Elektron kitoblar
前往频道在 Telegram
Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling. Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139 📩 @kitobxonrobot
显示更多📈 Telegram 频道 Elektron kitoblar 的分析概览
频道 Elektron kitoblar (@kitoblar_pdf) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 17 663 名订阅者,在 书籍 类别中位列第 2 025,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 4 471 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 17 663 名订阅者。
根据 16 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -250,过去 24 小时变化为 -6,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 11.56%。内容发布后 24 小时内通常能获得 4.84% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 041 次浏览,首日通常累积 855 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Elektron kitoblarni bepul yuklab oling va mutolaa qiling.
Reklama xizmati: t.me/reklama_servis/139
📩 @kitobxonrobot”
凭借高频更新(最新数据采集于 17 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 书籍 类别中的关键影响点。
17 663
订阅者
-624 小时
-487 天
-25030 天
帖子存档
17 663
✍ Mo Yan
📖 “Musallas mamlakati” (roman)
Mazkur asar uchun muallif bundan toʻrt yil avval Nobel mukofoti bilan taqdirlangani koʻpchilikka yaxshi maʼlum. Oʻtgan asr oʻrtalari atroflarida voqe boʻlgan hodisa haqida hikoya qilingan romanda nihoyatda dahshatli holatlar qalamga olinadi. Goʻdak bolalarni avval boshdanoq maxsus tugʻib, boqib, sotib, soʻng taom sifatida tayyorlab, tanovvul qilish, aql bovar qilmaydigan dahshatli hodisa. Biroq, qarangki, hech bir zamonda boʻlmagan bunday mudhish holat insoniyat madaniy tamaddunining yuksak bosqichlari boshlangan pallalarda Xitoyda sodir boʻladi. Gap, balki, hikoya qilingan dahshatli voqeada ham emasdir. Lekin inson tabiatining bu qadar vahshiylashishi mumkinligi va u oʻz mohiyatini madaniyat degan niqob ostiga yashirib, koʻngli tusagan nomaʼqulchiliklarni qila bilishi, hatto mutloq mumkin boʻlmagan razillikka jurʼat etishi bu – nafaqat bandasining, avvalo Yaratganning oldidagi mudhish gunoh. Qiyomat haqida mislsiz azoblar haqida oʻylashga yetaklaydigan jinoyat. Dahshatga tushib fikr qilasan – inson bolasi maʼnaviy takomil sari intilishdan koʻra tubanlik chohiga qulashni afzal biladigan zamon boʻlgandek goʻyo. Mo Yanning mazkur asari uncha-muncha mudroq tafakkurlarni uygʻotib yuborsa, ajab emas.
📚 @kitoblar_pdf
17 663
Angal® tomoq yalliglanishiga qarshi.
Angal sprey va pastilkalar tomoq uchun kompleks antiseptik va ogriq qoldiruvchi tasirga ega.
Saytga kirish
Nojoʻya taʼsirlari mavjud. Shifokor bilan maslahatlashing.
#reklama
apteka.uz
17 663
#Savodxonlik
Sinonimlar lugʻati
Gapning biror boʻlagidagi inkor maʼnosini kuchaytirib beruvchi hech soʻziga sinonim boʻlgan soʻzlar lugʻati:
- aslo,
- asti,
- sira,
- mutlaqo,
- zinhor,
- butunlay,
- hargiz,
- taqir,
- zarracha,
- zigʻircha,
- tirnoqcha.
© xatoliklar
📚 @kitoblar_pdf
17 663
Payg'ambarimiz alayhissalom: “Kim ummatimga dini bilan aloqador qirqta hadis yodlatsa, Alloh taolo uni qiyomat kuni faqihlar va olimlar guruhiga kiritadi”, deb marhamat qilganlar. Ushbu hadis bashoratidan umidvor salaf ulamolar qirq hadisni ayirib to'plashga, sharhlashga, shogirdlarga o'qitishga katta e'tibor berishgan. Imom Muhiddin Zakariyo ibn Sharaf Navaviy rahmatullohi alayh ana shunday mashhur olimlardandirlar. U kishi to'plagan “Qirq hadis” necha asrdan beri o'qiladi, o'qitiladi. Kitob ommaga ham, ilm ahllariga ham birdek foydali bo'lishiga ishonamiz.
✍️ Muallif: Imom Navaviy
📖 Kitob nomi: 40 hadis
📚 @kitoblar_pdf
17 663
📖 "Qo‘rqinchli Tehron"
✍️ Mushfiq Kozimiy
Mazkur asar ikki kitobdan iborat bo‘lib, unda o‘tgan asr boshlaridagi voqealar qalamga olinadi. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar zanjiri o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bosh qahramon Farruhning ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plarga qarshi kurashi, qasosga undagan turfa sarguzashtlari va Mahinga bo‘lgan sof muhabbati ikki romanni bir-biriga uzviy bog‘lab turuvchi umumiy syujet chizig‘ini tashkil etadi.
📚 @jahonadabiyoti_uz
17 663
✍ Rashod Nuri Guntekin
📖 "Choliqushi"
Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi" asarini o‘qiganlarda faqat ijobiy taassurotlar aytishadi. Unda ayol muhabbati va beg‘uborligi, shaddodligi, ba’zida yaxshi ma’nodagi qitmirligiyu chidamliliginining badiiy ifodasini topgan. Balki shuning uchun hali ham sevib o‘qiladi.
📚 @kitoblar_pdf
17 663
📚 Jahon adabiyotidan o‘zbek kitibxonlar tomonidan eng ko‘p o‘qiladigan hikoyalar:
1. Jek London. «Hayotga muhabbat»
2. Mixail Sholoxov. «Inson taqdiri»
3. Anton Chexov. «Semiz va oriq», «Xameleon», «O‘g‘il bolalar», «Gʻilof bandasi»
4. Ivan Turgenev. «Mumu»
5. Frans Kafka. «Evrilish»
6. Agata Kristi. «Tilsimli shaxmat»,
7. Edgar Allan Po. «Morg ko‘chasidagi qotillik»
8. O‘Genri. «So‘nggi yaproq»
9. Anna Frank. «Chordoq hikoyalari»
10. Rabindranat Tagor. «Nur va soyalar»
11. Aziz Nesin. «Xushtak afandim»
12. Ivan Franko. «Feruza»
13. Murodboy Nizanov. «Odam qanday qariydi?»
14. Chingiz Aytmatov. «Askar bola»
15. Uilyam Folkner. «Emili uchun atirgul»
16. Akutagava Ryunoske. «Do‘zax azoblari»
17. Benjamin Franklin. «Hushtak»
18. Ernest Xeminguey. «Yomg‘irda qolgan mushuk»
19. Mark Tven. «U o‘lganmi yo tirik?»
20. O‘ktoy Oqbol. «Yoshlik qaytib kelmaydi»
📚 @kitoblar_pdf
17 663
1 daqiqada kartaga pul
Garovsiz, kafillarsiz va ma'lumotnomasiz 100 mlngacha kredit
Oʻrnatish
#reklama
avo.uz
17 663
📱 ONLAYN TURK TILI KURSI
Turk tilini noldan o‘rganmoqchimisiz?
B1, B2 yoki C1 sertifikatiga tayyorlanmoqchimisiz?
Unda sizni sifatli va tizimli ONLAYN darslarimizga taklif qilamiz! 🌟
📚 KURS DASTURI:
✅ Haftada 7 kun ta’lim
🎥 3 kun — video dars
🔴 3 kun — jonli onlayn dars
📝 Har yakshanba test va sinovlar
📖 So‘z yodlash va muntazam nazorat
✍️ Uy vazifalari beriladi va tekshiriladi
🗣 Gapirish, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi
🎓 Sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik
🌟 NEGA AYNAN BIZ?
✅Tartibli va tushunarli darslar
✅ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv
✅Natijaga 100 foiz kafolat beramiz
✅ Uyda, istalgan joydan turib o‘qish imkoniyati
💰 KURS NARXI: 350 000 SO‘M
Bugun boshlang — ertaga gapirishni boshlang 🇹🇷✨
📆Darslar 16 sentabrdan boshlanadi
📌 Muhum eslatma darsga faqat qatnashmoqchi bo‘lganlar yozsin
📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 @Ziyosh_1229
🔥 JOYlar SONI CHEKLANGAN!
