uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Ilm duri

Ilm duri

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ilmga ixlosmand qalblar uchun. Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Ilm duri analitikasi

Ilm duri (@ilm_duri) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 17 742 obunachidan iborat bo'lib, Kitoblar toifasida 2 082-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 4 551-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 17 742 obunachiga ega bo‘ldi.

30 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 721 ga, so‘nggi 24 soatda esa -32 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 21.98% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 6.36% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 3 901 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 128 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 44 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Ilmga ixlosmand qalblar uchun. Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 31 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Kitoblar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

17 742
Obunachilar
-3224 soatlar
+507 kun
+72130 kun
Postlar arxiv
Ilm duri
17 743
Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu aytadilar: "Sunnatga muvofiq ozgina amal, bid'at bilan qilingan ko‘p amaldan yaxshidir". 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
🌷FARZ ILM Ko‘pchilik "Musulmon kishiga farz ilm qaysi?" deb so‘raydi. Ilm olish farz, lekin hech kim hamma ilmni o‘rgana olmaydi, demak, farzi ayn ilm cheklagangan bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, musulmon kishi diniga to‘g‘ri amal qilishi, to‘g‘ri e’tiqodda bo‘lishi uchun kerakli ilmlarni o‘rganishi farzi ayndir. Jumladan, diniga, tarixiga nisabatan bo‘ladigan shubhalarni aritadigan, iymonini barqaror qiladigan ilmlarni o‘rganishi farz hisobalandi. Shubhalar hujumi ortgani sari ilmini ziyoda qilishi, shubhaga o‘rin qoldirmaydigan bilimga ega bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich farz ilm uchun quyidagi mavzularda kitob o‘qish tavsiya qilinadi: ⏺1. Besh rukn ilmi: iymon, namoz, ro‘za, zakot va haj. Ushbu mavzularda loaqal ikkitadan kitob o‘qish va asosiy ma’lumotlarni yodlash. ⏺2. Siyratga oid ikkita kitob. ⏺3. Axloq odobga oid kitoblar. ⏺4. Ruhiy tarbiyaga oid kitob. ⏺5. Oila ilmi. Ushbu mavzularning har birida kamida ikkitadan kitob o‘qib, ma’lumotlarni o‘zlashtirish kerak. Keyin boshqa kitoblar bilan bu mavzulardagi ilmini o‘stirib boraveriladi. Bundan tashqari, har kim o‘z mutaxassisligi, hayot tarziga tegishli ilmni o‘rganishi kerak bo‘ladi. Agar Islomga taalluqli biror mavzuda qalbiga shubha tushgudek bo‘lsa, uni aritguncha ilm izlashi lozim. Bu mavzularning barchasida ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq rahmatullohi alayhning kitoblari. Ayniqsa, "Ijtimoiy odoblar" va "Ruhiy tarbiya" kitoblarini o‘qish juda ham muhim. Har bir o‘zbek musulmon ushbu kitoblarni o‘qishi, farzandlariga o‘qitishi darkor, ana shunda ular o‘zligini yo‘qotmaydi, turli behuda shubhalar, adashgan toifalar ta’siridan ongini himoya qila oladi.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
🏆 Bugun 5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz! 😊 30-oktabr “Mutolaa”da “Omadli mutolaa” kuni va bu kunda il
🏆 Bugun 5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz! 😊 30-oktabr “Mutolaa”da “Omadli mutolaa” kuni va bu kunda ilovada istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan hammaga 1 haftalik BEPUL Mutolaa Premium sovgʻa qilinadi. 📱Bugun 5 daqiqa kitob oʻqiganlar orasidan bir kishiga esa Telegram kanalda random tarzda iPhone 18 Pro ham sovg‘a qilamiz!
🤝 Bugundan kitob oʻqish odatini shakllantirishingiz uchun zo’r imkon! Yaxshi tashabbus.
👉 Hoziroq ilovaga kirib, kitob mutolaa qiling: https://me-qr.com/E8U1zNFP

