MATEMATIKA📏📐🇺🇿 Nodirbek Ismoilov
前往频道在 Telegram
Nodirbek Ismoilov!! Matematikaga oid post va fikrlar 🔥 Mantiqiy va qiziqarli savollar 🤯 Qiyin masalalarga oson, hayotiy yechimlar 🎯 Kanal admini: @nodirbek8949
显示更多736
订阅者
+224 小时
-17 天
-130 天
帖子存档
#bloknot #ózimga
Xarakter bu hech kim ko'rmayotgan paytda qiladigan tanlovingdir.
Boshqalardan ajralish uchun irodangni quyidagi 4 ta qoida bilan shakllantir:
1-Qoida.
O'z so'zingda turish:
O'zingga bergan va'dangni boshqalarga berganingdan ustun qo'y.
Agar "ertaga 6 da turaman" dedingmi dunyo ostin-ustun bo'lsa ham tur.
Miyang sening har bir so'zingni "qonun" deb qabul qila boshlasa, o'zingga bo'lgan ishonching osmonga ko'tariladi.
2-Qoida.
Qiyinchilikdan qochma:
Comfort zonangni tark etib tur.
Har kuni o'zing yoqtirmaydigan, lekin foydali bitta ishni qil:
Bunga misol, og'ir mashq yoki eng yoqimsiz lekin foydali ish bo'lishi mumkin.
Bu irodangni har qanday holatga bardosh beradigan "beton"ga aylantiradi.
3-Qoida.
Mas'uliyatli bo'lish:
Ishing o'xshamasligiga ob-havoni, hukumatni yoki atrofdagilarni ayblashni to'xtat.
Hattoki senga bog'liq bo'lmagan xatoda ham: "Buning oldini olish uchun shaxsan men nima qilmagandim?" deb so'ra.
Aybdorni qidirishni to'xtatganingda, yechim topish kuchi senga qaytadi.
Bu odatlar seni shunchaki "yaxshi" qilmaydi, ular seni mustahkam qiladi.
Intizom bu o'zing xohlagan narsa uchun o'zing yoqtirgan narsadan voz kechishdir.
👉 Bu gaplarni o'qib qo'ygandan
Repost from Aziz Rahimov
kibr tashqaridan kelgan fidbekni qabul qildirmaydi.
fidbek kelmasa, o’zgarish kelmaydi.
o’zgaradigan dunyoda o’zgara olmaslik, o’yindan chiqishga sabab bo’ladi.
shuning uchun ham:
rahbarni ulug’lash va u bilan bahslashmaslik – cho’kayotgan ishxonaning belgisi
anchadan beri uzr so’ralmagan xonadon – baxtsiz oilaning belgisi
kamchiliklar gaplashilmagan do’stlik – vaqtinchalik munosabat belgisi
SAT bo’yicha foydali ma’lumotlar kimga qiziq bo’lsa quyidagi kanalga qo’shilib olinglar🔥
👉 @Nodirbek_SAT
Ingliz tilidan lug’at boyligingizni ham oshirib olasiz😊
Lag’monchilar mavsumi boshlandi
Shunaqa “ustoz”larni nima qilsa bo’ladi-a?
“Sirli masalliq yo’q” bachalar…
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
PM tayyorlov guruhidagi o’quvchilarim uyida ham taxminan shunaqa ahvol bo’lsa kerak🥲
#bloknot
Biz ba’zan tanqidiy fikrlash bilan negativ fikrlashni adashtirib yuboryapmiz.
Tanqidiy fikrlash - voqelikka har tomondan qarash.
Negativ fikrlash esa - yaxshi narsaning ichidan ham yomonini qidirish.
Bu ikkalasi bir xil emas.
Hayotda hamma narsa mukammal emas.
Do‘stim, bir narsani tushun:
Sen har bir narsadan negativ topishga majbur emassan.
Oxirgi paytlarda buni ko‘p kuzatyapman.
Kimdir kattaroq yutuqqa erishsa - “ha, lekin…” deb boshlaymiz;
Kimdir yaxshi narsa qilsa - albatta undan biror ayb topamiz;
Boshqa maktab haqida gap ketsa - albatta uning yomon tomonini topamiz;
Boshqa davlat yoki xalq haqida gap ketsa - yaxshi tomonlarini ko‘rishdan oldin kamchiligini aytamiz.
Go‘yo biror narsani yaxshi deb tan olish biz uchun yutqazishdek.
Aslida esa unday emas.
Bir narsaning yaxshi tomonini ko‘rish - uning kamchiligini inkor qilish degani emas.
Masalan, boshqa maktabda nimadir yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, buni tan olishing mumkin.
Bu “ular hamma narsada bizdan yaxshi” degani emas.
Kimdir sendan kuchliroq natijaga erishgan bo‘lsa, uning yutug‘ini tan olishing mumkin.
Bu sen yomon degani emas.
Kimdir yaxshi ish qilgan bo‘lsa, “yaxshi qilibdi” deyishing mumkin.
Buning uchun uning boshqa kamchiliklarini topishing shart emas.
Ba’zan shunchaki:
“Ha, bu rostan ham yaxshi ekan.” deyish ham yetarli.
Izoh qo‘shmasdan.
Taqqoslamasdan.
