cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Digital hub

Blogda asosan raqamli fikrlar, IT sohasidagi ko'rgan bilganlarim va sizlarga ilinganlarim.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
214
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Nuruddin Blogs
A/B Testlar. Kecha Instagramdagi asosiy profilimda stories lar yanada kattaroq bo'lib ekrandan ko'proq joy olishni boshladi. Instagram stories funksiyasiga balki ko'proq screentime olishni xohlayotgandir. Shuning uchun ular hozir har xil variantlar bilan test qilayotganini yonidagi rasmdagi stories o'lchami bilan solishtirishingiz mumkin. Katta product kompaniyalari productlarini optimizatsiya qilish uchun A/B test yoki Multivariant testlarni ishlatishadi. Bunda oldingi variant va yangi variant ko'rsatish uchun foydalanuvchilar 2ga bo'linadi. Control va Test guruhlari. Control guruhi oldingi/o'zgarmagan variantni ko'rib turadi. Test guruh esa yangi, o'zgargan variantni ishlatadi. Bir xil muddatdan keyin ikkisidagi test qilinayotgan parametr -- bu holatda stories ko'rish vaqti (misol uchun) tekshiriladi. Agar Test guruh yutsa, keyin ko'proq odamlarga test varianti ko'rsatilishi mumkin. Katta kompaniyalarda o'zi shundoq ham juda ko'p narsalar testlangan bo'ladi, shuning uchun Product managerlarning vazifasi mohirlik bilan test uchun yangi g'oyalarni ishlab chiqishdir. Yaqinda o'qigan ma'lumotlarimga ko'ra, Booking.comda hozirgi kunda 500ta PMlar ish olib boryapti. Ularning vazifalaridan biri bu to'g'ri g'oyalarni testlash. Agar bir PM konversiyani 2-3-5%ga yaxshilashga erishsa bu degani Booking.com foydasini bir necha millionga oshirishi mumkin. Bu esa butun jamoaga to'lanayotgan oylikni o'sha zahoti oqlaydi degani. Hullas shunaqa gaplar 😉 @nuruddinblogs
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Mirzo Zominiy
Xabarlarga ko‘ra, FSB (Rossiya federal xavfsizlik xizmati) tez orada Yandex’ning taxi ma’lumotlariga ham ega bo‘ladi va bu nafaqat Rossiya hududidagi taksilar bilan sodir bo‘ladi, balki uning tashqarisidagi foydalanuvchilarning ham ma’lumotlari olinadi. Men bugundan boshlab, Yandex Taxi’ga xayr deyman. Bir muddat avval Yandex Music’dan Spotifyga o‘tgandim. O‘zimizning MyTaxi’dan qo‘ymasin. #Yandex @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
"Ок" деб жавоб қилишларини ёқтирмайман. "Окиллама!" деб юбораман баъзан. 😊 @Kitaabun
Hammasini ko'rsatish...
Juniordan middlega, middledan seniorga o’sishning siri Siz anchadan beri yaxshi ishlaysiz va harakat qilasiz lekin negadir o’z darajangizda qotib qolgandeksiz. Juniordan Middlega yoki Middledan Seniorga negadir chiqa olmayapsiz. Nima yetishmayotganini bilmayapsiz. Unda bu maqola siz uchun. Shu maqolada aytilgan narsani qilsangiz va rostdan ham yaxshi ishlab kelayotgan bo’lsangiz yil ohirigacha bir marta promotion olishingiz ehtimolligi ancha oshadi. Bu sirni aytishimdan oldin bir narsani yaxshilab tushunib olaylik. Karyerangizda o’sish bu sizning masuliyatingiz. Menejeringizniki emas, jamoa leadining vazifasi emas. Sizniki. Agar siz o’zingiz mu masuliyatni his qilmasdan yuraversangiz, 2 yilda olishingiz kerak bo’lgan promotionni 5 yilda olasiz. “Menejerim ko’rib turibdiku yaxshi ishlayotganimni. Bir kun kelib menga promotion bersa kerak” deb yuraverish noto’g’ri. Kerak bo’lsa bazi bir kompaniyalar uchun siz middle sifatida kamroq oylik olib seniorning ishini ko’proq qilib yurishingiz afzalroq. Demak promotion olishingiz uchun sizga 2ta narsa kerak: - Yaxshi ishlashingiz kerak - Qolganlar, ayniqsa menejeringiz siz yaxshi ishlayotganingizni bilishi kerak Menejer o’zidan o’zi siz va qolganlar qanday ishlayotganini bilib qolmaydi. Siz unga o’zingiz aytishingiz kerak. Shunchaki aytibgina qolmay, yaxshilab aytishingiz kerak. Yaxshilab aytish uchun esa siz ohirgi 1 yil, 2 yil davomida qilgan ishlaringizdan o’zingiz ham bilishingiz kerak. “O’zim qilgan ishni albatta bilaman, qanday qilib bilmasligim mumkin?” deysizmi? Chunki 1, 2 yil bu uzoq vaqt va ko’p ma’lumotlar, detallar esingizdan chiqishi aniq. Esingizdan chiqdi degani qilgan ishingiz yo’q degani. U sizga promotion olishga yordam bera olmaydi. Chunki u haqida hech kim, hattoki o’zingiz ham bilmaysiz. Ho’sh nima qilish kerak? Har hafta yoki kamida har oy ohirida shu vaqt oralig’ida nima qilganingizni yozib olish kerak. Muhim bir ishni mustaqil ravishda tez muddatda tugatdingizmi? Yozib qo’ying. Zo’r code review qildingiz va natijada katta bugni oldini oldingizmi? Yozib qo’ying. Kimdirga mentorlik