uk
Feedback
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

Відкрити в Telegram

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi: E-mail: info@tashbus.uz Call center: 1062 Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy

Показати більше
5 616
Підписники
-924 години
-227 днів
+130 день
Архів дописів
Repost from Otabek Hasanov
#25_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 🗞📰"O‘zbekiston ovozi" gazetasi| Yo‘llarda harakatlanish madaniyati: Biz qachon bunga amal qilamiz? Ushbu mavzu yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Malika Abdullayeva va 12-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi Jasurbek Toshevlarning fikrlari bilan ushbu maqolada tanishishingiz mumkin. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

✅✅✅✅✅ Joriy yilning 2-iyul kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “8-Avtobus saroyi” filiali hududida avtobus va elektrobuslar avt
✅✅✅✅✅ Joriy yilning 2-iyul kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “8-Avtobus saroyi” filiali hududida avtobus va elektrobuslar avtoshinalari hamda ehtiyot qismlar tanqisligi sababli haydovchilar yo‘nalishlarga chiqmayotgani va ishsiz qolgani mazmunidagi videolavha tarqatildi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: “8-Avtobus saroyi” filiali tomonidan kunlik harakat rejasiga muvofiq yo‘nalishlarga chiqarilishi belgilangan avtobus va elektrobuslarning to‘liq xizmatga chiqishi ta’minlanmoqda. Videolavhada aks etgan saroy raqamlari 006, 509, 524, 536, 551, 553, 588, 595 va 623 bo‘lgan harakat tarkiblari esa tegishli yo‘nalishlarga zahira harakat tarkibi sifatida biriktirilgan. Shuningdek, videoda ko‘rsatilgan ayrim avtobus va elektrobuslarda reja asosida texnik xizmat ko‘rsatish hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lib, ulardagi avtoshinalar belgilangan me’yoriy foydalanish muddatini o‘taganligi sababli yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur texnik tadbirlar harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida olib borilmoqda. Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonidagi harakat tarkiblariga biriktirilgan haydovchilar esa boshqa texnik soz avtobus va elektrobuslarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga jalb etilgan bo‘lib, ularning mehnat faoliyati uzluksiz tashkil etilgan. Mazkur videolavha “8-Avtobus saroyi” filiali hududida, “18-Avtobus saroyi” filiali haydovchisi tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, haydovchi holat yuzasidan aniq maʼlumotga ega bo‘lmay turib tasdiqlanmagan ma'lumotni ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan. Natijada jamoatchilik orasida “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati yuzasidan noto‘g‘ri tasavvur shakllanishiga sabab bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, uning yakunlari bo‘yicha amaldagi mehnat qonunchiligi hamda Jamiyatning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi. Hurmatli fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinayotgan ishonchli ma’lumotlarga tayanishlarini hamda tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

📢 Diqqat, Toshkent shahri yo‘lovchilari! Toshkent shahrida avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgaradi 🚌🔄 Hurmatli yo‘lovchi
📢 Diqqat, Toshkent shahri yo‘lovchilari! Toshkent shahrida avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgaradi 🚌🔄 Hurmatli yo‘lovchilar, shahar infratuzilmasidagi ta’mirlash ishlari sababli muhim o‘zgarishlarni e’tiboringizga havola qilamiz. ⛔️ Cheklov: 2026-yil 1-iyul soat 22:00 dan 12-iyul soat 06:00 gacha Mustaqillik ko‘chasining (M.Ulug‘bek ko‘chasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha) qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Yo‘nalishlardagi o‘zgarishlar: 🟢 17-, 24-, 60-sonli avtobuslar: Ushbu yo‘nalishlar endilikda M.Ulug‘bek, Parkent, Kichik halqa yo‘li, Katta Darxon, Oqqo‘rg‘on va Mustaqillik ko‘chalari orqali harakatlanadi. 🔴 83- va 199-sonli avtobuslar: Harakat vaqtincha M.Ulug‘bek ko‘chasidagi "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti" bekatida qisqartiriladi. 💡 Tavsiya: Oqqo‘rg‘on ko‘chasi va Ekskavator zavodi bekatlariga yetib olish uchun 17-, 24- yoki 60-yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi. ⚠️ Muhim eslatma: Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi sababli, avtobuslar qatnovi rejadagidan biroz kechikishi ehtimoli bor. Vaziyatdan kelib chiqib, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. 📢 Iltimos, qatnovlaringizni oldindan rejalashtirib oling!

