PSIXOEKSPERIMENT
前往频道在 Telegram
1. Ilmiy tadqiqotchi 2. Koreyalik (vaqtincha) 3. Immigrantshunos 4. Psixokonsultant 5. Double-PhDer 6. Psixolingvist 7. Etnopsixolog 8. PhD (Psixologiya) Shaxsiy murojaatlar uchun : @ganiev_akhrorjon
显示更多1 161
订阅者
+124 小时
-147 天
-1030 天
吸引订阅者
八月 '26
八月 '26
+2
在0个频道中
七月 '26
+46
在0个频道中
Get PRO
六月 '26
+15
在2个频道中
Get PRO
五月 '26
+128
在2个频道中
Get PRO
四月 '26
+67
在3个频道中
Get PRO
三月 '26
+11
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+18
在2个频道中
Get PRO
一月 '26
+58
在3个频道中
Get PRO
十二月 '25
+273
在2个频道中
Get PRO
十一月 '25
+70
在3个频道中
Get PRO
十月 '25
+29
在1个频道中
Get PRO
九月 '25
+196
在2个频道中
Get PRO
八月 '25
+344
在2个频道中
Get PRO
七月 '25
+36
在1个频道中
Get PRO
六月 '25
+51
在2个频道中
Get PRO
五月 '25
+44
在1个频道中
Get PRO
四月 '25
+460
在2个频道中
Get PRO
三月 '25
+453
在2个频道中
Get PRO
二月 '250
在3个频道中
Get PRO
一月 '250
在2个频道中
Get PRO
十二月 '24
+48
在2个频道中
Get PRO
十一月 '240
在0个频道中
Get PRO
十月 '240
在0个频道中
Get PRO
九月 '240
在0个频道中
Get PRO
八月 '240
在0个频道中
Get PRO
七月 '240
在0个频道中
Get PRO
六月 '240
在0个频道中
Get PRO
五月 '240
在0个频道中
Get PRO
四月 '240
在0个频道中
Get PRO
三月 '240
在0个频道中
Get PRO
二月 '24
+1
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 02 八月 | 0 | |||
| 01 八月 | +2 |
频道帖子
Bambuk qonuni, nega hayot sizni kutishga majbur qiladi?
Ko'pchiligimiz ko'pincha bir xatoga yo'l qo'yamiz, yaxshi natijaga erishishni juda tez kutamiz. Bir oy mehnat qilamiz, muvaffaqiyat kutamiz. Bir yil o'qiymiz, darrov boy bo'lishni xohlaymiz. Ammo tabiat bizga boshqa qonunni o'rnak qilib ko'rsatadi, Bambuk qonuni.
Bambuk urug'i ekilgandan so'ng, birinchi yil deyarli hech narsa ko'rinmaydi. Ikkinchi yil ham hech narsadan darak yo'q. Uchinchi yil ham deyarli o'zgarmaydi. Hatto to'rtinchi yil ham shu ahvol. Ba'zan odamlar, Bu urug' umuman unmaydimi? deb o'ylashi mumkin. Aslida esa, bambuk o'smayotgani yo'q. U ko'zga ko'rinmaydigan joyda ildiz otmoqda. Chunki u kelajakdagi ulkan o'sishni ko'tara oladigan mustahkam poydevor qurmoqda.
Keyin esa kutilmagan hodisa yuz beradi. Mustahkam ildiz shakllangach, bambuk qisqa vaqt ichida juda tez bo'y cho'zadi. Kuniga xatto 65 sm gacha. Guvohi bo'lganlarni aytishicha xattoki bambuklarning shunchalik tez o'sishidan uni ovozini ham eshitish mumkin ekan. Bu haqda kichik videoni ham joyladim.
Inson hayoti ham xuddi shunday. Bugun o'qiyotgan kitobingiz, o'rganayotgan tilingiz, qilayotgan mehnatingiz, boshdan kechirayotgan qiyinchiliklaringiz, bularning hammasi sizning ildizlaringiz. Balki hozir natija ko'rinmayotgandirsiz. Balki boshqalar sizni tushunmayotgandir. Ammo bu siz o'smayapsiz degani emas. Ko'p odamlar aynan natija ko'rinmayotgan paytda taslim bo'lishadi. Aslida esa ular muvaffaqiyatga eng yaqin nuqtada bo'lishadi.
Shuning uchun o'zingizni hech kim bilan taqqoslamang. Kimdir bugun balandda bo'lishi mumkin, lekin sizning ildizingiz ertangi kun uchun mustahkamlanayotgan bo'lishi mumkin.
Shuni esda tutingki. tez o'sgan daraxtni shamol oson yiqitadi, mustahkam ildiz otgan daraxt esa bo'ronlarga ham bardosh beradi.
Sabr bu sustkashlik deb o'ylamang, sabr maqsad sari to'xtamasdan harakat qilishdir. Agar bugun mehnatingizning mevasi ko'rinmayotgan bo'lsa, tushkunlikka tushmang. Ehtimol, hayot sizni katta muvaffaqiyatga tayyorlayotgandir.
Eng muhimi esa Bambuk qonunini unutmang, avval ildiz, keyin yuksalish. Sizning eng katta o'sishingiz ham, balki, hali oldindadir. Nima dedingiz...?
PSIXOEKSPERIMENT
| 2 | Bambuk qonuni, nega hayot sizni kutishga majbur qiladi?
