MATEMATIKA📏📐🇺🇿 Nodirbek Ismoilov
Kanalga Telegram’da o‘tish
Nodirbek Ismoilov!! Matematikaga oid post va fikrlar 🔥 Mantiqiy va qiziqarli savollar 🤯 Qiyin masalalarga oson, hayotiy yechimlar 🎯 Kanal admini: @nodirbek8949
Ko'proq ko'rsatish764
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-2930 kunlar
Postlar arxiv
2023-yil o’quv markazimdagi 6-7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiadadan ekan
3-yil bo’libdi. Qani edi shu paytdagi energiyam bo’lganda🙄
Imtihon oldidan o‘qiladigan duolar:
🤲
🔸 «Robbi yassir va la tu’assir, Robbi tammim bil-xoyr»
Robbim, oson qilgin, qiyin qilma. Ishimni yaxshilik bilan tugatgin.
🔸 «Robbi zidni ilman va fahman»
Robbim, ilmimni va zehnimni ziyoda qilgin.
Bugungi ob-havo ma'lumotlari😁
Bu qor nima deyapti endi):
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
⚡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi!
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#bloknot
Hech kim kalitsiz qulf yasamaganidek, hayot ham yechimi bo’lmagan muammoni bermaydi.
— Fridrix Nitsshe
Ko'pincha hayotda murakkab vaziyatga duch kelganimizda, tushkunlikka tushamiz. Lekin keling, buni haqiqiy matematiklar ko'zi bilan tahlil qilamiz:
Har bir tenglamaning ildizi bor: Agar hayot sizga "tenglama" taqdim etgan bo'lsa, demak, uning noma'lumlarini (x va y) topish imkonini ham bergan.
To'g'ri burchak ostida qarash: Geometriyada ba'zan qiyin masalani yechish uchun shunchaki bitta qo'shimcha chiziq o'tkazish yoki shaklga mutlaqo boshqa burchakdan qarash kifoya qiladi. Hayotdagi "qulflar" ham ba'zan qarashlarimizni o'zgartirishimizni kutadi.
Mantiqiy izchillik:
Eng chalkash masalalar ham bosqichma-bosqich, zanjirsimon mantiq bilan yechiladi. Hayotiy muammolarni ham birdaniga emas, bo'laklarga bo'lib hal qilish kerak.
Matematikada yechilmaydigan masala bo'lmaganidek, hayotda ham har qanday vaziyatdan chiqish yo'lini topishni imkoni bor.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#bloknot
Xato qilayotgan insonlarning xatolarini o’zlariga ayting (yolg’iz holatida). Yengil bo’lasiz.
Buni sinab ko’rganlar biladi.
Sinab ko’rmaganlar, aytishdan foyda yo’q bo’lgan insonlarga nolib o’shani mazasi bilan yashayverishadi.
#ózimga
Mohir manipulyatorlar-o’zlari nohaq bo’la turib qarshi tarafni uzr so’rashga majbur qilishadi.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#Critical_thinking
Mana nega Tanqidiy fikrlashni maktablarga joriy qilish kerak.
Qaysi javob to’g’ri deb o’ylaysiz
P.s: Prezident maktabiga tayyorgarlik kitobidan
#ózimga #bloknot
Baliq daraxtga chiqish bo’yicha baholansa, u o’zini qobiliyatsiz deb hisoblaydi
Ko’plab insonlar ham shunday
Aslida muammo ularda emas. Ularni baholayotgan mezonda (insonda)
To’g’ri muhit esa oddiy insonda ham katta salohiyatni ochishi mumkin
Qadringizni faqatgina uni qadrlaydigan insonlargina tushunadi.
Energiyangizni keraksiz joyga, keraksiz insonlarga sarflamang.
Hayotni o’zgartirish uchun ba’zan o’zingizni emas atrofingizni o’zgartirish kifoya
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
Xay mayli, yutqizdik!
Yaxshilanishga harakat qilish kerak! Keyingi o’yinlarda omadimizni, o’yinimizni bersin!
Ko’proq dars qilinglar, kuchli ilm olinglar!
Chunki sport millatni dunyoga tanitishi mumkin, ilm esa millatni rivojlantiradi.
