uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

"El-yurt umidi" Foundation

"El-yurt umidi" Foundation

Kanalga Telegram’da o‘tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali "El-yurt umidi" Foundation analitikasi

"El-yurt umidi" Foundation (@elyurtumidifoundation) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 32 906 obunachidan iborat bo'lib, Taʼlim toifasida 5 867-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 392-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 32 906 obunachiga ega bo‘ldi.

12 Noyabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 555 ga, so‘nggi 24 soatda esa 35 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 22.29% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 13.57% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 7 328 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 4 461 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 33 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf...”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 13 Noyabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Taʼlim toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

32 906
Obunachilar
+3524 soatlar
+1817 kun
+55530 kun
Postlar arxiv
⚡️Ovozli çat boşlandi

Korrupsiya haqida xabar beriş — xavf emas, masʼuliyat. Siz boşlang — ortingizdan boşqalar ham ergaşadi. Korrupsiyaga duç kels
Korrupsiya haqida xabar beriş — xavf emas, masʼuliyat. Siz boşlang — ortingizdan boşqalar ham ergaşadi.
Korrupsiyaga duç kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilişingizni söraymiz: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi: Call-markaz – 1253 “El-yurt umidi” jamğarmasi: korrupsiya holatlari haqida xabar berişga möljallangan bot @EYUFANTIKORBOT 📞 Telefon raqamlar +998936688855, +998712030045 (3003) Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#EYUF_tanlov ⚡️Bugun, 13-noyabr kuni “El-yurt umidi” jamğarmasining 2026-yil 2-oçiq stipendiya tanloviga bağişlangan navbatda
#EYUF_tanlov ⚡️Bugun, 13-noyabr kuni “El-yurt umidi” jamğarmasining 2026-yil 2-oçiq stipendiya tanloviga bağişlangan navbatdagi ovozli çat ötkaziladi. Onlayn muloqot doirasida iştirokçilar tanlovda qatnaşiş şartlari, saralaş bosqiçlari, nomzodlarga qöyiladigan talablar böyiça tuşuntirişlar olişi, şuningdek, özlarini qiziqtirgan savollarni berib, real vaqt rejimida javob olişi mumkin. Jamğarma barça nomzodlarni ovozli çatga qöşilib, eng sönggi maʼlumotlarni bevosita mutaxassislardan olişga çaqiradi. 🔜13-noyabr, 16:00. 🎙Ovozli çat @elyurtumidifoundation Telegram kanalida ötkaziladi. Telegram|Facebook|Instagram|El-yurt.uz

