MATEMATIKA📏📐🇺🇿 Nodirbek Ismoilov
Відкрити в Telegram
Nodirbek Ismoilov!! Matematikaga oid post va fikrlar 🔥 Mantiqiy va qiziqarli savollar 🤯 Qiyin masalalarga oson, hayotiy yechimlar 🎯 Kanal admini: @nodirbek8949
Показати більше813
Підписники
-124 години
-37 днів
-1930 день
Архів дописів
#ustozdan
Ustozlikda menga eng ko‘p foyda keltirgan oyatlardan biri:
“Allohning rahmati ila ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et, ularga istig‘for ayt va ishda ular bilan maslahat qil. Azmu qaror qilganingdan so‘ng, Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadi”.
Oli Imron surasi, 159-oyat.
#geometry
Kangaroo olimpiadasi savoli
(7-8 sinf)
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#bloknot
Ustozlar tomonidan ishlatiladigan eng kuchli kesatiq va gaplar tanlab olinib, post ko‘rinishiga keltirildi:
1. Devorga gapirishni yaxshi ko‘ramanda o‘zi...
2. Boshingni qoldirib kelmabsanda uyda...
3. O'zi 3ta eng aqli inson bor olamda, biri men, ikkinchisi soyam, 3chisi esa oynadagi aksim
4. Men bilgandim, men kutgandim baribir vazifa qilmasliklaringizni
5. Bu yil sinfni qo'lga oladi shu bola) qarab turiylar
6. Men so'zlarni sizlar tomosha qilishilar uchun tashiman.
7. Guruhga men zerikkanimda gaplashishga boshqa odam topolmay sizlarga yozamanku o'zi
8. Kechikib kelgan bolaga: poyezd bormadimi sizlar tarafga
9. Uxlab qolsa:
Aytganingda uygʻotib kelardim
10. Shu devorni, partani, stullarni zaboni bo'lganda gapirib yuborgan bo'lardi, nega sizlardan sado chiqmaydi-a?
11. Farosat koʻrinmaydi, lekin bor yoʻqligi sezilib turadi
12. Bu safar ham vazifani oʻtkan galgidek bajarmaslik uchun beryapman, yana bajarib qoʻyib, kuchayib ketmanglar-a
13. Men bir bekorchi bo'lsam sizlar gapingizni tugatib oling kutib turaman.
Keyin darsni boshlaymiz.
14. Bolalar shovqin qilsa
"Iya jim oʻtiring oynadan otvoraman hozir"
15. Fikrlab qoyma. Boshing. Og’rib qolishi mumkin.
16. Kitobni oʻqib qoʻymanglar aqlli boʻlib ketish xavfi bor
17. Vaqt sizlarni kutib turadi, aslo shoshilmang!
18. Sen darsga mehmon boʻlib kelganga oʻxshaysan
19. Ota-onang berolmagan tarbiyani ko'rsatma
20. Bu mavzular men uchun kerak. Maktabda shu mavzularni oʻqimaganman-da
21. Menga kerakmas, sizlarga kerak.
Men shundog'am oyligimni oluraman.
22. Meniyam uyimda fil bor masalan.
23. Yer to’rtburchak bo’lganida bitta burchagiga oborib uloqtirib yuborgan bo’lardim sizni
24. Kam keladigan
o’quvchiga: Kelishingni bilganimda poyandoz to’shab kutib olardim. Shunchalik ham sog’intirasanmi odamni. Birinchi partaga o’tir sog’inchim bosilsin.
25. Sizlarni miyalaringiz qimmat chunki toza ishlatilmagan
26. Agar og'zingizga hisoblagich qo'ysak qarzga kirib ketardizov
27. Jimjitlik“ romanini o‘qiyapsizlarmi yoki u ham jim bo‘lib qolganmi?
28. Barchangiz tayyormisiz? Yoki tayyorgarlik ham telefon ichida qoldimi?
29. Bu miya bilan nima qilib yuribsan bu yerda.
30. Kech kelgan o‘quvchiga: Keling, sizsiz darsni boshlavordik endi
31. Uyga vazifani vaqtingiz bo'lganda qilib qo'yarsiz.
32. Siz boshqachasiz hammaga o'xshab
Siz ertaga sabzi olib keling, siz guruch, siz go'sht olib keling, maslahat oshi qilamiz nima o'tishni
33. Uy ishini nega qilmadiz?
-Vaqtim boʻlmadi.
