cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jakhongir Rakhmonov - IT

Software Engineer at Amazon. Dasturchilar uchun foydali ma’lumotlar beraman. Kurslar: https://skillup.uz/author/3 Ikkinchi kanal: @JR_TwitGram Contact: @jakhonfeedback_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
8 888
Obunachilar
+224 soatlar
+1167 kunlar
+18430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Kuchli dasturchi bo’lish o’zi asli juda ham sodda masala Step 1: ishlaydigan biror narsa qurish Step 2: ishlaydigan va tepadagidan qiyinroq narsa qurish Step 3: ishlaydigan va tepadagidanda qiyinroq narsa qurish Step 4: … Sodda lekin oson emas. @jakhonrakhmonov
Hammasini ko'rsatish...
👍 136🤣 54🔥 15🤯 7 6 3🤔 2👌 2💯 2
Savoliga javob ola olmagan yigit haqida ertak Bir yigit dasturchilikka juda qiziqib qolibdi va uni o’rganishni boshlabdi. O’rganayotganida turli qiyinchiliklarga duch kelibdi. Bu sohani yaxshiroq biladiganlardan savol so’rashga qaror qilibdi. So’ramoqchi bo’lgan insondan shaxsan so’ramoqchi bo’libdi. Qayerda yashashini qidirib topib uyiga boribdi. Eshikni taqillatibdi, hech kim ochmabdi. Keyin telefon qilishga harakat qilibdi. Nomerini topib telefon qilibdi. Hech kim olmabdi. Ohiri telegramdan qidirib topib unga yozibdi. “Assalomu aleykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Bir narsa so’ramoqchi edimda” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka bir yordam qilingey iltimos” deb yozibdi. Ohiri savol so’ragan inson jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka qiynalib ketdimda” deb yozibdi. Yana javob olmabdi. “Aka?” deb yozibdi. Yana jahli chiqib “Savolingiz qani?” deb yozibdi. “Aka, shu Pythonda bir ish qilayotgandim xato chiqyaptida. Yordam bervoring debdi”. Haligi inson ohiri bloklab qo’yibdi. Natijada bu yigit savoliga javob ola olmay haftalab vaqti o’tib ketibdi. Har safar savol paydo bo’lganda shunday hatti harakatlar bilan u ko’p vaqt bekorga sarflaydigan bo’libdi. Shu yigit bilan dasturlashni bir vaqtda boshlagan Toshmat degan yigit esa sal boshqacharoq ish qilibdi. Savol bermoqchi bo’lgan insonga bittayu bitta xat yozibdi: “Assalomu aleykum. Yaxshimisiz? Men shu kursni o’tayotgan edim. Unda aytilishi bo’yicha shu ishni qilishim uchun quyidagi kodni yozishim kerak ekan. Huddi aytilgandek qildim. Screenshotlar jo’natyapman, ularda kodimni ko’rishingiz mumkin. O’zim Google ham qilib ko’rdim. Lekin Googleda sal boshqacharoq holatlar tushuntirilgan ekan. Iltimos ko’rib bersangiz. Qayerda hato qilyapman?” Yani bitta xatda savolini zo’r qilib tushuntirib yozibdi. Oradan bir soat o’tar o’tmas o’z savoliga javob olibdi. Har safar savol so’ramoqchi bo’lganda huddi shu tarzda barcha kerakli ma’lumotlar bilan maqsadga o’tib yozishni odat qilib olibdi. Oradan 1 yil o’tib o’zining birinchi ishini topibdi. Oradan 5-6 yil o’tib esa o’ziga eng yoqqan kompaniyaga ishga topshirib interyudan bemalol o’tib olibdi. Hozirda esa o’zining kichik startupini ustida ishlayotgan ekan. @jakhonrakhmonov
Hammasini ko'rsatish...
