QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali ☎️ 1298 🌐 https://gov.uz/oz/mc 📲 https://www.facebook.com/minstroyuz https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/ Mail: minstroy2@exat.uz Yangi Toshkent hududi
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI analitikasi
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI (@minstroyuz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 17 085 obunachidan iborat bo'lib, Haqiqiy mulk toifasida 719-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 4 666-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 17 085 obunachiga ega bo‘ldi.
04 Sentabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -586 ga, so‘nggi 24 soatda esa 34 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 14.24% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 11.03% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 2 434 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 885 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 8 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali
☎️ 1298
🌐 https://gov.uz/oz/mc
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Yangi Toshkent hu...”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 05 Sentabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Haqiqiy mulk toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Ma'lumot yuklanmoqda...
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 05 Sentabr | +2 | |||
| 04 Sentabr | +38 | |||
| 03 Sentabr | +3 | |||
| 02 Sentabr | +2 | |||
| 01 Sentabr | 0 |
| 2 | Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
—
Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 796 |
| 3 | #Diqqat
❗ Xavfsiz va jarimasiz uy qurish uchun nima qilish kerak?
🏠 Siz uy qurishni rejalashtiryapsiz, lekin ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda bu ma'lumotlar aynan siz uchun.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 369 |
| 4 | #Xalqaro_hamkorlik
📍 XITOY KOMPANIYALARI BILAN QURILISH VA ISSIQLIK TA’MINOTI SOHASIDAGI HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Xitoyning China Railway Prefabricated Xinjiang Construction Development Co., Ltd. hamda Hengkang Technology Kenya Co., Ltd. kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, yig‘ma va industrial qurilish yechimlarini keng joriy etish, yashil qurilish materiallaridan foydalanish, po‘lat konstruksiyalar ishlab chiqarish hamda EPC asosidagi kompleks loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, qurilish va kommunal infratuzilma sohasidagi istiqbolli loyihalarni EPC+F va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, kogeneratsiya stansiyalari va zamonaviy issiqlik markazlarini barpo etish, shuningdek, geotermal nasos texnologiyalarini joriy etish istiqbollari ham muhokama qilindi.
🔵 Tomonlar O‘zbekistondagi istiqbolli issiqlik ta’minoti loyihalari bo‘yicha ma’lumotlarni almashish, Xitoy kompaniyalari tomonidan ushbu loyihalarni o‘rganib chiqish hamda moliyalashtirish va hamkorlik shartlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
Bundan tashqari Xitoyda qo‘llanilayotgan yig‘ma qurilish standartlari va texnik talablarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalar orqali qurilish samaradorligini oshirish hamda qurilish jarayonlarining ekologik ta’sirini kamaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida hamkorlar muzokaralarni ishchi tartibda davom ettirish, loyiha va texnik materiallar bilan almashish hamda aniq loyihalar bo‘yicha samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 809 |
| 5 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями.
#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 497 |
| 6 | Matn yo'q... | 1 362 |
| 7 | Ayrim toifadagi obyektlarni loyihalashtirish va qurish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar reyestriga qanday kirish mumkin?
▪️Reyestrga “Shaffof qurilish” reytingida mavjud bo'lgan loyiha va qurilish tashkilotlari kiritilishiga ruxsat beriladi.
▪️Reyestrga kirish istagida boʻlgan loyiha va qurilish tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga pochta orqali ariza bilan murojaat qiladi.
▪️Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan tashkilotlarning reyestrga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
▪️Reytingdan chiqarilgan tashkilotlar reyestrdan ham chiqariladi.
▪️Reyestrga loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari 5 yil muddatga kiritiladi.
👉reyestrga kirish sxemasi
👉reyestrga kirish uchun zarur hujjatlar
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 628 |
| 8 | #BU_MUHIM
🏢 Ko’p qavatli uylarning yerto’la qismi umumiy mulk va undan tartibsiz foydalanishga yo’l qo’yilmaydi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 237 |
| 9 | 😎😎😎😎😎😎
#Адлиятв #Эслатма
❗️ Қурилишга оид талаблар: нималарни билиш керак?
🔴 Жонли эфирни ушбу ҳавола орқали кузатиш мумкин: https://www.youtube.com/watch?v=X8FTyzPovwk
✅ Жонли эфир “Ҳуқуқий ахборот” телеграм каналида ҳам трансляция қилинади.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot | 1 653 |
| 10 | #BU_MUHIM
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ijtimoiy tarmoqlarda o'z rasmiy sahifalarini ochganini ma’um qildi.
Unda kommunal sohada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari va ularning yechimlari, shuningdek, tizimni takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar haqida bevosita ma’lumot berib boriladi.
Rasmiy sahifalarga obuna bo‘ling:
Instagram
Facebook
Telegram | 3 136 |
| 11 | Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции.
Facebook|Instagram|X | 1 732 |
| 12 | 😎😎😎😎😎😎
#Адлиятв #Жонлиэфир
❗️ Қурилишга оид талаблар: нималарни билиш керак?
🔎 Қурилиш ишларини бошлашдан олдин қандай рухсатномалар талаб этилади? Қурилиш учун рухсатнома олиш тартиби қандай?
❓ Кўпчилик фуқаролар қурилиш ишларини бошлаш учун қандай ҳужжатлар кераклиги, қайси ҳолларда рухсатнома олиниши ва бунинг учун қаерга мурожаат қилиш лозимлиги ҳақида етарли маълумотга эга эмас.
✅ “Адлия ТВ”нинг навбатдаги жонли эфирида айнан шу саволларга жавоб берамиз.
Жонли эфирда қуйидаги мавзуларни муҳокама қиламиз:
🔹 Қурилиш учун рухсатнома нима ва у қайси ҳолларда талаб этилади?
