"El-yurt umidi" Foundation
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
显示更多📈 Telegram 频道 "El-yurt umidi" Foundation 的分析概览
频道 "El-yurt umidi" Foundation (@elyurtumidifoundation) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 32 416 名订阅者,在 教育 类别中位列第 5 942,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 446 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 32 416 名订阅者。
根据 17 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 302,过去 24 小时变化为 7,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 16.12%。内容发布后 24 小时内通常能获得 11.72% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 5 228 次浏览,首日通常累积 3 801 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 24。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali
Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation
Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation
www.eyuf...”
凭借高频更新(最新数据采集于 18 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
“Eng arzon energiya – tejalgan energiya”,- dedi Prezidentimiz. Ijtimoiy soha obyektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga xususiy sarmoya jalb etiladi. Investorlar tejalgan energiya va karbon kreditlar hisobidan daromad olishi mumkin bo‘ladi. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❗️ Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etilayotganini ma’lum qildi.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Dunyoning 191 mamlakatidan kelgan yoshlarni birlashtirgan festival tajriba almashish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Nozimaxon festivalning “Ta’lim, fuqarolik faolligi va davlat boshqaruvi” yo‘nalishida qatnashdi. Xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlarda ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va samarali davlat boshqaruvi masalalari muhokama qilindi. Festival dasturidan madaniy tadbirlar, konsertlar, ekskursiyalar va ekspeditsiyalar ham o‘rin oldi. Bu stipendiatimizga turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan fikr almashish, yangi professional aloqalar o‘rnatish va madaniyatlararo muloqot tajribasini boyitish imkonini berdi.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Sarvinoz Isroilova anjumanda “Student Perceptions of Uzbek and Arabic Musical Excerpts in Music Education Contexts” (“Talabalarning musiqa ta’limi jarayonida o‘zbek va arab musiqiy namunalarini qabul qilishi”) mavzusidagi ilmiy ishini poster taqdimoti shaklida namoyish etdi. Tadqiqotda musiqa yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘zbek va arab musiqasini qanday qabul qilishi o‘rganilgan. Ishtirokchilar musiqiy namunalarni tinglab, ularni yoqtirish, tanishlik, xotirjamlik, hayajon, ritm va melodiyaning aniqligi kabi mezonlar asosida baholaganlar. Stipendiatimiz, shuningdek, o‘zbek an’anaviy musiqasini zamonaviy musiqa ta’limiga integratsiya qilish, milliy musiqiy merosdan dars jarayonida foydalanish hamda xorijiy talabalarni Markaziy Osiyo musiqa madaniyati bilan tanishtirish bo‘yicha o‘z ilmiy yondashuvlarini taqdim etdi. — O‘zbek milliy musiqasini AQShdagi xalqaro ilmiy va professional muhitda namoyish etish men uchun alohida ahamiyatga ega. Boy musiqiy an’analarimiz nafaqat ijro sahnasida, balki ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy ta’lim dasturlarida ham munosib o‘rin egallashi mumkin, — deydi Sarvinoz Isroilova. Ma’lumot uchun: NAfME — National Association for Music Education AQShdagi musiqa ta’limi sohasining yetakchi professional tashkilotlaridan biri bo‘lib, uning konferensiyalari musiqa pedagoglari, olimlar, tadqiqotchilar va doktorantlarni bir maydonda birlashtiradi.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
U yangi vazifasida Buyuk Britaniyada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni birlashtirish, ular uchun ta’lim, madaniy va professional loyihalarni tashkil etish hamda mazkur tashabbuslarni O‘zbekiston elchixonasi vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirishga hissa qo‘shadi. Oyatulla Anvarov xorijda bilim olish bilan birga, vatandoshlar manfaatini ifodalash, talabalar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash va O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi faolligini oshirish yo‘lida muhim vazifalarni ham bajaradi.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Ravshan Shveysariyaning Interlaken shahrida joylashgan tarixiy “Victoria-Jungfrau Grand Hotel & Spa” mehmonxonasida amaliyot o‘tadi. Barcha stajyorlar orasida u o‘zining mehnatsevarligi, mas’uliyatliligi, ishonchliligi, ijobiy kayfiyati hamda jamoa ishiga qo‘shgan hissasi bilan alohida ajralib turdi. Shveysariyaning mashhur mehmonxonalaridan birida o‘talgan amaliyot Ravshan uchun egallagan bilimlarini real kasbiy muhitda qo‘llash imkoniyatiga aylandi. “Eng yaxshi stajyor” unvoni esa O‘zbekiston yoshlari hatto mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlari amal qiladigan joylarda ham o‘zini munosib namoyon eta olishga qodir ekanini tasdiqladi.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Universitetning doktoranti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Dilshoda Maxmudova “Communicative and Cultural English” kursi doirasida O‘zbekiston haqida taqdimot o‘tkazdi. Unda mamlakatimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar, milliy qadriyat va an’analar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, bugungi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va taraqqiyot jarayonlari ham xalqaro auditoriyaga tanishtirildi. Xitoy, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Fransiyadan kelgan talabalar taqdimotni katta qiziqish bilan qarshi oldilar. Savol-javoblar davomida ular O‘zbekiston tarixi, zamonaviy hayoti va turizm imkoniyatlari bilan qiziqib, kelajakda yurtimizga tashrif buyurish istagini bildirdilar. Uchrashuv faqat taqdimot bilan cheklanib qolmadi. Ishtirokchilarga O‘zbekistondan olib kelingan esdalik sovg‘alari topshirildi, milliy taom va ichimliklarimizdan tatib ko‘rish imkoniyati yaratildi. Bunday tashabbuslar — xalq diplomatiyasining eng samimiy va ta’sirchan ko‘rinishidir. Chunki O‘zbekiston haqida qiziqarli hikoyani eshitgan insonda mamlakatimizni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish istagi paydo bo‘ladi.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
“Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart”.❗️Qonun bilan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatiga cheklov qo‘yilmaydi. Shuningdek, bolaga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazgan shaxslar, ularning kimligidan qat’i nazar, qonun oldida javob beradi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun jazoni yengillashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Hasanxon Yusupxo‘jayev Koreya Respublikasining Inchxon shahrida oʻtkazilgan FIRST Global Challenge xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi menejeri. Jamoa qariyb 190 mamlakat vakillari orasida tarixiy gʻalabaga erishdi. Bu yutuq — xorijda olingan bilim va tajribaning Vatanga qaytib, yoshlar, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotiga xizmat qilayotganining yorqin namunasidir. Stipendiatimizni yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz! ✨ Ma’lumot uchun: Hasanxon Yusupxo‘jayev Yoshlar ishlari agentligi direktorining raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