Ilm duri
17 743
🌷YAXSHI GUMON... Dimashq masjidida ilm majlisi bo‘layotgan edi. Shu payt bir sarxush kishi chayqalib-chayqalib kirib keldi. Kishilar uni masjiddan chiqarib yubormoqchi bo‘lishdi. Shunda ustoz ularga shunday dedilar: "Qo‘yinglar uni, ehtimol o‘z nafsidan Alloh tomon qochib kelgandir". 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
#ilmiy_suhbat 😎Arab tilini qanday o‘rganishimiz kerak? 🎤 Husayn Buxoriy bilan jonli suhbat 🕐Mundarija: 01:00 Kirish 03:26 "So‘zlovchining tilidan chiqayotgan so‘zlar tinglovchining rizqidir" 04:00 Insoniyatning birinchi tili nima bo‘lgan? Oxirgi tili qaysi bo‘ladi? 05:47 Nega ona tili deyiladi? 05:56 "Bolaning tili tez chiqishi uchun ona sergap bo‘ladi" 06:30 "Insoniyatning birinchi tili arab tili bo‘lgan" 08:10 "Arab tili eng yashovchan til" 08:45 "Ibn Junniy arab tilida taqriban 12 millionta so‘z sanagan" 09:35 "Qurʼon va Sunnatni to‘la, hamma kalimasini bilgan odam arab tilini 5 foiz bilgan bo‘ladi" 11:00 "Arab tili bilan shug‘ullangan olim bir umr shug‘ullansa ham har kuni yangilik chiqaveradi" 12:10 "Jannatda arab tilida gaplashamiz" 15:00 "Arab tilini to‘g‘ri nutq qilib, yaxshi o‘rgangan odam dunyoning hamma tilini oson nutq qila oladi" 15:30 Lug‘at insonning miyasida qanday faollashadi? 18:26 "Arab tilidan yodlangan kalimalar miyaning o‘ng tomoniga joylanadi" 24:55 Arab tilini qanday o‘rganishimiz kerak? 26:50 Kishini olim qiladigan ikkita asosiy ish: Yodlash va fikrlash 32:01 "Millat qancha ko‘p til bilsa, shuncha yuksaladi" 34:24 "Ilmning manfaatli bo‘lgani, Haqqa xizmat qilishi bilan bo‘ladi" 37:02 "Shaytonniki eslatish, istak nafsniki" 40:04 "Behuda narsalar mas'uliyatni unuttirgani uchun insonga yoqadi" 44:20 "Hordiq chiqarishga eng yaxshisi — jismoniy tarbiya" 46:00 Maqsadni to‘g‘ri qo‘yish 46:54 Mutaxassislik tanlash qoidasi 51:20 "Yodda turgan narsalar bilan fikrlaysiz" 57:05 "Bolani majburlab emas, qiziqtirib o‘rgatish kerak" 58:22 "Farzand tarbiyasini Allohga topshirish kerak" 01:00:01 "Ayol kishining eng katta xizmati jim turishi bo‘ladi" 01:03:20 "Ayol kishi uyning ichida sokinlik, xotirjamlik berishi kerak" 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
Arab tili noldan indivudual guruhlarga qabulni e’lon qilamiz🎉 Boshqa kurslardan farqimiz nimada?🤔 🔸Atroflicha yondashuv📒
Arab tili noldan indivudual guruhlarga qabulni e’lon qilamiz🎉 Boshqa kurslardan farqimiz nimada?🤔 🔸Atroflicha yondashuv📒 Biz faqatgina zamonaviy arab tili bilan cheklanib qolmaymiz, balki haftada bir marta nahv (klassik arab tili) darslari ham boʻlib oʻtadi. 🔶Erkin grafik⏰ Siz haftadagi 3 kun dars vaqtini oʻzingizga kerak boʻlganda oʻzgartira olasiz. 🔶Shaxsiy rivojlanish📚 Kursimiz davomida turli ma’rifiy kitoblarni birgalikda mutoala qilib boramiz. Biz bilan siz arab tilini tizimli ravishda oʻzingizga qulay vaqtda va ustozning doimiy koʻmagi yordamida oʻrganishingiz mumkin! ✍🏻Darslarga yozilish uchun: @bobojonovaNU Arabic and English with Nusayba

