ar
Feedback
PSIXOEKSPERIMENT

PSIXOEKSPERIMENT

الذهاب إلى القناة على Telegram

1. Ilmiy tadqiqotchi 2. Koreyalik (vaqtincha) 3. Immigrantshunos 4. Psixokonsultant 5. Double-PhDer 6. Psixolingvist 7. Etnopsixolog 8.... Shaxsiy murojaatlar uchun : @ganiev_akhrorjon

إظهار المزيد
1 177
المشتركون
-224 ساعات
-97 أيام
-4130 أيام

جاري تحميل البيانات...

القنوات المماثلة
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يونيو '26
يونيو '26
+14
في 2 قنوات
مايو '26
+128
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+67
في 3 قنوات
Get PRO
مارس '26
+11
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+18
في 2 قنوات
Get PRO
يناير '26
+58
في 3 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+273
في 2 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+70
في 3 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+29
في 1 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+196
في 2 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+344
في 2 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+36
في 1 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+51
في 2 قنوات
Get PRO
مايو '25
+44
في 1 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+460
في 2 قنوات
Get PRO
مارس '25
+453
في 2 قنوات
Get PRO
فبراير '250
في 3 قنوات
Get PRO
يناير '250
في 2 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+48
في 2 قنوات
Get PRO
نوفمبر '240
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '240
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '240
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '240
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '240
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '240
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '240
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '240
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '240
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+1
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
28 يونيو0
27 يونيو0
26 يونيو0
25 يونيو0
24 يونيو0
23 يونيو+1
22 يونيو+1
21 يونيو0
20 يونيو+1
19 يونيو+1
18 يونيو+2
17 يونيو0
16 يونيو0
15 يونيو0
14 يونيو+1
13 يونيو0
12 يونيو0
11 يونيو0
10 يونيو0
09 يونيو+1
08 يونيو+1
07 يونيو0
06 يونيو0
05 يونيو+1
04 يونيو+1
03 يونيو0
02 يونيو+1
01 يونيو+2
منشورات القناة
🧠 Xayol surish – vaqtni bekorga sarflashmi Kuni kecha Psyche platformasida chop etilgan pokistonlik klinik psixolog Vardah Bharuchining "Your Daydreams Know Something You Don't. Look Closely" ("Sizning xayollaringiz siz bilmagan narsani biladi. Yaxshiroq qarang") nomli maqolasini o‘qib chiqdim. Maqolani o‘qir ekanman, ko‘pchiligimiz odatiy hol deb qaraydigan xayol surish (daydreaming) aslida psixikamiz haqida qanchalik ko‘p ma'lumot berishi mumkinligi haqida o‘ylab qoldim. Biz odatda xayol surayotgan odamni e'tiborsiz, parishon yoki vaqtini bekorga sarflayotgan inson sifatida tasavvur qilamiz. Aslida esa tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson ongining katta qismi real voqelikdan tashqaridagi fikrlar, orzular va tasavvurlar bilan band bo‘ladi. Muallifning fikricha, xayollarimiz ko‘pincha bizning ong ostimizda qolib ketgan ehtiyojlarimiz, qo‘rquvlarimiz, armonlarimiz va intilishlarimiz haqida signal beradi. Maqoladagi eng qiziqarli g‘oya shundaki, agar insonning xayollari doim bir xil mavzular atrofida aylansa, bu tasodif emas. Kimdir doimo mashhur bo‘lishni tasavvur qilishi mumkin, boshqasi esa odamlar tomonidan qadrlanishini, yana kimdir esa o‘zini kuchli yoki xavfsiz his qiladigan vaziyatlarni xayol qiladi. Bu xayollar ko‘pincha real hayotda qondirilmayotgan ehtiyojlarimizning aksidir. Masalan, inson doimo muvaffaqiyat va e'tirof haqidagi xayollarga berilsa, ehtimol uning ichida tan olinmagan mehnat, qadrlanmagan qobiliyat yoki tasdiqlanishga