Bugun futbolda kim yutadi. Taxminiy natijani commentga yozib keting😊🏆
#ózimga #bloknot
Ichki va tashqi bosim haqida. Inson qachon "portlaydi"?
Kuzatganmisiz, ba’zida hayotimizda ham, ishimizda ham bir vaqtning o’zida ulkan bosim ostida qolib ketamiz. Insonning ichki bosimi (o’zidan qoniqmaslik, haddan tashqari mas’uliyat va mukammallikka intilish) uning tashqi (ishidagi) bosimi (topshiriqlar ko'pligi, muddatlar qisqaligi, talabchan rahbar yoki mijozlar) bilan to’qnashganda nimalar sodir bo’ladi?
Fizika qonunlariga ko'ra, har qanday jism ichki va tashqi bosim teng bo'lmaganda yoki har ikkala bosim haddan tashqari ortganda shaklini yo'qotadi yoki portlaydi. Inson ruhiyati ham bundan mustasno emas.
Bu qanday oqibatlarga olib keladi?
1. "Kasbiy kuyish" (Burnout)
Ishga bo’lgan ishtiyoq butunlay so’nadi. Kecha sizni ilhomlantirgan loyihalar bugun shunchaki og’ir yukka aylanadi. Ertalab turish va ishga borish eng azobli jarayonga aylanib qoladi.
2. Emotsional portlash yoki Tuyg'ular so'nishi
Kishi juda ta'sirchan bo'lib qoladi — arzimagan xato yoki oddiy gap ham asabiy portlashga sabab bo'lishi mumkin. Yoki aksincha, inson "robot" holatiga o'tadi: hech qanday quvonch, qayg’u yoki motivatsiyani his qilmay qo’yadi.
3. Psixosomatika va Sog'liq muammolari
Surunkali bosim tanada o'z asoratini ko'rsatmay qolmaydi. Doimiy bosh og’rig’i, uyqusizlik, immunitet zaiflashishi va yurak sanchishlari — bular tanangizning "To'xta, menga dam kerak!" degan signalidir.
4. Samaradorlikning keskin tushishi
Qanchalik ko’p ishlashga urinmang, diqqatni jamlash qiyinlashadi. 10 daqiqalik ishga soatlab vaqt sarflay boshlaysiz. Sifat yo'qoladi, xatolar ko'payadi.
Bu holatdan qanday chiqish mumkin?
Bosimni kamaytiring (Delegatsiya): Barcha ishni bir o’zingiz yelkangizga olmang. Ishingizda ham, hayotingizda ham majburiyatlarning bir qismini boshqalarga topshirishni (delegatsiya qilishni) o'rganing.
"Yo'q" deyishni mashq qiling: Imkoniyatingiz va vaqtingiz chegaralanganini tan oling. Qo'shimcha yuklamalarga o'z vaqtida rad javobini bera olish — o'zingizni asrashning birinchi qadamidir.
Sifatli dam olish (Raqamli detoks): Dam olish kunlari ish rejalari, xabarlar va notification'larni mutlaqo o'chiring. Miyaga "qayta yuklanish" (reset) uchun vaqt bering.
Jismoniy faollik: Sport, yugurish yoki oddiy toza havoda sayr qilish tanadagi stress gormoni — kortizol darajasini pasaytiradi.
Xulosa: Muvozanatni saqlash — bu zaiflik emas, bu professionalizm va o'ziga bo'lgan hurmatdir. O'zingizni asrang, zero eng katta loyihangiz — bu sizning o'zingiz!
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
Uning o’ziga ishonchi shunchalik past ediki, o’zini yuqoriga ko’tarib maqtashi, faqatgina boshqalarni yerga urish evazigagina bo’lardi.
#ustozdan
Ustozlikda menga eng ko‘p foyda keltirgan oyatlardan biri:
“Allohning rahmati ila ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et, ularga istig‘for ayt va ishda ular bilan maslahat qil. Azmu qaror qilganingdan so‘ng, Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadi”.
Oli Imron surasi, 159-oyat.
#geometry
Kangaroo olimpiadasi savoli
(7-8 sinf)
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