Ko'pchiligimiz ko'pincha bir xatoga yo'l qo'yamiz, yaxshi natijaga erishishni juda tez kutamiz. Bir oy mehnat qilamiz, muvaffaqiyat kutamiz. Bir yil o'qiymiz, darrov boy bo'lishni xohlaymiz. Ammo tabiat bizga boshqa qonunni o'rnak qilib ko'rsatadi, Bambuk qonuni.
Bambuk urug'i ekilgandan so'ng, birinchi yil deyarli hech narsa ko'rinmaydi. Ikkinchi yil ham hech narsadan darak yo'q. Uchinchi yil ham deyarli o'zgarmaydi. Hatto to'rtinchi yil ham shu ahvol. Ba'zan odamlar, Bu urug' umuman unmaydimi? deb o'ylashi mumkin. Aslida esa, bambuk o'smayotgani yo'q. U ko'zga ko'rinmaydigan joyda ildiz otmoqda. Chunki u kelajakdagi ulkan o'sishni ko'tara oladigan mustahkam poydevor qurmoqda.
Keyin esa kutilmagan hodisa yuz beradi. Mustahkam ildiz shakllangach, bambuk qisqa vaqt ichida juda tez bo'y cho'zadi. Kuniga xatto 65 sm gacha. Guvohi bo'lganlarni aytishicha xattoki bambuklarning shunchalik tez o'sishidan uni ovozini ham eshitish mumkin ekan. Bu haqda kichik videoni ham joyladim.
Inson hayoti ham xuddi shunday. Bugun o'qiyotgan kitobingiz, o'rganayotgan tilingiz, qilayotgan mehnatingiz, boshdan kechirayotgan qiyinchiliklaringiz, bularning hammasi sizning ildizlaringiz. Balki hozir natija ko'rinmayotgandirsiz. Balki boshqalar sizni tushunmayotgandir. Ammo bu siz o'smayapsiz degani emas. Ko'p odamlar aynan natija ko'rinmayotgan paytda taslim bo'lishadi. Aslida esa ular muvaffaqiyatga eng yaqin nuqtada bo'lishadi.
Shuning uchun o'zingizni hech kim bilan taqqoslamang. Kimdir bugun balandda bo'lishi mumkin, lekin sizning ildizingiz ertangi kun uchun mustahkamlanayotgan bo'lishi mumkin.
Shuni esda tutingki. tez o'sgan daraxtni shamol oson yiqitadi, mustahkam ildiz otgan daraxt esa bo'ronlarga ham bardosh beradi.
Sabr — sustkashlik emas. Sabr — maqsad sari to'xtamasdan harakat qilishdir.
Agar bugun mehnatingizning mevasi ko'rinmayotgan bo'lsa, tushkunlikka tushmang. Ehtimol, hayot sizni katta muvaffaqiyatga tayyorlayotgandir.
Bambuk qonunini unutmang: avval ildiz, keyin yuksalish. Sizning eng katta o'sishingiz ham, balki, hali oldindadir. | 1 |
| 3 | Nega jamiyat ayollarning qarishini erkaklarnikiga qaraganda ko‘proq salbiy qabul qiladi?
Bu hodisa Genderga bog‘liq ageizm deb ataladi.
Genderga bog‘liq ageizm bu jinsiy stereotiplar (seksizm) va yoshga qarab kamsitish (ageizm) kesishadigan holat bo‘lib, unda qarish ayollarga erkaklarga nisbatan ko‘proq salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar ko‘pincha yosh ko‘rinish uchun kuchliroq ijtimoiy bosimni his qiladilar. Erkaklarning yoshi esa aksincha, ko‘proq tajriba, obro‘ va yetakchilik bilan bog‘lanadi.
Qarishning ikki xil standarti
Sotsiolog Susan Sontag jamiyat erkaklar va ayollarning qarishini turlicha baholashini ta'kidlagan.
Ko‘plab erkaklar uchun:
Oqartgan soch = Donolik
Ajinlar = Tajriba
Yosh katta bo‘lish = Yetakchilik
Ko‘plab ayollar uchun esa:
Oqargan soch = O‘ziga qaramay qo‘yishlik belgisi
Ajinlar = Jozibasini yo‘qotgan
Yosh katta bo‘lish = Eng yaxshi davri ortda qolgan
Bular biologik haqiqat emas, balki jamiyat yaratgan madaniy stereotiplardir.
Nega bunday bo‘ladi?
Asrlar davomida ayollarning jamiyatdagi qadri ko‘proq ularning yoshligi va tashqi ko‘rinishi bilan bog‘lab kelindi. Filmlar, reklama va ijtimoiy tarmoqlar ayollar imkon qadar uzoq vaqt yosh ko‘rinishi kerak degan g‘oyani muntazam ravishda takrorlaydi.
Bir xil xabarni qayta-qayta ko‘rganimiz sari u kuzatish orqali o‘rganish (observational learning) mexanizmi orqali ijtimoiy me'yorga aylanadi.
Buning ortidagi psixologiya
Miyamiz takroriy tajribalar va kuzatuvlar natijasida ongsiz tarafkashliklar (implicit bias) ni shakllantiradi.
Agar ommaviy axborot vositalari doimo yosh ayollarni ideal sifatida ko‘rsatib, yoshi katta ayollarni kamroq namoyish etsa, odamlar buni sezmagan holda ichki e'tiqodiga aylantirib olishi mumkin.
Bunday tarafkashliklar madaniyat ta'sirida shakllangan avtomatik fikrlash namunalaridir.
Ammo jamiyat o‘zgarmoqda...
Bugungi kunda tobora ko‘proq ayollar oqargan sochini yashirish o‘rniga uni tabiiy holicha qoldirishni tanlamoqda. Bu quyidagi qadriyatlarning kuchayib borayotganini anglatadi:
1. O‘zini qabul qilish
2. Tanaga neytral munosabat
3. O‘zini tabiiy ifoda etish
4. Yoshga oid stereotiplarga qarshi turish
Oqargan soch - vaqt o'tayotganining belgisi, ammo u insonning go‘zalligi, qadr-qimmati yoki qobiliyatini belgilamaydi. Agar biz qarishni erkaklarda maqtab, ayollarda tanqid qilsak, biologik haqiqatni emas, balki jamiyatdagi stereotiplarni mustahkamlayotgan bo‘lamiz.
Balki endi insonni sochining rangi bilan emas, balki uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, fe'l-atvori va samimiyligi bilan qadrlash vaqti kelgandir. Nima dedingiz...
PSIXOEKSPERIMENT | 339 |
| 4 | Nega jamiyat ayollarning qarishini erkaklarnikiga qaraganda ko‘proq salbiy qabul qiladi?
Bu hodisa Genderga bog‘liq ageizm deb ataladi.
Genderga bog‘liq ageizm bu jinsiy stereotiplar (seksizm) va yoshga qarab kamsitish (ageizm) kesishadigan holat bo‘lib, unda qarish ayollarga erkaklarga nisbatan ko‘proq salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar ko‘pincha yosh ko‘rinish uchun kuchliroq ijtimoiy bosimni his qiladilar. Erkaklarning yoshi esa aksincha, ko‘proq tajriba, obro‘ va yetakchilik bilan bog‘lanadi.
Qarishning ikki xil standarti
Sotsiolog Susan Sontag jamiyat erkaklar va ayollarning qarishini turlicha baholashini ta'kidlagan.
Ko‘plab erkaklar uchun:
Oqartgan soch = Donolik
Ajinlar = Tajriba
Yosh katta bo‘lish = Yetakchilik
Ko‘plab ayollar uchun esa:
Oqargan soch = O‘ziga qaramay qo‘yishlik belgisi
Ajinlar = Jozibasini yo‘qotgan
Yosh katta bo‘lish = Eng yaxshi davri ortda qolgan
Bular biologik haqiqat emas, balki jamiyat yaratgan madaniy stereotiplardir.
Nega bunday bo‘ladi?
Asrlar davomida ayollarning jamiyatdagi qadri ko‘proq ularning yoshligi va tashqi ko‘rinishi bilan bog‘lab kelindi. Filmlar, reklama va ijtimoiy tarmoqlar ayollar imkon qadar uzoq vaqt yosh ko‘rinishi kerak degan g‘oyani muntazam ravishda takrorlaydi.
Bir xil xabarni qayta-qayta ko‘rganimiz sari u kuzatish orqali o‘rganish (observational learning) mexanizmi orqali ijtimoiy me'yorga aylanadi.
Buning ortidagi psixologiya
Miyamiz takroriy tajribalar va kuzatuvlar natijasida ongsiz tarafkashliklar (implicit bias) ni shakllantiradi.
Agar ommaviy axborot vositalari doimo yosh ayollarni ideal sifatida ko‘rsatib, yoshi katta ayollarni kamroq namoyish etsa, odamlar buni sezmagan holda ichki e'tiqodiga aylantirib olishi mumkin.
Bunday tarafkashliklar madaniyat ta'sirida shakllangan avtomatik fikrlash namunalaridir.
Ammo jamiyat o‘zgarmoqda...
Bugungi kunda tobora ko‘proq ayollar oqargan sochini yashirish o‘rniga uni tabiiy holicha qoldirishni tanlamoqda. Bu "taslim bo‘lganlari" uchun emas, balki sun'iy go‘zallik me'yorlaridan ko‘ra o‘zini tabiiy qabul qilishni afzal ko‘rganlari uchundir.
Bu quyidagi qadriyatlarning kuchayib borayotganini anglatadi:
O‘zini qabul qilish
Tanaga neytral munosabat
O‘zini tabiiy ifoda etish
Yoshga oid stereotiplarga qarshi turish
Oqargan soch — vaqt o'tayotganining belgisi, ammo u insonning go‘zalligi, qadr-qimmati yoki qobiliyatini belgilamaydi.
Agar biz qarishni erkaklarda maqtab, ayollarda tanqid qilsak, biologik haqiqatni emas, balki jamiyatdagi stereotiplarni mustahkamlayotgan bo‘lamiz.
Balki endi insonni sochining rangi bilan emas, balki uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, fe'l-atvori va samimiyligi bilan qadrlash vaqti kelgandir. | 1 |
| 5 | 🧠 Nega yoshi kattalar chet tilida to'g'ri talaffuz qilishda qiynaladi?
Yaqinda juda qiziqarli bir ilmiy-ommabop maqolani o'qib qoldim. Unda shunday savol ko'tarilgan edi: nega bolalar yangi tilni deyarli aksentsiz o'rganadi, kattalar esa yillar davomida o'qisa ham ayrim tovushlarni to'g'ri ayta olmaydi?
