Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
前往频道在 Telegram
E-mail: info@tashbus.uz Call center: 1062 Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy https://www.instagram.com/toshbus https://tashbus.uz/
显示更多5 522
订阅者
+224 小时
+207 天
-5830 天
帖子存档
Avtobus haydovchilarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun, 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobus haydovchilari uchun mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbir ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Unda 15 dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar, Transport vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari hamda jamoatchilik faollari, 100 nafardan ortiq avtobus haydovchilari bevosita ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — avtobus haydovchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimi, oylik ish haqining shakllanishi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash mezonlari hamda ushbu yo‘nalishda jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalalarga aniqlik kiritishdan iborat bo‘ldi.
Ish haqi hisoblanishi yuzasidan tushuntirishlar Matbuot anjumanida haydovchilarning oylik ish haqi qanday tartibda shakllanishi, uning tarkibiy qismlari hamda ish haqi miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, haydovchilarga beriladigan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar qaysi mezonlar asosida hisoblanishi, ularning xizmat sifati, mehnat intizomi va belgilangan talablarning bajarilishi bilan bog‘liq jihatlari tushuntirib berildi. Haydovchilarning ish haqi kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar ham alohida muhokama qilinib, amaldagi tartiblar yuzasidan izohlar berildi.
🗣 Haydovchilar savollariga bevosita javob oldi
Ochiq muloqot davomida 100 nafardan ortiq avtobus haydovchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga bevosita savollar bilan murojaat qildi.
Haydovchilar tomonidan ish haqi hisob-kitobi, rag‘batlantirish tizimi, mehnat faoliyatini baholash, ish sharoitlari va boshqa masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilar tomonidan tushuntirishlar berilib, haydovchilarni qiziqtirgan savollarga ochiq javob qaytarildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar ham muhokama qilindi. Shuningdek, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim avtobus haydovchilarining e’tirozlari aks etgan videolavhalar yuzasidan ham batafsil izoh berildi. Mazkur holatlar bo‘yicha mavjud vaziyat, ish haqi hisob-kitoblari va amaldagi mehnat hamda rag‘batlantirish tartiblari yuzasidan OAV vakillari va jamoatchilikka tushuntirishlar taqdim etildi.
OAV va blogerlar bilan ochiq muloqot
Matbuot anjumanida 15 dan ortiq OAV vakillari va blogerlar ham faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘lladi. Jurnalistlar tomonidan haydovchilarning ish haqi, rag‘batlantirish tizimi, mehnat sharoitlari, xizmat sifati va sohada mavjud muammolar yuzasidan savollar berildi. Mutasaddilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.
Tadbirning muhim jihati shundaki, unda masala faqat mutasaddilar va OAV vakillari o‘rtasida emas, balki bevosita avtobus haydovchilari ishtirokida muhokama qilindi.
Bu esa haydovchilarning o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni bevosita ko‘tarish, savollariga javob olish hamda mavjud muammolar yuzasidan ochiq fikr almashish imkonini berdi.
“Toshshahartransxizmat” AJ bundan buyon ham jamoatchilik, OAV vakillari va soha xodimlari bilan ochiq muloqotni davom ettirish, dolzarb masalalarga oydinlik kiritish hamda faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishga alohida e’tibor qaratadi.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
🚌 18-avtobus saroyida haydovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Avtobus haydovchilari uchun mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi” mavzusida haydovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ish haqi hisoblanishi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, ish haqiga ta’sir qiluvchi mezonlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Haydovchilarning savol va takliflari tinglanib, barcha masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
#SOʻROVNOMA
🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi so‘rovnomasi
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! So‘nggi yillarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yangi avtobus va elektrobuslar olib kelish hamda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
📊Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu o‘zgarishlarni baholash va xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida mazkur so‘rovnomani o‘tkazmoqda.
✔️Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Toshkent shahar jamoat transporti xizmatlariga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimizdan ushbu so'rovnomada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
📱So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin!
✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Repost from Rasmiy axborot
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
22-sentabr — "Xalqaro avtomobilsiz kun"
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Transport vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Global ekologik jamg‘arma (GEF) barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi "yashil" transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi.
22 сентября — «Международный день без автомобиля»
Национальный комитет по экологии и изменению климата, Министерство транспорта, Программа развития ООН (UNDP) и Глобальный экологический фонд (GEF) призывают всех на один день отказаться от использования автомобилей и выбрать экологичные виды транспорта — велосипед, общественный транспорт или передвижение пешком.