🔹 Қурилиш ишларини бошлашдан олдин қандай ҳужжатларни тайёрлаш керак?
🔹 Қурилиш учун рухсатнома олиш тартиби қандай?
🔹 Рухсатнома олиш учун қаерга ва қандай тартибда мурожаат қилинади?
🔹 Аризани кўриб чиқиш жараёни қандай амалга оширилади?
🔹 Қурилиш учун рухсатнома олишда қандай талаблар ва чекловлар мавжуд?
🔹 Қайси турдаги қурилиш ишлари учун рухсатнома талаб этилмаслиги мумкин?
🔹 Рухсатсиз қурилиш ишларини амалга ошириш қандай ҳуқуқий оқибатларга олиб келади?
🔹 Қурилиш жараёнида фуқаролар ва тадбиркорлар нималарга эътибор бериши керак?
📌 Шунингдек, сиз юборган саволларга ҳам жонли эфир давомида жавоб берилади.
📅 Сана: 04.09.2026
🕒 Вақт: 15:00
✍️ Саволларингизни олдиндан @mehnatpodkast_bot орқали юборинг. Шунингдек, эфир давомида ҳам ўзингизни қизиқтирган саволларни йўллашингиз мумкин.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot | 1 543 |
| 13 | #BU_MUHIM
🏗 Qurilishi tugallanmagan loyihadan uy sotib olayotganda nimalarga eʼtibor berish kerak?
❗Bunday jarayonda ayrim muhim jihatlarni inobatga olish kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Mazkur videoda qurilishi tugallanmagan uy-joydan kvartira sotib olayotganda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan asosiy masalalar haqida qisqacha maʼlumot berilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 919 |
| 14 | ▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Hurmatli yurtdoshlar!
🫥 “Issiqliktaʼminoti” AJ va tizim tashkilotlari faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalaringiz boʻlsa, 71 207 02 53 raqamli ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
Shuningdek, markazlashgan issiqlik taʼminoti boʻyicha murojaatlarni 71 207 02 54 (1409) raqami orqali qoldirishlaringizni soʻraymiz.
AJ va hududiy issiqlik korxonalarining ishonch telefon raqamlari bilan esa yuqorida tanishishingiz mumkin!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 853 |
| 15 | #Siyosiy_maʼrifat_soati
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
Tadbir davomida vazirlik markaziy apparati xodimlarining siyosiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularning huquqiy va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan mavzular muhokama qilindi.
Dastlab, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi mas’uli K.Xolmatov so‘zga chiqib, siyosiy-ma’rifat soatlarining xodimlar dunyoqarashini kengaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
🛡 Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’uli J.Fayziyev tomonidan xodimlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etishning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha har bir xodim mas'ulligi ta'kidlandi.
📌Aytish joizki, bunday siyosiy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish hamda davlat xizmatida halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 054 |
| 16 | 📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 1 902 |
| 17 | #reyting_uzkri_uz
💻 Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan qurilish sohasidagi sertifikatlangan mutaxassislar uchun yagona va shaffof reyting platformasi ishga tushirildi.
📊 reyting.uzkri.uz platformasida mutaxassislar 1000 ballik tizim asosida baholanadi.
Reytingda quyidagilar hisobga olinadi:
🔹Portfolio — 30%
🔹 Ish staji — 25%
🔹 Sertifikat natijasi — 20%
🔹 Ilmiy hissa — 15%
🔹 Ta’lim — 10%
Natijada mutaxassisning darajasi aniq ko‘rinadi va u A, B, C yoki D toifalardan biriga kiradi.
👷♂️ Ish beruvchilar uchun — malakali mutaxassisni tanlash.
🏢 Qurilish kompaniyalari uchun — ishonchli kadr topish.
📈 Mutaxassislar uchun — o‘z kasbiy darajasini ko‘rsatish imkoniyati.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 255 |
| 18 | #MUNOSABAT
📱 Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasida yuz bergan holat bo‘yicha "Veolia energy Tashkent" quyidagilarni ma’lum qildi.
Hodisa joyiga "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislari zudlik bilan yetib borgan. Hozirda xodimlar sodir bo‘lgan hodisaning barcha tafsilotlari va o‘pirilish sabablarini o‘rganmoqda. Ayni paytda hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan.
Hodisa sabablari va ko‘rilayotgan choralar haqidagi qo‘shimcha batafsil ma’lumot tezkor tekshiruv natijalariga ko‘ra taqdim etiladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 126 |
| 19 | #Sayyor_qabul
Hududlarda istiqomat qilayotgan aholining sohaga oid muammolarini bevosita tinglash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechimga yo‘naltirish maqsadida fuqarolar bilan doimiy ravishda ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.
📍Bugun Yashnobod tumani “Ma’rifat” MFY binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Bosh muhandis Jasur Rahimov, tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirok etdi.
🫥 Qabul davomida 10 ga yaqin fuqarolarning qurilish va kadastr masalalari, noqonuniy qurilmalar, hududdagi ichki yo‘llar hamda aholiga qiyinchilik tug'dirayotgan qurilish obyektlari bilan bog‘liq murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Har bir masala yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha muddat talab etadigan muammolar mas’ullar nazoratiga olindi. Ayrimlari bo‘yicha mutasaddilar joyiga chiqib, mavjud holatni bevosita ko‘zdan kechirdi. Mavjud holatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda batafsil ko‘rib chiqish va fuqarolarga amaliy ko‘mak berish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 148 |
| 20 | #Soha_raqamlarda
💧 So'nggi yillarda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 63 foizdan 82,8 foizga yetdi.
So‘nggi 8 yildagi o‘zgarishlar — videoinfografikada.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 397 |