bo‘lgan ehtiyoj yashiringandir. Agar xayollar markazida yaqin munosabatlar bo‘lsa, balki insonning qalbi ko‘proq mehr, tushunish yoki samimiy muloqotni sog‘inayotgandir. Psixolog sifatida menga maqolaning eng kuchli jihati shundaki, muallif xayollarni bostirish yoki ulardan qutulishga emas, balki ularni tushunishga chaqiradi. Ba'zan biz muammoni emas, uning alomatini yo‘qotishga urinib qolamiz. Holbuki, xayollarimiz bizga nimadir yetishmayotganini ko‘rsatishga harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Menimcha, har birimiz vaqti-vaqti bilan o‘zimizga bir savol berib ko‘rishimiz kerak: Men eng ko‘p nimani xayol qilaman va nega aynan shu mavzu xayollarimda qayta-qayta paydo bo‘ladi? Balki javobni uzoqdan qidirayotgandirmiz, aslida esa u allaqachon ongimizning chuqur qatlamlarida biz bilan suhbatlashib kelayotgandir. Maqola uchun link: https://psyche.co/ideas/your-daydreams-know-something-you-dont-look-closely PSIXOEKSPERIMENT

2
🧠 Nega ayrim odamlar 30 yoshida ham "katta bola" bo‘lib qoladi? Kechagi mana bu bolalardagi ma'suliyat va mustaqilliklikni shakllantirish haqidagi postimdan keyin bir qiziq savol bilan murojaat qilishdi: nega ba'zi insonlar yosh jihatdan katta bo‘lsa-da, hayotiy qarorlar, mas'uliyat va mustaqillik masalasida hanuz boshqalarga tayanib yashaydi? Bu savolga javob izlar ekanman, amerikalik yosh davrlari psixologi Jeffrey Arnettning "Emerging Adulthood" nazariyasiga duch keldim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kattalik insonning yoshi bilan emas, balki o‘z hayoti uchun javobgarlikni qanchalik o‘z zimmasiga olishi bilan belgilanadi. Qiziqarli tomoni shundaki, odamlar Qachon o‘zingizni katta bo‘ldim deb his qilgansiz? degan savolga diplom olganimda, ishga kirganimda yoki ma'lum yoshga yetganimda deb emas, balki: ✔️ O‘zim qaror qabul qila boshlaganimda; ✔️ Qarorlarim oqibatiga javob bera olganimda; ✔️ Ota-onamdan psixologik jihatdan mustaqillashganimda; deya javob berishgan. Psixologiyada mas'uliyat hissi ko‘pincha nasihat orqali emas, tajriba orqali shakllanishi ta'kidlanadi. Agar insonning har bir muammosi boshqalar tomonidan hal qilib berilsa, u muammoni yechishni emas, yordam kutishni o‘rganadi. Agar har bir xatosining oqibati undan olib qo‘yilsa, u qarorlarining qiymatini his qilmaydi. Shu sababli ba'zan ota-onalar, turmush o‘rtoqlar yoki yaqinlar yaxshi niyat bilan qilayotgan ortiqcha g‘amxo‘rliklari orqali insonning mustaqillik va mas'uliyat hissi rivojlanishiga to‘sqinlik qilib qo‘yishlari mumkin. Albert Banduraning o‘ziga ishonch (self-efficacy) nazariyasiga ko‘ra, inson o‘z kuchiga faqat muvaffaqiyatlarni emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tish tajribasi orqali ham ishonishni o‘rganadi. Ya'ni mas'uliyat hissi tayyor berilmaydi — u amaliyotda shakllanadi. Ba'zan "Bu odam nega mas'uliyatni o'ziga olmaydi?" deb hayron qolamiz. Balki savolni boshqacharoq qo‘yish kerakdir: "Unga qachondir mas'uliyatni sinab ko‘rish va uning oqibatlarini boshdan kechirish imkoniyati berilganmi?" Hayotning qiziq paradoksi shundaki, odamlar katta bo‘lib qolganlari uchun mas'uliyatli bo‘lib qolmaydi. Aksincha, mas'uliyatni o‘z zimmasiga ola boshlaganlari sayin katta bo‘lib boradilar. Shuning uchun ba'zan insonni rivojlantirishning eng yaxshi usuli unga ko‘proq yordam berish emas, balki o‘zi uddalay oladigan joyda bir qadam ortga chekinishdir. PSIXOEKSPERIMENT
338
3