😁 119👍 53 9🤣 5💯 3😱 2🔥 1
Tasavvur qiling, siz 10 yoshli bolachasiz.  Sizning eng yaqin do‘stingiz ko‘chaning narigi tarafida yashaydi. Har tunda ota-onangiz sizni uxlagani xonangizga yuborgandan so‘ng, siz do‘stingiz bilan gaplashishni, fikr almashishni, g‘iybat qilishni xohlaysiz. Buni qanday uddalash mumkin? Telefon yo‘q, wi-fi o‘chirilgan. Lekin siz va do‘stingizda fonarcha bor. Fonarcha bilan gaplashsa bo‘ladimi? Ikkalangiz ham yozishni, ham o‘qishni bilasizlar. Demak, fonarcha yordamida harflarni oynaga chizsangiz bo‘ladi. “O“ harfini yozish uchun fonarchani yoqib oynaga doira shaklini chizasiz. “I” harfi uchun esa vertikal chiziq chizasiz. Bu ishlaydigan usul, lekin juda ham sekin. Keyin yaqinda ko‘rgan filmingiz esingizga tushadi. U filmda bir nechta dengizda suzayotganlar bir-birlaridan uzoq masofada turib fonarlarini miltillatib signallar yuborishgan va muloqot qilishgan edi. Balki shu yechim bo‘lar? Shunday qilib, siz oddiy bir strategiya o‘ylab topasiz. Har bir harf qandaydir ketma-ketlikdagi fonar miltillashini (blinks) anglatadi. Masalan, “A” harfi bitta blink, B esa 2 ta, C esa 3 ta va hokazo. ”Bad” so‘zini jo‘natmoqchi bo‘lsangiz, 2 ta blink, 1 ta blink va 4 ta blink qilasiz. Albatta, kichik pauzalar bilan. Bu yaxshi progress, lekin bu ham oson ish emas. “How are you?” deyish uchun 131 bir marta blink qilishingiz kerak. Lekin siz yaxshi yechimga yaqinlashib kelyapsiz. “Bunday muammoga yechim topilgan bo‘lishi aniq” degan fikr keladi sizga. Va siz mutlaqo haqsiz. Bir google qilsangiz “Morse code” degan ajoyib ixtiroga duch kelasiz.  Uning ishlash prinsipi ham xuddi siz o‘ylab topgan usulga o‘xshab ketadi. Faqat Morse codeda 2 xil blink bor xolos - qisqa blink va kattaroq blink (“.” va “—“). Bu usul orqali “How are you?” deyish uchun 32 ta blink kifoya. So‘zlarni hosil qilish uchun og‘zimiz bilan chiqaradigan tovushlar ham bir kod. Bu kod bizni eshita oladigan va bizning tilimizni tushunadiganlar uchun mo‘ljallangan koddir. Bu kodni biz “og‘zaki nutq” deb ataymiz. Eshita olmaydiganlar uchun alohida kodlar mavjud - American Sign Language (ASL), LSQ va hokazolar. O‘qiy oladiganlar uchun esa bizda boshqa turdagi kod mavjud - “yozma matn”. Ko‘rlar uchun esa yana boshqa turdagi kod mavjud - Braille tizimi. Muallif kodni yaratish uchun uni “encode” qiladi (ya’ni yozadi yoki gapiradi). Bu kodni tushunish uchun esa qolganlar bu kodni “decode” qiladi (ya’ni eshitadi, o‘qiydi). Ba’zida “transmission error”lar bo‘lishi mumkin. Masalan, matn yozilgan qog‘oz ustiga suv to‘kilsa. Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, code sizga muloqot qilish imkoniyatini beradi. Bu muloqot odam bilan odam o‘rtasida, odamlar va kompyuterlar o‘rtasida yoki kompyuter va kompyuter o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin. Manba: Code - The hidden language of computer hardware and software. @jakhonrakhmonov
Hammasini ko'rsatish...
👍 186🔥 41 9👏 2🙏 2🌚 2
Sizlarga savol! Code bu nima o’zi? 🤔
Hammasini ko'rsatish...
👏 50🤔 14🍾 8 3🔥 3😱 2👍 1
“Yangi klaviatura olsam maza qilib code yozaman…” “Yangi sichqoncha olsam maza qilib code yozaman…” “Yaxshi monitor kerak menga…” “Hmm, kreslo noqulay negadir…yaxshisidan olishim kerak, keyin maza qilib kod yozaman…” Agar shunaqa hayollar sizda ham bo’lsa, nimanidir o’zgartirishingiz kerak. Bularning turgan-bitgani bahona holos. O’zingizni aldayapsiz. 📱 Muallif blogi | 👨‍💻 Muallif Kurslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 233💯 61🔥 14😁 12😢 9 4 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
System design qilib dokumentini yozib qo’ydim. Endi buni jamoa bilan birga o’qib chiqamiz. Ular kommentlar qoldirishadi va men ularga javob beraman. Keyin berilgan feedbackga qarab o’zgartirishlar kiritaman. Qabul bo’lgandan so’ng esa kodni yozishga o’tamiz. Diagrammadagi ishlarni qilish uchun ~6ta kichik servicelar yozish kerak bo’ladi 😮‍💨
Hammasini ko'rsatish...
