fa
Feedback
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati

رفتن به کانال در Telegram

"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi: E-mail: info@tashbus.uz Call center: 1062 Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy

نمایش بیشتر
5 555
مشترکین
-724 ساعت
-247 روز
-5130 روز
آرشیو پست ها
YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!   Bugun jonajon diyorimizning barcha tuman, shahar-u mahallalarida eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 35 yilligi nafasi ufurmoqda.   Mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha sohalar qatori bugun transport tizimida xizmat qilayotgan ming-minglab yurtdoshlarimiz ko‘ksida faxr-u iftixor jo‘sh urmoqda.   Yangi O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lida soha vakillari  ham o‘z ulushi bilan ildam borayotgani, barcha niyatlar va intilishlar Vatan taraqqiyotiga  munosib hissa qo‘shish orzusini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan maqsadlar bilan mushtarakdir.   Zero,  Mustaqilligimiz 35 yilligi bosh g‘oyasida aytilganidek, Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!   Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!     ЕДИНОЙ РОДИНОЙ, ЕДИНЫМ НАРОДОМ МЫ ПОСТРОИМ НОВУЮ ЖИЗНЬ, НОВОЕ БУДУЩЕЕ!   Сегодня во всех районах, городах и махаллях нашей родной земли ощущается дыхание самого великого и самого дорогого для каждого из нас праздника — 35-летия Независимости Узбекистана.   Наряду с представителями всех отраслей, вносящих свой достойный вклад в развитие страны, сердца тысяч наших граждан, трудящихся в транспортной системе, переполняет чувство гордости и ответственности за свою Родину.   Представители транспортной сферы также уверенно идут по пути развития Нового Узбекистана, участвуя в реализaции важных преобразований. Все их намерения и стремления созвучны единой цели — воплотить в жизнь мечту о достойном вкладе в развитие и процветание нашего государства.   Сейчас особенно значимо для каждого из нас звучит основная идея 35-летия нашей Независимости - Единой Родиной, единым народом мы построим новую жизнь, новое будущее!   С 35-летием Независимости нашей Родины!

🌍 Jamoat transporti yangiliklari dayjesti 🚌 Avtobuslar endi tirbandlikda qolib ketmaydi Jamoat transporti harakatini tezlashtirish va avtobuslarning tirbandliklarda vaqt yo‘qotishini kamaytirishga qaratilgan yangi yechimlar joriy etilmoqda. 🇭🇺 Vengriyada sayyohlik avtobusi YTHga uchradi M3 avtomagistralida polshalik ziyoratchilarni olib ketayotgan yirik sayyohlik avtobusi yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketdi. 🌐 Busworld 2026 ko‘rgazmasida yangi avtobuslar taqdim etildi Ko‘rgazmada jamoat transporti uchun mo‘ljallangan yangi avlod avtobuslari hamda zamonaviy transport texnologiyalari namoyish qilindi. 📹 Batafsil — dayjestimizda! ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

📢 E’LON! 🚌 Yo‘lovchilar diqqatiga! 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Yutong Holdco Ca” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan avtotransport vositasini tajriba uchun vaqtinchalik foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, 2026-yil 12-avgustdan boshlab yangi elektrobus tajriba-sinov tariqasida yo‘nalishga chiqariladi. 🔹 Tajriba-sinov jarayonlari “1-avtobus saroyi” filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 26-sonli “Majnuntol mahallasi — Oloy bozori” avtobus yo‘nalishida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda amaldagi avtobuslar bilan birgalikda 1 dona YUTONG ZK6890BEVG rusumli elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. ⚡️ Tajriba-sinov jarayonlari bir oy davom etadi. Sinov davomida elektrobusning Toshkent shahri sharoitidagi texnik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishdagi qulayligi hamda samaradorligi o‘rganiladi. 📹 Mazkur elektrobusning yo‘nalishdagi faoliyati va tajriba-sinov jarayonlari haqida batafsil ma’lumotni ertaga bevosita yo‘nalishdan taqdim etamiz. 🚌 “Toshshahartransxizmat” AJ — yo‘lovchilarga zamonaviy, qulay va sifatli transport xizmatini taqdim etish yo‘lida. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va muqaddas qadriyati! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35
+9
🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va muqaddas qadriyati! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” AJ “12-Avtobus saroyi” filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi. 👍 Tadbirda korxona rahbariyati va xodimlari ishtirok etib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida fikr bildirildi. Shuningdek, Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va jamoaning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. 🎁 Bayram munosabati bilan korxonada samarali mehnat qilib kelayotgan barcha xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa jamoa a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va hurmatning yana bir ifodasi bo‘ldi. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! #Mustaqillik35 #Toshshahartransxizmat #12AvtobusSaroyi #MustaqillikBayrami ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