#otaonalaruchun Bolaga ko‘proq yordam berish har doim ham yaxshi tarbiya degani emas Bugun Peter Grayning "How to Do Less for Your Children" (Farzandlaringiz uchun kamroq ish qilishni qanday o‘rganish mumkin) nomli maqolasini o‘qib chiqdim. Maqola 2022-yilda Psyche platformasida chop etilgan bo‘lib, muallif bolalar psixologiyasi va rivojlanish masalalari bo‘yicha taniqli tadqiqotchilardan biri hisoblanadi. Maqolani o‘qib, ota-onalik, tarbiya va bolalar mustaqilligi haqida chuqurroq o‘ylab qoldim. Ayniqsa, bugungi kunda ko‘plab ota-onalar farzandlariga yaxshilik qilaman deb, ba'zan ularning mustaqil rivojlanish imkoniyatlarini cheklab qo‘yayotgani haqidagi fikr e'tiborimni tortdi. Ko‘pchiligimiz yaxshi ota-ona bo‘lishni farzandimiz uchun hamma narsani qilib berish, har bir muammoni hal qilib qo‘yish, har bir qadamini nazorat qilish bilan bog‘laymiz. Aslida esa hayotda muvaffaqiyat qozonadigan, qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan va o‘ziga ishongan insonlar ko‘pincha bolaligidan mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlardir. O‘ylab qarasak, bola yiqilmasin deb doimo ushlab yurishimiz mumkin. Lekin shunda u yurishni emas, faqat suyanchiqga tayanishni o‘rganadi. Xuddi shuningdek, bola xato qilmasin deb barcha muammolarini hal qilib berishimiz mumkin. Ammo bunda u muammo yechishni emas, boshqalarga suyanishni o‘rganadi. Maqolaning eng kuchli g‘oyalaridan biri shuki, bolalar mas'uliyatni faqat mas'uliyat yuklanganda, mustaqillikni esa faqat mustaqil bo‘lish imkoniyati berilganda o‘rganadilar. Ota-onaning vazifasi har doim oldinda yurib yo‘lni tozalab berish emas, balki farzand yonida turib, kerak bo‘lganda qo‘llab-quvvatlashdir. Psixologik nuqtai nazardan ham insonning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi (self-efficacy), muammolarni yengib o‘tish qobiliyati (resilience) va ichki motivatsiyasi aynan mustaqil tajribalar orqali shakllanadi. Shu sababli ba'zan farzandimiz uchun qiladigan eng katta yaxshilik — uning o‘zi qila oladigan ishni uning o‘ziga topshirishdir. Maqola uchun manba: https://psyche.co/guides/how-to-do-less-for-your-children PSIXOEKSPERIMENT
470
4
Tongda sizni uyg‘otadigan, kechqurun esa yo‘lingizga ko‘z tutadigan hech kim bo‘lmasa, va hayotingizni istaganingizcha yashas
Tongda sizni uyg‘otadigan, kechqurun esa yo‘lingizga ko‘z tutadigan hech kim bo‘lmasa, va hayotingizni istaganingizcha yashash imkoniga ega bo‘lsangiz, bu holatni qanday atash mumkin: erkinlikmi yoki yolg‘izlik? PSIXOEKSPERIMENT
401
5
Hara Hachibu: Nega biz ko‘pincha tanamizga kerak bo‘lganidan ko‘proq yeymiz? Yaponiyada qadimdan qo‘llanib kelinadigan bir tamoyil bor - Hara Hachibu - ya'ni qorin 80% to‘lganda ovqatlanishni to‘xtatish. Bir qarashda oddiy odatdek tuyuladi, ammo uning ortida inson psixologiyasi va organizm faoliyatiga oid qiziqarli jihatlar yashiringan. Aslida miyamiz to‘yganlik signalini darhol qabul qilmaydi. Ovqat yeyishni boshlaganimizdan keyin to‘yganlik hissi shakllanishi uchun ma'lum vaqt kerak bo‘ladi. Shu sababli tez ovqatlanadigan odamlar organizm ehtiyojidan ko‘proq ovqat iste'mol qilishga moyil bo‘ladilar. Psixologik jihatdan esa ko‘pchiligimiz ochlik sababli emas, balki odat, stress, zerikish yoki mazali taomning ta'siri ostida ovqatlanamiz. Natijada to‘ydim degan nuqtadan o‘tib ketamiz. Hara Hachibu tamoyili esa insonni o‘z tanasi signallariga quloq solishga, ovqatlanish jarayonida ongliroq bo‘lishga undaydi. Qizig‘i shundaki, ilmiy tadqiqotlar kaloriyani me'yorida iste'mol qilish uzoq muddatli salomatlik, vazn nazorati va metabolik jarayonlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Albatta, bu och yurish degani emas. Gap organizm ehtiyojini his qilish va ortiqcha iste'moldan qochish haqida ketmoqda. Ba'zan sog‘lom hayot sari eng katta qadam murakkab dietalar emas, balki bir luqma oldinroq to‘xtash bo‘lishi mumkin. Siz odatda ovqatlanishni qachon to‘xtatasiz: qoringiz to‘yganda, likopchangiz bo‘shaganda yoki hamma ovqatlat tugaganda? 🤔 Aytgancha yuqorida yuborgan va qatnashishni iltimos qilgan mana bu so'rovnomaga ham ishtirok etishingiz so'rab qolamiz, hali ham javoblarni yig'yapmiz. So'rovnoma havolasi⬇️⬇️⬇️⬇️ https://forms.gle/9L7Qc8u1nm9vhgdLA PSIXOEKSPERIMENT
525
6
📊 Aziz do‘stlar! Va’da qilingan so‘rovnoma tayyor Bugun sizlarni o‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini o‘rganishga qaratilgan pilot tadqiqotda ishtirok etishga taklif qilaman. ⏳ So‘rovnoma biroz uzun (172 ta savol) va taxminan 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ammo har bir javobingiz kelajakda o‘zbeklar uchun yaratiladigan ilk milliy psixologik metodikalardan birining shakllanishiga xizmat qiladi. 🙏 Ilm-fanga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizdan ishtirok etishlarini va imkon qadar yaqinlariga ham ulashishlarini so‘rayman. 🔗 So‘rovnoma havolasi⬇️⬇️⬇️ https://forms.gle/9L7Qc8u1nm9vhgdLA Oldindan rahmat! PSIXOEKSPERIMENT
547
7
📊 Aziz do‘stlar! MUHIM ILTIMOSNOMA So‘nggi bir necha oy davomida men psixologiya sohasida juda katta va murakkab bir tadqiqot ustida ishlayapman. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiflashdan iborat. Eng qiziq tomoni shundaki, bugungi kunga qadar aynan o‘zbeklar uchun ishlab chiqilgan, milliy psixologik xususiyatlarni o‘lchashga qaratilgan mukammal psixologik metodika deyarli mavjud emas. Shu sababli ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida o‘z metodikamni ishlab chiqishga kirishdim. Hozircha metodikaning dastlabki variantida 172 ta fikr va savollar mavjud. Ha, bu juda katta hajmdagi metodika. Ammo sifatli ilmiy natijaga erishish uchun dastlab uni pilot tadqiqotdan o‘tkazish zarur. Pilot tadqiqot — bu asosiy tadqiqotdan oldin metodikaning sifati, tushunarliligi va ishonchliligini tekshirish uchun o‘tkaziladigan sinov bosqichidir. Pilot tadqiqot yakunida barcha savollar statistik jihatdan tahlil qilinadi va faqat eng sifatli hamda ilmiy talablarga javob beradigan savollar qoldiriladi. Buning uchun bizga O‘zbekistonning turli hududlaridan, yoshi, kasbi, millati va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, imkon qadar ko‘proq ishtirokchilar kerak bo‘ladi. Kanalimda ancha vaqtlardan buyon va yangi qo'shilgan aziz kuzatuvchilarim meni bu ilmiy izlanishda qo‘llab-quvvatlaysizlar, degan umiddaman. Hozircha bir savol: agar so‘rovnoma havolasini joylashtirsam, taxminan nechta odam ushbu tadqiqotda ishtirok etib, o‘z javoblari bilan yordam bera oladi? Izohlarda yoki reaksiyalar orqali fikringizni qoldiring. Yetarli qiziqish bo‘lsa, so‘rovnomaning elektron shaklini tez orada e’lon qilaman. Oldindan barchangizga rahmat! 🙏 PSIXOEKSPERIMENT
500
8
#motivation Esingizda bo'lsa bundan bir necha oy avval O'zbekistondan Inha Universiteti professori Valijon Turakulov aka Chun+5
#motivation Esingizda bo'lsa bundan bir necha oy avval O'zbekistondan Inha Universiteti professori Valijon Turakulov aka Chunchonda mehmon bo'lgandilar. Ustoz bilan kichikroq davrada bo'lsa ham, mazmunli suhbat o'tkazgandik. Valijon akani o'z telegram kanallari ham bo'lib o'ziga xos va dolzarb mavzular haqida yozib turadilar. Bu safar ham shunday postlardan birini siz bilan ulashgimiz keldi. Chet elda o‘qib qaytganlar ko‘pincha o‘z yurtining iqtisodiy sakrashida muhim rol o‘ynagan. Koreyslar AQSH va Germaniyada o‘qib, qaytgach zamonaviy sanoat poydevorini qo‘yishdi. Chililik yoshlar Chicago’da iqtisodiy nazariyani o‘rganib, keyinchalik “Chicago Boys” sifatida butun Lotin Amerikasi iqtisodiy siyosatiga ta’sir ko‘rsatgan. Hindistonda ham shunga o‘xshash jarayon bo‘lgan: Apple, Google, Microsoft kabi kompaniyalarda tajriba orttirgan hind mutaxassislari qaytib, Bangalorni “Hindistonning Silicon Valley”siga aylantirishda katta rol o‘ynashgan. Shuning uchun Koreyada o‘qiyotgan o‘zbek yoshlaridan umidimiz katta (?) Lekin yaqindagi safarim taassurotlaridan va kelayotgan xabarlarni tahlil qilsam, bir haqiqat ko‘rinadi: ayrim yoshlarimiz hali ham vaqtini asosiy narsaga emas, ikkinchi darajali narsalarga sarflayaptilar. Shuning uchun ba'zi kichik va amaliy maslahatlar ulashgim keldi. Chunchon O’zbeklar Jamiyati Matbuot xizmati PSIXOEKSPERIMENT