👍 69🔥 14 1
1.5 oydan beri bir qator kod yozganim yo’q Amazonda. Yangi ish berilgan. Design qilyapman. Nima qurmoqchimiz? High-Level qanday ishlaydi? Low-level qanday ishlaydi? Barcha savollarga javob beradigan dokumentlar yozyapman. O’nlab odamlar bilan uchrashuvlar, muhokamalar, white-boardning sessiyalar qilinyapti. Bu ishlar bitgandan keyin buning kodini yozish saryog’ni isigan pichoqda kesgandek bo’lib qoladi. Silliq ketadi. Kod yozish Software Engineer ishining eng oson qismi deb bekorga aytilmaydi. Shuning uchun ham tajribali dasturchilar “AI ishimni olib qo’yadi” deb havotirlanayotgani yo’q. AI kod yozish qismini osonlashtiradi, bu aniq. Eng qiyin qismi uchun esa haqiqiy engineer hali ko’p kerak bo’ladi. 📱 Telegram | 👨‍💻 Muallif Kurslari
Hammasini ko'rsatish...
🔥 290👍 85 17💯 9 5🤩 4🕊 3🌚 2👏 1👌 1🍾 1
Photo unavailableShow in Telegram
«7 kun ichida Markaziy Osiyo bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qilish mumkin: HWG Sababa keysi» Sizni 11 iyun, Seshanba kuni IT-infratuzilmasini uzluksiz uzatishni va ma‘lumotlarni avtonomli qilishni qanday amalga oshirishni aytib beradigan bepul vebinarga taklif qilamiz. Tadbirda bir hafta ichida xorijiy ta‘minotchidan @servercorenews bulutiga ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan HWG Sababa kompaniyasining keysi ko‘rib chiqiladi. Bu yerda siz quyidagilarni bilib olasiz: – Markaziy Osiyoda ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha qanday talablarga rioya qilish kerak? – Bir provayderdan boshqasiga ko‘chish bosqichlari qanday? – HWG Sababa Servercore yordamida 7 kun ichida O‘zbekiston bozorida IT-infratuzilmasini qanday avtonomli qildi? Havola orqali vebinarda ro‘yxatdan o‘ting.
Hammasini ko'rsatish...
👍 38🤣 27🔥 7 3 2🍌 2🌚 1💔 1🍾 1
Yaxshi dasturchi bo‘lish uchun nima qilish kerak? Yaxshi uy quruvchi bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil uy qurish kerak. Yaxshi shifokor bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil bemorlarning qanday davolanganini boshidan o‘tkazishi kerak. Yaxshi dizayner bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil narsalarni dizayn qilish kerak. Yaxshi dasturchi bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil kod yozish kerak. Meni “Captain Obvious” deb atashingiz mumkin. Lekin shu oddiy narsani ko‘pchilik bilmaydiganga o‘xshaydi, kelayotgan savollarga qaraydigan bo‘lsak. Siz-chi? Kod yozyapsizmi? Yoki hali ham kitoblar, tutoriallar, postlar o‘qib o‘tiribsizmi? 📱 Telegram | 👨‍💻 Muallif Kurslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 163💯 21😁 13🤣 9🔥 6 1 1😢 1
Diqqatni oshirishgani o’zim uchun ishlaydigan yaxshi bir usul topdim. Tepadagi rasmda ishlayotgan paytimning oldingi holatini ko’rishingiz mumkin. Ekranning pastgi qismida “Dock” ochiq. Yani eng ko’p ishlatadigan programmalar ro’yxati ochiq turibdi. Natijada, bilib bilmasdan telegramni, slackni va hokazolarni ochib yuborar edim. Pastki rasmda esa hozirgi holatini ko’rishingiz mumkin. Dockni yashirib qo’yganman. Hayol hech qayerga ketib qolmaydi. Qaysidir programma kerak bo’lgandagina o’zim ataylab kirib ochaman. Sizda ham diqqat bilan muammo bo’lsa shu usulni sinab ko’ring. Balki foyda berar. @jakhonrakhmonov
Hammasini ko'rsatish...
👍 179😁 18🔥 6🌚 6🤯 3❤‍🔥 1🤩 1😈 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.