qildingizmi? Yozib qo’ying. Hullas meni tushundingiz. Yozganda ham barcha detallarini yozib qo’ying. Menga va boshqa ko’pchilikka yoqadigan format bu STAR metodi. Yani Situation, Task, Action, Result degani. Masalan: Situation: Bizning dastur foydalanuvchilar ko’paygan paytda sekin ishlashni boshladi. Task: Men nega bunday bo’layotganini tushunib, to’g’irlamoqchi bo’ldim. Action: Loglarni va monitoringni tekshirdim. Bazibir malumotlar bazasiga borayotgan querylar soatlab qotib qolayotganini va natijada serverlar resursini yeb qo’yayotganini ko’rdim. Bu querylarni tezlashtirish ustida ancha ishladim va ularni optimallashtirdim. Result: Natijada foydalnuvchilarimiz sonidan qatiy nazar dasturimiz oldingiday tez ishlashni boshladi. Bu esa foydalanuvchilariz tomonidan kelayotgan shikoyatlarni kamaytirdi va brandimiz obro’sini ko’tardi. Har bir detalni yozing va isbotlarini ham qoldiring. Shu STAR formatida yozsangiz hikoyalaringiz ham chiroyli chiqadi. Keyin bunday ishlarni yetarllicha qilganingizdan so’ng menejeringizga bemalol borib mana men shu ishlarni qilganman deb aytishingiz mumkin. Sudda yutish uchun dalillar kerakku? Huddi shunaqa narsada bu ham. Yaxshi ishlang, dalillarni yozib boring, promotion oling, ko’proq pul toping, oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazing. @jakhonrakhmonov
Hammasini ko'rsatish...
#storytime Qishloqdagi bir o'rtog'im bilan gaplashib qoldik. U: Sen Gogolda ishlaysan-a? Men: Ha U: Men Gogoldan narsa qidirganimda shu senga ko’rinib turadimi? Men: Ha, ko'rib turaman. Yomon narsalar qidirma.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Azimjon's Fikrlog
Repost from Sherzod Shermatov
Ғарбдаги кўпчилик сиёсий сўз эркинлиги ва олабайроқни тарғиб қилиш каби ғарб қадриятларини қўлламайдиган ва давлат кучли назоратга эга бўлган мамлакатларда инновация бўлмайди деган ғояни бошқаларга сингдиришга ҳаракат қилаётган вақтда айнан Хитойда инновациянинг ривожланиш натижалари, ушбу 2 та ғарб қадриятларини сўзсиз қабул қилиш ривожланишнинг ягона йўли эмаслигини кўрсатади. Кўпчилик ғарб давлатларини кўрган инсон сифатида яқинда Хитойга борганимда ривожланиш ва инновация бўйича Хитой нафақат орқада эмаслиги, балки кўпчилик иқтисодий ривожланган давлатлардан анча олдинда эканлигига гувоҳ бўлдим. (Масалан, Шэньчжэнь шаҳрида кўчада юрганда АҚШга нисбатан тезюрар темир йўллар кўплиги ёки электр автомобиллар кўплигининг ўзи ҳам бунга бир мисол бўла олади). Оддий битта Хуавей компанисида 200 минг ходимларининг ярмидан кўпи, яъни 120 минг атрофида айнан илмий ишлар билан шуғулланишаркан. Умуман илмий ходимлар сони бўйича Хитой АҚШдан биринчиликни олганига анча бўлибди (расмга қаранг), яқин орада умумий R&Dга харажат бўйича ҳам ўтиб кетади. Инновация бўйича АҚШдаги таҳлилий марказ томонидан ёзилган мақолада буни батафсил ўқиса бўлади: https://itif.org/publications/2023/01/23/wake-up-america-china-is-overtaking-the-united-states-in-innovation-capacity/ Ўз қадриятларимизни сақлаб қолган ҳолда иқтисодиётимизни ривожлантириш устида ҳаракат қиларканмиз, албатта нафақат ғарб, балки бу каби шарқ давлатларининг тажрибасини ҳам ўрганиб боришимиз зарур бўлади.
Hammasini ko'rsatish...
Dunyodagi eng yomon qo'shni.
Hammasini ko'rsatish...
Project management bo'yicha o'qib, hali ish topmaganlar uchun quyidagi Virtual Experience Program dasturlari mavjud. O'z o'rniga ega kompaniyalar o'zi uchun kerakli xodimlar uchun berilgan kriteriyalar asosida internship qilishingiz mumkin: Get ready to Agile! Gain valuable knowledge about our agile methodology in our Virtual Experience Program. Discover Agile Software Development at JPMorgan Chase & Co! Discover project management at SAGEA! Explore project management at CBRE Prioritizing deliverables with project management ushbu virtual amaliyot dasturlari xalqaro ish beruvchilar va theforage.com hamkorligida tashkil etilgan. Amaliyot yakunlanganidan so'ng sizda yangi ko'nikmlar, amaliy ishlanmalar va sertifikat bo'ladi. @cloud_minds
Hammasini ko'rsatish...

Cognizant Virtual Experience Program Do a virtual internship with Forage.

Савол берганда, умуман, гапирганда ҳар бир сўзга, гапга диққатли бўлиш керак. Ҳозир биров савол бериб, "фақат илтимос, самимий жавоб беринг" деганини ўқидим. Носамимий деб гумон қилсанг, савол берма! Шайх ҳазратларига биров савол бериб "Эринмасдан саволимни охиригача ўқинг, илтимос" деганида "Мени дангаса деб гумон қилган кишининг саволига жавоб бермайман" дегандилар. #Эслатма @Kitaabun
Hammasini ko'rsatish...