Ko'pchilik buning sababini tili yaxshi aylanmaydi yoki qobiliyat yo'q deb o'ylashi mumkin. Aslida esa muammo ko'pincha og'izda emas, miyada bo'ladi.
Gap shundaki, biz tug'ilganimizdan keyingi dastlabki yillarda miyamiz ona tilimizdagi tovushlar uchun alohida xarita yaratadi. Keyinchalik esa yangi eshitayotgan barcha tovushlarni shu eski xarita orqali qabul qiladi.
Masalan, yapon tilida ingliz tilidagi R va L tovushlari alohida fonema sifatida mavjud emas. Shu sababli ko'plab yaponlar right va light so'zlarini eshitishda ham, talaffuz qilishda ham qiynaladi.
Yoki o'zbeklar uchun ingliz tilidagi think va sink, three va tree so'zlari boshida juda o'xshash eshitilishi mumkin. Chunki /θ/ tovushi o'zbek tilida yo'q. Miya uni o'ziga eng yaqin tovush bilan almashtirib yuboradi.
Demak, muammo shundaki, inson avval tovushni to'g'ri eshitmasa, uni to'g'ri talaffuz ham qila olmaydi.
Lekin yaxshi yangilik ham bor.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kattalar miyasi ham yangi fonetik kategoriyalarni o'rganishga qodir. Faqat bu bolalarga qaraganda ko'proq vaqt, ko'proq sifatli mashq va eng muhimi tovushlarni farqlash mashqlarini talab qiladi.
Shuning uchun ingliz tilini o'rganayotganlarga doim bitta maslahat beraman, faqat gapirishni emas, eshitishni ham mashq qiling. Chunki yaxshi talaffuzning poydevori, yaxshi eshitishdir.
📚 Manba:
• iXBT Live. Как мозг воспринимает иностранные звуки и почему взрослым так трудно дается правильное произношение:
https://www.ixbt.com/live/science/kak-mozg-vosprinimaet-inostrannye-zvuki-i-pochemu-vzroslym-tak-trudno-daetsya-pravilnoe-proiznoshenie.html
PSIXOEKSPERIMENT | 390 |
| 6 | #mutolaa
Yana bir afsuslar bo'lsinki Qodiriyning "Mehrobdan chayon" nini bugun hozirgina tamomladim. Shunchaki kuchli asar. Qoyil tavsiya qilaman...
Kitob so'ngidan kichik parcha:
– Kulishka haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz, – dedi Anvar. Birdan hammaning ko‘zi Abdurahmonga tushdi. – Faqat siz iflosliq natijasida kulasiz, men... men to‘g‘riliq samarasini o‘raman, siz iflos vijdon bilan g‘olibsiz, men sof vijdon bilan mag‘lubman... Meni dor ostig‘a kim keltirdi? Vijdon emasmi, taqsir?! Sizni bu yerda kim tomoshabin qildi. Iflosliq emasmi, taqsir?!
Xalq chuqur sukutda, o‘z orasida turg‘an “peshvo”ga kinalik ko‘z bilan tikilgan edi... Jallod qo‘li bog‘lang‘an Anvarni dor tomong‘a olib bordi.
Sizchi bu kitobni o'qiganmisiz, fikringiz qanday?
PSIXOEKSPERIMENT | 434 |
| 7 | HASHARGA MARHAMAT!!!
Assalomu alaykum hammaga,
Taqdiqotimizda ishtirok etganingiz uchun barchaga yana bir bora katta rahmat. So'rovnomaga javoblar yig'ish ishlari eng so'nggi bosqichiga yetib asta sekin yakunlanmoqda. G'oliblarni xudo xoxlasa 4 kundan keyin 30-iyulda aniqlaymiz.
Ungacha esa bizda yana 4 kun bor. Shu maqsadda barchangizdan yana bir marta faollik so'ramoqchiman, ishtirokchilar soni qancha ko'p bo'lsa shuncha ishonchliroq natijalarga ega bo'lishimiz mumkin. So'rovnomani yana bir marta qarindoshlaringiz, hamkasblaringiz, yaqin do'stlaringizga yuborib yana bir marta qo'llab quvvotlovingizdan umidvormiz.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola (link) ustiga bosing:
https://forms.gle/3zAHKCgpXjvdZeR88 | 452 |
| 8 | 🧠 Natijalar siz o'ylagandan ham qiziqroq
Avvalo, kechagi psixologik tajribada ishtirok etgan barcha obunachilarimga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Qariyb 30 ga yaqin javob oldim va ularning deyarli barchasi bir narsani yaqqol ko'rsatdi, inson miyasi notanish odam haqida soniyalar ichida hukm chiqarishga moyil.
Suratdagi insonning ismi, kasbi, hayot tarzi, xarakteri yoki qadriyatlari haqida hech qanday ma'lumot berilmagan edi. Shunga qaramay, javoblarda "g'alati", "ijodkor", "o'ziga ishongan", "ishonchsiz", "samimiy", "kulgili", "psixologik muammosi bordek", "mehribon" kabi bir-biridan mutlaqo farq qiladigan tavsiflar uchradi. Aslida esa bularning hech biri suratning o'zidan kelib chiqmagan. Ular sizning miyangiz tomonidan juda qisqa vaqt ichida yaratilgan taxminlar edi.
