cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

The Stranger

Kitoblar, fikrlar, tuyg'ular haqida

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
8 328
Obunachilar
+124 soatlar
+477 kunlar
+27630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
“Kechga... ishdan kelay, maylimi..?” Eshikni yopasan – ketasan. “Charchadim.  Ishim koʻp, vaqtim yoʻq... Tong otsin, maylimi..?” Yotasan... Qoʻlingda – bozorlik. Yoʻl tirband, Qor bosib kelasan, etik hoʻl... Telefon asabiy jiringlar, “Yoʻldaman. Borayin... uyda boʻl...” ...Chigirtka chirillar shom chogʻi, Yoz qachon keldiykin – oʻylaysan... Bir marta, bir marta boʻlsa ham, Sen mening holimni soʻrmaysan... Sen mening koʻnglimni bilmaysan... Shodmonqul SALOM
Hammasini ko'rsatish...
00:22
Video unavailableShow in Telegram
Orzuni koʻnglimga tutding betinim, Armonni tamoman hangu-mang etding. Sensiz bu shaharda bir gʻarib edim, Menga bu shaharni sen vatan etding. @salimov_blogi
Hammasini ko'rsatish...
6.61 MB
​​Men tarjimonlikni bozor adabiyoti va hatto bozor nashriyotlari bilan boshlaganman. Chunki nolda edim, yaxshi nashriyotlarga asar taklif qilishga darajam va haddim yetmasdi. Dastlab yoʻl-yoʻrigʻini oʻrganib, keyin ishni boshlamadim, barini jarayonda oʻrgandim. Oʻrganyapman . Koʻp ishladim. Oʻrni kelganda kuniga 16 soatlab tarjima qildim va bu bir necha oylab davom etdi. Sekin-asta tarjimalarim oʻnglana boshladi. Yaxshi asarlarni tanladim. Moʻmay pul taklif qilinsa ham bundayroq asarlarga yoʻq dedim. Har xil nashriyotlar bilan ishlab koʻrdim. Tarjimon sifatida tanildim. Biroq tarjima qilgan asarimni @ZabarjadMedia qabul qilganidan soʻnggina nihoyat oʻzimni tarjimon sifatida tan oldim. Zabarjad Media men uchun juda yuqori marra edi, bu nashriyotdan kitobim chiqishi oʻzimga boʻlgan ishonchni ancha oshirgandi. Koʻp nashriyot bilan ishladim. Deyarli doim biror muammo boʻlib turardi, yo dizayn masalasida koʻnglim toʻlmasdi, yo tahrir. Toʻlovlarni vaqtida qilish-ku alohida masala. Zabarjadda esa hammasi yaxshi. Ana shu bois eng koʻp tarjimalarimni shu nashriyotga qoʻltiqlab boraverdim. Yosh tarjimonlarning koʻpi shu nashriyot atrofida yigʻildi. Misol uchun, @usmonosphere. Ajoyib tarjimon, faqat dangasaroq. Shunday qobiliyatini boshqa ishlarga sarflab yuradi. Yoki @bobil_kutubxonasi ni olaylik. Mirzohid Muzaffar shakllangan, yosh boʻlishiga qaramay tajribali tarjimon. Biroq men uni aynan Zabarjad Media kashf qildi deb oʻylayman. Bu nashriyot bilan u yayrab ishladi va ishlayapti. Ijodkorga yaxshi noshir kerak. Uni qoʻllab-quvvatlaydigan, ragʻbatlantiradigan, oʻrni kelganda yaxshiroq va tezroq ishlashga majburlaydigan (chunki koʻpimiz hardamxayolroqmiz) kishi kerak. Zabarjad Media bilan hamkorlikda koʻp yangiliklarimiz bor. Doimgiday, sizlarga eng yaxshilarini ilinamiz. @salimov_blogi
Hammasini ko'rsatish...