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
🚸 PIYODALAR XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!
👍 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida o‘zaro hurmat hamda ehtiyotkorlikni oshirish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJda 2-sentabrdan 2-oktabrga qadar “Hushyor haydovchi — xavfsiz piyoda” shiori ostida maxsus oylik o‘tkazilmoqda.
📇 Mazkur oylik doirasida “Toshshahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i B.X. Mamenov rahbarligida Idoralararo tezkor shtab, Toshkent shahar IIBB YHXB va HHNQ boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
👍 Yig‘ilishda jamiyat tarkibidagi barcha avtosaroylarda haydovchilar bilan profilaktik suhbatlarni yanada kuchaytirish, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha keng qamrovli tadbirlarni tashkil etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
👍 Shuningdek, Harakat xavfsizligi xodimlari tomonidan shahrimizdagi maktablarda o‘quvchilar — piyodalar hamda mazkur hududlarda harakatlanuvchi avtobus haydovchilari bilan yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari bo‘yicha uchrashuv va tushuntirish ishlari olib borilishi belgilandi.
Uchrashuvlarda asosiy e’tibor:
🔹 piyodalar o‘tish joylarida tezlikni pasaytirish; 🔹 piyodalarga yo‘l berish; 🔹 bolalar va boshqa himoyaga muhtoj yo‘l harakati ishtirokchilariga alohida e’tibor qaratish; 🔹 haydovchilik vaqtida telefondan foydalanmaslik kabi muhim qoidalarga qaratiladi.🚌 Har bir ehtiyotkor harakat — inson hayoti xavfsizligi demakdir! Hushyor haydovchi — xavfsiz piyoda! ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
⚡️OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI HAMDA BLOGERLAR DIQQATIGA ⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati barcha turdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillarini 2026-yil 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif etadi.
🚌 Mavzu: “Avtobus haydovchilari uchun mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi”
Matbuot anjumanida quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi:
• avtobus haydovchilarining oylik ish haqi qanday tartibda hisoblanishi;
• rag‘batlantiruvchi to‘lovlar qaysi mezonlar asosida to‘lanishi;
• qanday holatlarda haydovchilarning oylik ish haqi kamaytirilishi;
• ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim haydovchilarning e’tirozlari aks etgan videolavhalar yuzasidan batafsil izoh.
Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida mavzuga oid barcha savollar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etiladi.
📅 Sana: 22-sentabr, 2026-yil
🕚 Vaqti: soat 11:00
📍Manzil: “2-Avtobus saroyi” binosi.
“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
🚌 To‘lov madaniyati shahar jamoat transportini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi
Yo‘l haqi to‘lovlaridan tushgan mablag‘lar shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish, barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash va infratuzilmani yanada yaxshilash uchun sarflanadi.
✔️ Barcha yo‘lovchilardan yo‘l haqi to‘lovlarni avtobusga chiqishi bilan amalga oshirishlarini so‘rab qolamiz. Yo‘l haqi to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida shahar avtobus yo‘nalishlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
👮♂️Nazoratchilar faoliyati rejaviy tartibda, maxsus dasturiy ta’minotlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan hamda o‘tgan davrga nisbatan solishtirgan holda olib borilmoqda. Bunda aynan yo‘lovchi oqimi yuqori, biroq yo‘l haqi tushumi pasaygan yo‘nalishlar tanlab olinib, inspektorlar tomonidan har kuni kuchaytirilgan tartibda maqsadli reydlar tashkil etilmoqda.
2026-yilning 1 – 18-sentabr kunlari avtobuslarda chiptasiz yurgan 11 733 nafar yo‘lovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.🚌 Культура оплаты проезда — важная составляющая развития городского общественного транспорта Средства, поступающие от оплаты проезда, направляются на развитие системы городского общественного транспорта, обеспечение ее стабильной работы и дальнейшее улучшение инфраструктуры. ✔️Просим всех пассажиров оплачивать проезд сразу при посадке в автобус. В целях обеспечения своевременной оплаты проезда на городских автобусных маршрутах проводятся контрольные мероприятия. 👮♂️Работа контролеров осуществляется в плановом порядке на основе анализа данных, полученных с помощью специального программного обеспечения, и их сопоставления с предыдущим периодом. При этом выбираются именно те маршруты, где наблюдается высокий пассажиропоток, но снизились поступления от оплаты проезда, и инспекторы ежедневно в усиленном режиме организовывают на них целевые рейды.