542
9
📚 Alhamdulillah, kecha Book Club'ning (Kitob o'qish klubi) navbatdagi uchrashuvini muvaffaqiyatli o'tkazdik. Bu safar ham mo+2
📚 Alhamdulillah, kecha Book Club'ning (Kitob o'qish klubi) navbatdagi uchrashuvini muvaffaqiyatli o'tkazdik. Bu safar ham moderator sifatida ishtirok etdim. Lekin men uchun bu tadbirning ahamiyati bundan ham kattaroq. Chunki Book Club loyihasi tashkil topishida boshidan ishtirok etgan insonlardan biri sifatida uning bugungi rivojlanishini ko'rish alohida quvonch bag'ishlaydi. Kecha bir xonada turli yo'nalish vakillari, turli yoshdagi va turli qarashlarga ega Chunchon shaxridagi vatandoshlar yig'ildik. Har kim o'qigan kitobi, undan olgan xulosalari va hayotiga ta'sir qilgan g'oyalari bilan o'rtoqlashdi. Moderator sifatida eng yoqqan jihat shuki, muhokama davomida vatandoshlarimizninh ko'zidagi qiziqish, bilimga chanqoqlik va o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ko'rish mumkin edi. Ba'zan odamlar katta o'zgarishlar katta loyihalardan boshlanadi deb o'ylashadi. Aslida esa ko'p narsa kichik davralardan boshlanadi. Yillar o'tib esa aynan shu uchrashuvlar yangi fikrlar, yangi loyihalar, yangi do'stliklar va yangi imkoniyatlarning poydevoriga aylanadi. Men doimo bir narsaga ishonaman: 📖 Kitob o'qish bilim beradi. 🗣 Fikr almashish tafakkurni charxlaydi. 🤝 Yaxshi muhit esa insonni yanada o'stiradi. Book Club rivojlanishda davom etmoqda. Biz esa o'qishda, o'rganishda va o'sishda davom etamiz. Eng yaxshi investitsiya — bu o'zingizga qilgan investitsiyangizdir. PSIXOEKSPERIMENT
472
10
🧠 Ijtimoiy fanlarda hamma birdek qabul qiladigan haqiqatlar juda kam. Fizikada suv 100°C da qaynaydi, matematikada 2+2=4. Bunday faktlar ustida bahs deyarli bo‘lmaydi. Ammo psixologiya kabi ijtimoiy fanlarda vaziyat boshqacha. Bu yerda ko‘plab savollarning yagona va mutlaq javobi yo‘q. Shuning uchun ham ba'zan bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar o‘nlab yillar davomida yonma-yon yashab keladi. Shunday savollardan biri: insonning intellekti ko‘proq tarbiya mahsulimi yoki genetika? Agar intellekt asosan tarbiya mahsuli bo‘lsa, nega bir xil ota-ona qo‘lida, bir xil uyda, bir xil sharoitda ulg‘aygan aka-uka yoki opa-singillarning intellekt darajalari ko‘pincha bir-biridan sezilarli farq qiladi? Psixolog Ian J. Deary o‘zining "Intellekt" kitobida aynan shu savolga javob izlaydi. Ko‘pchilik o‘ylaganidan farqli ravishda, ilmiy tadqiqotlar oilaviy tarbiya va intellekt o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatsa-da, bu bog‘liqlik nisbatan zaifdir. Yaxshi tarbiya farzandning odobini, dunyoqarashini, motivatsiyasini va bilim olishga bo‘lgan munosabatini shakllantirishi mumkin. Ammo intellektning o‘zi bundan ancha murakkab hodisadir. Bu boradagi eng qiziqarli dalillardan biri asrab olingan bolalar ustida olib borilgan tadqiqotlardir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asrab olingan bolalarning IQ ko‘rsatkichlari ularni tarbiyalagan asrab oluvchi ota-onalarnikiga qaraganda biologik ota-onalarinikiga kuchliroq o‘xshashlik namoyon qiladi. Hatto bola biologik onasini umri davomida umuman ko‘rmagan bo‘lsa ham, uning IQ ko‘rsatkichi bilan taxminan 0.3 darajasida bog‘liqlik kuzatilgan. Asrab oluvchi ona bilan esa bu bog‘liqlik atigi 0.1 atrofida bo‘lgan. Bu natijalar tarbiya ahamiyatsiz degani emas. Aksincha, ular intellektning shakllanishida genetikaning rolini ko‘rsatadi. Tarbiya esa ko‘proq insonning mavjud salohiyatidan qay darajada foydalana olishini belgilaydi. Boshqacha aytganda, ota-ona farzandiga yuqori IQ bera olmasligi mumkin, ammo undagi qobiliyatlarning ochilishi yoki so‘nib qolishida muhim rol o‘ynaydi. Intellekt tug‘ma salohiyat bo‘lsa, tarbiya o‘sha salohiyatning qanchalik ro‘yobga chiqishini belgilovchi omillardan biridir. Fikrimga qo'shilmaydiganlardan, kuchliroq qarshi argumentlar kutib qolaman. PSIXOEKSPERIMENT
