cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sherzod_Raxmonovich_Urakov

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali direktori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Shikoyat, takliflar uchun - @samdukf_murojaat_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 357
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+107 kunlar
+930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Ilmiy_faoliyat MONOGRAFIYA NASHR ETILDI SamDU Kattaqo'rg'on filiali Kengashining 2024-yil 4-apreldagi 8-son qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan, Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim, sport kafedrasi o‘qituvchisi Sobir Igamov muallifligidagi "O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari" nomli monografiyasi nashr etildi. Ushbu monografiya filial kutubxonasi hamda ijodiy faoliyat bilan bog'liq bilim olayotgan talabalar kitob javonidan munosib joy egallashiga ishonamiz. O'qituvchimizning keyingi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
👏 13👍 2🔥 1
ILG‘OR TAJRIBALARNI FAOLIYATIMIZDA QO‘LLAYMIZ... Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Kuzma Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat universitetida bo‘lib turgan SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari universitetning ilg‘or tajribalari bilan tanishmoqda. Professor-o'qituvchilarning pedagogik-psixologik mahorati, dars jarayonlarida raqamli texnologiyalarning tatbiq etilishi, talabalar izlanuvchanligi vakillarimiz e'tibor markazida. 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Hammasini ko'rsatish...
👍 9👏 4 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Ibrat Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber. ✍🏻 Gyote 💢 A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табригиПоздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Tabriknoma VATANDOSHLARIMIZGA QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN! Aziz vatandoshlar, qadrli ustozlar va talaba yoshlar! Sizlarni ulug‘ ayyom - Qurbon hayiti bilan muborakbod etamiz! Barchangizni azaliy qadriyatlarimizga singib ketgan mana shunday ezgu bayram shukuhi hukmron bo‘lib turgan bugungi kunlarda qilgan barcha duolaringiz, ezgu tilaklaringiz ijobatini tilayman! Ona Vatanimiz ravnaqi, ilm-ma'rifat rivoji yo‘lida qilayotgan sa'y-harakatlarimizga Yaratgan madadkor bo‘lsin! Xalqimiz farovonligi, saodatli hayotimizga ko‘z tegmasin! Farzandlarimiz baxtli, oilalarimiz tinch-totuv bo‘lsin! Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin! Ehtirom bilan, Sh.R.Urakov, SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali direktori.
Hammasini ko'rsatish...
👍 16🎉 5🔥 2👏 2
#Xushxabar #IELTS #SAMDUKF IKKI NAFAR TALABAMIZ IELTSDAN  7 BALL, TO‘RT NAFARI 6.5 va 6 BALL OLISHDI SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Zarina Murtazoyeva rahbarlik qilayotgan "Subskills" to'garagi a'zolari, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi 3-kurs talabalari Habibullayeva Muxlisa hamda Shoymurodova Malika IELTS xalqaro imtihonidan 7 ball (C1daraja), Xolbo'tayeva Ozoda 6.5 ball, Abduraimova Nozimaxon 6 ball, Xushbaqova Zulxumor 6 ball, Sobiraliyeva Zulxumor 6 ball, Tilovova Dilnavoz 6 ballni egalladi. Filial Ma'naviyat xonasida o‘tkazilgan uchrashuvda ushbu talabalarimiz erishgan muvaffaqiyati e'tirof etildi. Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani Anvar Sobirov talabalarni tabriklab, ustozlariga minnatdorlik bildirdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 18👏 8
#Hamkorlik Professor-o'qituvchilarimiz xorijda malaka oshirmoqda Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Kuzma Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat universitetiga jo‘nab ketishgan edi. Vakillarimiz universitetda o‘quv jarayonlari, talabalarni yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi bo‘yicha  amalga oshirayotgan tajribalarini o‘rganib, o‘zaro malaka almashmoqdalar.
Hammasini ko'rsatish...
👍 26🔥 9👏 6
00:36
Video unavailableShow in Telegram
#Diqqat_tezkor Abituriyentlar uchun "bomba" yangilik... SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida endi Psixologiya, Musiqa ta'limi, Texnologiya ta'limi kabi yo‘nalishlariga ilk bor qabul boshlandi. Bundan tashqari, yana 14 ta yo‘nalish bo‘yicha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi! Batafsil ☝️☝️☝️
Hammasini ko'rsatish...
3.60 MB
👍 11
PROFESSOR-O‘QITUVCHILARIMIZ XORIJIY OTMDA MALAKA OSHIRISHGA JO‘NAB KETDI Bugun, 13-iyun kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Kuzma Minin nomidagi Nijniy Novgorod davlat universitetiga jo‘nab ketdi. Professor-o‘qituvchilarimiz ushbu OTMda bo‘lib, o‘quv jarayonlari, bo‘lg‘usi pedagoglarning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi bo‘yicha  amalga oshirayotgan tajribalarini o‘rganib, o‘zaro malaka almashib qaytishadi.
Hammasini ko'rsatish...
🤩 24👍 22 3👌 3🔥 1
#Xalqaro_hamkorlik PROFESSOR-O‘QITUVCHILARIMIZ XORIJIY OTMDA MALAKA OSHIRISHGA JO‘NAB KETDI Bugun, 13-iyun kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Kuzma Minin nomidagi Nijniy novoogorod pedagogika davlat universitetiga jo‘nab ketdi. Professor-o‘qituvchilarimiz ushbu OTMda bo‘lib, o‘quv jarayonlari, bo‘lg‘usi pedagoglarning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi bo‘yicha  amalga oshirayotgan tajribalarini o‘rganib, o‘zaro malaka almashib qaytishadi.
Hammasini ko'rsatish...