#OAV_biz_haqimizda #EYUF_tanlov Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi 2026-yil 2-oçiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda. Tanlov şartlari va talablari, jarayonlar va ajratilgan kvotalar haqida “Toşkent” telekanalida lavha tayyorlandi. Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi va Birmingem universiteti taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda Xalqar
+2
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi va Birmingem universiteti taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda Xalqaro taʼlimni qanday qilib iqtisodiyot va davlat boşqaruvini rivojlantiriş vositasiga aylantiriş mumkin? “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailovaning Birmingem universiteti vakillari bilan uçraşuvida aynan şu masala muhokamalar markazida böldi. Tomonlar hamkorlikning keyingi bosqiçlari, taʼlim dasturlarini kengaytiriş va özbekistonlik talabalarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini muhokama qildilar. Yaqin yillarda Özbekiston iqtisodiyotining rivojini belgilab beradigan yönalişlar böyiça mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Birmingem universiteti Buyuk Britaniyaning 24 ta yetakçi ilmiy-tadqiqot oliygohini birlaştirgan “Russell Group” uyuşmasi tarkibiga kiradi. Mazkur universitet bilan hamkorlik nafaqat sifatli taʼlim oliş, balki zamonaviy texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot yondaşuvlari hamda xalqaro boşqaruv tajribasini özlaştiriş imkoniyatlarini ham oçib beradi. Ustuvor yönalişlar qatoridan sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, STEM, moliyaviy texnologiyalar (FinTech), raqamli iqtisodiyot va boşqa istiqbolli mutaxassisliklar örin olgan. Bunda asosiy vazifa Özbekistonda mavjud taʼlim dasturlarini takrorlaş emas, balki yoşlarga mamlakat içida egallaş hozirça qiyin bölgan bilim va malakalarni berişdan iborat. Şu maqsadda “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori universitet bilan birgalikda talab yuqori bölgan mutaxassisliklarning öziga xos xaritasini şakllantiriş — eng istiqbolli dasturlarni aniqlaş hamda ularni davlat idoralari va iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga bölgan ehtiyojiga muvofiqlaştirişni taklif qildi. Hamkorlikning alohida yönalişi amaldagi rahbar kadrlarni tayyorlaşdan iborat. Gulnoza Ismailova jamğarma boşqaruv kadrlarini öqitiş, davlat xizmatçilari uçun stajirovka va kasbiy almaşinuv dasturlarini rivojlantirişdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Bunda gap zamonaviy boşqaruv yondaşuvlari, yetakçilik, raqamli transformatsiya hamda sunʼiy intellektni amaliyotda qöllaş xususida bormoqda. Şuningdek, uçraşuv iştirokçilari yangi talabalarning moslaşişi, tajriba almaşiş hamda Buyuk Britaniya va Özbekiston örtasida uzoq muddatli kasbiy aloqalarni yölga qöyişda universitet bitiruvçilari hamjamiyatining örnini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytiriş va amaldagi kelişuvni yangi taʼlim bosqiçlari hamda kasbiy tayyorgarlik dasturlarini kiritgan holda rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#EYUF_live ⚡️Birmingemda özbekistonlik yoşlar bilan uçraşuv “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova Buyuk Britaniyaga xizmat safari doirasida xorijiy universitetlar vakillari va stipendiatlar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Stipendiatlar bilan bevosita suhbatlaşiş, ularning öqiş jarayonlari, yaşaş şaroitlari, duç kelayotgan masalalari hamda universitet muhitiga qançalik moslaşganini biliş — uşbu uçraşuvlarning muhim qismidir. Ana şunday uçraşuvlardan biri Birmingem universitetida bölib ötdi. Universitetida “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiatlarining eng yirik guruhlaridan biri — turli yönalişlar böyiça 80 ga yaqin yoşlar tahsil olmoqda. Uçraşuv intellektual “Zakovat Quiz” bilan boşlanib, öqiş, xorijdagi hayot, uydan olisda moslaşiş hamda kelajak rejalari haqidagi oçiq muloqot bilan davom etdi. Stipendiatlar öz yutuq va takliflari bilan örtoqlaşib, foydali maslahat hamda tavsiyalar oldilar. Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#EYUF_live ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi delegatsiyasining Buyuk Britaniyadagi xizmat safari davom etmoqda. Navbatdagi uçraşuvlarda qanday masalalar muhokama qilindi va ularning natijalari qanday böldi? Tafsilotlar — videolavhamizda. Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#EYUF_live ⚡️Bristol universitetida stipendiatlar bilan uçraşuv bölib ötdi “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova Buyuk Britaniyaga xizmat safari stipendiatlar bilan uçraşuvlar ötkazmoqda. Uçraşuvlardan biri Bristol universitetida bölib ötdi. Talabalar öz taassurotlari bilan örtoqlaşib, öqişi, erişayotgan yutuqlari, kundalik hayoti va kelajakdagi rejalari haqida sözlab berdilar. Oilaviy muhitda jonli va samimiy muloqot keçdi. Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#Xalqaro_hamkorlik ⚡️Muhandislik, aerokosmik texnologiyalar va sunʼiy intellekt: “El-yurt umidi” jamğarmasi asosiy eʼtiborini mutaxassislarni maqsadli tayyorlaşga qaratmoqda “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova Buyuk Britaniyaga xizmat safari doirasida Bristol universiteti vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Muzokaralar taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va Özbekiston taraqqiyoti uçun strategik ahamiyatga ega yönalişlar böyiça mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş masalalariga bağişlandi.
