cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Hid Gallyutsinatsiyasi

Agape

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 979
Obunachilar
-324 soatlar
-37 kunlar
-3430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Gulnoz opadan odamni maydalab tashlaydigan she'r eshitdim hozirgina
Hammasini ko'rsatish...
Kim ayni damda yangi sher eshitmoq istasa qungiroq qilsin...
Hammasini ko'rsatish...
Yod devori Suv sochib o'ynayapman Arig'imning bo'yida Sepamanu qochaman Qochamanu kelaman Bolaligim qo'ynida - Mo'ralab o'taman Behi bargidan Naryog'iga yodimning Yaydoq bug'doyzorimga Sup sevib qochaman O'zimga yodimga - Quvlashmachoq o'ynadik quyish bilan Sekin imladi hayotim yoniga Begi bargalari devorday yodimga Yo'q dedi, shovulladi Sakradim - qaytdim Umrimdan yodimga Yodimdan yonimga Men shunday yashadim she'rimda - She'rimdan she'rimga
Hammasini ko'rsatish...
Rock Suv qo'ynidan chiqqan qiz Kuy qo'ynida yolg'iz his Orom tandan o'tsa g'iz-g'iz Kul sochilar yeldan kechib Kabutarlar ketmas uchib Ko'krak silkinganda yurak urishi Hislar ehtirosga qolmas muyishib Dunyoda yo'q bizdayning ishi Ehtirosga ketsak qorishib So'roqlab izimiz topmas yel Bag'rimni beraman, yerlash kel Yurak borib kelar,  devor zarbida Har ikki uy ustuni tushadi ko'chib Olam yorib chiqar chaqaloqdagi Ikki sut tishi chiqqandek o'qchib Olam quyunida sovrilaylik kel Ehtiros zarbiga Quyunning zarbiga to'ldi yel. Yiqish uchun yaralgan yurak Qulash uchun quyilgan qo'rg'on Quloqni yirtadi temirzang yohu, Kuymi bu, kuymi bu, azobli arg'on? Dunyo quloqlari ketdi yirtilib O'yin tushayotgan yangilik, Borliq bir , ishon Yangi dunyoning qusgan qoni ham -  zarb bu Ehtiros cho'qqisi azobli vulqon Hammasin chilparchin qilgan musiqa O'zimizdan chiqib ketgan ismimiz,  ishon Belgisiz qolgan dunyo -  zarbmiz biz zarbmiz biz, zarbmiz biz Zarbimiz zarbimiz zarbimiz - ismimiz. Vayronada qo'pgan quyunmiz- Yohu kuy, yohu ishq, yohu rab, yohu maloika Yohu o'ng sakkizming osmon osmon osmon Yetdik biz yetdik biz yetdik biz Qulagan vayronada zarbmiz biz zarbmiz biz zarbmiz biz.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Allaev Uz
01:25
Video unavailableShow in Telegram
Ahad Qayumni biz yerga uramiz, jurnalist dugonam Ahad Qayumni sevganman va nima bo'pti deydi? Uni ijodini sevganman va bu bosqich edi. Turk adabiyoti o'qiyotgan yoshlarni ustidan kulmaylik, agar ular shunday davom etsa bu yomon, lekin ular sekin sekin ko'tarilsa, sifatli adabiyot o'qishni boshlasa bu yaxshi. Nimadan boshlash muhim emas, uni davom ettirmaslik, rivojlanmaslik mana bu juda yomon Inson didi, u tanlayotgan asarlar va ijodkorlar haqida juda qiziq suhbat bo'libdi. Qiziqarli, farqli qarashlarni eshitish mumkin. ▶️https://youtu.be/W3IsP6vEo3c?si=Ejpy5_ILntv72ljN
Hammasini ko'rsatish...
