PSIXOEKSPERIMENT
رفتن به کانال در Telegram
1. Ilmiy tadqiqotchi 2. Koreyalik (vaqtincha) 3. Immigrantshunos 4. Psixokonsultant 5. Double-PhDer 6. Psixolingvist 7. Etnopsixolog 8.... Shaxsiy murojaatlar uchun : @ganiev_akhrorjon
نمایش بیشتر1 190
مشترکین
-224 ساعت
-167 روز
+5930 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئن '26
ژوئن '26
+8
در 0 کانالها
مه '26
+128
در 2 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+67
در 3 کانالها
Get PRO
مارس '26
+11
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+18
در 2 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+58
در 3 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+273
در 2 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+70
در 3 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+29
در 1 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+196
در 2 کانالها
Get PRO
اوت '25
+344
در 2 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+36
در 1 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+51
در 2 کانالها
Get PRO
مه '25
+44
در 1 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+460
در 2 کانالها
Get PRO
مارس '25
+453
در 2 کانالها
Get PRO
فوریه '250
در 3 کانالها
Get PRO
ژانویه '250
در 2 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+48
در 2 کانالها
Get PRO
نوامبر '240
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '240
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '240
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '240
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '240
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '240
در 0 کانالها
Get PRO
مه '240
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '240
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '240
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+1
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 16 ژوئن | 0 | |||
| 15 ژوئن | 0 | |||
| 14 ژوئن | +1 | |||
| 13 ژوئن | 0 | |||
| 12 ژوئن | 0 | |||
| 11 ژوئن | 0 | |||
| 10 ژوئن | 0 | |||
| 09 ژوئن | +1 | |||
| 08 ژوئن | +1 | |||
| 07 ژوئن | 0 | |||
| 06 ژوئن | 0 | |||
| 05 ژوئن | +1 | |||
| 04 ژوئن | +1 | |||
| 03 ژوئن | 0 | |||
| 02 ژوئن | +1 | |||
| 01 ژوئن | +2 |
پستهای کانال
Hara Hachibu: Nega biz ko‘pincha tanamizga kerak bo‘lganidan ko‘proq yeymiz?
Yaponiyada qadimdan qo‘llanib kelinadigan bir tamoyil bor - Hara Hachibu - ya'ni qorin 80% to‘lganda ovqatlanishni to‘xtatish. Bir qarashda oddiy odatdek tuyuladi, ammo uning ortida inson psixologiyasi va organizm faoliyatiga oid qiziqarli jihatlar yashiringan.
Aslida miyamiz to‘yganlik signalini darhol qabul qilmaydi. Ovqat yeyishni boshlaganimizdan keyin to‘yganlik hissi shakllanishi uchun ma'lum vaqt kerak bo‘ladi. Shu sababli tez ovqatlanadigan odamlar organizm ehtiyojidan ko‘proq ovqat iste'mol qilishga moyil bo‘ladilar.
Psixologik jihatdan esa ko‘pchiligimiz ochlik sababli emas, balki odat, stress, zerikish yoki mazali taomning ta'siri ostida ovqatlanamiz. Natijada to‘ydim degan nuqtadan o‘tib ketamiz. Hara Hachibu tamoyili esa insonni o‘z tanasi signallariga quloq solishga, ovqatlanish jarayonida ongliroq bo‘lishga undaydi.
Qizig‘i shundaki, ilmiy tadqiqotlar kaloriyani me'yorida iste'mol qilish uzoq muddatli salomatlik, vazn nazorati va metabolik jarayonlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Albatta, bu och yurish degani emas. Gap organizm ehtiyojini his qilish va ortiqcha iste'moldan qochish haqida ketmoqda.
Ba'zan sog‘lom hayot sari eng katta qadam murakkab dietalar emas, balki bir luqma oldinroq to‘xtash bo‘lishi mumkin.
Siz odatda ovqatlanishni qachon to‘xtatasiz: qoringiz to‘yganda, likopchangiz bo‘shaganda yoki hamma ovqatlat tugaganda? 🤔
Aytgancha yuqorida yuborgan va qatnashishni iltimos qilgan mana bu so'rovnomaga ham ishtirok etishingiz so'rab qolamiz, hali ham javoblarni yig'yapmiz.
So'rovnoma havolasi⬇️⬇️⬇️⬇️
https://forms.gle/9L7Qc8u1nm9vhgdLA
PSIXOEKSPERIMENT
| 2 | 📊 Aziz do‘stlar! Va’da qilingan so‘rovnoma tayyor
Bugun sizlarni o‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini o‘rganishga qaratilgan pilot tadqiqotda ishtirok etishga taklif qilaman.
⏳ So‘rovnoma biroz uzun (172 ta savol) va taxminan 15–20 daqiqa vaqt oladi. Ammo har bir javobingiz kelajakda o‘zbeklar uchun yaratiladigan ilk milliy psixologik metodikalardan birining shakllanishiga xizmat qiladi.
🙏 Ilm-fanga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizdan ishtirok etishlarini va imkon qadar yaqinlariga ham ulashishlarini so‘rayman.