С 1 по 18 сентября 2026 года в отношении 11 733 пассажиров, ехавших в автобусах без билета, были оформлены административные протоколы на основании части 5 статьи 144 Кодекса об административной ответственности.✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Shahar — hammamiz uchun umumiy makon.
Har kuni avtobusdan foydalanamiz, suv ichamiz, chiqindi xizmatidan foydalanamiz, avtomobilimizni parkovkaga qo‘yamiz. Bu oddiy kundalik jarayonlarning har biri ortida esa odamlar mehnati, texnika, infratuzilma va xarajatlar turadi.
Xizmatdan foydalanish bilan birga, unga mas’uliyatli munosabat ham shakllanadi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan to‘lovlar xizmatlarning barqaror ishlashi, rivojlanishi va shaharimiz yanada qulay bo‘lishiga xizmat qiladi.
Bu borada shahar aholisining o‘zi qanday fikrda?
Videoda toshkentliklardan so‘radik: xizmatdan foydalangan bo‘lsak, uning haqini to‘lashga qanday munosabatdamiz?
Chunki qulay shahar faqat infratuzilma bilan emas, o‘zaro hurmat va mas’uliyat bilan ham yaratiladi.
—
Город — это пространство, которым мы пользуемся вместе.
Каждый день мы ездим на автобусах, пользуемся водой, услугами по вывозу отходов, оставляем автомобили на парковках. За этими привычными вещами стоят труд людей, техника, инфраструктура и постоянные расходы.
Пользование городской услугой предполагает и ответственное отношение к ней. Своевременная оплата помогает сохранять стабильную работу сервисов, развивать их и делать городскую среду комфортнее для всех.
А что думают об этом сами жители?
В нашем видео мы спросили ташкентцев: если мы пользуемся услугой, насколько естественно для нас оплачивать её?
Ведь удобный город создаётся не только инфраструктурой, но и взаимным уважением и ответственностью каждого из нас.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
RASMIY MUNOSABAT!
Joriy yilning 18-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi 18-avtobus saroyiga qarashli 11-sonli avtobusning texnik nosoz holatda ekanligi aks etgan videolavha tarqalgan edi.
Mazkur videolavhada aks etgan holat 4 oy oldin avtosaroy muhandisiga tezkor ma’lumot sifatida taqdim etish uchun haydovchi tomonidan suratga olingan va shu vaqtda tezkor choralar ko’rilgan.
Hozirgi kunda ushbu saroy raqami 380-bo’lgan avtobus texnik soz holatda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatayotganligini ma’lum qilamiz.Shu o'rinda eslatib o‘tamiz: Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasiga binoan: Jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50–100 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi! ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
TEKSHIRUV NATIJALARI YUZASIDAN QO‘SHIMCHA MA’LUMOT
Avval ma’lum qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda keltirilgan haydovchilarning e’tirozlarini haqqoniy va to‘liq o‘rganish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan edi.
Mazkur ishchi guruh tomonidan “18-avtobus saroyi” filialida tegishli o‘rganish va tekshiruv ishlari olib borildi.
Tekshiruv davomida haydovchilarning mehnat faoliyati, ish vaqti, bajargan qatnovlari, yo‘nalishdagi harakatlari, sodir etilgan qoidabuzarliklar hamda ularga hisoblangan ish haqi bilan bog‘liq ma’lumotlar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, haydovchilarning ish haqi noto‘g‘ri hisoblangani yoki ularga belgilangan tartibdan kam miqdorda oylik maosh to‘langani holatlari aniqlanmadi.
Shuningdek, ayrim haydovchilarga ish faoliyati davomida yo‘l harakati va belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli tegishli tartibda jarimalar qo‘llanilgani aniqlandi. Mazkur jarimalar haydovchilarning ish haqi hisob-kitoblarida amaldagi tartib va belgilangan mezonlar asosida inobatga olingan.
Shu bilan birga, tekshiruv davomida videomurojaatda bildirilgan ayrim e’tirozlar ish haqi hisob-kitoblari bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlar ekani ma’lum bo‘ldi.
Shunga qaramay, ishchi guruh tomonidan haydovchilarning murojaatlari va e’tirozlari to‘liq o‘rganilib, har bir holatga alohida huquqiy va amaliy baho berildi.
“Toshshahartransxizmat” AJ fuqarolar va xodimlarning murojaatlarini ochiq va xolis ko‘rib chiqish, mehnatga haq to‘lashda qonuniylik va adolat tamoyillariga rioya etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Repost from Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
⚡️ DIQQAT, E’LON!
Chingiz Aytmatov ko‘chasida olib borilayotgan kommunal soha ta’mirlash ishlari sababli, 88-sonli avtobus yo‘nalishining “M. Yusuf ko‘chasi” so‘nggi bekati tomon harakat chizmasi vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
🔹 Vaqtinchalik harakat yo‘nalishi: Avtobuslar Chingiz Aytmatov ko‘chasini chetlab o‘tib, Kichik halqa yo‘li, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik va Parkent ko‘chalari orqali harakatlanadi.
⚠️ Mazkur hududda transport oqimining ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjudligi sababli, qatnov oraliq intervallari uzayishi hamda yo‘nalish harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
#INFOGRAFIKA
YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT!
"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 164 ta yoʻnalish mavjud.
👥 Joriy yilnng 18-sentabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 372 130 nafar yoʻlovchi tashildi.📈 Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi:
🚌 8- yoʻnalish ( Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha) — 5 220 nafar yoʻlovchi; 🚌 131- yoʻnalish ( Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) — 5 198 nafar yoʻlovchi; 🚌 24- yoʻnalish ( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) —4 889 nafar yoʻlovchi; 🚌 9T - yoʻnalish ( Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali) — 4 877nafar yoʻlovchi; 🚌 116- yoʻnalish ( Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor buyum bozori) — 4 321 nafar yoʻlovchi tashildi.✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
RASMIY MUNOSABAT
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi 2-avtobus saroyiga qarashli avtobus nosoz holatda qolib ketgani hamda uni olib kelish uchun texnik yordam avtomobili yuborilgani aks etgan videolavha tarqalmoqda.
📹 Mazkur videolavha yuzasidan o‘rganish olib borilganda, unda aks etgan holat 2024-yil sentabr oyida sodir bo‘lga! Ya’ni, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videodagi voqea bugungi kundagi holat emas.
🚍 Shuningdek, videolavhada avtobus texnik yordam avtomobili yordamida olib kelingani, buning natijasida yoqilg‘i sarfi yuzaga kelgani hamda avtobus go‘yoki avtobus saroyidan chiqarilib, boshqa hududga olib borilgach, aynan o‘sha yerda nosoz holga kelgani haqida turli xulosalar bildirilgan.
📇 Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida avtobuslar harakatini nazorat qilish va monitoring qilish jarayonlari to’liq raqamlashtirilgan. Avtobuslarning harakat yo‘nalishi, joylashuvi, harakatlanish vaqti hamda texnik nosozlik yuzaga kelgan holatlarda transport vositasining qayerda to‘xtagani GPS tizimi orqali aniqlanib, tegishli ma’lumotlar nazorat qilinadi.
👍 Mazkur tizim orqali avtobusning yo‘nalishdan chiqishi, harakatlanish jarayoni va texnik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlarni aniq ma’lumotlar asosida tahlil qilish imkoniyati mavjud.
👍 Ijtimoiy tarmoqlarda avvalgi yillarda sodir bo‘lgan holatlarga oid videomateriallarning bugungi kundagi vaziyat sifatida qayta tarqatilishi jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvur shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
👍 Shu o'rinda eslatib o‘tamiz: Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasiga binoan: Jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50–100 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi!
👍 “Toshshahartransxizmat” AJ jamoatchilikni Jamiyat faoliyatiga oid holatlar yuzasidan rasmiy va tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanishga chaqiradi.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
⭕️⭕️⭕️⭕️
Joriy yilning 17-sentabr kuni soat 18:45larda, ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilarining oylik maoshi kechikayotganligi va to’lovlardagi noaniqliklar xususida haydovchilarning e’tirozi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
"Toshshahartransxizmat" AJning 8 ta avtobus saroyi filiallarida xizmat ko'rsatuvchi avtobus haydovchilarining oylik maoshlari quyidagi tartibda hisoblanadi:
- Ishlangan oy tugagach keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar haydovchilarning 1 oyda ishlagan ish soati, bajargan qatnovlar soni, muntazamligi hisoblab tekshiriladi.
- Keyin esa, haydovchining bir oy davomida yo'nalishda harakatlangan vaqtda sodir etgan qoidabuzarliklari tekshiriladi.
