uz
Feedback
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

Kanalga Telegram’da o‘tish

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi: E-mail: info@tashbus.uz Call center: 1062 Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy

Ko'proq ko'rsatish
5 541
Obunachilar
-1224 soatlar
-417 kunlar
-6030 kunlar
Postlar arxiv
📇 Jamoat transporti yangiliklari dayjesti 🇺🇿 Farg‘onada elektrobus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Farg‘onada yiliga 700 ta elektrobus ishlab chiqarish quvvatiga ega, qiymati 170 mln dollarlik korxona qurilishi boshlandi. Zavodni 2027-yil dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgan.
🚌 Toshkentda yangi 79-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushdi
18-avgustdan boshlab “TTZ AShB — Beruniy metrosi” yo‘nalishida 8 dona yangi o‘rta sig‘imli “YUTONG” avtobuslari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
🇳🇪 Nigerda ikki avtobus to‘qnashdi.
Nigerning g‘arbiy qismida ikki yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi.
📹 Batafsil — dayjestimizda! ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🚌 AVTOBUS HAYDOVCHILARINING MALAKASINI OSHIRISH — XAVFSIZ VA SIFATLI XIZMAT GAROVI 📇 “Toshshahartransxizmat” AJda avtobus h
+9
🚌 AVTOBUS HAYDOVCHILARINING MALAKASINI OSHIRISH — XAVFSIZ VA SIFATLI XIZMAT GAROVI 📇 “Toshshahartransxizmat” AJda avtobus haydovchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash hamda jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🙂 Davra suhbatida Jamiyat mas’ullari, tizim tashkilotlari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, bugungi kunda avtobus haydovchilarining malakasini muntazam oshirib borish, ularning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. 📊 Bugungi kunda
“Toshshahartransxizmat” AJ tizimida 4 000 nafardan ortiq avtobus haydovchisi faoliyat olib bormoqda. Ularning qariyb 2 000 nafari so‘nggi 6 oy davomida malaka oshirish jarayonlaridan o‘tdi.
🌐 Shuningdek, davra suhbati davomida jamoat transporti sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Xitoy va Singapurda avtobus haydovchilarini tayyorlash, ularning kasbiy malakasini muntazam oshirib borish, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash borasida qo‘llanilayotgan tajribalarni o‘rganish va ularning samarali jihatlarini Toshkent shahar jamoat transporti tizimiga bosqichma-bosqich tatbiq etish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi. 🙂 Muloqot davomida haydovchilarning kasbiy tayyorgarligini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, yo‘lovchilar bilan muomala madaniyatini oshirish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. 🚌 Shuningdek, jamoat transporti tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, haydovchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar va kelgusida malaka oshirish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi. 👍 Ta’kidlanganidek, haydovchining yuqori malakasi — nafaqat avtobusni professional boshqarish, balki minglab yo‘lovchilarning xavfsizligi, xizmat sifati va jamoat transportiga bo‘lgan ishonchning muhim omilidir. 👍 “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan haydovchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish hamda poytaxt aholisiga xavfsiz va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🇺🇿 Yuksak e’tirof zamirida — tizimli ish va umumiy natija 🇺🇿 Mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli Toshkentda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. 🇺🇿 Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanishi — poytaxtni rivojlantirish yo‘lida shahar rahbariyati, tumanlar, boshqarma va xizmatlar tomonidan olib borilayotgan tizimli hamda hamjihat mehnatning yuksak e’tirofidir. ▫️So‘nggi yillarda Toshkentda qanday ishlar amalga oshirildi va ular shahar hayotini qanday o‘zgartirdi? Batafsil — YouTube kanalimizdagi maxsus videoda. 🎞 Videoni to‘liq tomosha qiling ⸻ 🇺🇿 За высоким признанием — системная работа и общий результат 🇺🇿 Благодаря созданным в нашей стране условиям и масштабным реформам серьёзные преобразования происходят и в Ташкенте. 🇺🇿 Награждение хокима города Ташкента Шавката Умурзакова орденом «Фидокорона хизматлари учун» — это высокая оценка системной и слаженной работы руководства столицы, районов, городских управлений и служб по развитию Ташкента и повышению качества жизни его жителей. ▫️Какие проекты были реализованы в столице за последние годы и как они изменили городскую жизнь? Подробнее — в специальном видео на нашем YouTube-канале. 🎞 Смотрите полную версию YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!   Bugun jonajon diyorimizning barcha tuman, shahar-u mahallalarida eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 35 yilligi nafasi ufurmoqda.   Mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha sohalar qatori bugun transport tizimida xizmat qilayotgan ming-minglab yurtdoshlarimiz ko‘ksida faxr-u iftixor jo‘sh urmoqda.   Yangi O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lida soha vakillari  ham o‘z ulushi bilan ildam borayotgani, barcha niyatlar va intilishlar Vatan taraqqiyotiga  munosib hissa qo‘shish orzusini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan maqsadlar bilan mushtarakdir.   Zero,  Mustaqilligimiz 35 yilligi bosh g‘oyasida aytilganidek, Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!   Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!     ЕДИНОЙ РОДИНОЙ, ЕДИНЫМ НАРОДОМ МЫ ПОСТРОИМ НОВУЮ ЖИЗНЬ, НОВОЕ БУДУЩЕЕ!   Сегодня во всех районах, городах и махаллях нашей родной земли ощущается дыхание самого великого и самого дорогого для каждого из нас праздника — 35-летия Независимости Узбекистана.   Наряду с представителями всех отраслей, вносящих свой достойный вклад в развитие страны, сердца тысяч наших граждан, трудящихся в транспортной системе, переполняет чувство гордости и ответственности за свою Родину.   Представители транспортной сферы также уверенно идут по пути развития Нового Узбекистана, участвуя в реализaции важных преобразований. Все их намерения и стремления созвучны единой цели — воплотить в жизнь мечту о достойном вкладе в развитие и процветание нашего государства.   Сейчас особенно значимо для каждого из нас звучит основная идея 35-летия нашей Независимости - Единой Родиной, единым народом мы построим новую жизнь, новое будущее!   С 35-летием Независимости нашей Родины!

🌍 Jamoat transporti yangiliklari dayjesti 🚌 Avtobuslar endi tirbandlikda qolib ketmaydi Jamoat transporti harakatini tezlashtirish va avtobuslarning tirbandliklarda vaqt yo‘qotishini kamaytirishga qaratilgan yangi yechimlar joriy etilmoqda. 🇭🇺 Vengriyada sayyohlik avtobusi YTHga uchradi M3 avtomagistralida polshalik ziyoratchilarni olib ketayotgan yirik sayyohlik avtobusi yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketdi. 🌐 Busworld 2026 ko‘rgazmasida yangi avtobuslar taqdim etildi Ko‘rgazmada jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yangi avlod avtobuslari hamda zamonaviy transport texnologiyalari namoyish qilindi. 📹 Batafsil — dayjestimizda! ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

📢 E’LON! 🚌 Yo‘lovchilar diqqatiga! 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Yutong Holdco Ca” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan avtotransport vositasini tajriba uchun vaqtinchalik foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, 2026-yil 12-avgustdan boshlab yangi elektrobus tajriba-sinov tariqasida yo‘nalishga chiqariladi. 🔹 Tajriba-sinov jarayonlari “1-avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 26-sonli “Majnuntol mahallasi — Oloy bozori” avtobus yo‘nalishida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda amaldagi avtobuslar bilan birgalikda 1 dona YUTONG ZK6890BEVG rusumli elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. ⚡️ Tajriba-sinov jarayonlari bir oy davom etadi. Sinov davomida elektrobusning Toshkent shahri sharoitidagi texnik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishdagi qulayligi hamda samaradorligi o‘rganiladi. 📹 Mazkur elektrobusning yo‘nalishdagi faoliyati va tajriba-sinov jarayonlari haqida batafsil ma’lumotni ertaga bevosita yo‘nalishdan taqdim etamiz. 🚌 “Toshshahartransxizmat” AJ — yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli transport xizmatini taqdim etish yo‘lida. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va muqaddas qadriyati! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35
+9
🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va muqaddas qadriyati! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” AJ “12-Avtobus saroyi” filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. 👍 Tadbirda korxona rahbariyati va xodimlari ishtirok etib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida fikr bildirildi. Shuningdek, Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va jamoaning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. 🎁 Bayram munosabati bilan korxonada samarali mehnat qilib kelayotgan barcha xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa jamoa a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va hurmatning yana bir ifodasi bo‘ldi. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! #Mustaqillik35 #Toshshahartransxizmat #12AvtobusSaroyi #MustaqillikBayrami ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

📢 AVTOBUS HAYDOVCHILARINI ISHGA TAKLIF ETAMIZ! 🚌 “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus haydovchilarini o‘z jamoasiga ishga taklif etadi! 💰 Oylik ish haqi: 10 000 000 so‘mdan 15 000 000 so‘mgacha.
✅ Barqaror ish o‘rni ✅ Munosib va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi ✅ Qulay mehnat sharoitlari ✅ Rasmiy ish bilan ta’minlash
👨‍✈️ Siz tajribali avtobus haydovchisimisiz? Unda bizning jamoaga qo‘shiling! 🚌 Shahar harakatiga hissa qo‘shing — biz bilan birga ishlang! ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❓ 🚌 “Bilasizmi?” sahifamizning bugungi sonida 2015-yilda qayta tashkil etilgan 5-sonli “Feruza mavzesi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishi haqida ma’lumot beramiz. ⏰ Mazkur yo‘nalish har kuni soat 05:30 dan 23:30 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 📍 Yo‘nalish poytaxtimizning Yashnobod va Mirobod tumanlari hududlari orqali harakatlanib, shaharning muhim nuqtalarini o‘zaro bog‘laydi. 🚌 Bir kunda mazkur yo‘nalishda jami 13 ta avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishga chiqariladi. 💬 Siz 5-sonli avtobus yo‘nalishidan foydalanganmisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

RASMIY MUNOSABAT 📱 Ijtimoiy tarmoqdagi “Вслух News” kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
+3
RASMIY MUNOSABAT 📱 Ijtimoiy tarmoqdagi “Вслух News” kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 👍 Mazkur murojaatda qayd etilgan holat o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, holat 2026-yil 13-avgust kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi 2-avtobus saroyi filialiga tegishli, Yutong rusumli, davlat raqami 01 419 PKA bo‘lgan, 16-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi bilan bog‘liq. 👍 O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur avtobus haydovchisiga nisbatan belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi. 🚏 “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, haydovchilarning xizmat intizomiga rioya etishi doimiy nazoratda. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

RASMIY MUNOSABAT 👍 2026-yil 15-avgust kuni soat taxminan 16:10 da Toshkent viloyati Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on MFY, Charog‘o
RASMIY MUNOSABAT 👍 2026-yil 15-avgust kuni soat taxminan 16:10 da Toshkent viloyati Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on MFY, Charog‘on ko‘chasida “Toshshahartransxizmat” AJning 5-avtobus saroyi filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 10-sonli “Xo‘jaqo‘rg‘on MFY — Yunusobod 12-daha” avtobus yo‘nalishida harakatlanayotgan Mercedes-Benz Low Floor rusumli, saroy raqami 05-414, davlat raqami 01 481 WCA bo‘lgan avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. 👍 Holat avtobus dvigatel qismidagi elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan. 🚍 Avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni zudlik bilan avtobusdan xavfsiz evakuatsiya qilgan hamda mavjud o‘t o‘chirish vositasi yordamida yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rgan. 🚒 Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv brigadasi yetib kelib, vaziyatni nazoratga olgan. 👍 Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. 👍 Shu zahoti avtobus ta’mirlash hududiga olib kelingan bo‘lib, tegishli mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

👍 1-sentabrdan boshlab yo‘l haqini to‘lash tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 🙂 Endilikda yo‘l haqini 1 700 so‘m to‘lash yaxshimi yoki 41 200 so‘mlik to‘lovni amalga oshirishmi? 👍 To‘lov tartibidagi yangiliklar, mavjud imkoniyatlar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar haqida batafsil ma’lumotni videomiz orqali bilib oling. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

🎥 NO COMMENT 📇 O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi, Idoralararo tezkor SHTAB ishchi guruhi, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati hamda mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan poytaxtdagi avtobus bekatlari, avtobus saroyi hamda jamoat transporti infratuzilmasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🚌 Jamoat transporti infratuzilmasi va amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi 📇 Bugun O‘zbekiston Respublikas
+6
🚌 Jamoat transporti infratuzilmasi va amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi 📇 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi, Idoralararo tezkor SHTAB ishchi guruhi, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati hamda mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrida jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash, yo‘lovchilarga yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning holatini nazorat qilish maqsadida qator obyektlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. 🚏 Dastlab ishchi guruh Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan avtobus bekatlari holatini o‘rgandi. Bekatlarda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, hududlarning obodonlashtirilishi va mavjud infratuzilma holatiga alohida e’tibor qaratildi. 🚍 Navbatdagi manzil “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi 1-avtobus saroyi bo‘ldi. Saroyda amalga oshirilgan ishlar, avtobuslarning texnik holati va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🛣 Shundan so‘ng ishchi guruh “Aviasozlar” shoh bekatida bo‘lib, bekat hududidagi mavjud holat, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar hamda infratuzilmani yanada yaxshilash masalalarini o‘rgandi. 🛤 O‘rganishlarning yakuniy manzili Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ldi. Mazkur hududda BRT yo‘lagini davom ettirish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari, jumladan, avtobuslar harakati uchun barpo etilayotgan infratuzilma obyektlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish va jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. ⚡️ O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish hamda poytaxt aholisi uchun xavfsiz, qulay va sifatli jamoat transporti xizmatini ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

RASMIY MUNOSABAT 👍 Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Toshkent Land” kanalida 2026-yil 12-avgust kuni 26-sonli “Oloy bozori — M
RASMIY MUNOSABAT 👍 Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Toshkent Land” kanalida 2026-yil 12-avgust kuni 26-sonli “Oloy bozori — Majnuntol mahallasi” avtobus yo‘nalishiga biriktirilgan, saroy raqami 156, davlat raqami 01 241 VJA bo‘lgan SAZ LE-60 rusumli avtobusning dvigatel qismida tutash holati aks etgan videolavha e’lon qilindi. 👍 Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ushbu voqea 2026-yil 30-iyul kuni sodir bo‘lgan. Avtobus o‘sha kunning o‘zida yo‘nalishdan olinib, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun filial hududiga qaytarilgan. 👍 Hozirda mazkur avtobusning dvigatel qismida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Avtobus texnik jihatdan to‘liq soz holatga keltirilgach, belgilangan tartibda yo‘nalishga qayta chiqariladi. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

#Oʻzbekiston_Respublikasi_Mustaqilligining_35_yilligiga_bagʻishlanadi #Mustaqillik35 #Toshshahartransxizmat 🇺🇿🇺🇿 Xalqimiz xizmatida — 35 yil! 🇺🇿 35 yildan buyon poytaxt ko‘chalarida yo‘lovchilarni o‘z manziliga eltib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan avtobus haydovchisi — obyektivimizda. Uning mehnat yo‘li — Vatanga sadoqat, kasbga fidoyilik va xalq xizmatida bo‘lishning yorqin namunasi. 🎥 35 yil — bir kasbga sadoqat. 35 yil — xalq xizmatida. 35 yil — Mustaqillik bilan hamnafas mehnat yo‘li.
"Yurtim buguni” 📃 Anvar Obidjon she’ri 🎙 O'qidi: Abdurasul Abdullayev
✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🏔 Jamoa birdamligi va mazmunli hordiq 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “12-Avtobus saroyi” filiali haydovchilari
+3
🏔 Jamoa birdamligi va mazmunli hordiq 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “12-Avtobus saroyi” filiali haydovchilari hamda ishchi-xodimlari uchun Jizzax viloyatining Zomin hududiga sayohat tashkil etildi. 👍 Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning maroqli hordiq chiqarishiga ko‘maklashish hamda jamoa o‘rtasidagi birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashdan iborat. 🌿 Sayohat davomida xodimlar Zominning betakror tabiati va diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lib, kundalik mehnat jarayonidan so‘ng mazmunli dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🤝 Bunday sayohatlar jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro ahillikni kuchaytirish va yangi kuch-g‘ayrat bilan mehnat faoliyatini davom ettirishga xizmat qiladi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🚌 4-avtobus saroyida haydovchilar bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi 📇 Idoralararo tezkor SHTAB mas'ul xodimlari hamda "
+7
🚌 4-avtobus saroyida haydovchilar bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi 📇 Idoralararo tezkor SHTAB mas'ul xodimlari hamda "Toshshahartransxizmat" AJ rahbariyati ishtirokida 4-avtobus saroyi filialida haydovchilar bilan navbatdagi xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔺 Yig‘ilish davomida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, mehnat va ijro intizomi hamda xizmat faoliyati samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🗓 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. ✨ Shuningdek, yo‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatib kelayotgan, yuqori natijalarga erishgan hamda o‘zining mas'uliyatli mehnati bilan ajralib turgan haydovchilar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. 👍 Bunday uchrashuvlar jamoat transporti tizimida xizmat sifati va harakat xavfsizligini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qulay hamda xavfsiz transport xizmatini ta'minlashga xizmat qiladi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 📺 “O‘zbekiston” telekanalida jamoat transportida to‘lov intizomi haqida 👍 “O‘zbekiston” telekanalining “Jarayon” informatsion dasturida poytaxt jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirish tartibi hamda bu borada olib borilayotgan ishlar yoritildi. 🚌 Xususan, 1-sentabrdan boshlab avtobuslarda harakatlanish vaqtida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga 42 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilishi bo‘yicha joriy etilayotgan yangi tartib haqida ma’lumot berildi. 🎥 Quyida “Jarayon” informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhani tomosha qilishingiz mumkin. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati - Telegram kanali @tshtxuz statistikasi va tahlili