-Davlat ishlari bilan bandmidingiz. Qaysi prizidentlar bilan koʻrishdiz kecha
34. Uyi borlarga uy vazifasi beryapman mabodo
35. Seni miyangni shakli qanaqa ekan-a? Aniq yong'oqsimonmas.
36. O'qimaydiganlar ko'p sinfga kirsa:
Kelajakda hammamiz maza qilib g'or odamlari bo'lib yashaymizmi deyman
37. -O'tgan dars yoʻq edim,
-Aytmansanda bilganimda uyingga borib dars oʻtib kelardim.
38. Asabga tegma. Asab batikimas
39. Hammangni dalaga olib
chiqib omoch torttirish kerak, zora shunda o’qishni
qadriga yetasanlar
40. Ha hayotdan xursandsan
Siz o‘quvchilarga nisbatan yana qanday kesatiqlarni bilasiz?
Tashlamaslikka harakat qilsin lekin eplay olmadim, uzr):
Yuqori sinf o’quvchilarim uchun mativatsiyani biri😄
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#ustozdan
Yaqinda Islam Makhachev O’zbekistonga keldi. U bilan birga bo’lganlarni aytishicha:
“2-3 soat futbol o’ynadik. Hammamiz harakatlarimiz og’irlashib qoldi. Lekin uning harakatlarida zarracha susayish ko’rmadik.
Futboldan keyin soatlab Boks mashg’ulotlarini o’tkazdik. Asosan u harakt qildi. Uning yana o’zgarish sezmadik.
Shundan keyin biroz suhbatlashdik, g’alabalari haqida so’radik:”
Islam:
Bugun qilgan harakatimiz men uchun yengil qizish mashqlari xolos.
Bizni faqat bizdan ko’p shug’ullanadiganlar yutishlari mumkin. Lekin unaqalar yo’q!
**
Davomiy g’alabalar tasodif bo’lmaydi. Kam odam erisha oladigan natijalar ortida, kam odamlar bardosh bera oladigan mehnat yotadi.
#bloknot
Dushman bo’lib shartnoma tuz, lekin do’st bo’lib xayrlash.
Biz do’st bo’lib shartnoma tuzib dushman bo’lib xayrlashamiz.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#ózimga
Istalgan muammoli bolalar ustozlar uchun sinov, lekin ota-onalar uchun ko’p ehtimol jazz bo’lib kelishadi.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
Maktabda nega o’quvchilar kam desam bugun 25-may ekan-ku😄
Hamma maktabni bitiradi. Lekin ustozlar🤧
#ustozdan
Fizikiada bir tushuncha bor - entropiya. Har qanday tizim o‘z-o‘zidan tartibga kelmaydi aksincha, vaqt o‘tishi bilan tartib buziladi.
Tartibni saqlash esa kuch talab qiladi. Hayotga ham juda mos tushadi:
Tasavvur qiling, bog‘ni qarovsiz qoldirasiz va o‘tlar o‘z-o‘zidan chiqadi. Hech kim ekmagan bo‘lsa ham baribir o‘sadi.
Yaxshi narsa esa boshqacha. U o‘zi chiqmaydi. U e’tibor, vaqt va mehnat talab qiladi. Agar Siz nazorat qilmasangiz, tartibsizlik o‘zi paydo bo‘ladi.
Fikrlar, odatlar va muhit asta-sekin yomon tomonga og‘adi. Yaxshi natija esa tasodif emas. U ongli tanlov va doimiy e’tibor natijasidir.
If nobody calls you, nobody texts you, nobody wakes you up in the morning, nobody waits for you, and you can do whatever you want — what do you call that? Freedom or loneliness?”Agar sizga hechkim qo'ng'iroq qilmasa,yozmasa. Ertalab sizni hech kim uyg‘otmasa, hech kim kutmasa va xohlagan ishingizni qila olsangiz, buni nima deb ataysiz? Ozodlikmi yoki yolg‘izlik?