Hoziroq yoziling!
Natijalarimiz bilan bu yerda tanishishingiz mumkin
https://t.me/Turktili_Ziyodahoca/84
17 663
Oskar Uayld,
Dorian Greyning portreti
Hayot insonning qalbini shakllantirar ekan, buni jismini barbod etish hisobiga qiladi. Tabiatda hamma narsa mukammal, o'z qoidalari bo'yicha yashaydi, o'ladi. Biz aqlli bo'la borganimiz sari, kuch - quvvatimiz kamayadi. So'zlarimizga ma'no kirar ekan, husnimiz so'lib boradi. Qalbimiz shakllanganda sezamizki, jismimiz o'z umrini yashab bo'lgan bo'ladi.
📚 @kitoblar_pdf
17 663
🇷🇺 Rus tilini o‘rganayotganlar uchun yangilik!
Yaqinda kanalimda BEPUL jonli darslar boshlanadi! 🔥
Rus tilini tushunib lekin gapirolmasangiz yoki endi 0 dan o'rganayotgan bo'lsangiz — bu darslar siz uchun.🎁 Darsda qatnashgan har bir kishi “Rus tilida padejlar” kitobchasini BONUS sifatida qo'lga kiritadi! Darslardan va kitobchadan qolib ketmaslik uchun kanalga qo'shiling👇 https://t.me/+QiRgMecajc40Y2Ni https://t.me/+QiRgMecajc40Y2Ni
17 663
SEVGI O‘LIMI
Yomg‘ir tinmay yog‘di kun bo‘yi,
Yomg‘irli kun kabi ezildi dardim.
Yaydoq ko‘chalarda jim yurgan ko‘yi
Sening izlaringni axtardim.
Ufqlarda esa achchiq bir tuman
Mening ko‘zlarimga quyardi zahar.
Uvishgan qalbimni sokinlik bilan
Ezar edi bo‘m-bo‘sh bu shahar.
Endi sen tutmassan aslo qo‘limni,
O‘tgan sevgim uchun ochmassan aza,
Oh, qanday o‘lim bu, sevgi o‘limi
Unga na qabr bor va na janoza.
✍Abdulla ORIPOV
📚 @kitoblar_pdf
17 663
#Tavsiya
Elizabet Harmon — jasurlik, oʻziga boʻlgan ishonch, yuksak gʻurur. Bu sifatlar aynan 8 yoshlik qizaloqda mujassam edi. Ayovsiz avtohalokat qizaloqni yetimxonada yashashga majbur qildi. Ushbu dargohda u oʻzi uchun yangi dunyoni kashf qildi...
Albatta, to'g'ri aytdingiz, bu — shaxmat olami edi. Bu olamga kirishiga turtki bo'lgan inson esa yetimxona farroshi janob Sheybel hisoblanadi. Sheybel qizaloqqa toʻgʻri, ammo murakkab yoʻlni koʻrsatdi. Bu yoʻlda davom etolganiga Harmonning kuchli irodasi sabab.
Ketma-ket gʻalabalar... Balki bu gʻalabalarga yana bir turtki oiladir?
Yaʼni, Elizabetni asrab olgan oila. Harmonning yonida yelkadosh bo'lgan, oz boʻlsa-da unga onalik mehrini bergan Uitli xonim.
Harmon shu darajada tezkor ediki, 20 daqiqada bahsni yakunlar edi. Raqiblarining barchasi erkaklar. Shaxmat bo'yicha jahon chempionlarini ham ayovsiz magʻlub qilar edi. Lekin hayotida tubsiz burilish yuz berdi. Ikkinchi onasidan ham ayrildi. Rossiyalik jahon chempioni Borgovga yutqazdi. Tushkunlik olamiga gʻarq boʻldi.
