QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali ☎️ 1298 🌐 https://gov.uz/oz/mc 📲 https://www.facebook.com/minstroyuz https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/ Mail: minstroy2@exat.uz Yangi Toshkent hududi
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Канал QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI (@minstroyuz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 18 506 підписників, посідаючи 641 місце в категорії Нерухомість та 4 371 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 18 506 підписників.
За останніми даними від 20 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 627, а за останні 24 години на -159, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Верифікований (Офіційно підтверджено Telegram)
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 12.10%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 10.50% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 2 245 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 1 949 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 7.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali
☎️ 1298
🌐 https://gov.uz/oz/mc
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Yangi Toshkent hu...”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 21 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Нерухомість.
Триває завантаження даних...
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 21 липня | +1 | |||
| 20 липня | +1 | |||
| 19 липня | 0 | |||
| 18 липня | +9 | |||
| 17 липня | +2 | |||
| 16 липня | +3 | |||
| 15 липня | +12 | |||
| 14 липня | +17 | |||
| 13 липня | +1 | |||
| 12 липня | 0 | |||
| 11 липня | +1 | |||
| 10 липня | +12 | |||
| 09 липня | +4 | |||
| 08 липня | +6 | |||
| 07 липня | +5 | |||
| 06 липня | +3 | |||
| 05 липня | 0 | |||
| 04 липня | 0 | |||
| 03 липня | +1 | |||
| 02 липня | +21 | |||
| 01 липня | +3 |
| 2 | Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.
Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X | 587 |
| 3 | Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу темпов экономического роста в регионах и отраслях в первом полугодии и приоритетным задачам на период до конца года.
Facebook|Instagram|X | 1 004 |
| 4 | #BirlikShahri
🅿️ Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yerosti avtoturargohi va piyodalar o‘tish yo‘lagi.
Bu yerda kelgusida avtomatlashtirilgan parkovka tizimi, velosiped ijarasi, elektromobillarni zaryadlash joyi, kofe zonalari va boshqa xizmatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 683 |
| 5 | #Soha_raqamlarda
🏢 Ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatish sohasida erishilgan natijalar
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 940 |
| 6 | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya olishda tashkilotda qaysi mutaxassislar bo'lishi kerak?
III toifadagi obyektlar uchun — kamida 10 nafar mutaxassis.
Tashkilotning asosiy shtatida ishlovchi, soha bo'yicha oliy ma'lumotga ega 1 nafar direktor.
Shuningdek, yuqoridagi talablarga qo‘shimcha ravishda sohada 4 yildan ortiq ish stajiga ega:
🟢3 nafar loyiha bosh muhandisi;
🟢1 nafar loyiha bosh arxitekori;
🟢2 nafar arxitektor.
Qolgan 3 nafar mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus ma'lumotga ega) tashkilotda asosiy shtat yoki oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritishi lozim.
———————-
IV toifadagi obyektlar uchun — kamida 12 nafar mutaxassis.
Tashkilotning asosiy shtatida ishlovchi, soha bo'yicha oliy ma'lumotga ega 1 nafar direktor.
Shuningdek, yuqoridagi talablarga qo‘shimcha ravishda sohada 5 yildan ortiq ish stajiga ega:
🟢3 nafar loyiha bosh muhandisi;
🟢1 nafar loyiha bosh arxitekori;
🟢3 nafar arxitektor.
Qolgan 4 nafar mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus ma'lumotga ega) tashkilotda asosiy shtat yoki oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritishi lozim.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 676 |
| 7 | #Hududlardan_xabarlar
#Infografika
📍 Navoiy viloyatida qurilish va uy-joy kommunal sohasida islohotlar izchil davom etmoqda
Navoiy viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani barpo etish hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini samarali boshqarish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda qurilish sohasini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada viloyatda faoliyat yuritayotgan 1 390 ta pudrat tashkilotining 830 tasi (60 foizi) moliyaviy barqarorlik reytingiga kiritildi. Shuningdek, 2024-2026-yillar davomida sohada 6 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.
Joriy yilda markazlashtirilgan dasturlar doirasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 548 ta obyektda 2 trln 464 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirish belgilangan. Hozirga qadar 1 trln 508 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, 185 ta obyekt foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-son Farmoni ijrosi doirasida 2025-yilda Navoiy viloyatida 78 ta ko‘p kvartirali uy qurilib, 5 642 ta xonadon foydalanishga topshirildi.
Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish borasida ham muhim natijalarga erishilmoqda. Bugungi kunda viloyatdagi 2 127 ta ko‘p qavatli uyga 77 ta moliyaviy jihatdan barqaror boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Mavjud ko‘p qavatli uylarning 1 352 tasi 1991-yilgacha, 157 tasi 1991-2016-yillarda, 590 tasi esa 2016-2024-yillar davomida qurilib, foydalanishga topshirilgan.
🤩 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida boshqaruv tashkilotlari hamda boshqa mablag‘lar hisobidan 348 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 209 ta uyda ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.
Xususan, 53 ta uyning tom qismi (10 ming kvadrat metr), 157 ta kirish yo‘lagi, 87 ta yerto‘la qismidagi hamda 57 ta ichki muhandislik tarmoqlari, 23 ta uyning fasadi ta’mirlandi. Shuningdek, 621 ta elektr taqsimlovchi shit, 287 kvadrat metr framuga oyna romlari, 408 ta energiya tejamkor sensor chiroqlar hamda 57 ta kodli qulfli temir eshik o‘rnatildi.
Mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, zamonaviy uy-joy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qurilish va kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
#NAVOIY
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 1 659 |
| 8 | ⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣➖йил,
2️⃣1️⃣➖июль кунги 5️⃣3️⃣➖сонида:
➖ Янги зиё маскани фойдаланишга топширилди;
➖Ноқонуний қурилишлар учун жавобгарлик кучайтирилмоқда;
➖Ичимлик суви сифати назорат
инспекцияси нигоҳида;
➖Қушлар ини муҳандислик, аэродинамика, хавфсизлик ва иқлимга мослашувнинг табиий намунасидир;
📌 RASMIY SAYT ◀️
📰 Газетанинг ҳар бир сони ҳақида тезкор маълумотлар билан танишиш имконига эга бўласиз!
Расмий саҳифаларимизга аъзо бўлинг👇
TELEGRAM | INSTAGRAM | RASMIY SAYT | 1 839 |
| 9 | #Diqqat
📣 Qurilish sohasi tadbirkorlari uchun zo'r yangilik! Endi loyiha hujjatlaridagi kichik kamchilik sabab arizangiz darhol rad etilmaydi.
😎 Ya'ni endilikda agar hujjatlarda bartaraf etish mumkin bo’lgan kamchiliklar aniqlansa, vakolatli organ arizani rad etmaydi. Aksincha, kamchiliklar ko’rsatilib, ariza qayta ishlash uchun qaytariladi. Ariza beruvchi esa ularni bartaraf etib, 30 kalendar kun ichida qo’shimcha davlat boji yoki yig’im to’lamasdan hujjatlarini qayta topshirishi mumkin bo'ladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 539 |
| 10 | #Mustaqillik_35_yil
✨ YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yorqin ifodasiga aylanmoqda.
Shahar va qishloqlarni zamonaviy qiyofada rivojlantirish, hududlarni ilmiy asosda rejalashtirish hamda qulay yashash muhitini yaratishda “O‘zshaharsozlik LITI” davlat muassasasi tomonidan muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Muassasa mutaxassislari tomonidan respublikamizning turli hududlari uchun bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va zamonaviy shaharsozlik yechimlari ishlab chiqilib, hududlarning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shilmoqda.
Har bir loyiha — kelajak uchun yaratilayotgan mustahkam poydevor, har bir reja esa xalqimizning farovon hayoti va yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
Telegram Website Instagram | 2 182 |
| 11 | #OAV_NIGOHIDA
📍 Angren shahar “Taraqqiyot” mahallasidagi bunyodkorlik ishlari haqida reportaj
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 247 |
| 12 | 💧Bolajonlarga quvonch ulashilmoqda
📍 Respublikaning barcha hududlarida Favqulodda Vaziyatlar vazirligi hamda ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organlari tomonidan suv shoulari tashkil etilmoqda.
✨ Quvnoq lahzalar va bolalarning beg‘ubor kulgusi barchaga yaxshi kayfiyat ulashmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 392 |
| 13 | #BU_MUHIM
❗️2025-yil 1-sentabrdan boshlab xodimlari soni 50 nafargacha bo‘lgan qurilish sohasidagi korxonalarga YAMMT orqali Face-ID yordamida elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga ruxsat berilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 807 |
| 14 | #Dayjest
🔴 Hafta dayjesti: qurilish va kommunal sohada ro'y bergan muhim voqealar tafsilotlari
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 774 |
| 15 | 💦 Toshkentda bolalar uchun suv shoulari uyushtirilmoqda
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Yangihayot tumanidagi boshqaruv-servis kompaniyalari jazirama kunda bolalar uchun suv shoularini tashkil etdi.
🌞 Ma’lumot uchun, poytaxtda bugun ham kechagi kabi 43 daraja issiq hukmronlik qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 4 147 |
| 16 | #Rasmiy_munosabat
😎 Ijtimoiy tarmoqlarda “BETTER BEST” kompaniyasining Maljaan Residence loyihasi yuzasidan “avariya holati to‘liq bartaraf etilgani” hamda qurilish ishlari belgilangan tartibda davom ettirilayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Mazkur xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
2026-yil 3-iyul kuni Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan obyektda o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida oqova suv quvurining yorilishi natijasida qurilgan binolar poydevoriga suv toshgani aniqlangan.
🔘 Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish hamda obyektning texnik holatiga xolis baho berish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan maxsus ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ayni paytda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan buyurtmachi, pudratchi hamda loyiha tashkilotlariga:
- bino poydevorining instrumental-texnik xulosasini olish;
geologik tekshiruv o‘tkazish; aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini to‘liq to‘xtatish bo‘yicha bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
🔵 Xususan, obyekt bo‘yicha avvalgi nazorat tadbirlarida ham loyiha hujjatlaridan chetga chiqish, noqonuniy qo‘shimcha qavatlar qurilishi, sud qarori bilan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish hamda obyektning seysmik mustahkamligini qo‘shimcha instrumental tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi belgilangan.
Shu sababli, texnik tekshiruvlar, jumladan maxsus ishchi guruhi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar yakunlanmasdan hamda vakolatli organlarning tegishli xulosalari olinmasdan turib, “barcha muammolar to‘liq bartaraf etildi” mazmunidagi xabarlar rasmiy xulosa hisoblanmaydi.
Fuqarolardan ko‘chmas mulk xarid qilishdan oldin faqat vakolatli davlat organlarining rasmiy axborotlariga tayanish hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama va bir tomonlama bayonotlarga tanqidiy yondashish so‘raladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 397 |
| 17 | 🏗 BIM – Qurilish sohasining raqamli kelajagi!
BIM (Building Information Modeling) texnologiyasi bugungi kunda qurilish sohasida loyihalarni zamonaviy usullar asosida ishlab chiqish, muhandislik tizimlarini yagona raqamli modelda integratsiya qilish, xatoliklarni kamaytirish hamda vaqt va mablag'lar tejash imkonini taqdim etmoqda.
🏘"Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” DM o'z faoliyatida BIM texnologiyalarini keng joriy etib, zamonaviy va innovatsion loyiha yechimlarini ishlab chiqish hamda raqamli loyihalash jarayonlarini rivojlantirish yo'lida faol ish olib bormoqda.
🎥Ushbu ko'rsatuv orqali BIM texnologiyasining afzalliklari, imkoniyatlari va qurilish jarayonidagi ahamiyati haqida qisqacha ma'lumot olishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
😎Instagram|😎Facebook|
😎Telegram| 😎YouTube | | 2 231 |
| 18 | #tahlil
🎹Qurilishi rejalashtirilgan bino-inshootning mustahkamligi va zamon talabiga mos ekanligi avvalo loyihani puxta ishlab chiqishdan boshlanadi. Biroq, loyiha qanchalik mukammal bo‘lmasin, u amaldagi shaharsozlik norma va qoidalariga to‘liq mos kelishi, xavfsizlik, sifat va iqtisodiy samaradorlik talablariga javob berishi shart.
✅“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida “Shaffof qurilish” tizimi orqali kelib tushgan 12 911 ta qurilishi rejalashtirilgan obyekning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazildi va yig‘ma-ekspert xulosalari taqdim etildi.
➡️Loyihalarning optimallashtirilishi natijasida ularning smeta qismidan 4 trln 25,7 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 2 575 |
| 19 | #BU_MUHIM
❗Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga noqonuniy qurilishlar uchun qo'llanilgan jarimalar bekor qilingani, endilikda bunday jarimalar qo'llanilmasligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
📌 Ma'lum qilamizki, ushbu ma'lumotlar rasmiy tasdiqlanmagan hamda amaldagi qonunchilikka asoslanmagan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 5 213 |
| 20 | #Siyosiy_maʼrifat_soati
#Milliyligimiz_faxrimiz
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati tashkil etildi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati oʻtkazildi. Tadbir davomida xodimlar dolzarb mavzular yuzasidan siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda xodimlar milliy liboslarda ishtirok etishi qadriyatlarimizni eʼzozlash, oʻzlikni anglash va ularni keng targʻib etishga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda siyosiy-maʼrifat soatlari vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda barcha tizim tashkilotlarida izchil davom ettirilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube| | 3 102 |