Barcha ma'lumotlar yig'ilgandan so'ng, keyingi oyning 10-sanasidan oylik maoshining aniq hisobi chiqariladi. Shundan so'ng, belgilangan oylik maoshlari haydovchilarga to'lana boshlaydi.
Ta’kidlash kerakki, avgust oyi uchun hisoblangan oylik maoshlari barcha haydovchilarga 15-sentabr kunidan boshlab to’lanishi boshlangan.Videomurojaatda haydovchilar tomonidan keltirilayotgan e’tirozlarni haqqoniy va to’liq tekshirish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJning mas’ul xodimlaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruh tuzildi. Haydovchilarning barcha e’tirozlari birma-bir tekshirilishi va kamchiliklar kuzatilgan taqdirda tegishli mas’ullarga belgilangan tartibda chora ko’rilishi ta’minlanadi. Tekshiruv natijalari asosida ushbu holat bo’yicha qo’shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma'lum qilamiz. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
#INFOGRAFIKA
YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT!
"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 165 ta yoʻnalish mavjud.
👥 Joriy yilnng 17-sentabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 06:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 382 110 nafar yoʻlovchi tashildi.📈 Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi:
🚌 131- yoʻnalish ( Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) — 5 379 nafar yoʻlovchi; 🚌 8- yoʻnalish ( Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha) — 5 057 nafar yoʻlovchi; 🚌 9T - yoʻnalish ( Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali) — 4 909 nafar yoʻlovchi; 🚌 24- yoʻnalish ( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) —4 534 nafar yoʻlovchi; 🚌 38- yoʻnalish ( Olmazor mahallasi – O’zbekqishloqmash zavodi) — 4 412 nafar yoʻlovchi tashildi.✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
YO‘LOVCHILAR OQIMI BO‘YICHA KUNLIK MA'LUMOT!
"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida bugungi kunda jami 165 ta yoʻnalish mavjud.
👥 Joriy yilnng 16-sentabr kuni ertalabki tigʻiz vaqt (pik soatlar) — soat 07:00 dan 10:00 gacha boʻlgan davrda jami 343 997 nafar yoʻlovchi tashildi.📈 Mazkur davrda quyidagi yo‘nalishlarda yoʻlovchilar oqimi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi:
🚌 131- yoʻnalish ( Do’stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi) — 5 166 nafar yoʻlovchi; 🚌 116- yoʻnalish ( Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor buyum bozori) — 4 402 nafar yoʻlovchi; 🚌 24- yoʻnalish ( TTZ AShB – Yunusobod mavzesi 6-daha) — 4 131 nafar yoʻlovchi; 🚌 38- yoʻnalish ( Olmazor mahallasi – O’zbekqishloqmash zavodi) — 3 661 nafar yoʻlovchi tashildi.Shu bilan birga, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan 165 ta yo‘nalishlarda 1 kun davomida jami 1 491 117 nafar yoʻlovchi tashilmoqda. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Repost from АТТО
+1
2026-yil avgust oyida almashinuv tariflari bo‘yicha natijalar — raqamlarda.
ATTO oyning asosiy ko‘rsatkichlarini taqdim etadi: transport va virtual kartalar orqali amalga oshirilgan sayrlar soni hamda almashinuv tariflari hisobiga tejalgan mablag‘.
🔹 ATTO transport va virtual kartalari orqali jamoat transportida 9,1 mln dan ortiq sayr amalga oshirildi
🔹 Avtobuslarda sayrlar soni — 7,1 mln
🔹 Metropolitenda sayrlar soni — 1,9 mln
🔹 2026-yil avgust oyida yo‘lovchilar almashinuv tariflari hisobiga 2,5 mlrd so‘m tejadi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!
Итоги августа 2026 года по пересадочным тарифам — в цифрах. ATTO представляет ключевые показатели месяца: сколько поездок совершили пассажиры по транспортным и виртуальным картам, а также сколько удалось сэкономить благодаря пересадочным тарифам. 🔹 В общественном транспорте по транспортным и виртуальным картам ATTO было совершено более 9,1 млн поездок 🔹 Количество поездок на автобусах — 7,1 млн 🔹 Количество поездок в метрополитене — 1,9 млн 🔹 В августе 2026 года пассажиры сэкономили 2,5 млрд сумов благодаря пересадочным тарифам. 🌐 Следите за нами в социальных сетях!