❗️Yo'lovchilar diqqatiga!!! Mustaqillik shoh ko'chasida transport vositalari harakatida ayrim cheklovlar o'rnatiladi Yo‘l inf
❗️Yo'lovchilar diqqatiga!!! Mustaqillik shoh ko'chasida transport vositalari harakatida ayrim cheklovlar o'rnatiladi Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini yanada tartibga solish hamda jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ishlarni sifatli va xavfsiz tashkil etish maqsadida quyidagi muddatlarda transport harakatiga vaqtincha cheklovlar kiritiladi: — 2026-yil 2-iyul soat 01:00 dan 13-iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko'chasi bo'ylab, Mirzo Ulug'bek ko'chasi kesishmasidan Oqqo'rg'on ko'chasigacha yo'nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi (Yo‘l harakatiga tushadigan yuklamani kamaytirish, tirbandliklarning oldini olish hamda haydovchilar uchun noqulayliklarni minimallashtirish maqsadida qurilish ishlari davomida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida yo‘l harakati holatidan kelib chiqib, vaqti-vaqti bilan ikki tomonlama harakat tashkil etilishi mumkin.).

#Yoshlar_siyosati #30_iyun_Yoshlar_kuni #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi ⚡️ Yoshlar – taraqqiyot va yangilanishning muhim kuchi! "Toshshahartransxizmat" AJda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. 🔘30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Jamiyat Boshqaruv raisi Aziz Xujanov va tizimda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 💬
Uchrashuv davomida yosh xodimlarning kasbiy faoliyatiga oid taklif va tashabbuslari, mavjud muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikrlari tinglandi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ulardan samarali foydalanish, malaka va salohiyatni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🗣 Muloqot davomida Jamiyat Boshqaruv raisi Aziz Xujanov yoshlarning har bir tashabbusi va g‘oyasi Jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda bildirilgan takliflarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini alohida qayd etdi. 🏅 Tadbir yakunida tizimda o‘zining fidokorona mehnati, yuqori mas'uliyati va tashabbuskorligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh yosh xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🤝 "Toshshahartransxizmat" AJ yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda kelgusida ham samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratishda davom etadi. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

⭕️⭕️⭕️⭕️ 11-sonli avtobusning sanitar va texnik holati talab darajasida emasligi haqida joylashtirilgan post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT! ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

Murojaatlar e'tiborda – yechimlar amalda! 📇 2026-yil 26-iyun kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
👥 Qabul davomida Jamiyat Boshqaruv raisi A.Xujanov va uning o‘rinbosarlari fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini bevosita tinglab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar berdi. 🚌 Murojaatlar asosan jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, yo‘nalishlar faoliyati, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda sohaga oid boshqa dolzarb masalalarni qamrab oldi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik asosida zarur tushuntirishlar berildi.
📌 "Toshshahartransxizmat" AJ uchun fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganish, ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi hamda bu kabi ochiq muloqotlar davom ettiriladi. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va matbuot sohasi fidoyilari! Sizlarni 27-iyun — Matbu
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va matbuot sohasi fidoyilari! Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! Jamiyat va taraqqiyot o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tayotgan matbuot vakillari har bir voqea va yangilikni xalqimizga tezkor, xolis va haqqoniy yetkazish orqali yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz tufayli jamiyat hayotidagi muhim o‘zgarishlar, islohotlar va ezgu tashabbuslar keng jamoatchilikka yetib boradi. Bugungi axborot asrida jurnalist va blogerlarning mas’uliyati yanada ortib bormoqda. Haqiqatni izlash, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish yo‘lidagi fidokorona faoliyatingiz har qanday e’tirofga munosibdir. "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini keng yoritishda, poytaxt jamoat transporti tizimidagi yangilanishlar, yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklar hamda sohadagi dolzarb masalalarni aholiga yetkazishda ko‘rsatib kelayotgan hamkorligingiz uchun alohida minnatdorlik bildiramiz. Sizlarning qalamingiz o‘tkir, nigohingiz teran, so‘zingiz ta’sirchan bo‘lsin. Har bir ijodiy izlanishingiz yangi yutuqlar, kasbiy muvaffaqiyatlar va yuksak e’tiroflarga olib kelsin. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

Repost from Otabek Hasanov
#24_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

📣 ВНИМАНИЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ! 👥 В соответствии с требованиями Закона Республики Узбекистан «Об обращениях физических и юридических лиц» АО «Ташшахартрансизмат» планирует провести очередной выездной прием для граждан и представителей юридических лиц. 🚌 В ходе выездного приема будут приниматься обращения по вопросам повышения качества услуг общественного транспорта, развития предпринимательской деятельности и другим вопросам, связанным с отраслью, а также предоставляться соответствующие разъяснения. 📅 Дата мероприятия: 26 июня 🕖 Начало: 16:00 📌 Место проведения: Мирзо-Улугбекский район, улица Шаббода, дом 2, корпус «5-Автобус саройи». 📌 Всех граждан и представителей организаций, желающих принять участие в выездном приеме, просят прийти по указанному адресу в назначенное время.

📣 DIQQAT E’LON! 👥 “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatl
📣 DIQQAT E’LON! 👥 “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq fuqarolar hamda yuridik shaxslar vakillari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🚌 Mazkur sayyor qabul davomida jamoat transportida xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi hamda tegishli tushuntirishlar beriladi. 📅O‘tkazilish sanasi: 26-iyun 🕖 Boshlanish vaqti: soat 16:00 📌O‘tkazilish joyi: Mirzo Ulug’bek tumani, Shabboda ko’chasi, 2-uy. “5-Avtobus saroyi” binosi. 📌 Sayyor qabulda ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha fuqarolar va tashkilotlar vakillari belgilangan vaqtda ko‘rsatilgan manzilga kelishlari so‘raladi. ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🚌 Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda Toshkentda avtobuslar h
🚌 Toshkentda jamoat transporti ustuvorligi kuchaymoqda: “A” yo‘laklariga deliniatorlar o‘rnatilmoqda Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etmoqda. Magic City hududidagi Furqat ko‘chasidan Xalqlar do‘stligi saroyi atrofidagi Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida “A” yo‘lagi uchun maxsus yo‘l chiziqlari chizildi. Shuningdek, ushbu yo‘lakni umumiy transport oqimidan ajratishga xizmat qiluvchi deliniatorlar — jismoniy ajratuvchi elementlar o‘rnatilmoqda. Bu poytaxt uchun muhim yangilik hisoblanadi. Endilikda jamoat transportiga berilayotgan ustuvorlik faqat yo‘l chizig‘i bilan emas, balki yo‘lakni yanada ko‘rinadigan, tushunarli va intizomga chorlovchi qo‘shimcha elementlar bilan ham mustahkamlanmoqda. 📊 Bu nima uchun kerak? Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, AQSh, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya, shuningdek, Baku shahrida avtobuslar uchun ajratilgan alohida yo‘laklar jamoat transporti harakat tezligini oshirish, tig‘iz vaqtlarda kechikishlarni kamaytirish hamda avtobuslar qatnov jadvalini barqarorlashtirishga xizmat qilmoqda. Yirik megapolislar bunday yechimlardan tirbandliklarni kamaytirish va jamoat transporti jozibadorligini oshirishning muhim vositalaridan biri sifatida foydalanmoqda. Deliniatorlar esa alohida yo‘lak samaradorligini yanada kuchaytiradi: ular begona avtomobillarning avtobus yo‘lagiga kirib ketish ehtimolini kamaytiradi, tartibsiz qayta saflanishlarning oldini oladi va haydovchilarga jamoat transporti ustuvorligi qayerdan boshlanishini oldindan aniq ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki, joriy yil davomida Toshkentning 30 dan ortiq ko‘chasida “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishlarda deliniatorlar va jamoat transporti samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa elementlar ham bosqichma-bosqich qo‘llanadi. Asosiy maqsad — Toshkentda avtobuslar harakatini tezroq, barqarorroq va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan tizimga aylantirish. Jamoat transporti real ustuvorlikka ega bo‘lsa, bundan minglab yo‘lovchilar yutadi: yo‘lda sarflanadigan vaqt qisqaradi, qatnov qulayligi oshadi, yo‘llardagi yuklama kamayadi va zamonaviy shahar harakati madaniyati shakllanadi.

⭕️⭕️⭕️⭕️ “King Long” rusumli avtobus va piyoda ishtirokida sodir boʼlgan yoʼl-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MА’LUMOT! ​
⭕️⭕️⭕️⭕️ “King Long” rusumli avtobus va piyoda ishtirokida sodir boʼlgan yoʼl-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MА’LUMOT! ​2026-yilning 21-iyun kuni soat 21:00larda “4-Avtobus saroyi” filiali tasarrufida boʼlgan, “King Long” rusumli, davlat raqami 01|395 MKA, saroy raqami 335-boʼlgan, 38-sonli yoʼnalishda harakatlanadigan avtobus haydovchisi Z.D. (umumiy mehnat faoliyati 18 yil, avtobus saroyida 12 yil) boshqaruvida boʼlgan avtobusni Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli koʼchasi boʼylab Janubiy vokzal tomonga boshqarib borayotib, tartibga solingan piyodalar oʼtish joyidan svetaforning taqiqlovchi qizil chirogʼida yugurib oʼtgan piyoda A.A.ni (2000-yilda tug’ilgan) urib yuborgan. ​Аvtobus haydovchisi zudlik bilan avtobus harakatini toʼxtatib, piyodani tez tibbiy yordam avtomobilida 16-sonli RShTTYoKIMga olib borgan. Ushbu sodir etilgan yo’l-transport hodisasi oʼrnatilgan tartibda Toshkent shahar IIBB masʼul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganligini ma’lum qilamiz. 📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda e’tiborli bo’lishingizni va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz! ✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

Yoz mavsumida yo‘lovchilarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari kuchaytirildi. Bugungi kunda poytaxt yer usti shahar transporti 169 ta yo‘nalishlarga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda, yilning istalgan vaqtida yo‘lovchilar uchun qulay, sifatli va xavfsiz tashuv xizmatlarini tashkil etish soha mutasaddilari oldidagi asosiy vazifadir. Shu nuqtayi nazardan, Toshkent shahri avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnomasiga muvofiq sifat mezonlarining tashuvchilar tomonidan bajarilishini ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari kuchaytirildi. Tashqi havo harorati +28°C dan yuqori bo‘lgan hollarda avtobus va elektrobuslar salonlarida sovitish tizimlari (konditsionerlar)dan foydalanish hamda salon ichidagi haroratni +26°C darajada saqlash belgilangan. Transport vazirining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh brutto-shartnomasiga muvofiq sifat mezonlarining bajarilish holatlari yo‘nalishlarga chiqqan holda nazorat qilishmoqda.   В целях обеспечения комфортного и качественного обслуживания пассажиров в летний сезон усилены контрольные мероприятия. На сегодняшний день наземный городской транспорт столицы обслуживает пассажиров на 169 маршрутах. Организация удобных, качественных и безопасных перевозок для пассажиров в любое время года является основной задачей ответственных лиц отрасли. С этой точки зрения, на автобусных маршрутах города Ташкента усилен контроль за соблюдением перевозчиками критериев качества в соответствии с брутто-контрактом. Установлено, что при температуре наружного воздуха выше +28°C в салонах автобусов и электробусов должны использоваться системы охлаждения (кондиционеры) и поддерживаться температура на уровне +26°C. На основании соответствующего поручения министра транспорта рабочая группа во главе с начальником Главного управления развития транспорта и дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента и председателем правления АО "Тошшахартрансхизмат" осуществляет контроль за выполнением критериев качества в соответствии с брутто-контрактом, выезжая непосредственно на маршруты.

⚡️⚡️E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!⚡️⚡️ ⛔️ 2026 yil 19-iyun soat 23:00 dan 22-iyun soat 06:00 gacha Toshkent shahridagi Kichik
⚡️⚡️E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!⚡️⚡️ ⛔️ 2026 yil 19-iyun soat 23:00 dan 22-iyun soat 06:00 gacha Toshkent shahridagi Kichik halqa yo'lining Bunyodkor ko'chasidan (Chilonzor metrosi) Dilxush ko'chasigacha bo'lgan qismida hamda Do'mbirabod-Kichik halqa yo'li ko'chalari kesishmasida harakat cheklanishi munosabati sababli,Do'mbirabod ko'chasi orqali harakatlanuvchi 103- va 125-sonli avtobus yo'nalishlari harakati Kichik halqa yo'li, Bunyodkor shox ko'chasi orqali vaqtinchalik o'zgartiriladi. ⚠️ Eslatma: Cheklovlar davomida ko‘chalarda tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. 🕒 Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkin. 📢 Hurmatli yoʻlovchilar! Iltimos, qatnovlaringizni oldindan rejalashtiring

Repost from MARKAZ XABARLARI
#23_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.

Repost from N/a
🇺🇿 Bir jamoa — bir yurt — bir maqsad! 🇺🇿 ⚽️ Bugun millionlab yurtdoshlarimiz qalbi bitta maqsad yo‘lida birlashadi. O‘zbekiston terma jamoasi — OQ BO‘RILARIMIZ maydonda, xalqimiz esa ular bilan bir safda! 🚌 "Toshshahartransxizmat" AJ jamoasi nomidan futbolchilarimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va yorqin g‘alabalar tilaymiz. 🔥 Oq bo‘rilar, oldinga! 🇺🇿 Yurt sharafi uchun! ⚽️ G‘alaba sari! 📲Telegram

Repost from OQ BOʻRI
Президентимиз 18 июнь куни барча давлат ташкилотларида иш вақтини соат 10:00 да бошланишини белгилаб бердилар.
✈️Бизни кузатинг
🫥Oq boʻri

Внимание для граждан, имеющих льготы на общественном транспорте! Ваша социальная транспортная карта будет заменена на социаль
Внимание для граждан, имеющих льготы на общественном транспорте! Ваша социальная транспортная карта будет заменена на социальную карту Baraka. 💳Ранее отдельные категории граждан, имеющие льготы, получали социальные транспортные карты для бесплатного пользования городским транспортом. Теперь вместо специальных транспортных карт эти граждане будут использовать карту Baraka. 🧾При предъявлении карты Baraka на терминалах ATTO в общественном транспорте система автоматически определит вашу льготную категорию и не спишет средства за проезд. Категории граждан, имеющих право на бесплатный проезд в общественном транспорте:
❇️ Военнослужащие, являющиеся участниками Великой Отечественной войны 1941–1945 годов; ❇️Инвалиды Великой Отечественной войны 1941–1945 годов и лица, сопровождающие инвалидов I группы; ❇️Граждане, являющиеся ветеранами боевых действий в Республике Афганистан и на территориях других государств; ❇️Военнослужащие, проходящие действительную срочную военную службу, а также рядовой и сержантский состав по контракту; ❇️Лица, получившие лучевую болезнь и перенесшие её вследствие аварии на Чернобыльской АЭС; ❇️Лица, награжденные орденами и медалями за самоотверженный труд и безупречную военную службу в тылу в период Великой Отечественной войны 1941–1945 годов; ❇️Слепые инвалиды и лица, сопровождающие их в поездках; ❇️Пожилые люди и инвалиды, нуждающиеся в постороннем уходе, а также лица, осуществляющие за ними присмотр.
Карта Baraka может использоваться одновременно как документ, удостоверяющий личность, как проездной билет, а также для управления социальными выплатами и пособиями. Скачать приложение 📞 Горячая линия: 1070 🌐 Подробнее: baraka.gov.uz Telegram| YouTube | Instagram | Facebook | X.com | TikTok