632
11
Yana bir qiziq savol? Oilaviy tarbiyaning farzandlar intellekti darajasiga ta'siri qanday. Yaxshi tarbiya intellekt ballingizga ta'sir eta oladimi? No ChatGpt No Claudia No Gemini No AI PSIXOEKSPERIMENT
587
12
🕺 Tarixdagi eng g‘alati ommaviy psixoz 1518-yilda Yevropaning Strasbourg shahrida g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi. Bir ayol ko‘
🕺 Tarixdagi eng g‘alati ommaviy psixoz 1518-yilda Yevropaning Strasbourg shahrida g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi. Bir ayol ko‘chada raqsga tushishni boshladi. Oddiy raqs emas, to'xtovsiz, soatlab va kunlab to‘xtamagan raqs. Qiziq tomoni esa musiqa ham yo'q.Bir necha kundan so‘ng unga boshqa odamlar ham qo‘shildi. Dastlab o‘nlab odamlar, keyin esa yuzlab. Ular charchoqdan yiqilib tushishar, oyoqlari qonar, ayrimlari esa yurak xurujidan yoki holdan toyishdan vafot etishar edi. Shunga qaramay, raqs davom etardi. Tarix bu voqeani 1518-yildagi raqs vabosi nomi bilan eslab qolgan. Bugungi kunda ko‘plab psixolog va tarixchilar bu hodisani ommaviy psixoz yoki ommaviy psixogen reaksiyaning eng mashhur misollaridan biri deb hisoblaydi. O‘sha davrda odamlar urushlar, kasalliklar, ocharchilik va diniy qo‘rquvlar ostida yashagan. Kuchli va uzoq davom etadigan stress inson ongiga shunchalik ta'sir qilishi mumkinki, odamlar guruh bo‘lib bir xil g‘ayrioddiy xatti-harakatlarni namoyon qila boshlaydi. Bu voqeaning eng dahshatli tomoni shundaki, odamlarni hech kim majburlamagan. Ularni zanjir bilan bog‘lashmagan. Ularga qurol o‘qtalishmagan. Ammo baribir yuzlab insonlar bir xil harakatni takrorlagan. Chunki ba'zan inson xulq-atvoriga eng katta ta'sirni kuch ishlatish emas, balki ommaning o‘zi ko‘rsatadi. 🧠 Ommaviy psixozning eng xavfli jihati ham shunda - odam o‘z fikri bilan emas, olomon fikri bilan yashay boshlaganini sezmay qoladi. PSIXOEKSPERIMENT
745
13
Mana bu bergan savolimga, ko'p fikrlar bildirildi, javob bergan barchaga rahmat. Shaxsiy fikrim esa quyidagicha: Menimcha, bu savolga javob berishda ikki xil xatodan qochish kerak: birinchisi, katta miya = yuqori intellekt degan soddalashtirilgan qarash; ikkinchisi esa miya hajmining umuman ahamiyati yo‘q deb hisoblash. Yan J. Dirining Intellekt kitobida keltirilgan tadqiqotlarga ko‘ra, miya hajmi va psixometrik intellekt (IQ) o‘rtasida ijobiy, ammo o‘rtacha darajadagi korrelyatsiya (bog'liqlik) mavjud. Ya'ni, katta miyaga ega odamlarning IQ ko‘rsatkichlari o‘rtacha hisobda biroz yuqoriroq bo‘lishi mumkin, lekin bu bog‘liqlik kuchli emas va individual darajada aniq bashorat bera olmaydi. Boshqacha aytganda, miya hajmi intellektga ta'sir qiluvchi omillardan biri, xolos. Intellekt ko‘proq miyaning umumiy hajmidan emas, balki: neyron tarmoqlarining samaradorligi, turli miya qismlarining o‘zaro integratsiyasi, axborotni qayta ishlash tezligi, genetik va muhit omillarining o‘zaro ta'siri bilan bog‘liq deb qaraladi. Bunga oddiy misol sifatida erkaklarning o‘rtacha miya hajmi ayollarnikidan kattaroq bo‘lsa-da, IQ ko‘rsatkichlarida sezilarli ustunlik kuzatilmasligini keltirish mumkin. Bu esa hajmning o‘zi hal qiluvchi omil emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun mening fikrimcha, ilmiy nuqtai nazardan katta miya — yuqori intellekt degan xulosa noto‘g‘ri. To‘g‘riroq xulosa shuki, miya hajmi va intellekt o‘rtasida statistik bog‘liqlik mavjud, ammo intellektni tushuntirib beruvchi eng muhim yoki yagona omil emas. Yan J. Diri ta'kidlaganidek, intellektni tushunishda miyaning hajmidan ko‘ra uning qanday ishlashi muhimroqdir. PSIXOEKSPERIMENT