Muhokama markazida zamonaviy iqtisodiyotning raqobatbardoşligini belgilovçi muhandislik fanlari, aerokosmik texnologiyalar, biotexnologiyalar, sunʼiy intellekt va boşqa yuqori texnologiyali yönalişlar böldi. Buyuk Britaniyaning yetakçi tadqiqot universitetlari uyuşmasi hisoblangan “Russell Group” tarkibiga kiruvçi Bristol universiteti muhandislik, aerokosmik soha va turdoş texnologik fanlar böyiça kuçli akademik hamda ilmiy-tadqiqot anʼanalariga ega. Ijroçi direktor Gulnoza Ismailova sanoat, texnologiya sektori, ilmiy taşkilotlar va davlat muassasalarining kadrlarga bölgan ehtiyojini inobatga olgan holda, maqsadli taʼlim yönalişlarini şakllantiriş muhimligini taʼkidladi. Uçraşuvda stipendiatlarning öqiş va yaşaş şaroitlari, xavfsizligi, ularni akademik jihatdan qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro taʼlim muhitiga moslaşuviga alohida eʼtibor qaratildi. Yoşlarning nafaqat sifatli taʼlim oliş imkoniyatiga ega bölişi, balki butun öqiş davrida zarur kömak bilan ta’minlanişi “El-yurt umidi” jamğarmasi uçun ustuvor ahamiyatga ega. “El-yurt umidi” jamğarmasining strategik vazifasi — Özbekistonga qaytgaç, zamonaviy texnologiyalarni qöllay oladigan, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiradigan va iqtisodiyotning real sektoriga innovatsion yeçimlarni joriy etişga qodir mutaxassislarni tayyorlaşni ta’minlaşdan iborat. Şu nuqtai nazardan, Bristol universiteti bilan hamkorlik aniq mutaxassisliklar, amaliy natijalar va milliy iqtisodiyotning uzoq muddatli ehtiyojlariga yönaltirilgan yanada maqsadli taʼlim şerikligini yölga qöyiş imkoniyati sifatida körilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi va Londonning Qiroliça Meri universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzol
+3
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi va Londonning Qiroliça Meri universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Buyuk Britaniyaga xizmat safari doirasida “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova Londonning Qiroliça Meri universiteti (Queen Mary University of London) rahbariyati bilan muzokaralar ötkazdi. Uçraşuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va Özbekiston uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.
Muzokaralar markazida turli tarmoqlar ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda, kadrlar tayyorlaşning ustuvor yönalişlari — STEM, muhandislik mutaxassisliklari, iqtisodiyot va huquq sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş masalalari böldi. Xususan, ingliz va xalqaro tijorat huquqi sohasida mutaxassislar tayyorlaşda Buyuk Britaniya yuridik ta’limining imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Gulnoza Ismailova huquqiy muhitni takomillaştiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş hamda xalqaro işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş vazifalari nuqtayi nazaridan uşbu yönaliş naqadar dolzarb ekanini ta’kidladi. Tomonlar universitetning Huquqşunoslik maktabi bilan özaro hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, Özbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan qöşma ta’lim dasturlarini işlab çiqiş istiqbollarini muhokama qildi. “2+2” modeli asosida qöşma diplom dasturlarini amalga oşiriş, şuningdek, davlat xizmatçilari va turli soha mutaxassislari uçun stajirovkalarni taşkil etiş imkoniyatlari alohida mavzu sifatida körib çiqildi. Uçraşuv davomida stipendiatlarni moliyaviy va taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlaş masalalari ham körib çiqildi. Özbekistonlik talabalarning özlaştiriş körsatkiçlari, yaşaş şaroitlari va moslaşuviga alohida e’tibor qaratildi. Universitet vakillari stipendiatlarni kelgusida ham qöllab-quvvatlaşga hamda yuzaga keladigan masalalar böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi bilan tezkor hamkorlik qilişga qiziqiş bildirdi. Imzolangan memorandum Londonning Qiroliça Meri universiteti bilan hamkorlikni rivojlantiriş, jumladan, ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş, talab yuqori bölgan mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlaş hamda Buyuk Britaniya va Özbekiston oliygohlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş uçun asos bölib xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#EYUF_live ⚡️Nottingem universitetida stipendiatlar bilan uçraşuv bölib ötdi “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova Buyuk Britaniyaga xizmat safari doirasida xorijiy universitetlar vakillari va stipendiatlar bilan uçraşuvlar ötkazmoqda. Stipendiatlar bilan bevosita suhbatlaşiş, ularning öqiş jarayonlari, yaşaş şaroitlari, duç kelayotgan masalalari hamda universitet muhitiga qançalik moslaşganini biliş — uşbu uçraşuvlarning muhim qismidir. Ana şunday uçraşuvlardan biri Nottingem universitetida bölib ötdi. Talabalar öz taassurotlari bilan örtoqlaşib, öqişi, erişayotgan yutuqlari, kundalik hayoti va kelajakdagi rejalari haqida sözlab berdilar. Oilaviy muhitda jonli va samimiy muloqot keçdi. “El-yurt umidi” jamğarmasi uçun yoşlarni şunçaki dunyoning nufuzli universitetlariga öqişga yuboriş emas, balki butun öqiş davomida doimo ularning yonida böliş, har birini tinglaş, yutuq va qiyinçiliklaridan xabardor böliş, taʼlim sifati, yaşaş şaroitlari hamda xavfsizligini nazorat qilib boriş muhim ahamiyatga ega. Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#Muhim #EYUF_tanlov ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi platformasida röyxatdan ötiş uçun maxsus bot işga tuşirildi Xorijdan turib O
#Muhim #EYUF_tanlov ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi platformasida röyxatdan ötiş uçun maxsus bot işga tuşirildi Xorijdan turib OneID tizimi orqali www.el-yurt.uz platformasiga kirişda muammoga duç kelayotgan foydalanuvçilar uçun vaqtinçalik tezkor yeçim sifatida maxsus Telegram bot işga tuşirildi. Endilikda tizimda röyxatdan ötiş va şaxsni tasdiqlaş jarayonini töğridan-töğri Telegram bot orqali soddalaştirilgan tartibda amalga oşirişingiz ham mumkin. Bot orqali röyxatdan ötiş uçun quyidagi maʼlumotlar talab etiladi: ➖Ariza (jamğarma ijroçi direktori nomiga yozilgan ariza); ➖F.I.Ş. (Passport yoki ID kartadagi töliq familiya, ism va otangizning ismi) ➖Telefon raqami (Röyxatdan ötiş uçun foydalanadigan telefon raqamingiz) ➖JŞŞIR (PINFL) (14 ta raqamdan iborat şaxsiy identifikatsiya raqami) ➖Parol (Tizimga kiriş uçun özingiz belgilaydigan maxfiy söz) ➖Autentifikatsiya (Şaxsni tasdiqlovçi hujjat bilan birga tuşilgan video xabar). ⚠️ Maʼlumotlar tekşirilgaç, foydalanuvçiga tizimga kiriş huquqini beruvçi login va parol taqdim etiladi. Platformadan foydalaniş uçun taqdim etiladigan login va parol maʼlumotlarining maxfiyligini taʼminlaş, ularni uçinçi şaxslarga bermaslik va boşqa şaxslar tomonidan foydalanilişiga yöl qöymaslik kerakligini eslatib ötamiz. 🤖 Botga ötiş va röyxatdan ötişni boşlaş uçun havola: @eyuf_registration_bot ⚠️ Bundan taşqari platformaning özidan röyxatdan ötiş orqali ham kiriş imkoniyati mavjud. Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi va Nottingem universiteti hamkorlik memorandumini imzoladi “El-yurt umidi” ja
+3
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi va Nottingem universiteti hamkorlik memorandumini imzoladi “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova Buyuk Britaniyaga xizmat safari doirasida Nottingem universiteti rahbariyati bilan muzokaralar ötkazdi. Uçraşuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va özbekistonlik mutaxassislarni tayyorlaş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan özaro anglaşuv memorandumini imzoladilar. Nottingem universiteti Buyuk Britaniyaning 24 ta yetakçi tadqiqot universiteti uyuşmasi hisoblangan Russell Group tarkibiga kiradi. Mazkur universitet QS jahon reytingining kuçli yuztaligidan (top-100) örin olgan.
Bugungi kunda universitetda “El-yurt umidi” jamğarmasining 12 nafar stipendiati tahsil olmoqda, e’tiborlisi, ulardan 10 nafari aynan joriy yilda öqişni boşlagan. Bunday ösiş körsatkiçi hamkorlikni yanada kengaytiriş masalasini muhokama qiliş uçun muhim asoslardan biri böldi. Muzokaralar markazidan Özbekiston iqtisodiyotida talab yuqori bölgan yönalişlar böyiça kadrlar tayyorlaş masalasi örin oldi. Xususan, sun’iy intellekt, muhandislik, sanoat iqtisodiyoti, “FinTech”, farmatsevtika, soğliqni saqlaş va boşqaruv sohalariga alohida e’tibor qaratildi. Gulnoza Ismailova davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta’lim dasturlarini tanlaşga yanada manzilli yondaşiş muhimligini ta’kidladi. Tomonlar öqişga qabul qiliş tartib-taomillarini takomillaştiriş, ta’lim uçun çegirmalar taqdim etiş hamda jamğarma va universitet örtasida töğridan-töğri moliyaviy hisob-kitoblarni yölga qöyiş imkoniyatlarini muhokama qildilar. Amaliyotga yönaltirilgan dasturlar va kasbiy stajirovkalar muzokaralarning alohida yönalişi böldi. Farmatsevtika va soğliqni saqlaşni boşqariş sohalarida hamkorlik qiliş, jumladan, özbekistonlik mutaxassislarni Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş tizimi tajribasi bilan taniştiriş imkoniyatlari körib çiqildi. Şuningdek, universitet vakillari Özbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan qöşma ta’lim dasturlarini, jumladan, “ikki diplomli” model böyiça rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Imzolangan memorandum kelgusidagi hamkorlik uçun mustahkam zamin yaratadi. Keyingi qadam özbekistonlik yoşlarning xalqaro ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş va mamlakat uçun ustuvor yönalişlar böyiça mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan aniq ta’lim taşabbuslarini işlab çiqişdan iborat böladi.
Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#EYUF_online ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi delegatsiyasining Buyuk Britaniyadagi xizmat safari davom etmoqda. Dastlabki uçraşuvlarda qanday masalalar muhokama qilindi va ularning yakunlari qanday böldi? Tafsilotlar — videolavhamizda. Telegram | Facebook | Instagram| El-yurt.uz

#Xalqaro_hamkorlik ⚡️Oksford universiteti Saïd biznes maktabi bilan boşqaruv kadrlarini tayyorlaşning yangi imkoniyatlari muh
+3
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️Oksford universiteti Saïd biznes maktabi bilan boşqaruv kadrlarini tayyorlaşning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi Özbekistonlik mutaxassislarning Oksford universiteti dasturlarida öqiş imkoniyatlarini kengaytiriş “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova hamda Saïd biznes maktabining rahbarlar uchun mo‘ljallangan dasturlar va magistratura dasturlariga tinglovçilarni jalb etiş hamda qabul qiliş böyiça direktor örinbosari Keyt Richards-Uitvort örtasidagi uçraşuvning asosiy mavzusi böldi.
Muzokaralar markazidan rahbarlar, davlat xizmatçilari va turli soha mutaxassislarini tayyorlaşga möljallangan rahbarlar uchun MBA (Master of Business Administration), biznes boshqaruvi magistri diplom dasturi va rahbarlar uchun biznes boshqaruvi magistri dasturlari böyiça hamkorlikni rivojlantiriş masalasi örin oldi. Taʼlimning amaliy natijalariga alohida urğu berildi. Gulnoza Ismailova Oksfordda olingan bilimlar davlat boşqaruvi va iqtisodiyotda amaliy qöllanilişi uçun tinglovçilarning yakuniy loyihalarini Özbekistonning aniq vazifalari bilan boğlaşni taklif qildi. Şuningdek, tomonlar iştirokçilar soni köpayganda öqiş narxini pasaytiriş, qabul tartib-taomillarini takomillaştiriş va bölajak nomzodlar uçun axborot uçraşuvlarini (vebinarlarni) ötkaziş imkoniyatlarini körib çiqdi. Istiqbolli tayyorlov yönalişlari qatoridan sunʼiy intellekt, yetakçilik, strategik boşqaruv, moliya va xalqaro biznes örin olgan. Uçraşuv yakunida tomonlar özaro hamkorlik mexanizmlarini işlab çiqişga hamda taʼlim dasturlari, öqişga kiriş şartlari va özbekistonlik mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş şartlarini öz içiga olgan hamkorlik memorandumini imzolaşga kelişib oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | El-yurt.uz