O‘zimizni ko‘rsatishga urinmasdan.
Shunchaki tan olish.
Chunki dunyoni faqat kamchiliklari orqali ko‘rishga o‘rgangan odam oxir-oqibat yaxshi narsalarning o‘zidan ham zavq ololmay qoladi.
Har narsadan negativ topish - aqllilik belgisi emas.
Ba’zan yaxshi narsani yaxshi deb tan olish ham yetuklik.
If (2x + a)(3x - 5) = 6x^2 - 7x - 15 is true for all real values of x, where a is a constant, what is the value of a?
Repost from N/a
What is the sum of all the real solutions to the equation (x - 5)(x + 2)(3x - 9) = 0?
Bu bola tochna Doktor bo’ladi😅
Kimligini biladiganlar bormi 3-sinf
Manda mavjud kanallarim:
Milliy sertifikat bo’yicha
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
SAT math qismi bo’yicha
👉 @Nodirbek_sat 🇺🇿
Prezident maktablariga tayyorlov
👉 @Nodirbek_ustoz 🇺🇿
oflayn darslarimizni yo’lga qo’yib olganimizdan keyin kanallarında ham fokus qaratmoqchiman😊
#bloknot #ózimga
Solon — Afina qonun chiqaruvchisi va donishmandi — bir kuni boy va qudratidan faxrlanadigan Lidiyalik qirol Kroesusga tashrif buyurdi. Kroesus undan o'zini aytishini kutib, dunyodagi eng baxtli odam kimligini so‘radi. Ammo Solon bunday qilmadi. U, buning o‘rniga, sharafli hayot kechirgan va mardona vafot etgan oddiy odamlardan misollar keltirdi. Kroesus bu fikrga qarshi chiqqanida, Solon mashhur ogohlantirishini aytdi:
"Odamning oxiri nima bilan tugashini bilmasdan, uni baxtli deb bo‘lmaydi"
Jamiyatda katta shon-shuhratga erishmagan, lekin o‘z burchini halol bajarib, el-yurt va oilasi davrasida xotirjam umr kechirgan oddiy insonlar ko‘pincha eng baxtli kishilardir.
P. s: Olloh hammamizni avval-u oxirimizni go’zal qilsin va ortimizdan faqat yaxshi xotiralar va ezgu amallar qoldirish nasib qilsin!
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#ózimga
Inson o‘zi farzandli bo‘lib, tunlari uning oromi uchun mijja qoqmay chiqqanidagina ota-onasining kechirgan his-tuyg‘ularini jismonan va ruhan anglay boshlaydi.
Ilgarilari shunchaki "mehribonlik" yoki "burch" deb bilganimiz — aslida cheksiz, evazsiz va shartsiz muhabbat ekanini tushunib yetasiz.
#bloknot #ózimga
Xarakter bu hech kim ko‘rmayotgan paytda qiladigan tanlovingdir.
Boshqalardan ajralish uchun irodangni quyidagi 3 ta qoida bilan shakllantir:
1-Qoida.
O'z so'zingda turish:
O‘zingga bergan va‘dangni boshqalarga berganingdan ustun qo‘y.
Agar "ertaga 5 da turaman" dedingmi dunyo ostin-ustun bo‘lsa ham tur.
Miyang sening har bir so‘zingni "qonun" deb qabul qilsa, o‘zingga bo‘lgan ishonching oshadi.
2-Qoida.
Qiyinchilikdan qochma:
Comfort zonangni tark etib tur.
Har kuni o‘zing yoqtirmaydigan, lekin foydali bitta ishni qil:
Bunga misol, og‘ir mashq yoki eng yoqimsiz lekin foydali ish bo'lishi mumkin.
Bu irodangni har qanday holatga bardosh beradigan "beton"ga aylantiradi.
3-Qoida.
Mas’uliyatli bo'lish:
Ishing o'xshamasligiga ob-havoni, hukumatni yoki atrofdagilarni ayblashni to‘xtat.
Hattoki senga bog‘liq bo‘lmagan xatoda ham: "Buning oldini olish uchun shaxsan men nima qilmagandim?" deb so‘ra.
Aybdorni qidirishni to‘xtatganingda, yechim topiladi.
Bu odatlar seni shunchaki "yaxshi" qilmaydi, ular seni bardoshli qiladi.
Intizom bu o‘zing xohlagan narsa uchun o‘zing yoqtirgan narsadan voz kechishdir.
P.s: Bu gaplarni o‘qib qo‘ygandan foyda yo‘q, agar ularni amalda qo‘llashni o‘rganmasang.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
O‘zini aqlli qilib ko‘rsatish uchun hammaga ma’lum istisnolarni aytadigan odam aslida o‘zini aksincha ko‘rsatadi.– Naval Ravikant
Ko’pchilik bu haqida sertifikat yo’qoladimi degan taxminda ekan aslida esa unaqa emas❗️
Aksincha endi haqiqiy raqobat boshlanadi shunday ekan havotirga o’rin yo’q(tavakkaliga menda B B+ chiqdi degan narsa bo’lmaydi xullas)😉
Shunday ekan tayyorgarlikni boshlagan yaxshi kuzgi imtihonlarga tayyorlanadiganlar bormi🟣