676
14
Ba'zan insonni tanqid emas, adolatsizlik charchatar ekan Kuni kecha Chunchon shaxrida katta Zakovat turnirini o'tkazdik.May oyining boshidan buyon Zakovat turniri uchun deyarli har kuni 3–4 soatdan vaqt sarfladim. Oila, ish, ilmiy faoliyat va boshqa yumushlarni biroz chetga surib jamoa bilan savollar qidirdik, o‘qidik, saraladik, qayta ishladik. Buni menga hech kim buyurmagan. Hech kim buning uchun haq ham to‘lamaydi. Shunchaki, Koreyaning turli burchaklaridan keladigan vatandoshlarimiz bir kun bo‘lsa-da foydali, mazmunli va esda qolarli davrada bo‘lishlarini istadim. Lekin ba'zan bir necha satr yozish oson, bir necha oy mehnat qilish esa qiyin ekanini unutib qo‘yamiz. Yuzlab soatlik mehnatni bir jumla bilan "xalqni dinsizlashtirish" deb atash naqadar og‘ir ayblov ekanini anglayapmizmi o‘zi? Dinsizlashtirish? 30-may kuni O‘zbekiston Elchisi tashrif buyurgan, vatandoshlar jam bo‘lgan, odamlar bir-biri bilan tanishgan, kitoblar, tarix, adabiyot, ilm-fan haqida savollar berilgan tadbirni? Bugun shunchalik oson ekanda odamlarning niyatiga hukm chiqarish. Rostini aytsam, bu gaplarni o‘qib o‘zimdan ko‘ra ko‘proq savollar ustida birga ishlagan jamoamiz a'zolarini o‘yladim. Ular buning uchun haq so‘ramadi. "Menga nima foydasi bor?" demadi. Ba'zan ertasi kuni ishga borishi kerak bo‘lsa ham, tungi soat 12–1 gacha qolib, savollar ustida ishladik. Mehnat qadrlanmasa mayli. Lekin samimiy mehnat ortidan yomon niyat izlanishi insonning ko‘nglini sindiradi. Eng achinarlisi esa boshqa narsa. Ba'zi birodarlarimiz nazarida din ilmidan boshqa barcha ilm go‘yo qadrsizdek. Go‘yo geografiya ilm emas. Tarix ilm emas. Adabiyot ilm emas. Mantiq ilm emas. Fan ilm emas. San'at ilm emas. Insoniyat yaratgan buyuk kashfiyotlar ilm emas. Holbuki, musulmon tamadduni aynan shu ilmlar ustiga qurilgan. Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Farg‘oniy, Ulug‘beklar faqat bitta yo‘nalishda emas, dunyoni anglash uchun ilmning barcha tarmoqlariga xizmat qilganlar. Yana bir gap meni o‘ylantirdi. "Bu vaqtning haqqi oxiratda bo‘yningizda bo‘ladi", degan mazmundagi fikrlar. Musulmon odam oxirat haqida gapirganda avvalo o‘z tilidan qo‘rqishi kerak emasmi? Rasululloh ﷺ: "Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gapirsin yoki jim tursin", deganlar. Yana bir hadisda: "Bandaning aytgan bir so‘zi tufayli jahannamga sharq bilan g‘arb oralig‘idan ham uzoqroq masofaga qulab tushishi mumkin", deyiladi. Biz hech kimni majburlamadik. Hech kimni aldab chaqirmadik. Aksincha, odamlar bir-biri bilan ko‘rishsin, fikr almashsin, bilim olsin, bir kun bo‘lsa-da foydali davrada bo‘lsin deb harakat qildik. Kamchilik bo‘lsa ayting. Taklif bo‘lsa ayting. Savollar yoqmagan bo‘lsa ayting. Lekin bir necha oy mehnat qilgan insonlarning niyatini "dinsizlashtirish" bilan bog‘lashdan oldin bir lahza to‘xtab o‘ylab ko‘ring. Biz ham xato qilishimiz mumkin. Ammo bir necha soatlik tadbirni ko‘rib, o‘nlab insonlarning fidokorona mehnatini "dinsizlashtirish" deb atash — bu tanqid emas, bu hukmdir. Lekin insonlarning qalbini og‘ritgan hukmlar uchun ham bir kun hisob borligini unutmaylik. PSIXOEKSPERIMENT
708
15
Bir qiziq savol kep qoldi🤓🤓 Miya hajmi katta odamlarda aqliy intellekt darajasining psixometrik ko'rsatkichi ham baland bo'ladimi? Umuman olganda, bu ikki xususiyat o'rtasida bog'liqlik bormi? Fikringiz qanday? No ChatGpt PSIXOEKSPERIMENT
544
16
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! Aziz yurtdoshlar, qadrli do‘stlar va barcha kanalim a'zolari, sizlarni Qurbon+4