©Ch. Bukowski
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
#bloknot
Ba’zan biz bolani tarbiyalayapmiz deb o‘ylaymiz.
Aslida esa — uni boshqarayapmiz.
Janusz Korczak shunday degan edi:
Bola uch narsaga haqli:
— hurmatga
— xatoga
— o‘z fikriga
O‘ylab ko‘ring...
Biz bolaga hurmat beramizmi — yoki faqat itoat kutamizmi?
Xato qilganida yonida turamizmi — yoki jazolaymizmi?
U fikr bildirganda tinglaymizmi — yoki “hali yoshsan” deymizmi?
Eng katta xato shundaki,
biz bolani kelajak uchun “tayyorlash” jarayonida
uning bugungi shaxsiyatini yo‘qotib qo‘yamiz.
Inson — vosita emas, maqsaddir.
10-sinf o'quvchisini gapini keltirmoqchiman: Men yaxshi o'qiyman ustoz, ammo o'zim uchun emas, ustoz uchun, sababi sertifikat olishim kerak.
Menga u sertifikat kerak emas, ammo ustozga o'zini isbotlashlariga kerak!!!
Agar bola biz uchun faqat natija bo‘lsa —
biz uni vositaga aylantiramiz.
Agar bola biz uchun qadriyat bo‘lsa —
biz uni inson sifatida ko‘ramiz.
Tarbiyada eng muhim savol:
Men bolani kim qilishni xohlayapmanmi?
yokida u kim bo‘lishini tushunishga harakat qilyapmanmi?
Shu savolga javob —
bizning ustozligimizni belgilaydi.
Shu asabga tegvotgan o’quvchilarni oynadan otvorsammikan-a ?😏
Matematikadan vakant bor ekan😮💨
#bloknot #ózimga
Harakat qilmang. Urinmang. Chiranmang. Yashang…
✨ To‘xtang. Nafas oling.
Biz doim nimadir qilishimiz kerak deb hisoblaymiz. Yugurishimiz, yetishishimiz, kimdandir o‘zib ketishimiz yoki o‘zimizni kimgadir isbotlashimiz shartdek go‘yo.
Go'yoki hayot — bu doimiy "harakat" va "urinish"dan iborat jang maydoni.
Lekin ba'zida eng katta jasorat — to‘xtashda.
🚫 Harakat qilmang
Bu dangasalik emas. Bu — oqimga qarshi suzishni to‘xtatish. Ba’zi narsalar bizning nazoratimizda emas. Dunyoni o‘zgartirishga harakat qilishdan oldin, dunyoni boricha qabul qilishni o'rganish kerak.
🚫 Urinmang
Majburlab ochilgan gulning umri qisqa bo‘ladi. Munosabatlarni, muvaffaqiyatni yoki baxtni "ushlab qolish" uchun jon jaxtingiz bilan urinmang. Sizga tegishli bo‘lgan narsa, baribir sizniki bo‘ladi. Sizniki bo‘lmagani esa, qancha urinmang, baribir qo‘lingizdan chiqib ketadi.
🚫 Chiranmang
O‘zingizni boringizdan ortiq ko‘rsatishga, kimningdir ko‘ngli uchun o‘zligingizdan kechishga chek qo‘ying. Kuchingizni keraksiz "niqoblar" va "sun’iy mukammallik" uchun sarflamang. Chiranib erishilgan cho‘qqida havo yetishmaydi.
✅ Yashang
Shunchaki yashang. Ertalabki qahva iforidan zavqlaning. Yomg‘irni his qiling. Yaqinlaringizning ko‘ziga boqing. "Ertaga baxtli bo‘laman" degan aldovni qo‘ying-da, ayni damda tirikligingizni his qiling.
P.s: Hayot — bu kurash emas, hayot — bu jarayon. Baxt erishiladigan manzil emas, u yo‘lning o‘zidir.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
“Oddiy o‘qituvchi aytadi. Yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. Zo‘r o‘qituvchi ko‘rsatadi. Buyuk o‘qituvchi ilhomlantiradi.”
William Arthur Ward
P.s: Ilhomlantiradiganlardan qilgin…
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