🔗 So‘rovnoma havolasi⬇️⬇️⬇️
https://forms.gle/9L7Qc8u1nm9vhgdLA
Oldindan rahmat!
PSIXOEKSPERIMENT | 259 |
| 3 | 📊 Aziz do‘stlar!
MUHIM ILTIMOSNOMA
So‘nggi bir necha oy davomida men psixologiya sohasida juda katta va murakkab bir tadqiqot ustida ishlayapman. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini ilmiy asosda o‘rganish va tavsiflashdan iborat.
Eng qiziq tomoni shundaki, bugungi kunga qadar aynan o‘zbeklar uchun ishlab chiqilgan, milliy psixologik xususiyatlarni o‘lchashga qaratilgan mukammal psixologik metodika deyarli mavjud emas. Shu sababli ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida o‘z metodikamni ishlab chiqishga kirishdim.
Hozircha metodikaning dastlabki variantida 172 ta fikr va savollar mavjud. Ha, bu juda katta hajmdagi metodika. Ammo sifatli ilmiy natijaga erishish uchun dastlab uni pilot tadqiqotdan o‘tkazish zarur. Pilot tadqiqot — bu asosiy tadqiqotdan oldin metodikaning sifati, tushunarliligi va ishonchliligini tekshirish uchun o‘tkaziladigan sinov bosqichidir.
Pilot tadqiqot yakunida barcha savollar statistik jihatdan tahlil qilinadi va faqat eng sifatli hamda ilmiy talablarga javob beradigan savollar qoldiriladi.
Buning uchun bizga O‘zbekistonning turli hududlaridan, yoshi, kasbi, millati va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, imkon qadar ko‘proq ishtirokchilar kerak bo‘ladi.
Kanalimda ancha vaqtlardan buyon va yangi qo'shilgan aziz kuzatuvchilarim meni bu ilmiy izlanishda qo‘llab-quvvatlaysizlar, degan umiddaman.
Hozircha bir savol: agar so‘rovnoma havolasini joylashtirsam, taxminan nechta odam ushbu tadqiqotda ishtirok etib, o‘z javoblari bilan yordam bera oladi?
Izohlarda yoki reaksiyalar orqali fikringizni qoldiring. Yetarli qiziqish bo‘lsa, so‘rovnomaning elektron shaklini tez orada e’lon qilaman.
Oldindan barchangizga rahmat! 🙏
PSIXOEKSPERIMENT | 296 |
| 4 | #motivation
Esingizda bo'lsa bundan bir necha oy avval O'zbekistondan Inha Universiteti professori Valijon Turakulov aka Chunchonda mehmon bo'lgandilar. Ustoz bilan kichikroq davrada bo'lsa ham, mazmunli suhbat o'tkazgandik. Valijon akani o'z telegram kanallari ham bo'lib o'ziga xos va dolzarb mavzular haqida yozib turadilar. Bu safar ham shunday postlardan birini siz bilan ulashgimiz keldi.
Chet elda o‘qib qaytganlar ko‘pincha o‘z yurtining iqtisodiy sakrashida muhim rol o‘ynagan.
Koreyslar AQSH va Germaniyada o‘qib, qaytgach zamonaviy sanoat poydevorini qo‘yishdi. Chililik yoshlar Chicago’da iqtisodiy nazariyani o‘rganib, keyinchalik “Chicago Boys” sifatida butun Lotin Amerikasi iqtisodiy siyosatiga ta’sir ko‘rsatgan. Hindistonda ham shunga o‘xshash jarayon bo‘lgan: Apple, Google, Microsoft kabi kompaniyalarda tajriba orttirgan hind mutaxassislari qaytib, Bangalorni “Hindistonning Silicon Valley”siga aylantirishda katta rol o‘ynashgan.
Shuning uchun Koreyada o‘qiyotgan o‘zbek yoshlaridan umidimiz katta (?)
Lekin yaqindagi safarim taassurotlaridan va kelayotgan xabarlarni tahlil qilsam, bir haqiqat ko‘rinadi: ayrim yoshlarimiz hali ham vaqtini asosiy narsaga emas, ikkinchi darajali narsalarga sarflayaptilar. Shuning uchun ba'zi kichik va amaliy maslahatlar ulashgim keldi.
Chunchon O’zbeklar Jamiyati
Matbuot xizmati
PSIXOEKSPERIMENT | 317 |
| 5 | 📚 Alhamdulillah, kecha Book Club'ning (Kitob o'qish klubi) navbatdagi uchrashuvini muvaffaqiyatli o'tkazdik.
Bu safar ham moderator sifatida ishtirok etdim. Lekin men uchun bu tadbirning ahamiyati bundan ham kattaroq. Chunki Book Club loyihasi tashkil topishida boshidan ishtirok etgan insonlardan biri sifatida uning bugungi rivojlanishini ko'rish alohida quvonch bag'ishlaydi.
Kecha bir xonada turli yo'nalish vakillari, turli yoshdagi va turli qarashlarga ega Chunchon shaxridagi vatandoshlar yig'ildik. Har kim o'qigan kitobi, undan olgan xulosalari va hayotiga ta'sir qilgan g'oyalari bilan o'rtoqlashdi.