#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi özbekistonlik yoşlar va mutaxassislarni Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasal
+4
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️“El-yurt umidi” jamğarmasi özbekistonlik yoşlar va mutaxassislarni Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasalarida öqitiş maqsadida hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda Londonda “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova Kaplan International Pathways xalqaro taʼlim taşkiloti vakillari bilan uçraşdi. Taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş hamda Buyuk Britaniya universitetlarida özbekistonlik mutaxassislarni tayyorlaşning yanada qulay va samarali mexanizmlarini yaratiş muzokaralarning asosiy mavzusi böldi.
Tomonlar öqiş uçun qöşimça çegirmalar taqdim etiş, qabul jarayonlarini takomillaştiriş, “El-yurt umidi” jamğarmasi hamda hamkor universitetlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş, şuningdek, Özbekiston uçun ustuvor yönalişlar böyiça taʼlim dasturlari röyxatini kengaytiriş imkoniyatlarini muhokama qildilar. “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiatlarining akademik körsatkiçlariga alohida eʼtibor qaratildi. Kaplan maʼlumotlariga köra, joriy yilda taşkilotning tayyorlov dasturlarida tahsil olgan özbekistonlik talabalarning 100 foizi taʼlimning keyingi bosqiçiga muvaffaqiyatli ötgan. Britaniya tomoni vakillari ularning tayyorgarlik darajasi, iştiyoqi va universitet hayotidagi faol iştirokini yuqori baholadilar. Özbekistonlik mutaxassislar uçun amaliyotga yönaltirilgan kasbiy rivojlaniş dasturlarini işlab çiqiş muzokaralarning alohida yönalişi böldi. Xorijiy stajirovka va öquv kurslarini taşkil etiş imkoniyatlari körib çiqildi. Ularning yakuniga köra, iştirokçilar öz sohalarida aniq loyiha va yeçimlarni joriy eta oladilar. Uçraşuv iştirokçilari talabalarni qöllab-quvvatlaş, ularning yaşaş şaroitlari, karyeraviy ösişi va Kaplan hamkor universitetlari bilan aloqalarni yanada mustahkamlaş masalalarini ham muhokama qildilar. Uşbu muzokaralar “El-yurt umidi” jamğarmasi delegatsiyasining Britaniya universitetlari bilan xalqaro taʼlim imkoniyatlarini kengaytiriş va Özbekiston inson kapitaliga yönaltirilayotgan investitsiyalarning amaliy samarasini oşirişga qaratilgan turkum işçi uçraşuvlarini boşlab berdi.
Şu kunning özida “El-yurt umidi” jamğarmasi ijroçi direktori Gulnoza Ismailova “Kaplan International College London”da “Foundation Year” tayyorlov dasturi böyiça tahsil olayotgan stipendiatlar bilan uçraşdi. Uçraşuvda yoşlarning öqişdagi özlaştiriş körsatkiçlari, yangi taʼlim va madaniy muhitga moslaşuvi, talabalik hayoti hamda kelgusi rejalari yuzasidan oçiq muloqot bölib ötdi. Stipendiatlar öz taassurotlari bilan örtoqlaşib, dastlabki yutuqlari va duç kelayotgan qiyinçiliklari haqida sözlab berdilar hamda özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Şuningdek, Gulnoza Ismailova talabalar uçun yaratilgan taʼlim şaroitlari va imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdi. Telegram | Facebook | Instagram | El-yurt.uz