Ilm duri
17 743
Ilm talab qiling. Agar unga ojizlik qilsangiz, ilm ahlini yaxshi ko‘ring. Agar yaxshi ko‘rmasangiz, ularni yomon ko‘rmang.
Abu Dardo roziyallohu anhu
📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
«Ko‘pchilik yoshlar ko‘proq vaqtlarini va’z va diniy darslar eshitishga bag‘ishlashni, dunyo ishlari va hayotiy ilmlarga esa ozgina vaqt sarflashni taqvodorlik deb o‘ylashadi. Islom bu yo‘l bilan hech narsa yutmaydi. Agar aqida ahli qiziltanlilarga o‘xshab soddalik qilsa, niyati qanchalik yaxshi bo‘lmasin hech qachon g‘olib bo‘lolmaydi. Ey musulmon, hayot tizginini ilm va iqtidor bilan qo‘lingga ol! Shunda o‘zing e’tiqod qilgan haqiqatga nusrat bera olasan».
Shayx Muhammad Gʻazzoliy
📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
Hazrat Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Oliy fazilatlar mashaqqatning miqdoriga qarab hosil boʻladi, kim oliy martabani istasa, tunlari bedor boʻlsin. Azizlikni istaysan-u kechalari uxlaysan-mi?! Axir dur istagan kimsa dengizga shoʻngʻishi kerak. Shuni bilki, buyuk maqomlar buyuk himmatlar bilangina boʻladi. Kishining qadri ham kechasi bedor boʻlishidadir. Kim mashaqqatsiz buyuk boʻlaman desa, umrini bekorga zoye qilibdi». 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
🌷Ibrat Xolid ibn Valid roziyollohu anhuga bir kishi kelib: - Falonchi sizni so‘kdi, -dedi. Xolid unga: - Bu uning sahifasi. Uni xohlagani bilan to‘ldiraversin, - dedilar. Vahb ibn Munabbih rahmatullohi alayhga bir kishi kelib: - Falonchi sizni so‘kdi, - dedi. Vahb unga: - Shayton sendan boshqa elchi topa olmadimi?! - dedilar. Hasan rahimahullohga bir kishi: - Falonchi sizni so‘kdi, - dedi. Hasan unga: - U otgan o‘q menga tegmagan edi. Sen uni olib kelib yuragimga sanchding, -dedilar. Imom Shofi’iy rahmatullohi alayhga bir kishi kelib: - Falonchi siz haqingizda yomon gaplarni gapirdi, - dedi. Imom unga: - Agar rost aytgan bo‘lsang sen chaqimchisan. Agar yolg‘on aytgan bo‘lsang sen fosiqsan, - dedilar. U xijolat bo‘lib qaytib ketdi. 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
🌷QALBI SINGANLARGA... Faqih va obid Muhammad ibn Vosi’ rohimahulloh sarkarda Qutayba ibn Muslim qo‘shini safida Qobul fathida qatnashdi. Shaharni uzoq vaqt qamal qilishdi. Ammo foydasi bo‘lmadi. Shahar taslim bo‘lmas edi. Qutayba askarlariga dedi: - Muhammad ibn Vosi’ni qidiringlarchi, u nima qilayotgan ekan! Askarlar Muhammad ibn Vosi’ni qidirib ketishdi. Uni bir joydan topishdi. Muhammad ko‘rsatgich barmog‘ini ko‘tarib Allohga duo qilayotgan edi: "Yo Hayy, yo Qayyum....!". Askarlar Qutaybaning huzuriga borib ko‘rganlarini aytib berishdi. Shunda Qutayba dedi: "Sizlarga g‘alaba muborak bo‘lsin! Qo‘shin ichidagi Muhammad ibn Vosi’ning ko‘rsatgich barmog‘i mingta qilichdan yaxshiroqdir!". Agar boshingizga mushkulot tushsa, sabablarining barini qilsangizda foydasi bo‘lmasa, qalbingizni isloh qiling. Ko‘rsatgich barmog‘ingizni samoga ko‘tarib duo qiling. Dunyo muammolarining yechimi Robbimiz huzurida... 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganish endi yanada oson! 🚀 Ezabon bilan ingliz tilini yangi va qiziqarli usulda o‘rganing! ✨ AI Chat —
🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganish endi yanada oson! 🚀 Ezabon bilan ingliz tilini yangi va qiziqarli usulda o‘rganing! ✨ AI Chat — sun’iy intellekt bilan ingliz tilida suhbatlashing. 💬 Tandem Chat — yangi do‘stlar toping va ingliz tilida muloqot qiling. 📝 Grammar & Vocabulary — grammatik qoidalarni o‘rganing va yangi inglizcha so‘zlarni o‘zlashtiring. 🔊 Tarjima va talaffuz — so‘z va iboralarning ma’nosini tushuning, tarjimalar hamda talaffuz orqali o‘rganishingizni boyiting. 📚 Stories — foydali ma’lumotlar va qiziqarli yangiliklarni kuzating. 👨‍🏫 Teacher Support — tajribali o‘qituvchilardan yordam oling. Har kuni ozgina mashq — katta natijalar sari bir qadam! 💪 🌍 Ezabon — ingliz tilini birgalikda o‘rganamiz! 👉 Hoziroq Ezabon’ga qo‘shiling va ingliz tilida gapirishni boshlang! www.ezabon.com Telegram

