cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Mirzo Zominiy

O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi. Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman. Tushirgan suratlarim shu yerda: instagram.com/mirzozominiy Reklama hamkorligi uchun: @MirzayorErkinov

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 608
Obunachilar
-624 soatlar
-447 kunlar
+15330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Siyosatshunoslar fikri va grafikka qarasak, matbuot (media) erkinligi boʻyicha Islom Karimov davridagi darajaga yana qaytibmiz. @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Ilyos Safarov
Toshkentda har yili noqonuniy tarzda tashkil qilinadigan propaganda tadbirida chiqish qilib, SSSR va Stalinni ulug'lovchi shiorlar bilan hayqiruvchi mana bu kabi ta'viyalarning jazolanmasligi faollarda norozilik uyg'otyapti. Nega mustaqil bir davlatda despotik (zulm) imperiyasi – SSSR bayrog'i va uning qonxo'r diktatori Stalinni baralla ulug'layotganlar jazolanmaydi, mazmunida hukumat manziliga haqli savollar berilmoqda. Umuman, bu kabi savollar faollar tomonidan hukumatga har yili beriladi, javob kutiladi. Ammo jamoatchilikka doim ochiqligini da'vo qiladigan o'zbek mas'ullari masalaga hozircha e'tibor qaratayotgani yo'q. Va fikrimcha, bundan keyin ham ulardan javob eshitishimiz mushkul. "Odnoklassniki"da qandaydir diniy postga like bosgan ayolni 3 yildan keyin ham topib, qamatayotgan huquq organlarining bu kabi  masalalarga kelganda kar, ko'r va soqov rejimini yoqib olishiga fikrimcha, qo'rquvdan boshqa sabab yo'q. Miyasi SSSR va uni qayta tiklash g'oyasi bilan yashovchi Putin rejimidan qo'rquv. Toshkent markazida turib har yili qayta-qayta sodir etilayotgan bir turdagi jinoyatlarning jazosiz qoldirilaverishiga boshqa sabab ko'rmayapman. @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
Ruhiy-mafkuraviy kasalliklar shifoxonasi. Oʻta ogʻir qizil darajasiga chalinganlar. @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
Ташкент, 2024 год. Независимость Республики Узбекистан была объявлена 33 года назад. Наверное, у этих людей есть паспорта нашей страны? Кажется, они не очень этому рады. @makarenko_channel
Hammasini ko'rsatish...

Oʻrisga oʻxshab ketar qorakoʻzlarim… @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
Statista’ga koʻra, chet elda oʻqiyotgan Oʻzbekiston talabalari 109 945 nafarni tashkil etadi (2021-yil ma’lumotlariga tayanilgan) Bizdan oldinda faqat Xitoy, Hindiston, Vetnam, Germaniya bor. Buncha inson kapitali, yoshlar, mutaxassislarning hech boʻlmasa bir qismini saqlab qolish yoki qaytara olish uchun, albatta, ichki ta’lim zavodi va bozor shaffof, qonuniy ishlashi shart. #Reyting @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
Madridning “Real” klubi 15-kubok tomonga dadil qadam tashlab, finalga yoʻl oldi. Endi madridliklar “Borussiya Dortmund” bilan kurashadi. Futbol muxlisi sifatida ora-sirada shunday baqir-chaqir qilib turamiz endi. Toʻgʻri tushunasiz, azizlar. #DavraniKengroqOling @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
Ayni paytda 37 million aholiga ega davlatning bosh sport kanali – “Sport” Chempionlar Ligasi yarim final oʻyinini boshqa chet el kanallaridan koʻchirib olib koʻrsatyapti. Boshlovchilar darajasi oʻyinga mos, lekin kanal rahbariyati oʻz ishini eplolmagani uchun oʻzbekistonlik muxlislardan rasman uzr soʻrashi va xalqaro huquqlarga rioya qilib, jonli efirni tashkil etishi kerak. Oʻzbekistonliklar jahon futbolini sifatli koʻrish huquqiga ega. #Kuzatuv @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
Menimcha, Kongratbay Sharipovning oʻziga qoʻyib berilsa, hech ham bunday demagan boʻlardi. Komil akaning esa gapida jon bor – axir rektorlardan, hokimlardan boshqa hammani xalq saylab yotibdi. Huv bir yozgan gaplarimga qaytaman – saylovlarda haqqingizni, huquqingizni tanib oling, koʻzni oching, azizlar. #Kuzatuv @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Jalilov. Qaydlar
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov. Hey, baraka topgur, olim odamsiz, "mentalitet" nima oʻzi? Uning ilmiy taʼrifi nima? "Biz"ning "oʻzimizga yarasha" qanday mentalitetimiz borki, rektorlarni saylashga toʻsqinlik qilsin? Oʻzbekiston xalqi hokimlarni saylashga, demokratiyaga, inson huquqlariga tayyor emas deydiganlarni eshitsam ensam qotadi. Prezidentni saylayapti-ku shu "tayyor boʻlmagan" xalq? Parlamentni saylayapti-ku shu"tayyor boʻlmagan" xalq? Oʻtgan yili yangilangan Konstitutsiyani shu "tayyor boʻlmagan" xalq muhokamasiga olib chiqdinglar-ku? Bir tarafdan, siyosatchilar xalqni "tayyor emas" desa, tushunsa boʻladi, siyosatchilar hokimlar saylanmasligi, hamma narsa "tepa"da hal boʻlishidan manfaatdordir balki - saylov payti "oʻtdimmi - oʻtmadimmi" deb jon hovuchlab oʻtirish, har bir qadami uchun xalq oldida hisobdor boʻlishdan koʻra shunisi tinchroqdir balki. Lekin shu xalq ichidan chiqqan olim, ziyoli odam xalqni "tayyor emas" deb oʻtirsa ... Bilmadim, bilmadim.
Hammasini ko'rsatish...
“Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak”. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz

Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala 'O‘zbekiston — 2030' strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. 'Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi', — dedi u.