⚡️Prezident: “Çet elda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazmoqda. Davlatimiz rahbari xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz haqida alohida töxtaldi: “Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda işlaşidan qat’i nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qiliş — davlatning doimiy burçi va vazifasi”. Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerakligini qat’iy ta’kidladi. Endilikda çet elda muammoga duç kelgan fuqaro elçi yoki konsulni izlab yurmaydi. “Onlayn mahalla” platformasi orqali yordam sörab murojaat qoldiradi. Zarur vaziyatda elçining özi uning oldiga borib, huquqlarini himoya qiladi, muammosiga yeçim topadi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga uşbu tizimni 10 kun içida yölga qöyiş va samarali işlaşini ta’minlaş böyiça takliflar kiritişni topşirdi. Telegram|Facebook|Instagram|El-yurt.uz

#EYUF_forum ⚡️Samarqand şahrida “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan “Özgarayotgan dunyoda inson kapitalini şakllantiriş” mavzusida “Global Talent Forum” xalqaro forum taşkil etildi. Forum AQŞ, Turkiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Qozoğiston, Malayziya, Singapur, Germaniya, Yaponiya, Ozarbayjon kabi kabi 15 tadan ortiq davlatdan 100 nafarga yaqin ekspertlar, xalqaro taşkilot vakillari, davlat tuzilmalari, taʼlim muassasalari va stipendiya dasturlari vakillarini bir joyga jamladi. Tarixan madaniyatlar va ilmiy anʼanalarni birlaştirib kelgan Samarqand bilim sifati va uni amalda qöllay oliş qobiliyati mamlakatning rivojlaniş imkoniyatlarini belgilab beradigan kelajak haqidagi muloqot maydoniga aylanadi.
🤝 Forumga Özbekistonda inson kapitalini rivojlantiriş sohasiga urğu berib kelayotgan “Uzbekistanʼs Club” xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti strategik hamkor sifatida hissa qöşhdi. Özbekiston Milliy banki — boş hamkor, MKBANK, “Xalq banki” AT, “Agrobank” ATB, şuningdek, “Uzbekistan Airways”AJ va Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti forum hamkorlari hisoblanadi.
Telegram|Facebook|Instagram|El-yurt.uz

#EYUF_tanlov ⚠️“El-yurt umidi” jamğarmasi oçiq stipendiya tanloviga ariza topşiriş: bosqiçma-bosqiç videoyöriqnoma “El-yurt umidi” jamğarmasining oçiq stipendiya tanlovida iştirok etmoqçisiz, lekin işni nimadan boşlaşni bilmayapsizmi? Uşbu videorolikda tanlov platformasida elektron arizani töldiriş böyiça batafsil yöriqnoma berilgan. Anketani töğri töldiriş, kerakli hujjatlarni yuklaş va keng tarqalgan xatolarga yöl qöymaslik tartibini bilib oling. 🔗 Videoni tomoşa qiliş Telegram|Facebook|Instagram|El-yurt.uz