Moderator sifatida eng yoqqan jihat shuki, muhokama davomida vatandoshlarimizninh ko'zidagi qiziqish, bilimga chanqoqlik va o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ko'rish mumkin edi.
Ba'zan odamlar katta o'zgarishlar katta loyihalardan boshlanadi deb o'ylashadi. Aslida esa ko'p narsa kichik davralardan boshlanadi.
Yillar o'tib esa aynan shu uchrashuvlar yangi fikrlar, yangi loyihalar, yangi do'stliklar va yangi imkoniyatlarning poydevoriga aylanadi.
Men doimo bir narsaga ishonaman:
📖 Kitob o'qish bilim beradi.
🗣 Fikr almashish tafakkurni charxlaydi.
🤝 Yaxshi muhit esa insonni yanada o'stiradi.
Book Club rivojlanishda davom etmoqda. Biz esa o'qishda, o'rganishda va o'sishda davom etamiz.
Eng yaxshi investitsiya — bu o'zingizga qilgan investitsiyangizdir.
PSIXOEKSPERIMENT | 350 |
| 6 | 🧠 Ijtimoiy fanlarda hamma birdek qabul qiladigan haqiqatlar juda kam.
Fizikada suv 100°C da qaynaydi, matematikada 2+2=4. Bunday faktlar ustida bahs deyarli bo‘lmaydi. Ammo psixologiya kabi ijtimoiy fanlarda vaziyat boshqacha. Bu yerda ko‘plab savollarning yagona va mutlaq javobi yo‘q. Shuning uchun ham ba'zan bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar o‘nlab yillar davomida yonma-yon yashab keladi.
Shunday savollardan biri: insonning intellekti ko‘proq tarbiya mahsulimi yoki genetika?
Agar intellekt asosan tarbiya mahsuli bo‘lsa, nega bir xil ota-ona qo‘lida, bir xil uyda, bir xil sharoitda ulg‘aygan aka-uka yoki opa-singillarning intellekt darajalari ko‘pincha bir-biridan sezilarli farq qiladi?
Psixolog Ian J. Deary o‘zining "Intellekt" kitobida aynan shu savolga javob izlaydi.
Ko‘pchilik o‘ylaganidan farqli ravishda, ilmiy tadqiqotlar oilaviy tarbiya va intellekt o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatsa-da, bu bog‘liqlik nisbatan zaifdir. Yaxshi tarbiya farzandning odobini, dunyoqarashini, motivatsiyasini va bilim olishga bo‘lgan munosabatini shakllantirishi mumkin. Ammo intellektning o‘zi bundan ancha murakkab hodisadir.
Bu boradagi eng qiziqarli dalillardan biri asrab olingan bolalar ustida olib borilgan tadqiqotlardir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asrab olingan bolalarning IQ ko‘rsatkichlari ularni tarbiyalagan asrab oluvchi ota-onalarnikiga qaraganda biologik ota-onalarinikiga kuchliroq o‘xshashlik namoyon qiladi. Hatto bola biologik onasini umri davomida umuman ko‘rmagan bo‘lsa ham, uning IQ ko‘rsatkichi bilan taxminan 0.3 darajasida bog‘liqlik kuzatilgan. Asrab oluvchi ona bilan esa bu bog‘liqlik atigi 0.1 atrofida bo‘lgan.
Bu natijalar tarbiya ahamiyatsiz degani emas. Aksincha, ular intellektning shakllanishida genetikaning rolini ko‘rsatadi. Tarbiya esa ko‘proq insonning mavjud salohiyatidan qay darajada foydalana olishini belgilaydi.
Boshqacha aytganda, ota-ona farzandiga yuqori IQ bera olmasligi mumkin, ammo undagi qobiliyatlarning ochilishi yoki so‘nib qolishida muhim rol o‘ynaydi. Intellekt tug‘ma salohiyat bo‘lsa, tarbiya o‘sha salohiyatning qanchalik ro‘yobga chiqishini belgilovchi omillardan biridir.
Fikrimga qo'shilmaydiganlardan, kuchliroq qarshi argumentlar kutib qolaman.
PSIXOEKSPERIMENT | 552 |
| 7 | Yana bir qiziq savol?
Oilaviy tarbiyaning farzandlar intellekti darajasiga ta'siri qanday. Yaxshi tarbiya intellekt ballingizga ta'sir eta oladimi?
No ChatGpt
No Claudia
No Gemini
No AI
PSIXOEKSPERIMENT | 533 |
| 8 | 🕺 Tarixdagi eng g‘alati ommaviy psixoz
1518-yilda Yevropaning Strasbourg shahrida g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi. Bir ayol ko‘chada raqsga tushishni boshladi. Oddiy raqs emas, to'xtovsiz, soatlab va kunlab to‘xtamagan raqs. Qiziq tomoni esa musiqa ham yo'q.Bir necha kundan so‘ng unga boshqa odamlar ham qo‘shildi. Dastlab o‘nlab odamlar, keyin esa yuzlab.
