QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali ☎️ 1298 🌐 https://gov.uz/oz/mc 📲 https://www.facebook.com/minstroyuz https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/ Mail: minstroy2@exat.uz Yangi Toshkent hududi
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Канал QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI (@minstroyuz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 17 087 подписчиков, занимая 723 место в категории Недвижимость и 4 656 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 17 087 подписчиков.
Согласно последним данным от 03 сентября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -649, а за последние 24 часа — -34, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 13.82%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 11.03% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 2 356 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 881 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 8.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali
☎️ 1298
🌐 https://gov.uz/oz/mc
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Yangi Toshkent hu...”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 04 сентября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Недвижимость.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 04 сентября | +38 | |||
| 03 сентября | +3 | |||
| 02 сентября | +2 | |||
| 01 сентября | 0 |
| 2 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями.
#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 216 |
| 3 | Нет текста... | 1 127 |
| 4 | Ayrim toifadagi obyektlarni loyihalashtirish va qurish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar reyestriga qanday kirish mumkin?
▪️Reyestrga “Shaffof qurilish” reytingida mavjud bo'lgan loyiha va qurilish tashkilotlari kiritilishiga ruxsat beriladi.
▪️Reyestrga kirish istagida boʻlgan loyiha va qurilish tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga pochta orqali ariza bilan murojaat qiladi.
▪️Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan tashkilotlarning reyestrga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
▪️Reytingdan chiqarilgan tashkilotlar reyestrdan ham chiqariladi.
▪️Reyestrga loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari 5 yil muddatga kiritiladi.
👉reyestrga kirish sxemasi
👉reyestrga kirish uchun zarur hujjatlar
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 599 |
| 5 | #BU_MUHIM
🏢 Ko’p qavatli uylarning yerto’la qismi umumiy mulk va undan tartibsiz foydalanishga yo’l qo’yilmaydi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 071 |
| 6 | 😎😎😎😎😎😎
#Адлиятв #Эслатма
❗️ Қурилишга оид талаблар: нималарни билиш керак?
🔴 Жонли эфирни ушбу ҳавола орқали кузатиш мумкин: https://www.youtube.com/watch?v=X8FTyzPovwk
✅ Жонли эфир “Ҳуқуқий ахборот” телеграм каналида ҳам трансляция қилинади.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot | 1 538 |
| 7 | #BU_MUHIM
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ijtimoiy tarmoqlarda o'z rasmiy sahifalarini ochganini ma’um qildi.
Unda kommunal sohada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari va ularning yechimlari, shuningdek, tizimni takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar haqida bevosita ma’lumot berib boriladi.
Rasmiy sahifalarga obuna bo‘ling:
Instagram
Facebook
Telegram | 2 915 |
| 8 | Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции.
Facebook|Instagram|X | 1 648 |
| 9 | 😎😎😎😎😎😎
#Адлиятв #Жонлиэфир
❗️ Қурилишга оид талаблар: нималарни билиш керак?
🔎 Қурилиш ишларини бошлашдан олдин қандай рухсатномалар талаб этилади? Қурилиш учун рухсатнома олиш тартиби қандай?
❓ Кўпчилик фуқаролар қурилиш ишларини бошлаш учун қандай ҳужжатлар кераклиги, қайси ҳолларда рухсатнома олиниши ва бунинг учун қаерга мурожаат қилиш лозимлиги ҳақида етарли маълумотга эга эмас.
✅ “Адлия ТВ”нинг навбатдаги жонли эфирида айнан шу саволларга жавоб берамиз.
Жонли эфирда қуйидаги мавзуларни муҳокама қиламиз:
🔹 Қурилиш учун рухсатнома нима ва у қайси ҳолларда талаб этилади?
🔹 Қурилиш ишларини бошлашдан олдин қандай ҳужжатларни тайёрлаш керак?
🔹 Қурилиш учун рухсатнома олиш тартиби қандай?
🔹 Рухсатнома олиш учун қаерга ва қандай тартибда мурожаат қилинади?
🔹 Аризани кўриб чиқиш жараёни қандай амалга оширилади?
🔹 Қурилиш учун рухсатнома олишда қандай талаблар ва чекловлар мавжуд?
🔹 Қайси турдаги қурилиш ишлари учун рухсатнома талаб этилмаслиги мумкин?
🔹 Рухсатсиз қурилиш ишларини амалга ошириш қандай ҳуқуқий оқибатларга олиб келади?
🔹 Қурилиш жараёнида фуқаролар ва тадбиркорлар нималарга эътибор бериши керак?
📌 Шунингдек, сиз юборган саволларга ҳам жонли эфир давомида жавоб берилади.
📅 Сана: 04.09.2026
🕒 Вақт: 15:00
✍️ Саволларингизни олдиндан @mehnatpodkast_bot орқали юборинг. Шунингдек, эфир давомида ҳам ўзингизни қизиқтирган саволларни йўллашингиз мумкин.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot | 1 453 |
| 10 | #BU_MUHIM
🏗 Qurilishi tugallanmagan loyihadan uy sotib olayotganda nimalarga eʼtibor berish kerak?
❗Bunday jarayonda ayrim muhim jihatlarni inobatga olish kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Mazkur videoda qurilishi tugallanmagan uy-joydan kvartira sotib olayotganda eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan asosiy masalalar haqida qisqacha maʼlumot berilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 866 |
| 11 | ▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Hurmatli yurtdoshlar!
🫥 “Issiqliktaʼminoti” AJ va tizim tashkilotlari faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalaringiz boʻlsa, 71 207 02 53 raqamli ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
Shuningdek, markazlashgan issiqlik taʼminoti boʻyicha murojaatlarni 71 207 02 54 (1409) raqami orqali qoldirishlaringizni soʻraymiz.
AJ va hududiy issiqlik korxonalarining ishonch telefon raqamlari bilan esa yuqorida tanishishingiz mumkin!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 800 |
| 12 | #Siyosiy_maʼrifat_soati
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
Tadbir davomida vazirlik markaziy apparati xodimlarining siyosiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularning huquqiy va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan mavzular muhokama qilindi.
Dastlab, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi mas’uli K.Xolmatov so‘zga chiqib, siyosiy-ma’rifat soatlarining xodimlar dunyoqarashini kengaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
🛡 Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’uli J.Fayziyev tomonidan xodimlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etishning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha har bir xodim mas'ulligi ta'kidlandi.
📌Aytish joizki, bunday siyosiy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish hamda davlat xizmatida halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 001 |
| 13 | 📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 1 859 |
| 14 | #reyting_uzkri_uz
💻 Kompetensiyani rivojlantirish instituti tomonidan qurilish sohasidagi sertifikatlangan mutaxassislar uchun yagona va shaffof reyting platformasi ishga tushirildi.
📊 reyting.uzkri.uz platformasida mutaxassislar 1000 ballik tizim asosida baholanadi.
Reytingda quyidagilar hisobga olinadi:
🔹Portfolio — 30%
🔹 Ish staji — 25%
🔹 Sertifikat natijasi — 20%
🔹 Ilmiy hissa — 15%
🔹 Ta’lim — 10%
Natijada mutaxassisning darajasi aniq ko‘rinadi va u A, B, C yoki D toifalardan biriga kiradi.
👷♂️ Ish beruvchilar uchun — malakali mutaxassisni tanlash.
🏢 Qurilish kompaniyalari uchun — ishonchli kadr topish.
📈 Mutaxassislar uchun — o‘z kasbiy darajasini ko‘rsatish imkoniyati.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 218 |
| 15 | #MUNOSABAT
📱 Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasida yuz bergan holat bo‘yicha "Veolia energy Tashkent" quyidagilarni ma’lum qildi.
Hodisa joyiga "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislari zudlik bilan yetib borgan. Hozirda xodimlar sodir bo‘lgan hodisaning barcha tafsilotlari va o‘pirilish sabablarini o‘rganmoqda. Ayni paytda hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan.
Hodisa sabablari va ko‘rilayotgan choralar haqidagi qo‘shimcha batafsil ma’lumot tezkor tekshiruv natijalariga ko‘ra taqdim etiladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 102 |
| 16 | #Sayyor_qabul
Hududlarda istiqomat qilayotgan aholining sohaga oid muammolarini bevosita tinglash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechimga yo‘naltirish maqsadida fuqarolar bilan doimiy ravishda ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.
📍Bugun Yashnobod tumani “Ma’rifat” MFY binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Bosh muhandis Jasur Rahimov, tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirok etdi.
🫥 Qabul davomida 10 ga yaqin fuqarolarning qurilish va kadastr masalalari, noqonuniy qurilmalar, hududdagi ichki yo‘llar hamda aholiga qiyinchilik tug'dirayotgan qurilish obyektlari bilan bog‘liq murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Har bir masala yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha muddat talab etadigan muammolar mas’ullar nazoratiga olindi. Ayrimlari bo‘yicha mutasaddilar joyiga chiqib, mavjud holatni bevosita ko‘zdan kechirdi. Mavjud holatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda batafsil ko‘rib chiqish va fuqarolarga amaliy ko‘mak berish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 123 |
| 17 | #Soha_raqamlarda
💧 So'nggi yillarda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 63 foizdan 82,8 foizga yetdi.
So‘nggi 8 yildagi o‘zgarishlar — videoinfografikada.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 370 |
| 18 | #JARAYON
🫥 Issiqlik ta’minoti tizimiga sun’iy intellekt joriy etilmoqda
Mamlakatimizda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va sohani raqamlashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
💠 Ushbu yo‘nalishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Issiqlikta’minoti” AJ hamda Janubiy Koreyaning kommunal va aqlli boshqaruv texnologiyalari sohasidagi Human Shift by Creative Meter Tech (HSCMT) kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida muhim loyiha amalga oshirilmoqda.
Bugun “Issiqlikta’minoti” AJda issiqlik ta’minotini sun’iy intellekt asosida monitoring qilish markazi ishga tushirildi.
Loyiha doirasida zamonaviy ultratovushli hisoblagichlar va avtomatik boshqaruv qurilmalari joriy etilib, sun’iy intellekt asosida issiqlik tarmoqlarini real vaqt rejimida monitoring qilish, issiqlik yo‘qotishlari va avariyalarni oldindan aniqlash hamda mutaxassislar malakasini oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
📌 Ta'kidlash lozimki, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlarida o‘rganish ishlari olib borilib, ushbu hududlarda 10 ta zamonaviy ultratovushli issiq suv hisoblagichi o‘rnatildi.
Asosiy pilot hudud sifatida Angren shahri tanlangan bo‘lib, loyiha muvaffaqiyatli natija bergan taqdirda ilg‘or texnologiyalarni kelgusida respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha issiqlik ta’minoti sohasini raqamlashtirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish hamda tizim boshqaruvida shaffoflik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 288 |
| 19 | Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X | 1 523 |
| 20 | 👍#BirlikShahri
😄"O‘zbekiston vaqti bilan" ko‘rsatuvining bayram soni. Uning final qismi Yangi Toshkentda foydalanishga topshirilgan Yangi O‘zbekiston universitetida tasvirga tushirilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 144 |
