaxassislari qaytib, Bangalorni “Hindistonning Silicon Valley”siga aylantirishda katta rol o‘ynashgan.
Shuning uchun Koreyada o‘qiyotgan o‘zbek yoshlaridan umidimiz katta (?)
Lekin yaqindagi safarim taassurotlaridan va kelayotgan xabarlarni tahlil qilsam, bir haqiqat ko‘rinadi: ayrim yoshlarimiz hali ham vaqtini asosiy narsaga emas, ikkinchi darajali narsalarga sarflayaptilar. Shuning uchun ba'zi kichik va amaliy maslahatlar ulashgim keldi.
Chunchon O’zbeklar Jamiyati
Matbuot xizmati
PSIXOEKSPERIMENT | 830 |