IMG_8571.MP47.07 MB
Bu she'r yuragimning eng og'riq qavatiga kirdi. (Ba'zan yaqin odamlarim she'rini ulashishga uyalamanda. Yaqinda, shuning uchun... deyishlaridan uyalaman. Yaqinlik shundaki, o'z dardimni ularning yoziqliaridan topa olaman va necha kundir qalbim shu dard ifodasidan qonib yashashga sabab bo'la oladi bu she'rlar. Buyam shunday she'r. Iztiroblarga ta'zim. КУНГАБОҚАРЛАР Қуёш табассумли дугонам, Сен юрган йўлларда очилади кунгабоқарлар Чағир тошлар қувватлайди қадамларингни Жавоб берармисан, сўрасам савол... Фўруғ* нега борди моховлар орасига? Эмили* не учун узлат тобутига тушди тириклай? Нега Альфонсина* қўнғир кафанининг этагига Долғалардан тикди бурмалар? Айт менга, Гулжамол! Дунёга сиғмаган бошин Сильвия* Газ печига сиғдирди қандай? Касалхона деразасидан термилган  Ҳалина* Севмоқни  қандай уддалади? Нималар ҳақида  ўйлади Худкушлик олдидан ўғлига Кечлик ҳозирлаган Марина?* Дидем*  қандай кашта тикди нолаларидан? Майли, саволларни очиқ қолдирамиз... Яхшиси, ҳеч қачон инсон олдида Отилмасликка қасам ичган фарёдларимизни Жойлаймиз  бир  қора қутига. Кейин  кодлаб қўйилган  қутини Олис юлдузларга томон йўллаймиз Токи  милярд  йиллар  кезиб юрсин Эврилиб коинот чорловига... Токи камроқ фарёд чексин Ер аёллари... Ишон, ҳали рақамланмаган Сайёраларнинг қудратли  мавжудотлари-да Бизнинг  Пандорани очолмаслар Зеро, калит  сўзни  Фўруғ, сен ва мен биламиз: (“Хонэ сиёҳ аст”) Қуёш табассумли дугонам, Ўлсам, мозоримга Кунгабоқарлар   билан кел. *Фўруғ Фаррухзод *Эмили Дикинсон *Альфонсина Сторни *Сильвия Плат *Ҳалина Посвятовска *Марина Цветаева *Дидем Мадак ✍️Гулноз Мўминова шеъри
Hammasini ko'rsatish...
Repost from The Stranger
​​"Suyganing bilan yasha, boʻlmasa, toq oʻt!" Sherbek Bobonor oʻgʻli – "Qora suyaklar" Men bundan uzoq yillar avval internet sahifalarida bir parcha oʻqib qolgandim. Parchaki, bir asarga tatigulik. Unda Talabalar shaharchasidamiyey, Qoraqamishdamiyey, bir tatar kampirnikidagi ijara hayoti tasvirlangandi. Tili shu qadar tabiiy, chizgilar shu qadar aniq ediki, hatto soʻkinishlar ham ta'bingizni xira qilmasdi. Ne tongki, vaqt oʻtib muallif ismi yodimdan koʻtarildi, asar nomini zotan bilmasdim. Har safar oʻzbek adabiyoti haqida gap ketganda, bizda shunday zoʻr asar bor degim kelar, biroq uning nomini, qayerdan izlab topishni bilmasdim. Bugun nimadir boʻlib uyda anchadan beri kutib yotgan kitobni oʻqigim keldi: "Qora suyaklar". Boshidanoq tili oʻziga rom qildi. Oʻqiyapman-u, nimadir tanishday. Nihoyat bir vaqtlar oʻqiganim parchaga kelganimda voh dedim. Bu oʻsha asar ekan. Yaqin orada bunaqa shirali asar oʻqimagandim. Yozuvchi bu uslubni yaratganmi yoki dilidagi soʻzlar asli shu holicha toshib chiqqanmi, bilmadim. Lekin zoʻr! Satrlar oralab bir dona ham ortiqcha soʻz topolmaysiz. Muallifning aytar gaplarining magʻzi toʻq. Hayotni teran anglash, his qilingan dard, biroz alam, biroz oʻkinch, shaxsiy xotiralar, hayotiy taassurotlar, tanlangan emas, tabiiy yozilgan soʻzlar. Aksar zamondoshlarning bitiklaridagi til notabiiy. Siz-u biz u tilda gaplashmaymiz. Goʻyoki ikkita oʻzbek tili mavjud. Biridan har kuni foydalanamiz, biri esa faqat telekanallar-u badiiy asarlarda ishlatiladi. Sherbek esa shevada va jargonda ham nafosat borligini koʻrsatib beradi. Ammo jantaqni yantoq, Obloqulni Allohquli, matsikilni mototsikl, moldoʻxtirni veterenar deya qavs ichida keraksiz keltirilgan izohlar mana shu nafislikni oʻn olti yashar qizning yuzidagi chipqonday buzib turibdi. Menimcha, bu muallifning emas, nashrga tayyorlaganlarning ishi. Asar yaxshi yozilgani bois oʻquvchi bir-ikki sahifadayoq asar tiliga tushib oladi. Ozgina zehn solgan kishi ham tushuna oladigan soʻzlarga ortiqcha izoh berish shart emas. Oʻzbekcha soʻzga oʻzbekcha izoh shart emas. Kitobxonni tupoy (ahmoq) deb hisoblamaslik kerak... "Qora suyaklar" ham, keyingi esselar (men hikoyalar deyishni maʼqul koʻrgan boʻlardim) ham bir xil tempda, sokin ketadi. Bu muallifning nafaqat uslubi, yutugʻi ham. Ularda keskin burilishlar, kulminatsiya, tugun, yechim yoʻq. Ayni shu narsa tabiiylikni saqlab qolishga yordam bergan. Muallif oʻquvchini qiziqtirish uchun qiziqarli syujet oʻylab topmaydi, u hayot haqida, qishloqdagi va shahardagi oddiy odamlar haqida eslaganicha gapirib beradi. Buni san'at darajasida bajaradi. Xullas, "Qora suyaklar" sof oʻzbekona hayot va til orqali ham jahon darajasidagi asar yarata olish mumkinligini koʻrsatib bera olgan. @salimov_blogi
Hammasini ko'rsatish...

07:40
Video unavailableShow in Telegram
Qaqnusda Halima Ahmadning "Yashil" balladasini o'qidim
Hammasini ko'rsatish...
40.49 MB
#asrsheriyati Allen GINZBERGning "Ulish" (nom o'zgarishi mumkin) poemasidan parcha. Nurali Qahramon tarjimasi. (Matn tahrirsiz, ustidan ishlanadi hali) Ulish Karl Solomonga bag‘ishlanadi II Alyuminiy va smentdan tayyorlangan qanday bir sfinks-ki bosh suyagi yorilgan ochiq miyalar va tasavvurlarni yeyib bitirmish? Moloch! Yolg‘izlik! Mohovlik! Chirkinlik! Kul chelaklari va erishib bo‘lmas dollarlar! Zinapoyalar ostidagi bolalar qichqirig‘i! Armiyada ko‘z yosh to‘kkan o‘g‘lonlar! Bog‘larda ko‘zlari yoshgan to‘lgan qariyalar! Moloch! Moloch! Daxshatli Moloch! Sevgisiz Moloch! Ruhiy Moloch! Moloch xalqni ezuvchi hakamdir! Moloch – aql bovar qilmaydigan zindon! Moloch bosh suyagi ko‘tarilgan bayroq ruhsiz qamoqxona va buhronlar kengashi! Binolariga hukm jo bo‘lgan Moloch! Urushning son-sanoqsiz tosh yodgorliklaridir Moloch! Hukumatlarni hayratga qoldirgan Moloch! Moloch kimningdir zehni nurafshon mexanizmi! Moloch kimningdir qon o‘rniga dollar to‘lib oqqan tomirlari! Moloch kimningdir barmoqlari o‘nlik qo‘shini! Moloch kimningdir ko‘kragi o‘z jinsining etini yeydigan dinamosi! Moloch kimningdir chekkalaridan tutun ko‘tarilgan qabri! Moloch – ko‘zlari sanoqsiz so‘qir deraza! Uzun ko‘chalarida daxrchi Yahovalar misol osmontirnar binolarda turgan – Moloch! Tuman ichidagi fabrikalarda xirillab tush ko‘rayotgan – Moloch! Behisob tutunlar va antenalar bilan shaharlari tojlangan – Moloch! Moloch kimningdir muhabbatining cheksiz yoqilg‘isi va xarsangi! Moloch kimningdir ruhida elektr oqimi va banklari! Moloch kimningdir mahrum daho qiyofasi! Moloch kimningdir yozig‘i jinssiz bo‘lgan bir vodorod buluti! Moloch kimningdir nuktadon nomi! Moloch – ichida yoppa-yolg‘iz o‘tirganim! O‘zimcha malaklarni istaganimdir Moloch! Moloch bu – mening telbaligim! Sevgisiz va erkaksiz men Molochman! Ruhimga allaqchon singigan Moloch! Men Moloch ichidagi tanasiz ongman! Meni tabiiy ekstazimdan qo‘rqadigan Moloch! Meni tashlab ketayotgan Moloch! Moloch men uyg‘ondim! Osmondan nur yog‘moqda! Moloch! Moloch! Robort kvartiralar! ko‘rinmas shahar atrofi! xazina skeletlari! basir boshkentlar! shaytoniy industritsiyalar! xayoliy xalqlar! mag‘lub etilmas xonaqohlar! granit misol olatlar! dahshatli bombalar! Ular jannatga ko‘tarilgan Molochning belini sindirishdi! Yulkalar, og‘ochlar, ovoznigorlar, tonnalab dunyo matohi! allaqachon mavjud va biz doimo ichida bo‘lgan shahri Firdavsga ko‘targanlar! Vahiylar! alomatlar! gallyutsinatsiyalar! mo‘jizalar! ekstazlar! Amerika o‘z daryosiga botib bitti! Orzular! sajdalar! ma’rifatlaguvchilar! dinlar! bir hissiyotlar qayig‘ining axloqsizlik yuki! Tadodifiy yutuq va kashfiyotlar! daryoning narigi tomonida! burilish-muyilishlar va xojga mixlanganlar! suv toshqinida qolib ketgan! Balandliklar! Epifaniyalar! Xudoning bir lahzalik vahiylar! Umidsizlik! O‘n yillik hayvoniy hayqiriqlar va xudkushliklar! Xotiralar! Yangi muhabbatlar! Aqldan ozgan avlod! Vaqt qoyalaridan pastga! Daryodagi haqiqiy muqaddas kulgi! Ular hamma narsani ko‘rib turarlar! vaxshiy ko‘zlar! muqaddas qichqiriqlar! Xayrlashib ketganlar! Ular tomdan sakrab tushishdi! cho‘lga! qo‘l silkitib! gullar ko‘tarib! Daryo tomon! ko‘chaga!
Hammasini ko'rsatish...
O'zbek she'riyatida "Asr ovozi" to'plamidan keyin dunyo she'riyatini tarjima qilish tajribasi deyarli unutildi. Bo'lgandayam zamonaviy adabiyotni. 1970-yildan keyingi, oxirgi 50 yillik ichidagi she'riyat tarjimasi yo'q. Bu degani zamonaviy mavzular, til o'zgarishlari , qarash yangiligidan ham xabarimiz yo'q degani. "Asr ovozi" to'plamining bitta afzalligi bor: zamondosh, tirik shoirlar tarjima qilingan, ya'ni klassikaga yopishib olinmagan. Muvaffaqiyati ham shunda. Bizda tarjimalar esa asosan klassika bo'ladi. Klassika yaxshi, ammo doim orqaga qarab yurish, 100 yil, 200 yil orqadagi tuyg'ular bilan yashash to'g'rimas, ayniqsa o'z zamoning va zamondoshlaringni bilmasdan. Shu bois Zamonaviy she'riyat almanaxi qilmoqchimiz. Hozircha ro'yxatda 5-6 ta tarjima qilingan shoirlar bor: Paul Selan, Fernando Pessao, Xalina, Didem Madak, Silviya Plat, Allen Ginzberg, Bukovskiy va reja Paul Verlen kabi fransuz, antik mifologiyani she'riyatga qaytargan zamonaviy grek, lotin amerikasi shoirlari bor. Ularning hammasi ham (Pessao va Selan kabi) asrdosh emas. Ammo ularsiz bu almanax kemtik bo'ladi. Yana takliflar bo'lsa, ochiqmiz. Ayniqsa, tarjimonlarga katta ehtiyojimiz bor - iloji boricha asl tildan qiladigan tarjimonlar bo"lsa yaxshi - ingliz, rus, ispan, arab, nemis, ivrit, hind kabi.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.