Psixologiyada bu hodisa thin-slicing yoki tezkor ijtimoiy baholash deb ataladi. 1992-yilda psixologlar Nalini Ambady va Robert Rosenthal o'tkazgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, insonlar juda qisqa kuzatuv asosida boshqalar haqida dastlabki taassurot hosil qiladi. Keyinchalik Alexander Todorov va Janine Willis tadqiqotlari esa yuzni atigi 100 millisekund ko'rishning o'zi ham ishonchlilik, kompetentlik yoki samimiylik kabi sifatlar bo'yicha avtomatik baholar shakllanishi uchun yetarli ekanini ko'rsatdi. Biroq bu tadqiqotlarning eng muhim xulosasi shundaki, tez shakllangan taassurot uning to'g'riligini anglatmaydi.
Bunday mexanizmning sababi miyamizning axborotni tejab qayta ishlash xususiyatidir. Har bir uchratgan odamni chuqur tahlil qilish juda katta kognitiv resurs talab qiladi. Shu sababli miya evolyutsiya davomida heuristikalar, ya'ni aqliy qisqa yo'llardan foydalanishni o'rgangan. Tashqi ko'rinish, yuz ifodasi, kiyinish uslubi yoki boshqa vizual belgilar avvalgi tajribalarimiz, madaniyatimiz va stereotiplarimiz bilan avtomatik bog'lanadi va bir necha soniya ichida xulosa paydo bo'ladi.
Shuning uchun kechagi tajribada berilgan javoblar, aslida, suratdagi inson haqida emas, balki har birimizning ongimizda mavjud bo'lgan assotsiatsiyalar haqida ko'proq ma'lumot berdi. Bir xil suratga qaragan odamlarning mutlaqo turlicha fikr bildirgani ham aynan shundan dalolat beradi. Demak, biz ko'pincha boshqalarni emas, balki o'z tajribamiz va stereotiplarimizni ko'ramiz.
Daniel Kahneman ta'riflaganidek, bunday dastlabki baholar System 1 - tez, intuitiv va avtomatik fikrlash mahsulidir. Tanqidiy va mantiqiy tahlil esa System 2 orqali amalga oshadi. Ilmiy tafakkurning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan shu birinchi taassurotni yakuniy haqiqat sifatida qabul qilmaslik.
Shuning uchun kelasi safar biror inson haqida bir qarashdayoq hammasini tushundim degan fikr paydo bo'lsa, o'zingizga bitta savol bering: Men hozir bu insonni baholayapmanmi yoki miyamdagi stereotiplarni?
📚 Manbalar: Ambady & Rosenthal (1992); Willis & Todorov (2006); Kahneman (2011).
PSIXOEKSPERIMENT | 531 |
| 9 | #qiziq tajriba
Suratdagi insonga qisqa muddat qarab turingda, bu inson haqida miyangizga kelgan dastlabli fikrlarni yozib keting. Shunchaki xarakteri, odatlari, o'zini tutishi, xullas hayolingizga kelgan dastlabki fikrlar.
Javoblar bilan tanishib chiqqach shu haqda, bitta qiziq post joylayman, uning ortidagi mexanizmni tushuntirishga harakat qilaman.
OLG'A...
PSIXOEKSPERIMENT | 455 |
| 10 | Hind oilalari haqida...
Odatda hind oilalari bir ayoldan nimani kutadi?
Yaxshi kelin bo'lsin. Yaxshi ona bo'lsin. Yaxshi turmush o'rtoq bo'lsin. Ishlasa ham uyga ulgurib kelsin. Bolalarga qarasin. Qarindoshlarning ko'nglini olsin. Bayramlarni tashkillashtirsin. Hech kimning tug'ilgan kunini unutmasin. Va eng muhimi...
Hech qachon charchamasin.
Psixologiyada buning nomi Role overload (ortiqcha rollar yuklamasi) - bir inson zimmasiga haddan tashqari ko'p ijtimoiy rollar yuklanishi deyiladi.
Yana bir tushuncha bor Mental load (aqliy yuklama) hech kim ko'rmaydigan, lekin miyani tinimsiz band qiladigan ko'rinmas mehnat.
Kimning dorisi tugayapti? Ertaga bolani bog'chaga kim olib borishi, kim olib kelishi kerak? Qaysi qarindosh xafa bo'lib qolmasin? Uyda nima pishiriladi? Mehmon kelsa nima qilamiz? Bu savollar ko'pincha bitta insonning boshida aylanadi.
Muammo ovqat pishirishda emas. Muammo doimo hamma narsani eslab yurishga majbur bo'lishda.
Eng qizig'i shuki, ko'p ayollar bolaligidan: Moslash. Sabr qil. Oilangni saqla. Gap qaytarma. degan g'oyalar bilan ulg'ayadi.
Natijada o'zini birinchi o'ringa qo'yish ularga aybdek tuyula boshlaydi.
Bu post albatta Hindiston haqida.
Lekin agar o'qiyotganingizda xayolingizga boshqa bir mamlakat yoki oila kelgan bo'lsa... Men hech narsa demadim. 🙂
Oila psixologiyasi oilani bir insonning fidoyiligi emas, mas'uliyatning adolatli taqsimlanishi mustahkam qilishini doimo uqtirib keladi. Ba'zan eng og'ir yuk qo'lda ko'tariladigan yuk emas, uni hech kim ko'rmaydigan, ammo har kuni ongda ko'tariladigan yuk bo'lishi mumkin.
Fikrimga qo'shilasizmi?
PSIXOEKSPERIMENT | 631 |
| 11 | 🎙️ Bu oddiy televizion studiya emas. Bu Janubiy Koreyadagi boshlang'ich maktabning ovoz yozish xonasi
Rasmlarda ko'rayotganingiz Janubiy Koreyaning Chuncheon shahridagi endigina foydalanishga topshirilayotgan oddiy davlat boshlang'ich maktabining media studiyasi. Ha, boshlang'ich maktabi.
Bu yerda,
professional video kameralar;
televizion darajadagi ovoz yozish xonasi;
audio mixer lar;
yoritish uskunalari;
montaj va translyatsiya pulti;
intervyu hamda podkast yozish imkoniyati mavjud.
Endi bir savol. Bizda bunday studiyalarni kimlar orzu qiladi?
Ko'plab blogerlar. Ko'plab podkastchilar. Hatto ayrim taniqli san'atkorlar ham. Bu yerda esa bularning barchasi 7–12 yoshli bolalar uchun qurilyapti.
Farq faqat pulda emas. Farq dunyoqarashda. Biz hali ham bolalarimizga
"Telefon ishlatma, darsingni qil."
deb majburlaymiz.
Koreyslar esa bolaga:
"Mana kamera. Mana mikrofon. Fikringni ayt."
deydigandek😊.
Bizda ijod ko'pincha darsdan keyingi qo'shimcha mashg'ulot sifatida qaraladi. Bu yerda esa ijod bu ta'limning o'zi.
Eng qiziq tomoni esa...
Bu studiya kelajakdagi teleboshlovchilar yoki qo'shiqchi blogerlarni tayyorlash uchun emas. Bular bolalarga:
kamera oldida erkin gapirishni;
jamoa bilan ishlashni;
media savodxonligini;
tanqidiy fikrlashni;
o'z g'oyasini ifodalashni o'rgatish uchun qurilgan.
Chunki koreyslar XXI-asrda bilimning o'zi yetmasligini yetkaza olish ham alohida kompetensiya ekanligini juda yaxshi biladi.
Endi ozgina achchiq sarkazm.
Bizda hali ham ba'zi maktablarda marker topilsa bayram. Projektorlar ishlasa direktor faxrlanadi. Internet uzilmasa "o'sha kun omadli kun" hisoblanadi. Lekin hisobotlarda hammasi "raqamlashtirilgan", "zamonaviy", "innovatsion". Qog'ozdagi innovatsiya bilan hayotdagi innovatsiya orasidagi masofa esa... minglab kilometr.
Gap Koreyani maqtashda emas.
Gap shundaki, davlatning kelajakka bo'lgan munosabatini uning bolalari uchun yaratgan sharoitidan bilish mumkin. Yoshlar xarajat emas. Yoshlar - eng uzoq muddatli investitsiya.
Kim buni ertaroq tushunsa, 20-30 yildan keyin texnologiyani ham, iqtisodiyotni ham, ilm-fanni ham o'sha boshqaradi. Shuning uchun ham bugun ular boshlang'ich sinf o'quvchisiga studiya, zamonaviy VR ko'zoynaklar va dronlargacha mavjud bo'lgan kompyuter xonalari qurmoqda.
Biz esa hanuz "bularni nima keragi bor?" degan savol bilan ovoradekmiz.
Shuni unitmaylik, kelajakni qurayotgan jamiyatlar "qancha tejaymiz?" deb emas, "bolalar yana nimani o'rganishi mumkin?" deb o'ylaydi.
Fikrimga qo'shilasizmi?
PSIXOEKSPERIMENT | 933 |
| 12 | Жанубий Кореянинг Кангвон миллий университети тадқиқотчиси Аҳроржон Ғаниев ўзбек халқининг этнопсихологик қиёфасини аниқлаш бўйича тадқиқот ўтказмоқда.
Аҳроржон билан гаплашганимда, у мазкур тадқиқотга методологик асос қилиб нидерланд жамиятшуноси Герт Ҳофстеденинг турли халқлар маданий хусусиятларини акс эттирувчи кўрсаткичлар моделини олганини айтди. Бу — баҳсли, лекин анча қизиқ ёндашув. Бугун ўзи жамиятларнинг этнопсихологик қиёфаси борми, йўқми, бўлса, у сабабми, оқибатми, анча баҳсли ҳисобланади.
Шунга қарамай, тадқиқотни қўллаб-қувватлаймиз. Аҳроржонга ёрдам бериш учун у тайёрлаган сўровномада қатнашинг ва натижалар релевантлигини оширишга ёрдам беринг.
Сўровномани якунлагач, унинг охирида берилган Telegram гуруҳига қўшилинг ва сўровнома муваффақиятли якунланганини тасдиқловчи скриншотни гуруҳга юборинг. Тадқиқот якунида барча иштирокчилар орасидан тасодифий танлов асосида 15 нафар ғолиб аниқланади.
Сўровномани қуйида тўлдиришингиз мумкин.
@AsanovEldar | 585 |
| 13 | SEVGI BOMBARDIMONI
Munosabatning ilk kunlarida hamma mehribon bo'lishi tabiiy. Ammo ba'zan bu mehr sog'lom yaqinlik emas, balki manipulyatsiyaning bir qismi bo'lishi mumkinligini ham unutmang.
Psixologiyada bu Love Bombing deb ataladi.
Love Bombing - bu insonni juda qisqa vaqt ichida kuchli mehr, e'tibor, maqtov va romantik harakatlar bilan hissiy jihatdan o'ziga bog'lab olishga qaratilgan manipulyativ usuldir.
Bunday inson sizni hali yaxshi tanimasdan turib:
— "Siz hayotimdagi yagona odamsiz."
— "Sizni uchratishim taqdir ekan."
— "Sizsiz yashay olmayman."
kabi juda katta gaplarni aytishi mumkin.
Doimiy xabarlar, ketma-ket qo'ng'iroqlar, qimmat sovg'alar, haddan tashqari maqtovlar, har bir bo'sh vaqtingizni egallashga urinish - bularning barchasi bir qarashda romantik tuyuladi. Ammo maqsad sizni sevish emas, balki imkon qadar tez hissiy jihatdan o'ziga bog'lab olish bo'lishi mumkin.
Masalan, bir yigit qiz bilan endigina tanishganiga bir hafta bo'lgan bo'lsa ham, har kuni gullar yuboradi, "tezroq turmush quramiz", "ota-onamni sovchilikka yuboraman", "sensiz kelajagimni tasavvur qila olmayman", deydi. Qiz asta-sekin barcha vaqtini unga ajrata boshlaydi, do'stlaridan uzoqlashadi va hissiy jihatdan unga qattiq bog'lanadi. Oradan bir necha oy o'tgach esa yigit butunlay o'zgaradi, e'tibor kamayadi, tanqid va nazorat kuchayadi, rashk va talablar boshlanadi. Endi qiz munosabatning boshidagi mehr yana qaytishiga umid qilib, bu munosabatni tark eta olmay qoladi.
Love Bombingning eng xavfli tomoni shundaki, u sevgiga o'xshab ko'rinadi. Aslida esa sog'lom sevgi vaqt o'tishi bilan ishonch, hurmat va barqarorlik orqali shakllanadi. Manipulyativ mehr esa juda tez boshlanadi, juda kuchli bo'ladi va ko'pincha xuddi shunday tez o'zgaradi.
Shuni unutmangki, ko'p mehrning o'zi muammo emas. Muhimi - bu mehr sizning erkinligingizni hurmat qiladimi, vaqt sinovidan o'tadimi va hech qanday nazorat yoki bosimga aylanmaydimi. Haqiqiy sevgi sizni erkinroq qiladi. Manipulyativ sevgi esa sizni o'ziga qaram qiladi.
PSIXOEKSPERIMENT | 624 |
| 14 | Oxir-oqibat uzr so'rayotgan odam siz bo'lib qolyapsizm
Bugun yana bir toksik munosabatlarda uchrovchi manipulyatsiya usuli haqida gaplashamiz.
Ba'zan insonni manipulyatsiya qilish uchun yolg'onning o'zi ham yetmaydi. Buning o'rniga shunday usul qo'llaniladiki, suhbat oxiriga kelib haqiqiy aybdor emas, aynan siz o'zingizni aybdor his qila boshlaysiz.
Psixologiyada bu DARVO deb ataladi (bu atama dastlab Jennifer Freyd tomonidan tavsiflangan).
DARVO uch bosqichdan iborat:
D – Deny (Inkor qilish)
Avval manipulyator bo'lgan voqeani yoki qilgan ishini inkor qiladi.
A – Attack (Hujum qilish)
Keyin muammoni muhokama qilish o'rniga sizni ayblashni boshlaydi. Sizning xarakteringiz, niyatingiz yoki hissiyotlaringiz nishonga olinadi.
RVO – Reverse Victim and Offender (Jabrlanuvchi va aybdorning o'rnini almashtirish)
Oxirida esa o'zini jabrlanuvchi, sizni esa aybdor qilib ko'rsatadi. Natijada suhbatning markazida uning xatti-harakati emas, sizning xatolaringiz qoladi.
Masalan, xotin erining boshqa ayol bilan yozishmalarini ko'rib qoladi va bu haqida eridan so'raydi. Eri avval yozishmalarni inkor qiladi. Dalil ko'rsatilgach, "Telefonimni titkilashga uyalmaysanmi? Nega har doim shunday qilaverasan", deb ayolga hujum qiladi. Bir necha daqiqadan so'ng esa eri: "Bu oilani buzayotgan sensan. Men shuncha harakat qilyapman, sen esa menga ishonmaysan", deydi. Suhbat yakunida yozishmalar emas, ayolning o'zi muammoning sababi sifatida ko'rsatiladi.
DARVOning eng xavfli tomoni shundaki, u odamni haqiqatni izlashdan chalg'itib, o'zini oqlashga majbur qiladi. Vaqt o'tishi bilan inson o'z xotirasi, hissiyotlari va qarorlariga shubha qila boshlashi mumkin.
Shuni unutmangki, har bir inkor yoki bahs DARVO emas. Ammo agar har safar muammo ko'targaningizda voqea inkor qilinsa, keyin sizga hujum qilinsa va oxir-oqibat aybdor siz bo'lib qolsangiz, bu manipulyativ muloqotning muhim belgilaridan biri bo'lishi mumkin.
PSIXOEKSPERIMENT | 678 |
| 15 | "Men haddan tashqari ta'sirchanman shekilli..."
Agar munosabat davomida o'zingizga tez-tez shu gapni ayta boshlagan bo'lsangiz, ehtimol muammo sizda emasdir, ehtimol gap umuman boshqa yerdadir.