Ilm duri
17 743
🌷Ibn Javziy rohimahulloh aytadilar: "Shayton insonning ilmi qadar unga yaqinlashishga imkoniyat topadi. Insonning ilmi qanchalik oz boʻlsa shaytonning imkoniyatlari shuncha koʻpayadi, ilm qancha koʻp boʻlsa uning imkoniyatlari shuncha ozayadi". 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
#ilmiy_suhbat 😎 Ustoz Husayn Buxoriy bilan onlayn suhbat
Savollarga javoblar
📝Suhbat mavzulari: 00:00 — Kirish. 1-savol: Kishi oʻzida zohidlikni kasb qilmoqchi boʻlsa, eng avval nima qiladi? 03:57 — 2-savol: Kishi Oxiratga qancha Qurʼonni koʻtarib borsa, shuncha koʻtaril deyiladi 06:42 — 3-savol: Ustozning darslarini eshitib, lekin oʻziga singdirolmayotganlar nima qilsa boʻladi? 14:28 — 4-savol: Inson tadbir bilan Qurʼon yodlayveradimi yo taqdirida borini yodlaydimi? 20:26 — 5-savol: Risalatul-Mustarshidiyn, Risalatul-Qushayriyya kitoblarini ruhiy tarbiyaga endi kirganlar eshitsa boʻladimi? 32:14 — 6-savol: Tibyan kitobini oʻqimasdan turib, Qurʼonga oʻtmasligimiz kerakmi? 34:36 — 7-savol: Qurʼonni, uning ahkomlarini oʻrgansa, lekin unga amal qilolmasa, nima qilsa boʻladi, qanday yoʻl tutish kerak? 45:01 — 8-savol: Tasavvuf ahli ichida ayollar ham boʻlganmi? Ayollarga nafsni poklash haqida nasihat qilsangiz 50:46 — 9-savol: Jannatda darajalari pastroq bandalar Alloh taoloni, Rasululloh alayhissalomni koʻradimi? 52:28 — 10-savol: Firdavs jannatga yetish uchun muayyan amal bormi? 56:34 — 11-savol: Namozni xushuʼ va huzuʼ bilan, jamʼ holatida oʻqishning iloji bormi? 57:27 — 12-savol: Ustoz sharh qilayotgan kitoblarni oʻqishda, tinglashda tartib bormi? Birinchi qaysi kitobdan darslarni eshitish kerak? 01:00:09 — 13-savol: Ilm haqida, ilm oson yuqishi haqida aytib bersangiz? 01:04:04 — 14-savol: Biror ishga kirishishdan oldin niyatni taftish qilish kerak ekan. Buni qanday qilamiz? 01:05:07 — 15-savol: Tolibi ilm shaytonning vasvasasiga tushmaslik uchun nima qilish kerak? 01:07:20 — 16-savol: Zehnni kuchaytirish uchun nimalar qilish kerak va nimalardan voz kechish kerak? 01:14:52 — 17-savol: Tasavvuf haqida tasavvur kitobidagi bir jumla haqida 01:19:47 — 18-savol: «Shariatni desang, oʻldir ilonni, tariqatni desang, qiynama jonni». Shuni tushuntirib bersangiz 01:29:40 — Xotima. Duo 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
🤩ngliz tilini o‘rganishda sizni ham shu kabi muammolar qiynayaptimi? ⚡️ "Hammasini tushunaman, lekin gapira olmayman..." ⚡️
🤩ngliz tilini o‘rganishda sizni ham shu kabi muammolar qiynayaptimi? ⚡️ "Hammasini tushunaman, lekin gapira olmayman..." ⚡️ "Kurslarga borishga ortiqcha vaqtim yo‘q..." ⚡️ "Aynan nimadan va qanday boshlashni bilmayapman..." 🤩o‘xtang! Bu muammolarning barchasiga yechim quyidagi kanalda!!! ⚡️Ushbu kanalda 0 dan boshlab erkin muloqotgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tamiz: • Tekin va foydali darslar va kunlik yuboriladigan qiziqarli ma’lumotlar • Darajangizga mos kitoblar va jonli savol-javoblar • Qiziqarli viktorinalar va sovg‘alar • Eng faol o’quvchiga ikkinchi oy tekin o’qish imkoniyati 🤩archasi quyidagi kanalda Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!!! https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy

Ilm duri
17 743
🌷Ilmni qalbdan sidirilishi Abdulloh ibn Salom Ka’bul Ahbordan so‘raydi: «Olimlar ilm o‘rganib, qalbga joylaganlaridan keyin ularning qalbidan ilmni sidirib tashlaydigan narsa bormi?» Ka’b javob berdi: «Bor. Bular: ochko‘zlik, hirs va dunyo tashvishlari». Bir kishi Fuzayl ibn Iyozdan: «Ka’bning bu so‘zini qanday tushunish mumkin?» - deb so‘raydi. Fuzayl bunday javob beradi: «Odam ochko‘zlik qilib, bir narsaga hirs qo‘yadi va uni qo‘lga kiritishga tutinadi, shunda dini, imoni yodidan ko‘tariladi. Nafsi unga-bunga haris bo‘ladi, havasini keltirgan har narsani olgisi kelaveradi. Shu tariqa bir qator kishilarga ishi tushadi. Ular ham, buning ehtiyojini qondirgach, endi uning burniga halqa o‘tqazib oladilar va xohlagan ishlarini qildiradilar, istagan yerlariga olib boradilar, uning iste’dodini o‘zlari uchun itday ishlatadilar. Bu esa ularga iliq muomalada bo‘lishga majbur etadi. Dunyo manfaati yuzasidan do‘stlashgan bu odamlar bilan uchrashganda ta’zim qiladi, xastalansalar, ko‘rgani boradi, ziyofatlariga qatnashadi. Bularning barini Alloh rizosi uchun emas, yolg‘iz dunyoviy manfaat uchun qiladi. Ayting-chi, o‘sha kishilarga ishi tushmaganida, o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lmasmidi?»
Abu Homid G'azzoliy. "Mukoshafat-ul qulub" kitobidan
📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
Bir soat davomida ilm olish azobini tatib ko‘rmagan odam butun umri davomida jaholatning sharmandaligini yutib yuradi.
Imom Shofe’iy
📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
#ilmiy_suhbat ​ 😎Tarixda kitobga nazar — Kitobga oshiqlar haqida suhbat 🎤 Husayn Buxoriy bilan
Islom ummati kitobxon ummatdir
🕐Suhbat mundarijasi: 00:00 — Kirish 01:04 — Kitobga tarixda nazar. Dunyoviy va diniy ilm haqida 04:02 — Ilm nima va ilm olish qachondan boshlangan? 09:40 — Alloh taolo Odam alayhissalomni farishtalardan ilm bilan afzal qilgan 16:02 — Kitobxonlik Alloh taolo joriy qilgan sunnat 19:52 — Islom ummati kitobxon ummatdir 22:32 — Kitobxonlik paygʻambarlardan merosdir. Paygʻambarlardan keyin sahoba va tobeʼinlarda kitobxonlik 24:11 — Tarixdagi solih zotlar hayotida kitobxonlikka, kitobga eʼtibor 34:41 — Islom tarixida podshohlar, amirlar, hokimlar juda ham kitobxon boʻlishgan 38:03 — Kitobga, ilmga boʻlgan muhabbat farzandlarga asosan onalardan oʻtadi 43:53 — Oltita narsani oʻzingda jamlamasdan ilmga erisholmaysan. Bir bayt sharhi 57:52 — Faqih, muhaddis, mufassir, hatto doktor, hatto muhandis, qaysi soha boʻlmasin, eng kamida 20 yil oʻqish kerak 01:03:30 — Kitobsevar xalq boʻlaylik. Xotima 📚 @ilm_duri