Ular charchoqdan yiqilib tushishar, oyoqlari qonar, ayrimlari esa yurak xurujidan yoki holdan toyishdan vafot etishar edi. Shunga qaramay, raqs davom etardi.
Tarix bu voqeani 1518-yildagi raqs vabosi nomi bilan eslab qolgan.
Bugungi kunda ko‘plab psixolog va tarixchilar bu hodisani ommaviy psixoz yoki ommaviy psixogen reaksiyaning eng mashhur misollaridan biri deb hisoblaydi.
O‘sha davrda odamlar urushlar, kasalliklar, ocharchilik va diniy qo‘rquvlar ostida yashagan. Kuchli va uzoq davom etadigan stress inson ongiga shunchalik ta'sir qilishi mumkinki, odamlar guruh bo‘lib bir xil g‘ayrioddiy xatti-harakatlarni namoyon qila boshlaydi.
Bu voqeaning eng dahshatli tomoni shundaki, odamlarni hech kim majburlamagan. Ularni zanjir bilan bog‘lashmagan. Ularga qurol o‘qtalishmagan. Ammo baribir yuzlab insonlar bir xil harakatni takrorlagan.
Chunki ba'zan inson xulq-atvoriga eng katta ta'sirni kuch ishlatish emas, balki ommaning o‘zi ko‘rsatadi.
🧠 Ommaviy psixozning eng xavfli jihati ham shunda - odam o‘z fikri bilan emas, olomon fikri bilan yashay boshlaganini sezmay qoladi.
PSIXOEKSPERIMENT | 677 |
| 9 | Mana bu bergan savolimga, ko'p fikrlar bildirildi, javob bergan barchaga rahmat.
Shaxsiy fikrim esa quyidagicha:
Menimcha, bu savolga javob berishda ikki xil xatodan qochish kerak: birinchisi, katta miya = yuqori intellekt degan soddalashtirilgan qarash; ikkinchisi esa miya hajmining umuman ahamiyati yo‘q deb hisoblash.
Yan J. Dirining Intellekt kitobida keltirilgan tadqiqotlarga ko‘ra, miya hajmi va psixometrik intellekt (IQ) o‘rtasida ijobiy, ammo o‘rtacha darajadagi korrelyatsiya (bog'liqlik) mavjud. Ya'ni, katta miyaga ega odamlarning IQ ko‘rsatkichlari o‘rtacha hisobda biroz yuqoriroq bo‘lishi mumkin, lekin bu bog‘liqlik kuchli emas va individual darajada aniq bashorat bera olmaydi.
Boshqacha aytganda, miya hajmi intellektga ta'sir qiluvchi omillardan biri, xolos. Intellekt ko‘proq miyaning umumiy hajmidan emas, balki:
neyron tarmoqlarining samaradorligi,
turli miya qismlarining o‘zaro integratsiyasi,
axborotni qayta ishlash tezligi,
genetik va muhit omillarining o‘zaro ta'siri
bilan bog‘liq deb qaraladi.
Bunga oddiy misol sifatida erkaklarning o‘rtacha miya hajmi ayollarnikidan kattaroq bo‘lsa-da, IQ ko‘rsatkichlarida sezilarli ustunlik kuzatilmasligini keltirish mumkin. Bu esa hajmning o‘zi hal qiluvchi omil emasligini ko‘rsatadi.
Shuning uchun mening fikrimcha, ilmiy nuqtai nazardan katta miya — yuqori intellekt degan xulosa noto‘g‘ri. To‘g‘riroq xulosa shuki, miya hajmi va intellekt o‘rtasida statistik bog‘liqlik mavjud, ammo intellektni tushuntirib beruvchi eng muhim yoki yagona omil emas. Yan J. Diri ta'kidlaganidek, intellektni tushunishda miyaning hajmidan ko‘ra uning qanday ishlashi muhimroqdir.
PSIXOEKSPERIMENT | 628 |
| 10 | Ba'zan insonni tanqid emas, adolatsizlik charchatar ekan
Kuni kecha Chunchon shaxrida katta Zakovat turnirini o'tkazdik.May oyining boshidan buyon Zakovat turniri uchun deyarli har kuni 3–4 soatdan vaqt sarfladim. Oila, ish, ilmiy faoliyat va boshqa yumushlarni biroz chetga surib jamoa bilan savollar qidirdik, o‘qidik, saraladik, qayta ishladik. Buni menga hech kim buyurmagan. Hech kim buning uchun haq ham to‘lamaydi. Shunchaki, Koreyaning turli burchaklaridan keladigan vatandoshlarimiz bir kun bo‘lsa-da foydali, mazmunli va esda qolarli davrada bo‘lishlarini istadim.
Lekin ba'zan bir necha satr yozish oson, bir necha oy mehnat qilish esa qiyin ekanini unutib qo‘yamiz.
Yuzlab soatlik mehnatni bir jumla bilan "xalqni dinsizlashtirish" deb atash naqadar og‘ir ayblov ekanini anglayapmizmi o‘zi?