Gaslighting - bu shunday manipulyatsiyaki, unda inson sizning xotirangizga, his-tuyg'ularingizga va hatto aqlingizga shubha qila boshlashingizga sabab bo'ladi. Gaslighterlar odatda mana bunga o'xshash gaplardan juda ko'p foydalanadi:
"Bunaqa narsa bo'lmagandi, yaxshiroq o'ylab ko'r"
"Sen hamma narsani bo'rttiriraverasan."
"Hazil qilgandimku, sen tushunmabsan."
Vaqt o'tishi bilan siz haqiqatni emas, uning aytganlarini tekshira boshlaysiz. Kechirim so'rashni odat qilasiz. Hatto o'zingizni aybdor hamhis qilasiz. Eng xavflisi shundaki, gaslighting baqirish yoki haqorat bilan boshlanmaydi. U juda oddiy, hatto mehribon ko'rinadigan gaplar ortiga yashirinadi. Shu sababli ko'p odamlar manipulyatsiya ichida yashayotganini uzoq vaqt anglamaydi, yoki bir umr aglolmay o'tadi.
Sog'lom munosabat sizni o'zingizdan shubhalantirmaydi. Aksincha, o'zingizni xotirjam, tinglangan va qadrlangan his qilishingizga yordam beradi.
Agar kimdir sizni doimiy ravishda o'zingizning hislaringiz va xotirangizdan shubhalanishga majbur qilayotgan bo'lsa, bu sevgi emas. Bu - manipulyatsiyadir siz esa uning qurbonisiz.
Aytgancha mana postda men iltimos qilgan so'rovnomani to'ldirish haligacha davom etmoqda, esingizdan chiqib qoldi shekilli, so'rovnomani yakunlaganlar uchun sovg'alar ham bor. Astoydil bo'lamiz...
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola (link):
https://forms.gle/XNpgJfL4V4FBXJKu6
PSIXOEKSPERIMENT | 597 |
| 16 | ⚡️ Ilmiy tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shing!
Sizni "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi keng ko‘lamli ilmiy so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.
🕒 So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Barcha javoblar anonim tarzda yig‘iladi va faqat ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi.
🎁 Rag‘batlantirish
So‘rovnomani yakunlagach, uning oxirida berilgan Telegram guruhiga qo‘shiling va so‘rovnoma muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi skrinshotni guruhga yuboring.
Tadqiqot yakunida barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 20 nafar g‘olib aniqlanadi.
🏆 Sovg‘alar:
📚📖"Mutolaa" loyihasining 1 oylik Premium obunasi, yoki
💰💳 uning qiymatiga teng pul mukofoti (g‘olibning tanloviga ko‘ra).
🙏 Ilmiy tadqiqotimizni qo‘llab-quvvatlab, uning muvaffaqiyatli amalga oshishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizdan umidvormiz. Shuningdek, ushbu so‘rovnomani yaqinlaringiz va hamkasblaringiz bilan ulashsangiz, tadqiqot sifatini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:
https://forms.gle/XNpgJfL4V4FBXJKu6 | 1 317 |
| 17 | 🧠 Aziz Psixoeksperiment kuzatuvchilari!
Sizlardan kichik iltimosim bor.
Bir necha oylik mehnatdan so'ng "O'zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi ilmiy tadqiqotimizning asosiy bosqichini boshladik.
Birozdan so'ng so'rovnoma havolasini ulashaman. Imkoningiz bo'lsa, uni to'ldirib, tadqiqotimizni qo'llab-quvvatlashingizni va yaqinlaringizga ham ulashishingizni so'rayman.
Har bir javob ushbu tadqiqot uchun juda qadrli. Oldindan barchangizga katta rahmat! 🙏🤝 | 597 |
| 18 | Yuqoridagi bu so'rovnomani o'tkazishdan asosiy maqsadim shu ediki, avvalroq shu yerda o'tkazilgan sinov tadqiqot ishini yakunlab, endi asosiy natijalar yig'ish bosqichiga yetib keldim.
Tadqiqot mavzuim ham o'ziga xos va original ya'ni O'zbek xalqining etnopsixologik qiyofasi va profaylini yaratishdan iborat. Natijalar statistik jihatdan ishonchli bo'lishi uchun esa O'zbekistonning barcha viloyatlaridan 1000 dan ziyod ishtirokchilar zarur.
Shu maqsadda hozirgacha men bilan g'oyibona shu kanalim orqali yaqindan tanish bo'lgan barchangizdan, jonbozlik va faollikni kutib qolgan xolda, asosiy so'rovnomani to'ldirish jarayoniga faol qatnashishingizni iltimos qilib qolaman.
Xa, aytgancha so'rovnomani boshqa yaqinlaringiz, oila a'zolaringiz, qarindoshlaringiz, mahalladosh va kursdoshlaringizga tarqatish orqali esa ilm uchun yana bir katta xissangizni qo'shgan bo'lasiz. O'ylaymanki instagram yoki YouTube ko'rish uchun sarflaydigan 20 daqiqa vaqtingizni, meni kamtarona so'rovnomamni to'ldirish uchun ham ajrata olasiz.
So'rovnoma havolasi ertaga shu kanalimga joylanadi.
Omadli ishtirokchilar uchun ham alohida sovg'alar ham ajratganmiz.
Hurmat bilan, PSIXOEKSPERIMENT | 673 |
| 19 | viloyatlar davomi... | 623 |
| 20 | Kanalimdagi a'zolarning geografik mansubligi men uchun qiziq, qaysi viloyatdansiz? | 671 |