Ilm duri
17 743
🔊Allohning kalomini o’rganish maqsad qilgan ayol qizlar uchun “Noldan Qur’ongacha”Kursimizga qabul ochildi Ushbu kursda o’rg
🔊Allohning kalomini o’rganish maqsad qilgan ayol qizlar uchun “Noldan Qur’ongacha”Kursimizga qabul ochildi Ushbu kursda o’rganasiz⤵️ 🪧Harf tanish – Qur’oni Karim harflarini noldan boshlab o‘rganish 🪧Tajvid qoidalari – Qur’onni to‘g‘ri va chiroyli o‘qish qoidalari 🪧Sahih o‘qish – Harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish va xatolarning oldini olish 🪧O‘qish mashqlari – Qur’on oyatlarini ravon o‘qish 🪧Kurs tugatib imtixon qilinib shahodatnoma bilan taqdirlanadi Ustoza UmmulMaryam 🪶To’lovlar rasmda yozilingan 🪶Davomiyligi 25 kun 🪶Dars vaqti guruhda aytiladi 🪶Haftada 6kun 🪶To’lov 21-22-oktyabr kunlari 280.000 23-oktyabrdan boshlab 480.000bilan kursga yozilasiz , 25kun uchun 1marta to’lov 0dan Quronni o’qiy oladigan darajada bo’lasiz 🏠Bilim olishni kechiktirmang, bugunoq boshlang! 🏠Ortingizdan farishtalar duo qiladigan amalni biz bilan o’rganing 🔖Toliba natijasi https://t.me/+cKEkeIRs-TgxMzUx 🔖Batafsil @qoriahayot_bot | @menejer_qoriahayot ga “964” so’zini yozing

Ilm duri
17 743
Eng katta nafaqa ehson — ilmni nafaqa qilish, tarqatishdir. Zero ilm rizqdir. Rizqning eng yaxshisidir!
Hasan Basriy rohimahulloh
📚 @ilm_duri