Dinsizlashtirish?
30-may kuni O‘zbekiston Elchisi tashrif buyurgan, vatandoshlar jam bo‘lgan, odamlar bir-biri bilan tanishgan, kitoblar, tarix, adabiyot, ilm-fan haqida savollar berilgan tadbirni?
Bugun shunchalik oson ekanda odamlarning niyatiga hukm chiqarish.
Rostini aytsam, bu gaplarni o‘qib o‘zimdan ko‘ra ko‘proq savollar ustida birga ishlagan jamoamiz a'zolarini o‘yladim.
Ular buning uchun haq so‘ramadi. "Menga nima foydasi bor?" demadi. Ba'zan ertasi kuni ishga borishi kerak bo‘lsa ham, tungi soat 12–1 gacha qolib, savollar ustida ishladik. Mehnat qadrlanmasa mayli. Lekin samimiy mehnat ortidan yomon niyat izlanishi insonning ko‘nglini sindiradi.
Eng achinarlisi esa boshqa narsa.
Ba'zi birodarlarimiz nazarida din ilmidan boshqa barcha ilm go‘yo qadrsizdek. Go‘yo geografiya ilm emas. Tarix ilm emas. Adabiyot ilm emas. Mantiq ilm emas. Fan ilm emas. San'at ilm emas. Insoniyat yaratgan buyuk kashfiyotlar ilm emas.
Holbuki, musulmon tamadduni aynan shu ilmlar ustiga qurilgan. Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Farg‘oniy, Ulug‘beklar faqat bitta yo‘nalishda emas, dunyoni anglash uchun ilmning barcha tarmoqlariga xizmat qilganlar.
Yana bir gap meni o‘ylantirdi.
"Bu vaqtning haqqi oxiratda bo‘yningizda bo‘ladi", degan mazmundagi fikrlar.
Musulmon odam oxirat haqida gapirganda avvalo o‘z tilidan qo‘rqishi kerak emasmi?
Rasululloh ﷺ:
"Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gapirsin yoki jim tursin", deganlar.
Yana bir hadisda:
"Bandaning aytgan bir so‘zi tufayli jahannamga sharq bilan g‘arb oralig‘idan ham uzoqroq masofaga qulab tushishi mumkin", deyiladi.
Biz hech kimni majburlamadik.
Hech kimni aldab chaqirmadik.
Aksincha, odamlar bir-biri bilan ko‘rishsin, fikr almashsin, bilim olsin, bir kun bo‘lsa-da foydali davrada bo‘lsin deb harakat qildik.
Kamchilik bo‘lsa ayting.
Taklif bo‘lsa ayting.
Savollar yoqmagan bo‘lsa ayting.
Lekin bir necha oy mehnat qilgan insonlarning niyatini "dinsizlashtirish" bilan bog‘lashdan oldin bir lahza to‘xtab o‘ylab ko‘ring. Biz ham xato qilishimiz mumkin. Ammo bir necha soatlik tadbirni ko‘rib, o‘nlab insonlarning fidokorona mehnatini "dinsizlashtirish" deb atash — bu tanqid emas, bu hukmdir.
Lekin insonlarning qalbini og‘ritgan hukmlar uchun ham bir kun hisob borligini unutmaylik.
PSIXOEKSPERIMENT | 671 |
| 11 | Bir qiziq savol kep qoldi🤓🤓
Miya hajmi katta odamlarda aqliy intellekt darajasining psixometrik ko'rsatkichi ham baland bo'ladimi?
Umuman olganda, bu ikki xususiyat o'rtasida bog'liqlik bormi?
Fikringiz qanday?
No ChatGpt
PSIXOEKSPERIMENT | 531 |
| 12 | Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!
Aziz yurtdoshlar, qadrli do‘stlar va barcha kanalim a'zolari, sizlarni Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Alloh taolo ushbu ulug‘ ayyomda qilgan ibodatlarimizni, duolarimizni va ezgu amallarimizni dargohida qabul aylasin. Har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, baraka, sog‘lik va fayzu nur ato etsin. Qalblarimizdan mehr-oqibat, hamjihatlik va yaxshilik tuyg‘ulari hech qachon arimasin.
Bugun Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida ham tong saharda tabiat qo‘ynida Qurbon hayiti namozini ado etdik. Musaffo havo, go‘zal tabiat va hayit tongining o‘zgacha fayzi ushbu kunni yanada unutilmas qildi. Ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan musulmon birodarlar bilan bir safda turib ibodat qilganimiz qalbimizga alohida iliqlik va quvonch bag‘ishladi.
Suratlarda ana shu samimiy va unutilmas lahzalar aks etgan. Turli millat, turli madaniyat vakillari bo‘lishiga qaramay, barchamizni birlashtirgan narsa — bu iymon, hamjihatlik va birodarlikdir. Chet elda turib mana shunday fayzli hayit muhitini his qilish insonni yanada shukronaga chorlaydi.
Yana bir bor barchangizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman! Alloh yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik va har bir oilaga baxt-u saodat nasib etsin.
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🌙
PSIXOEKSPERIMENT | 1 019 |
| 13 | "BIRINCHI QADAM" PSIXOLOGLAR UCHUN KONSULTATSIYA O'TISH KO'NIKMALARI BO'YICHA 1 kunlik intensiv trening
Siz psixologiya yo'nalishida o'qiysiz, ammo psixolog sifatida amaliy bilimlaringiz kammi? Mijoz bilan ishlashda bilim tomonlama muammo va qo'rquv bormi? Unda bu trening aynan siz uchun.
‼️ Treningda Siz psixolog sifatida kerakli bo'lgan ko'nikma va mexanizmlarni o‘rganasiz.
Treningda quyidagi masalalar ko'rib chiqiladi va bilim, ko'nikma sifatida o'tiladi:
➖ Psixologik konsultatsiyada mijoz va psixolog munosabatlari;
➖ Psixokonsultatsiya qilishning bosqichlari;
➖ Psixokonsultatsiyada NLP dan foydalanish;
➖ Emotsional soha bo'yicha konsultatsiya olib borish;
➖ Mijozlarning turlari va ular bilan ishlash ko'nikmalari;
➖ Eng keng tarqalgan muammolar bilan ishlash bo'yicha keyslar tahlil qilinadi (oila muammolari, yoshga bog'liq muammolar, jinslar o'rtasidagi muammolar, shaxsiy muammolar);
💵 Narxi: 700.000 so'm
🔔 Talabalar va avvalgi kurslarimizda ham ishtirok etganlar uchun chegirma narx bilan - 500.000 so'm
Narx ichiga kiradi:
➖ Qiymatli bilim
➖ Tushlik
➖ Kofe break
➖ Networking
➖ Tarqatma materiallar (trening kitobchasi, keyslar to'plami)
➖ Sertifikat
➖ 1 yillik hamrohlik (сопровождение)
➖ Faol qatnashganlar uchun "Psixokonsultatsiyaning zamonaviy yo'nalishlari" kitobi sovg'a sifatida taqdim etiladi
🔔 Trening 30 may (shanba kuni) tashkil etiladi
⏰ Trening soat 10:00 dan 18:00 ga qadar bo'lib o'tadi
BIRINCHI QADAM - psixolog sifatida birinchi qadamlarini qanday qo'yishni bilmayotganlar uchun muhim ko'nikmalar berishga qaratilgan trening
☎️ Aloqa: +998946166672
💌 Treningga yozilish: @Muhammadjon_Abdukarimov
@hr_psixolog | 285 |
| 14 | "BIRINCHI QADAM" PSIXOLOGLAR UCHUN KONSULTATSIYA O'TISH KO'NIKMALARI BO'YICHA 1 kunlik intensiv trening
(2-mavsum) boshlandi | 253 |
| 15 | Bugun hamma psixolog.
Ammo hamma ham mutaxassis emas.
Hamma “psixolog” bo‘lib ketgan davrda
haqiqiy mutaxassisni ajratish — juda qiyin.
Shu sababli, ilmiy va amaliy psixologiyaga tayangan Telegram kanallar jamlanmasi bilan bo‘lishamiz 👇
https://t.me/addlist/CrFUC21Ls3djZGY6
https://t.me/addlist/CrFUC21Ls3djZGY6
https://t.me/addlist/CrFUC21Ls3djZGY6
📌 Haqiqiy psixologiya shu yerda. | 332 |
| 16 | Men nima degandim😄😄😄.
PSIXOEKSPERIMENT | 707 |
| 17 | Nega men yuqoridagi voqeaga bir tomonlama hukm qilishga shoshilmayapman?
Chunki hayotda ba’zan insonning tashqi ko‘rinishi bilan ichida kechayotgan bosim orasida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi. Buni men juda eski bir xotiram sabab yaxshi his qilaman.
Bu voqea bundan ancha yillar avval, taxminan 8 yoki 9-sinfda o‘qib yurgan vaqtlarimda bo‘lgan.
Bizning maktab-internatga yangi bir tarix o‘qituvchisi kelgandi. Ustoz shu qadar muloyim inson edilarki, go‘yo ovozini balandlatishning o‘zi unga uyatdek tuyulardi. Biror o‘quvchiga qattiq gapirishini tasavvur qilish qiyin edi. Hatto “ahmoq” degan oddiy jerkish so‘zini ham og‘zidan chiqarishga qiynaladigan darajada ko‘ngilchan, yuvosh odam edi. Yurishi ham, gapirishi ham sokin. Shunaqa odamlar bo‘ladiku — yonida tursangiz ham ichingiz yumshab ketadi.
Shu o‘rinda bir narsani aytish kerak: biz o‘qigan maktabda o‘qituvchini juda qattiq hurmat qilardik barchamiz. Ustoz sinfga kirsa, jimlik cho‘kardi. Hozirgi kabi telefonga tikilib yoki mensimay qarab o‘tiradiganlar deyarli yo‘q edi. Bu gapim bilan o'zimni kap-katta odamdek his qivordim😄.
Lekin bir kuni kutilmagan narsa sodir bo'ldi.
Tarix darsi edi. Ustoz sinfga kirishi bilan hammamiz odatdagidek o‘rnimizdan turdik. Shu payt orqaroqda turgan sho‘xroq bolalardan biri oldidagi sinfdoshimizni hazillashib orqasidan turtib yubordi. U esa muvozanatini yo‘qotgandek oldidagi bolaga yanada qattiqroq yopishdi. Shu tariqa bir to‘lqin oldinga qarab ketib, eng oldinda turgan bola ustozning ustiga yiqildi va oyog‘ini bosib oldi.Hammasi bir necha soniyada sodir bo‘ldi.
Ustoz avval sokinlik bilan kim turtganini so‘ray boshladi.
— Senmi?
— Sen itardingmi?
Oxirida turgan rostgo‘yroq bir sinfdoshimiz boshini egib (o'zi asl aybdor yana bitta orqada edi):
— Ha domla, men turtdim, lekin… — degandi.
Shundan keyin sinfxonada biz ilgari eshitmagan tovush yangradi.
Kaltak zarbalari.
Hech qachon jahli chiqmaydi deb o‘ylagan o‘sha yuvosh ustozimiz birdan butunlay boshqa odamga aylanib qolgandek edi. U sinfdoshimizni ayovsiz ura boshladi. Bola yiqildi. Lekin ustoz to‘xtamadi. Hatto yiqilgan holida ham tepishda davom etdi.
Biz shok holatda qolgandik.
Keyin bir amallab ularni ajratdik. Sinfdoshimizni hamshiraning oldiga olib chiqdik. Ahvoli yomonlashib ketgani uchun u bir necha kun maktabga ham kelolmadi. Eng qizig‘i, bu voqeani eshitgan boshqa o‘qituvchilar ishonmadi.
Chunki hamma uning faqat tashqi sokinligini bilardi. Ichida nima yig‘ilib yurganini esa hech kim bilmasdi.
Oradan vaqt o‘tdi. Gap-so‘zlar bosildi. Hayot davom etdi.
Lekin o‘sha voqea menga ba’zan eng sokin odamning ichida ham eng katta bo‘ron yashiringan bo‘lishini ko'rsatgan.
Bu bilan zo‘ravonlikni oqlamoqchi emasman. Aslo. Lekin har bir portlashning ortida ko‘rinmaydigan sabablar, yillar davomida yig‘ilgan bosim, charchoq, qadrsizlik yoki ichki sinishlar bo‘lishi mumkinligini aytmoqchiman.
Qiziq tomoni shundaki, o‘sha kaltaklangan sinfdoshimiz bugungi kunda ta’lim tizimida katta boshqaruv lavozimlaridan birida ishlaydi. O‘sha ustozimiz ham haligacha maktab o‘qituvchisi.
Sinfdoshimning aytishicha, ular hali-hanuz ko‘rishib turishar ekan.
Hayot ba’zan juda g‘alati. Bir voqea bilan insonni to‘liq ta’riflab bo‘lmaydi. Shu sabab men bugun internetdagi har qanday videodan keyin ham darrov hukm chiqarishga shoshilolmayman. Chunki kamera ko‘rsatgan 30 soniya — ba’zan yillar davomida yig‘ilgan haqiqatning faqat bir parchasi bo‘lishi mumkin.
PSIXOEKSPERIMENT | 682 |
| 18 | So‘nggi kunlarda 275-maktabdagi informatika o‘qituvchisining o‘quvchini urganiga oid video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ortidan shifoxonadagi holat, bolaning oilasi, ota-onasining og‘riqli gaplari aks etgan videolar ham chiqdi. Tabiiyki, ko‘pchilikning yuragi kaltaklangan bola tomonida bo‘ldi. Chunki zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi.
Lekin meni boshqa savol o‘ylantiryapti.
Men bu voqeaning ichida emasman. Kim haq, kim nohaq ekanini keskin aytishga shoshilmayapman. Ammo bir narsaga hayronman: o'qituvchi qanday nuqtaga yetganda o‘zini yo‘qotadi? Qanday ichki bosim, qanday yig‘ilib kelgan og‘riq yoki qanday vaziyat insonni shu darajaga olib boradi?
Bu savollar o‘qituvchini oqlash uchun emas. Balki muammoning ildizini tushunish uchun.
Chunki bugungi ta’lim tizimida o‘qituvchining obro‘si naqadar yemirilganini hammamiz bilamiz. Ayniqsa yuqori sinflarda, ayniqsa katta shaharlarda ulg‘ayayotgan ayrim zamonaviy yoshlar orasida insonni bilimi bilan emas, kiyimi, telefoni, shevasi yoki qayerdan kelgani bilan baholash odat tusiga kirib boryapti. O‘qituvchini “ustoz” sifatida emas, oddiy xizmat ko‘rsatuvchi odamdek ko‘radiganlar ham yo‘q emas.
Balki o‘sha o‘qituvchi rostdan ham qo‘poldir. Balki savodsizdir. Balki haqiqatan aybdordir. Ammo ehtimol, biz ko‘rmagan boshqa tomon ham bordir. Balki yillar davomida yig‘ilgan ruhiy bosim, qadrsizlik, hurmatsizlik bir nuqtada portlagandir.
Eng qo‘rqinchlisi esa shuki — bugun biz faqat bir videoni ko‘rdik. Ammo uning ortida butun boshli kasal tizim, ruhiy charchoq va jamiyatdagi hurmat inqirozi yashirin bo‘lishi mumkin.
Men faqat bir narsani istayman, hissiyot emas, haqiqat ustun kelsin. Haqiqiy aybdor kim bo‘lsa ham, qonun oldida javob bersin. Chunki adolat — taraf olish emas, haqiqatni oxirigacha izlashdir.
Fikrimga qo'shilasizmi?
PSIXOEKSPERIMENT | 520 |
| 19 | 🧠 “Never Miss Twice” qoidasi
Ko‘pchilik yangi odatni shakllantirishga urinar ekan, bir kuni uni bajara olmasa, o‘zini yengilgan deb his qiladi. Aslida esa muvaffaqiyatli odatlar ortida mukammallik emas, barqarorlik turadi. Shuning uchun psixologiyada “Never miss twice” qoidasi keng qo‘llanadi — bu “Bir marta o‘tkazib yuborish mumkin, lekin ikki marta ketma-ket emas” degan tamoyilga asoslanadi.
Ushbu yondashuv habitus (odat shakllanishi) va dopamin sikli nazariyasiga asoslanadi. Inson miyasi mukofot kutishiga sezgir bo‘lib, har bir muvaffaqiyatli faoliyat (masalan, mashq qilish, o‘qish, meditatsiya) dopamin ishlab chiqaradi. Ammo agar bu amal ketma-ket ikki marta o‘tkazib yuborilsa, miyaning “mukofot zanjiri” uziladi va motivatsiya pasayadi.
Ijobiy psixologiyada, Martin Seligman va boshqa ijobiy psixologlar fikricha, inson o‘zini ideal bo‘lishga emas, moslashuvchan izchillikka o‘rgatishi kerak. “Never miss twice” bu jihatdan o‘z-o‘zini kechira olish va mas’uliyatni davom ettirish o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi.
Masalan, siz har kuni ingliz tili o‘rganishni niyat qilgansiz, lekin bir kuni vaqt topa olmadingiz. Muammo emas. Eng muhimi — ertasi kuni uni yana davom ettirish. Shunda miya “men hali ham shu odat egasiman” degan ijobiy signallarni qabul qiladi.
“Never miss twice” mukammallikka emas, barqarorlik orqali o‘zgarishga chaqiradi. O‘zini jazolash emas, o‘zini tutib olish bu yerda kalit hisoblanadi. Shunday qilib, har bir kichik qaytish — katta intizom sari qadamdir.
PSIXOEKSPERIMENT | 661 |
| 20 | O'raganilgan ojizlik - Learned Helplessness
Bugun eksperimental psixologiyadagi juda qiziq tushunchalardan biri — o‘rganilgan ojizlik haqida gaplashsak ingliz tilida Learned Helplessness bo'ladi.
Ba’zan odam bir necha bor harakat qiladi, lekin natija bo‘lmaydi. Vaqt o‘tib esa muammo faqat muvaffaqiyatsizlikning o‘zida qolmaydi. Eng muhim o‘zgarish — odamning ichki nazorat hissida yuz beradi. U asta-sekin “baribir hech narsa o‘zgarmaydi” degan xulosaga kelishi mumkin.
Aynan shu holat psixologiyada o'rganilgan ojizlik deb ataladi.
Bu yo‘nalish bo‘yicha Steven Maier va Martin Seligman olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, odam yoki biror jonzot vaziyat ustidan nazorat yo‘qligini qayta-qayta boshdan kechirsa, keyinchalik imkoniyat paydo bo‘lganda ham faol harakat qilish ehtimoli kamayadi.
Kognitiv psixologiya nuqtai nazaridan, bu shunchaki kayfiyat masalasi emas. Bu — avvalgi tajribalar, hozirgi fikrlar va kelajakdagi kutishlar o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikdir.
Kundalik hayotda buni juda ko‘p uchratamiz. Bir necha marta imtihondan yiqilgan talaba keyingi safar yaxshi tayyorlangan bo‘lsa ham, ichida “baribir bo‘lmaydi” degan ichki ishonch paydo bo‘lishi mumkin. Natijada motivatsiya pasayadi, tashabbus kamayadi va odam imkoniyat bo‘lsa ham undan to‘liq foydalanmaydi.
Men uchun bu nazariyaning eng muhim tomoni shuki, ba’zan muammo qobiliyat yetishmasligida emas, balki takroriy muvaffaqiyatsizlik natijasida shakllangan psixologik kutishda bo‘ladi.
Psixologik jihatdan esa xulosa shuki, o‘tmishdagi muvaffaqiyatsizlik kelajakdagi imkoniyatni avtomatik ravishda belgilamaydi
PSIXOEKSPERIMENT | 791 |
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
