uz
Feedback
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti ||Rasmiy kanal

Ko'proq ko'rsatish
2 602
Obunachilar
+624 soatlar
+417 kunlar
+14030 kunlar
Postlar arxiv
Repost from Edu.uz
Soliqlar — kelajagimiz uchun To‘lagan soliqlaringiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, yo‘llar va zamonaviy davlat xizmatlarini rivojlantirishga sarflanadi. Soliqni o‘z vaqtida to‘lash — yurtga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Saida Mirziyoeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida
Saida Mirziyoeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi. Samimiy va mazmunli muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan doʻstona va strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqayotganini taʼkidladilar. Xususan, parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuvda transport, savdo, taʼlim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda erishilgan kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi. Saida Mirziyoeva Xitoy tomonining Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga boʻlgan intilishini yuqori baholab, ochiq va mazmunli muloqot uchun Chjao Letsziga minnatdorlik bildirdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoy
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahri
#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan. ❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. ❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ☝️Muhim eslatma! ❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. 🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON!
Qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi. Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan. OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi. 📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#rasmiy_xabar ⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 202
#rasmiy_xabar ⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar: 📌Besh yilda biznes uchun
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:   📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;   📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;   📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;   📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;   📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;   📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;   📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;   📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;   📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon q
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyati
Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Xalqaro konferensiya! “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati barcha soha mutaxassislari, professor-oʻqituvch
Xalqaro konferensiya! “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati barcha soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlarni nufuzli xalqaro anjumanga taklif etadi! 📌 Konferensiya mavzusi: “Xalq soʻzi” va “Народное слово” fenomeni: milliy jurnalistikada institutsional kuch va professional mezonlar maktabi” 📥 Maqolalarni qabul qilish oxirgi muddati: 2026-yil 10-sentyabr; 🌐 Tillar: oʻzbek, rus, ingliz tillari; 📧 Maqolalarni va toʻldirilgan talabnomani quyidagi elektron manzillardan biriga yuborishingiz soʻraladi: Email: akramxamraqulov01@gmail.com Telegram: @qabuln1 📞Maʼlumot va aloqa uchun tel: • Akram Xamraqulov: +998 50 979 00 24 📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Uch kun. Yuzlab g‘oyalar. Bitta katta maqsad. 5–7-avgust kunlari “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib, hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qildilar. Qizg‘in bahslar, hayajonli daqiqalar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar — tanlovning uch kunlik tafsilotlari bir videoda. #KelajakMuhandislari #Final Facebook | Instagram | YouTube |Telegram

Repost from Edu.uz
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chi
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
😅“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda! Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi. Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:5-avgust: “Eng yaxshi g‘oya” ✅ 6-avgust: “Eng yaxshi loyiha” ✅ 7-avgust: “Eng yaxshi ixtiro” Ishtirokchilar — talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar. Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — Prezident sovg‘asi: BYD Chazor avtomobili egasiga aylanadi. ✔️Boshlanish vaqti: 10:00 ✔️Manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda Dunyoning eng nufuzli
#Qonunchilik_yangiliklari 20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat! 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi. 📎 Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun; 💵 Bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi. Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi. 📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▫️ ariza; ▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; ▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun); ▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab); ▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys; ▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot; ▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).
📈 Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi. Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram