cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

SamDU Kattaqo'rg'on filiali ||Rasmiy kanal

Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali||Rasmiy kanal

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 809
Obunachilar
-524 soatlar
-37 kunlar
+11630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Ilmiy_faoliyat OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA PROFESSOR-O'QITUVCHILAR KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATINI BAHOLASHNING DIAGNOSTIK MAZMUNI SamDU Kattaqo'rg'on filiali Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11-son yig'ilish qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan, filial direktori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Sh.Urakov muallifligidagi "OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA PROFESSOR-O'QITUVCHILAR KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATINI BAHOLASHNING DIAGNOSTIK MAZMUNI" nomli monografiya nashr etildi. Monografiyada oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini takomillashtirishning muhim omili hisoblangan professor-o'qituvchilar kasbiy faoliyatini baholash yo'nalishlari tadqiq qilingan. Shuningdek, baholashning aksiologik, akmeologik, refleksiv va talabalar qoniqishini belgilovchi mezonlari aniqlangan. Monografiya kirish, 3 bob, 9 bo'lim, xulosa va ilovalardan iborat. 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Hammasini ko'rsatish...
👍 13👏 2🏆 2
Repost from Edu.uz
#qabul2024 #abituriyent
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi
Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan. Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. Hujjat topshirish kecha soat 23:59 da yakunlandi. Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #eslatma ⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. E’tiborli bo‘ling! ❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi. 🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing): 👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi; 👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi; 👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma; 👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling! 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz ▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#QABUL_2024_SAMDUKF ERTAGA QABULNING OXIRGI KUNI!!! RESPUBLIKAMIZNING JADAL RIVOJLANAYOTGAN OTMLARIDAN BIRI — SAMDU KATTAQO'RG'ON FILIALINI TANLANG! SamDU Kattaqo'rg'on filialiga 2024-2025-o'quv yili uchun qabul YAKUNLANISH ARAFASIDA. Yangi o'quv yilida abituriyentlar: ✨ PEDAGOGIKA ✨ PSIXOLOGIYA ✨ MAKTABGACHA TA'LIM ✨ BOSHLANG'ICH TA'LIM ✨ MUSIQA TA'LIMI ✨ TEXNOLOGIK TA'LIM ✨ O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI ✨ XORIJIY TIL VA ADABIYOTI: INGLIZ TILI ✨ ONA TILI VA ADABIYOTI: RUS TILI VA ADABIYOTI ✨ IQTISODIYOT ✨ BIOLOGIYA ✨ KIMYO ✨ MATEMATIKA ✨ AMALIY MATEMATIKA ✨ IJTIMOIY ISH kunduzgi ta'lim yo'nalishlarida, ✨ MAKTABGACHA TA'LIM ✨ BOSHLANG'ICH TA'LIM sirtqi ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin! DIQQAT! CALL MARKAZImiz telefon raqamlari: ☎️  (55) 704-11-74 ☎️  (99) 154-72-79 Onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yilning 25-iyuniga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Festival #Yoshlar_oyligi YOSHLAR FESTIVALI TADBIRLARI ISTIROHAT BOG‘IDA DAVOM ETMOQDA Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan "YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!" shiori ostidagi yoshlar festivali tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida davom etmoqda. Istirohat bog‘ida karaoke, raqs, tasviriy san'at, estrada xonandaligi yo'nalishlarida ko'rik tanlovlari, Milliy kurash va tosh ko'tarish sport turlari namoyishi, Harbiy orkestr chiqishi va harbiy texnikalar ko'rgazmasi, Musiqa, rabototexnika, rassomchilik san'atining boshqa turlari ko'rgazmasi, Mini futbol, badminton, voleybol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat-shashka, stritbol kabi sport turlari bo'yicha ommaviy musobaqalar, Yosh kitobxon tanlovi, kitobxonlik ko'rgazmasi va yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Tanlov, musobaqa va ko‘rgazmalar nihoyasida galakonsert hamda taqdirlash marosimlari bo‘ladi. ✅SamDU Kattaqo’rg’on filiali Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#Festival #Yoshlar_oyligi SO‘ZI HIKMAT, O‘ZI IBRAT NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. O‘sib kelayotgan avlod qalbida Vatanga muhabbat uyg‘otish, shukronalik, g‘ayrat va shijoatni yanada yuksaltirish, ilm, kasb-hunar egallashida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda nuroniylar, mehnat faxriylari, talaba yoshlar qatnashdi. Uchrqshuvda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi. ✅SamDU Kattaqo’rg’on filiali Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
SOG’LOM HAYOT UCHUN 5 MING QADAM "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan marafonda shahrimizdagi yoshlar, harbiylar, talabalar, nuroniylar, tashkilotlar, jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar. -Ertalabki yurish mashqlari sog‘lik uchun kerakli. Ayniqsa, biz keksa avlod vakillari uchun sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati katta. Albatta, har kuni ishga kelishdan oldin erta tongda, toza havo ostida mana shunday yurish juda foydali deydilar,- kattaqo‘rg‘onlik nuroniylar. ✅SamDU Kattaqo’rg’on filiali Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Marafon qatnashchilari finishgacha 5 ming qadam bosdilar   “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan festival bugun Kattaqoʻrgʻon shahrida davom etyapti. Erta tongdan ʻSogʻlom hayot uchun 5 ming qadamʻ shiori ostidagi yurish marafoni qatnashchilari harbiy qism sport maydonida badantarbiya mashgʻoʻlotlarini bajardilar. Marafonda oʻtgan yilgiga nisbatan qariyb ikki baravar koʻp fuqarolar  ishtirok etdi. Bu mazkur tadbirlarning yildan yilga nufuzi ortib borayotganidan darak beradi. ✅SamDU Kattaqo’rg’on filiali Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.