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! Aziz yurtdoshlar, qadrli do‘stlar va barcha kanalim a'zolari, sizlarni Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklayman! Alloh taolo ushbu ulug‘ ayyomda qilgan ibodatlarimizni, duolarimizni va ezgu amallarimizni dargohida qabul aylasin. Har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, baraka, sog‘lik va fayzu nur ato etsin. Qalblarimizdan mehr-oqibat, hamjihatlik va yaxshilik tuyg‘ulari hech qachon arimasin. Bugun Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida ham tong saharda tabiat qo‘ynida Qurbon hayiti namozini ado etdik. Musaffo havo, go‘zal tabiat va hayit tongining o‘zgacha fayzi ushbu kunni yanada unutilmas qildi. Ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan musulmon birodarlar bilan bir safda turib ibodat qilganimiz qalbimizga alohida iliqlik va quvonch bag‘ishladi. Suratlarda ana shu samimiy va unutilmas lahzalar aks etgan. Turli millat, turli madaniyat vakillari bo‘lishiga qaramay, barchamizni birlashtirgan narsa — bu iymon, hamjihatlik va birodarlikdir. Chet elda turib mana shunday fayzli hayit muhitini his qilish insonni yanada shukronaga chorlaydi. Yana bir bor barchangizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman! Alloh yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik va har bir oilaga baxt-u saodat nasib etsin. Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🌙 PSIXOEKSPERIMENT
1 022
17
"BIRINCHI QADAM" PSIXOLOGLAR UCHUN KONSULTATSIYA O'TISH KO'NIKMALARI BO'YICHA 1 kunlik intensiv trening Siz psixologiya yo'nalishida o'qiysiz, ammo psixolog sifatida amaliy bilimlaringiz kammi? Mijoz bilan ishlashda bilim tomonlama muammo va qo'rquv bormi? Unda bu trening aynan siz uchun. ‼️ Treningda Siz psixolog sifatida kerakli bo'lgan ko'nikma va mexanizmlarni o‘rganasiz. Treningda quyidagi masalalar ko'rib chiqiladi va bilim, ko'nikma sifatida o'tiladi: ➖ Psixologik konsultatsiyada mijoz va psixolog munosabatlari; ➖ Psixokonsultatsiya qilishning bosqichlari; ➖ Psixokonsultatsiyada NLP dan foydalanish; ➖ Emotsional soha bo'yicha konsultatsiya olib borish; ➖ Mijozlarning turlari va ular bilan ishlash ko'nikmalari; ➖ Eng keng tarqalgan muammolar bilan ishlash bo'yicha keyslar tahlil qilinadi (oila muammolari, yoshga bog'liq muammolar, jinslar o'rtasidagi muammolar, shaxsiy muammolar); 💵 Narxi: 700.000 so'm 🔔 Talabalar va avvalgi kurslarimizda ham ishtirok etganlar uchun chegirma narx bilan - 500.000 so'm Narx ichiga kiradi: ➖ Qiymatli bilim ➖ Tushlik ➖ Kofe break ➖ Networking ➖ Tarqatma materiallar (trening kitobchasi, keyslar to'plami) ➖ Sertifikat ➖ 1 yillik hamrohlik (сопровождение) ➖ Faol qatnashganlar uchun "Psixokonsultatsiyaning zamonaviy yo'nalishlari" kitobi sovg'a sifatida taqdim etiladi 🔔 Trening 30 may (shanba kuni) tashkil etiladi ⏰ Trening soat 10:00 dan 18:00 ga qadar bo'lib o'tadi BIRINCHI QADAM - psixolog sifatida birinchi qadamlarini qanday qo'yishni bilmayotganlar uchun muhim ko'nikmalar berishga qaratilgan trening ☎️ Aloqa: +998946166672 💌 Treningga yozilish: @Muhammadjon_Abdukarimov @hr_psixolog
285
18
"BIRINCHI QADAM" PSIXOLOGLAR UCHUN KONSULTATSIYA O'TISH KO'NIKMALARI BO'YICHA 1 kunlik intensiv trening (2-mavsum) boshlandi
"BIRINCHI QADAM" PSIXOLOGLAR UCHUN KONSULTATSIYA O'TISH KO'NIKMALARI BO'YICHA 1 kunlik intensiv trening (2-mavsum) boshlandi
253
19
Bugun hamma psixolog. Ammo hamma ham mutaxassis emas. Hamma “psixolog” bo‘lib ketgan davrda haqiqiy mutaxassisni ajratish — juda qiyin. Shu sababli, ilmiy va amaliy psixologiyaga tayangan Telegram kanallar jamlanmasi bilan bo‘lishamiz 👇 https://t.me/addlist/CrFUC21Ls3djZGY6 https://t.me/addlist/CrFUC21Ls3djZGY6 https://t.me/addlist/CrFUC21Ls3djZGY6 📌 Haqiqiy psixologiya shu yerda.
332
20
Men nima degandim😄😄😄. PSIXOEKSPERIMENT
Men nima degandim😄😄😄. PSIXOEKSPERIMENT
707