📢 AVTOBUS HAYDOVCHILARINI ISHGA TAKLIF ETAMIZ! 🚌 “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus haydovchilarini o‘z jamoasiga ishga taklif etadi! 💰 Oylik ish haqi: 10 000 000 so‘mdan 15 000 000 so‘mgacha.
✅ Barqaror ish o‘rni ✅ Munosib va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi ✅ Qulay mehnat sharoitlari ✅ Rasmiy ish bilan ta’minlash
👨‍✈️ Siz tajribali avtobus haydovchisimisiz? Unda bizning jamoaga qo‘shiling! 🚌 Shahar harakatiga hissa qo‘shing — biz bilan birga ishlang! ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❓ 🚌 “Bilasizmi?” sahifamizning bugungi sonida 2015-yilda qayta tashkil etilgan 5-sonli “Feruza mavzesi — Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishi haqida ma’lumot beramiz. ⏰ Mazkur yo‘nalish har kuni soat 05:30 dan 23:30 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 📍 Yo‘nalish poytaxtimizning Yashnobod va Mirobod tumanlari hududlari orqali harakatlanib, shaharning muhim nuqtalarini o‘zaro bog‘laydi. 🚌 Bir kunda mazkur yo‘nalishda jami 13 ta avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishga chiqariladi. 💬 Siz 5-sonli avtobus yo‘nalishidan foydalanganmisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

RASMIY MUNOSABAT 📱 Ijtimoiy tarmoqdagi “Вслух News” kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
+3
RASMIY MUNOSABAT 📱 Ijtimoiy tarmoqdagi “Вслух News” kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 👍 Mazkur murojaatda qayd etilgan holat o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, holat 2026-yil 13-avgust kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi 2-avtobus saroyi filialiga tegishli, Yutong rusumli, davlat raqami 01 419 PKA bo‘lgan, 16-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi bilan bog‘liq. 👍 O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur avtobus haydovchisiga nisbatan belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi. 🚏 “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, haydovchilarning xizmat intizomiga rioya etishi doimiy nazoratda. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

RASMIY MUNOSABAT 👍 2026-yil 15-avgust kuni soat taxminan 16:10 da Toshkent viloyati Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on MFY, Charog‘o
RASMIY MUNOSABAT 👍 2026-yil 15-avgust kuni soat taxminan 16:10 da Toshkent viloyati Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on MFY, Charog‘on ko‘chasida “Toshshahartransxizmat” AJning 5-avtobus saroyi filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 10-sonli “Xo‘jaqo‘rg‘on MFY — Yunusobod 12-daha” avtobus yo‘nalishida harakatlanayotgan Mercedes-Benz Low Floor rusumli, saroy raqami 05-414, davlat raqami 01 481 WCA bo‘lgan avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. 👍 Holat avtobus dvigatel qismidagi elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan. 🚍 Avtobus haydovchisi yo‘lovchilarni zudlik bilan avtobusdan xavfsiz evakuatsiya qilgan hamda mavjud o‘t o‘chirish vositasi yordamida yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rgan. 🚒 Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv brigadasi yetib kelib, vaziyatni nazoratga olgan. 👍 Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. 👍 Shu zahoti avtobus ta’mirlash hududiga olib kelingan bo‘lib, tegishli mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

👍 1-sentabrdan boshlab yo‘l haqini to‘lash tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 🙂 Endilikda yo‘l haqini 1 700 so‘m to‘lash yaxshimi yoki 41 200 so‘mlik to‘lovni amalga oshirishmi? 👍 To‘lov tartibidagi yangiliklar, mavjud imkoniyatlar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar haqida batafsil ma’lumotni videomiz orqali bilib oling. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

🎥 NO COMMENT 📇 O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi, Idoralararo tezkor SHTAB ishchi guruhi, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati hamda mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan poytaxtdagi avtobus bekatlari, avtobus saroyi hamda jamoat transporti infratuzilmasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🚌 Jamoat transporti infratuzilmasi va amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi 📇 Bugun O‘zbekiston Respublikas
+6
🚌 Jamoat transporti infratuzilmasi va amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi 📇 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi, Idoralararo tezkor SHTAB ishchi guruhi, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati hamda mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrida jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash, yo‘lovchilarga yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning holatini nazorat qilish maqsadida qator obyektlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. 🚏 Dastlab ishchi guruh Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan avtobus bekatlari holatini o‘rgandi. Bekatlarda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, hududlarning obodonlashtirilishi va mavjud infratuzilma holatiga alohida e’tibor qaratildi. 🚍 Navbatdagi manzil “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi 1-avtobus saroyi bo‘ldi. Saroyda amalga oshirilgan ishlar, avtobuslarning texnik holati va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🛣 Shundan so‘ng ishchi guruh “Aviasozlar” shoh bekatida bo‘lib, bekat hududidagi mavjud holat, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar hamda infratuzilmani yanada yaxshilash masalalarini o‘rgandi. 🛤 O‘rganishlarning yakuniy manzili Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ldi. Mazkur hududda BRT yo‘lagini davom ettirish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari, jumladan, avtobuslar harakati uchun barpo etilayotgan infratuzilma obyektlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish va jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. ⚡️ O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish hamda poytaxt aholisi uchun xavfsiz, qulay va sifatli jamoat transporti xizmatini ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

RASMIY MUNOSABAT 👍 Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Toshkent Land” kanalida 2026-yil 12-avgust kuni 26-sonli “Oloy bozori — M
RASMIY MUNOSABAT 👍 Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Toshkent Land” kanalida 2026-yil 12-avgust kuni 26-sonli “Oloy bozori — Majnuntol mahallasi” avtobus yo‘nalishiga biriktirilgan, saroy raqami 156, davlat raqami 01 241 VJA bo‘lgan SAZ LE-60 rusumli avtobusning dvigatel qismida tutash holati aks etgan videolavha e’lon qilindi. 👍 Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ushbu voqea 2026-yil 30-iyul kuni sodir bo‘lgan. Avtobus o‘sha kunning o‘zida yo‘nalishdan olinib, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun filial hududiga qaytarilgan. 👍 Hozirda mazkur avtobusning dvigatel qismida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Avtobus texnik jihatdan to‘liq soz holatga keltirilgach, belgilangan tartibda yo‘nalishga qayta chiqariladi. 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati. 🌐 Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site | YouTube

#Oʻzbekiston_Respublikasi_Mustaqilligining_35_yilligiga_bagʻishlanadi #Mustaqillik35 #Toshshahartransxizmat 🇺🇿🇺🇿 Xalqimiz xizmatida — 35 yil! 🇺🇿 35 yildan buyon poytaxt ko‘chalarida yo‘lovchilarni o‘z manziliga eltib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan avtobus haydovchisi — obyektivimizda. Uning mehnat yo‘li — Vatanga sadoqat, kasbga fidoyilik va xalq xizmatida bo‘lishning yorqin namunasi. 🎥 35 yil — bir kasbga sadoqat. 35 yil — xalq xizmatida. 35 yil — Mustaqillik bilan hamnafas mehnat yo‘li.
"Yurtim buguni” 📃 Anvar Obidjon she’ri 🎙 O'qidi: Abdurasul Abdullayev
✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🏔 Jamoa birdamligi va mazmunli hordiq 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “12-Avtobus saroyi” filiali haydovchilari
+3
🏔 Jamoa birdamligi va mazmunli hordiq 📇 “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “12-Avtobus saroyi” filiali haydovchilari hamda ishchi-xodimlari uchun Jizzax viloyatining Zomin hududiga sayohat tashkil etildi. 👍 Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning maroqli hordiq chiqarishiga ko‘maklashish hamda jamoa o‘rtasidagi birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashdan iborat. 🌿 Sayohat davomida xodimlar Zominning betakror tabiati va diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lib, kundalik mehnat jarayonidan so‘ng mazmunli dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🤝 Bunday sayohatlar jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro ahillikni kuchaytirish va yangi kuch-g‘ayrat bilan mehnat faoliyatini davom ettirishga xizmat qiladi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

🚌 4-avtobus saroyida haydovchilar bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi 📇 Idoralararo tezkor SHTAB mas'ul xodimlari hamda "
+7
🚌 4-avtobus saroyida haydovchilar bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi 📇 Idoralararo tezkor SHTAB mas'ul xodimlari hamda "Toshshahartransxizmat" AJ rahbariyati ishtirokida 4-avtobus saroyi filialida haydovchilar bilan navbatdagi xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔺 Yig‘ilish davomida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, mehnat va ijro intizomi hamda xizmat faoliyati samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🗓 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. ✨ Shuningdek, yo‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatib kelayotgan, yuqori natijalarga erishgan hamda o‘zining mas'uliyatli mehnati bilan ajralib turgan haydovchilar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. 👍 Bunday uchrashuvlar jamoat transporti tizimida xizmat sifati va harakat xavfsizligini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qulay hamda xavfsiz transport xizmatini ta'minlashga xizmat qiladi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 📺 “O‘zbekiston” telekanalida jamoat transportida to‘lov intizomi haqida 👍 “O‘zbekiston” telekanalining “Jarayon” informatsion dasturida poytaxt jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirish tartibi hamda bu borada olib borilayotgan ishlar yoritildi. 🚌 Xususan, 1-sentabrdan boshlab avtobuslarda harakatlanish vaqtida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga 42 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilishi bo‘yicha joriy etilayotgan yangi tartib haqida ma’lumot berildi. 🎥 Quyida “Jarayon” informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhani tomosha qilishingiz mumkin. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