Lekin doʻstlari yordamida yana oʻz holatiga qayta oldi. Moskvadagi musobaqada vanihoyat u Borgov ustidan gʻalaba qozondi. Uddaladi. Eng soʻnggi soniyalarda doʻstlarining madadi koʻmakdosh boʻldi. Tauns, Harri, Benni va Jolin — asl doʻstlar. Doʻst tushunchasi qanchalik muhim ekanini isbotlovchi insonlar.
Vanihoyat Harmon shaxmat olamida qirolichaga aylandi, oʻz tojini kiydi. Qizlar ham shaxmat boʻyicha chempion boʻlishini butun dunyoga isbotlab berdi. Qisqa qilib aytganda, tasanno senga, Elizabet Harmon!
© Booklover Couple
📚 @kitoblar_pdf
17 663
🎉 Bitta kitob oʻqiganga iPhone 17 Pro Max!
🔥 10 kun davomida bir dona kitob o‘qib, iPhone 17 Pro Max smartfonini qo‘lga kiriting. “Mutolaa marrasi” kitobxonlik marafonida “Chol va dengiz” asarini 15-25-sentyabr kunlarida 20 daqiqadan o‘qishingiz yetarli!
🎁 Sovg’alar bilan tanishing: 🥇 1-o’rin: iPhone 17 Pro Max va 1 yillik Mutolaa Premiun; 🥈 2-o’rin: Planshet va 1 yillik Mutolaa Premiun; 🥉 3-o’rin: Quloqchin va 1 yillik Mutolaa Premiun; 🏅 4-50-o’rinlar: 1 yillik Mutolaa Premium• Marra qoʻshilish uchun havola: https://mutolaa.com/davra/post/474753 Mutolaa ilovasini yuklab oling
17 663
1500+ aʼzoga ega Telegram kanal bilan daromad
Yandex Reklama tarmogʻida monetizatsiyani yoqsangiz, Telegram kanalingiz daromad keltira boshlaydi
Batafsil
#reklama 16+
partner.yandex.com
17 663
#Savodxonlik
Ayirish (ъ) yoki tutuq (’) belgisi
Ayirish (ъ) yoki lotin alifbosidagi tutuq (’) belgisining ahamiyatini koʻpchilik munosib baholamaydi. Quyida usiz soʻzlarning maʼnosi oʻzgarib ketadigan holatlardan misollar keltiramiz:
Daʼvo — daʼvo qilmoq, arz qilmoq
Davo — davo topmoq, shifo topmoq
Surʼat — keskin, joʻshqin surʼatdagi ish
Surat — suratga olmoq, rasmga tushirmoq
Sheʼr — sheʼr yodlamoq
Sher — yirtqich hayvon
Taʼrif — insonni taʼriflamoq
Tarif — qimmatroq tarifga oʻtmoq
Taʼqib — taʼqib qilmoq, quvmoq
Taqib — tugmani taqib
©xatoliklar
📚 @kitoblar_pdf
17 663
✍ Imom Zarnujiy
📖 "Ilm olish sirlari"
Hadisi sharifda taʼkidlanganidek, “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir”. Maʼlumki, har bir ishni oxiriga yetkazish va uni mukammal ado etish uchun unga oid ilmlarni o‘rganish asosiy omil hisoblanadi. Insonga hamma ilmlarni o‘rganishi farz emas. Balki, hozir bajarilishi lozim bo‘lgan amalning ilmini bilishi kerak. Shunda bajaradigan ishi nuqson va kamchiliklardan holi va ilm asosida qilinganidan mukammal bo‘ladi.
Ushbu kitobda ilm olishga oid barcha zaruriy masalalar atroflicha yoritilgan. Mazkur asar ilm olish istagida bo‘lgan har bir kishiga dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi, inshoolloh.
📚 @kitoblar_pdf
17 663
✍️ Rashod Nuri Guntekin
📖 "Muhabbat simfoniyasi"
Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin 1925-yilda yozilgan “Muhabbat simfoniyasi” romanida turli sotsial qatlamlardan chiqqan qahramonlarning yashash tarzlarini ko‘rsatarkan, davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi.
📚 @kitoblar_pdf