Repost from Zabarjad Mediа
Photo unavailableShow in Telegram
#tarjimon Ilhom Salimov 1995-yil 5-noyabrda Buxoro viloyatida tugʻilgan. OʻzMUning falsafa fakultetini tamomlagan. Doktorant. Sara Joning “Londondan muhabbat ila” romani tarjimasi Ilhom Salimov hamda “Zabarjad Media” nashriyoti hamkorligini boshlab berdi. “Terabitiya koʻprigi” (Ketrin Paterson) “Chap oyogʻim” (Kristi Braun) “Soʻqirlik” (Joze Saramago) Ilhom Salimovning mazkur tarjima asarlari ham bosmaxona eshiklaridan hatlay-hatlay deb turibdi. Ha, aytgancha “ZabarjadMedia”ning navbatdagi katta yangiligi ham Ilhom Salimov tarjimasida e’lon qilinadi. Qaysi asarligi esa hozircha sir. @zabarjadmedia - eng yaxshisini ilinamiz!
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Demak, @salimov_blogi sizlarga quyidagi kanallarni tavsiya qiladi: Professional tarjima va tahrirni kuzatib borish uchun – @shoshmasangchi Dunyoga koʻngil nigohi ila boqish uchun – @biroz_adabiyot Erkin va yayrab yozilgan, energiyaga boy postlar– @gullayotganyurak Eng yaxshi kitoblar haqida samimiy satrlar – @boqiy_darbadarr Kichkina shahzoda kabi samimiy kanal – @hasanboyeva_blogi
Hammasini ko'rsatish...
Yaxshi kanallar koʻp. Faqat ular doimam oldimizdan chiqavermaydi. Koʻpchilik birov oʻqish-oʻqimasligiga yoki odam soniga qarab oʻtirmay yozaveradi. Biroq aynan shularni oʻqib koʻrsangiz, bir boshqacha boʻlib ketasiz. Doim mening yozganlarimni oʻqiysiz, bugun esa men sizning yozganlaringizni oʻqigim keldi. Bitta yuqoridagi postni oʻz kanalingizga ulashing. Shu orqali kanalingizga oʻtib, oʻqiy olaman. Doimiy kuzatish uchun bir nechtasini (kami 3 ta, koʻpi 5 ta) tanlab olaman va keyingi postimda oʻsha kanallarni reklama qilib beraman. Baʼzan mana shunday kichik qoʻllov katta qadamlarga sabab boʻladi. Mazkur kanalda ham asosan tavsiyalar asosida auditoriya yigʻilgan. Shu bois oʻzim ham yaxshi kanallarni doim tavsiya qilib kelaman.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Xayoli dengiz sohillari kabi keng va dengiz havosi kabi toza odamlarni topish juda qiyin bo‘lib ketdi... "Azizim" Gi de Mopassan @salimov_blogi
Hammasini ko'rsatish...
Jek London hayotga tashna edi. U odamlarni yaxshi koʻrardi. Uning bosh gʻoyasi bor edi. Bu gʻoyada esa butun insoniyatning baxti koʻzlangan edi. Jek London atrofidagi bir hovuch odamga yaxshilik qilib, oʻzi tanimaydigan millionlab odamlar haqida oʻylamaydigan kishi ham, yoki butun insoniyat haqida oʻylab, yonidagilarni faromush qiladigan kishi ham emasdi. U hammani oʻylar va hammaga yaxshilik qilardi. Nikohsiz tugʻilgani ham, ruhan nosogʻlom onasining injiqliklari ham, esini tanib ulgurmay eng ogʻir ishlarda ishlashga majbur qolgani ham hayotga va insoniyatga boʻlgan muhabbatini soʻndira olmagandi. Jek London uzoq yillar bir uy qurdiradi. Topgan pulining katta qismini shu uyga sarflaydi. Undagi har bir mixni ham alohida mehr bilan tanlaydi. Amerikadagi eng goʻzal uy edi u. Uy nihoyat qurib bitkaziladi, yashashga tayyor holga keladi. Ertasiga koʻchib oʻtaman deb turganida uyni yoqib yuborishadi. Ilk bor oʻsha tunda, oʻzining eng katta orzularidan biri yonib kul boʻlayotganiga qarab turganida Jek Londonning odamlarga boʻlgan ishonchiga darz ketadi. Shundan soʻng u odamlarga boshqatdan razm solib qaraydi. Shundagina hamma uni aldayotganini, undan foydalanayotganini koʻradi. Nashriyotlar imkon qadar unga kamroq pul berishga urinishardi. Ishchilari qoʻl uchida ishlashardi. Onasi uni yaxshi koʻrmasdi. Xotini uni yaxshi koʻrmasdi. Faqat opasi Eliza va Osiyodan olib kelgan xizmatkorigina uni begʻaraz yaxshi koʻrishardi. Jek London oʻz davrining eng mashhuri edi. Uning uyi doim mehmonlarga liq toʻla boʻlardi. Yaqinlari, doʻstlari koʻp edi. Biroq shunga qaramay yolgʻizligini kech tushundi. Uning butun dunyoga yetadigan muhabbati bor edi, biroq bunga arziydigan kishi yoʻq edi. "Jek, sen dunyoning eng yolgʻiz insonisan, – degandi opasi Eliza. – Qalbing izlaganini hecham topolmadi". Jek Londonning ham Martin Iden kabi hayotga, insoniyatga boʻlgan muhabbati birdan soʻndi. Hech nimaga xafsalasi qolmadi. Yoza olmay qoldi. Yozganlari ham ruhsiz boʻldi. Va bir kuni tongda uni ogʻir ahvolda topishdi. Bir kecha oldin bloknotida zaharning qay darajasi insonni oʻldirishini hisob-kitob qilgandi. Jek London taslim boʻlmagandi, u shunchaki hammasidan charchagandi. Endi yashash nari tursin, qoʻlini qimirlatishga ham arzirli sabab topolmay qolgandi. Hayotga intilmagan odam esa oʻlimga intiladi. @salimov_blogi
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini ko'rsatish...
So'z o'zlashtirishda yosh ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha so'rovnoma

Jek London to kitoblar olamiga kirgunicha boshi qiyinchilikdan chiqmaganiga qaramay hayotga tashna edi mudom. U hecham tushkunlikka tushmasdi. U hech bir xavfdan qoʻrqmasdi. Oʻziga ishonchi juda yuqori edi. Kitoblar olamiga kirgach esa bari oʻzgardi. U kuniga oʻn toʻqqiz soatlab oʻqib oʻrgandi. Hayotdan uzilib qoldi. Tinimsiz oʻqidi, yozdi. Natijada zabardast mushaklari shalvirab qoldi. Hayotdan umidini yoʻqotib, hech narsadan zavq ololmay qoldi. Qoʻqroq boʻla boshladi. Oʻziga boʻlgan ishonchidan asar ham qolmadi. "Jang klubi" kitobida Chak Palanik ham shuni uqtirishga urinadi. Zamonaviy erkak oʻzining asl tabiatidan uzoqlashdi. Shu uchun u baxtsiz. Hech bir mansab va boylik jismoniy mehnat yoki jang-jadal adrenalinini berolmaydi. Bugunning erkagi asosiy vaqtini ofislarda, yopiq xonalarda oʻtkazadi, koʻp pul topadi, lekin baxtsiz. Yuzidan horgʻinlik, tabiatidan asabiylik arimaydi. Qurilishdagi oddiy loy tashuvchi oyiga falon pul topadigan dasturchi yoki logistikachidan baxtliroq koʻrinadi. Loychining kayfiyati koʻpincha a'lo boʻladi, koʻp hazil-huzul qiladi. Har narsaning oxirini oʻylayvermay, xavfga tikka boradi, noqulay vaziyatlardan hayiqmaydi. Men shu soʻzni koʻp ishlataman: Iste'molchilik jamiyati. Bu jamiyat har kuni yuzlab yangi mahsulotlarni ishlab chiqaradi va bizni ularni olishga ragʻbatlantiradi. Natijada ayollar ayollik, erkaklar erkaklik tabiatidan uzilib qoladi. Biz tinimsiz isteʼmol qilamiz, tinimsiz oʻz ustimizda ishlaymiz, karyera ketidan quvamiz, pul ketidan quvamiz. Kattaroq uy, kattaroq mashina, qimmat sovgʻa-salom, dabdabali toʻy, hammadan yuqori mansab va hokazolar tuzogʻiga tushamiz. Qayerga qaramang motivatsiya. Qayerga qaramang muvaffaqiyatga erishganlarning hikoyalari. Kimdir IELTS 8 olgan, kimdir Germaniyada yashayabdi, kimdir katta biznes qurgan. Isteʼmolchilik jamiyati bizga bir lahza orom bermaydi, bizni mudom harakatga undaydi. Hech narsa qilmay oyoqni choʻzib yoting demoqchimasman. Shunchaki intilayotgan narsangiz sizga qay darajada kerak, shuni bir oʻylab koʻring. @salimov_blogi
Hammasini ko'rsatish...