⚡️ E'LON: Yo'lovchilar diqqatiga! ⛔️ 2026-yil 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa yo‘lining Bunyo
⚡️ E'LON: Yo'lovchilar diqqatiga! ⛔️ 2026-yil 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Shu munosabat bilan, mazkur hudud orqali harakatlanuvchi avtobus yo'nalishlari sxemasi quyidagicha o'zgartiriladi: ▶️ 18, 80-sonli yo'nalishlar (shahar markazi tomon): Kichik halqa yo'li ➔ Arnasoy ➔ Cho'pon ota ko'chalari orqali. ▶️ 77, 103-sonli yo'nalishlar (shahar markazi tomon): Kichik halqa yo'li ➔ Bunyodkor ➔ Cho'pon ota ko'chalari orqali. ⚠️ Eslatma: Cheklovlar davomida ko‘chalarda tirbandliklar ortishi ehtimoli mavjud. Zaruratga qarab yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Avtobuslarning qatnov va oraliq vaqti rejadagidan biroz uzoqroq davom etishi mumkin. 📢 Hurmatli yo‘lovchilar! Qatnovlaringizni oldindan rejalashtirishingizni so'raymiz. Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

📇 Toshshahartransxizmat AJ tizimida xizmat sifatini yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi 🚌 Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Idoralararo tezkor SHTAB ishchi guruhi a'zolari, "Toshshahartransxizmat" AJ rahbariyati hamda tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirokida jamiyat tasarrufidagi avtobus parklarida keng qamrovli o‘rganish va nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 🧑‍💻 Tekshiruvlar davomida avtobus parklari har tomonlama ko‘zdan kechirildi. Jumladan, avtobuslarning texnik sozligi, ta'mirlash jarayonlari, ehtiyot va butlovchi qismlar zaxirasining yetarliligi, texnik xizmat ko‘rsatish sifati, ishlab chiqarish bazalarining holati hamda yo‘nalishlarga transport vositalarini uzluksiz chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. 🚏 Shuningdek, yo‘lovchilarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta'minlash, transport xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 🔘 Mazkur o‘rganishlar doirasida avtobus parklari faoliyatini baholashning yangi monitoring va reyting tizimini joriy etish masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Ushbu reyting tizimi orqali har bir avtobus parkining texnik holati, xizmat ko‘rsatish sifati, harakat xavfsizligi, ishlab chiqarish intizomi hamda boshqa muhim ko‘rsatkichlari muntazam ravishda tahlil qilib boriladi. 📈 Reyting natijalari asosida har bir avtobus parkining faoliyati xolis baholanadi, ilg‘or tajribalar ommalashtiriladi, ortda qolayotgan korxonalar faoliyati chuqur tahlil qilinib, ularning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi. Bu esa tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mas'uliyatni yanada kuchaytirish va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini izchil yaxshilashga xizmat qiladi. 📇 "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash, jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish hamda poytaxt aholisi va mehmonlariga zamonaviy, xavfsiz va qulay transport xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube

📇 "Toshshahartransxizmat" AJ yosh xodimlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi 🇺🇿 O‘zbekis
+9
📇 "Toshshahartransxizmat" AJ yosh xodimlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, davlat boshqaruvi tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🏢 Mazkur ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda jamiyatning yosh xodimlari uchun ma’rifiy tashrif tashkil etildi. 👍 Tashrif davomida ishtirokchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tashkiliy tuzilmasi, qonun ijodkorligi jarayoni, parlament nazorati mexanizmlari hamda deputatlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 👍 Mutaxassislar tomonidan parlamentning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, qonun loyihalarini ishlab chiqish, muhokama qilish hamda qabul qilish bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yosh xodimlar deputatlar bilan ochiq muloqotda ishtirok etib, davlat boshqaruvi, yoshlarga oid davlat siyosati, transport sohasini rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 👍 Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarning huquqiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat, yuksak mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📇 "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" tamoyili asosida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyati, huquqiy madaniyati, liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’limiy loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. 👍 Jamiyat tomonidan yosh xodimlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni davlat va jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan tizimli ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi. ✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati 🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube