Bandlik vazirligi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Bandlik vazirligi analitikasi
Bandlik vazirligi (@mehnatvazirligi) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 41 125 obunachidan iborat bo'lib, Karyera toifasida 898-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 872-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 41 125 obunachiga ega bo‘ldi.
25 Avgust, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -761 ga, so‘nggi 24 soatda esa -129 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 18.54% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 11.81% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 7 626 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 4 858 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 14 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: info@bv.gov.uz, bandlik@exat.uz”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 26 Avgust, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Karyera toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Ma'lumot yuklanmoqda...
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 26 Avgust | 0 | |||
| 25 Avgust | +1 | |||
| 24 Avgust | 0 | |||
| 23 Avgust | 0 | |||
| 22 Avgust | 0 | |||
| 21 Avgust | +1 | |||
| 20 Avgust | +1 | |||
| 19 Avgust | +3 | |||
| 18 Avgust | 0 | |||
| 17 Avgust | 0 | |||
| 16 Avgust | 0 | |||
| 15 Avgust | +8 | |||
| 14 Avgust | +3 | |||
| 13 Avgust | +6 | |||
| 12 Avgust | +1 | |||
| 11 Avgust | 0 | |||
| 10 Avgust | +3 | |||
| 09 Avgust | 0 | |||
| 08 Avgust | +1 | |||
| 07 Avgust | +1 033 | |||
| 06 Avgust | +1 | |||
| 05 Avgust | 0 | |||
| 04 Avgust | +7 | |||
| 03 Avgust | +973 | |||
| 02 Avgust | 0 | |||
| 01 Avgust | 0 |
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Albatta, ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. ☑️So‘nggi o‘n yilda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5,7 million doimiy ish o‘rni yaratildi. ☑️Shuningdek, 650 ming oila yangi uy-joyga ega bo‘ldi, 83 ming kilometr ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi. ☑️Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X
| 2 | #Mustaqillik_35
🇺🇿 O‘zbekistonda band aholi soni 3,3 mln kishiga oshdi
▶️2010-yilda iqtisodiyotda 11,6 mln kishi band bo‘lgan.
▶️2020-yilda 13,2 mln kishini tashkil etgan.
▶️2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 14,9 mln kishiga yetdi.
📊 So‘nggi 15 yil davomida band aholi 28 foizga oshdi.
Har bir yangi bandlik — aholi uchun barqaror daromad manbai.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X | 3 884 |
| 3 | #qonunchilikdagi_yangiliklar
Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi
Prezident farmoniga asosan, 2026-yil 1-sentyabrdan:
O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi;
🫥mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 soʻm etib belgilanadi;
🫥bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘mni tashkil etadi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 3 265 |
| 4 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ish bilan birga taʼlim olayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi:
🔹 Kafolat va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi taʼlim olayotgan xodimlarga taqdim etiladi.
🔹 Agar xodim avval ham shu darajadagi taʼlimni olgan boʻlsa, biroq ish beruvchi uni ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki alohida kelishuv asosida qayta oʻqishga yuborgan boʻlsa, unga ham ushbu imtiyozlar berilishi mumkin.
🔹 Xodim bir vaqtning oʻzida ikkita taʼlim muassasasida tahsil olayotgan boʻlsa, kafolat va kompensatsiyalar faqat bittasi boʻyicha — xodim tanlagan taʼlim tashkiloti uchun beriladi.
🔹 Mehnat kodeksining 383-moddasida nazarda tutilgan oʻquv taʼtili xodimning ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
➡️ Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 3 466 |
| 5 | Mehnat huquqlari va muhofazasi hamisha nazoratda!
📆 24–26-avgust kunlari Toshkent shahrida paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan maxsus o‘quv-trening o‘tkazilmoqda. Unda Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari, Davlat mehnat inspektorlari, Kasaba uyushmalari va NNT vakillari ishtirok etmoqda.
Mashg'ulotlarda majburiy va bolalar mehnatining oldini olish, mehnat huquqlarini ta’minlashda samarali monitoring va nazorat tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilinmoqda.
📌 Mehnat huquqlarini ta’minlash faqat paxta mavsumi bilan cheklanmaydi.
❗️Jumladan, ishlanmaydigan bayram kunlarida xodimlarni ishga jalb qilishda ham qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish lozim.
☑️Bunda qonuniy asos mavjudligi, zarur hollarda xodimning yozma roziligi, tegishli buyruq bilan rasmiylashtirish hamda bayram kunidagi mehnat uchun oshirilgan haq to‘lash ta’minlanishi kerak.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X | 4 608 |
| 6 | #eslatma
📢 Davlat mehnat inspeksiyasi ogohlantiradi!
❌ Xodimlarini ushbu jarayonda ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko‘riladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.
❗️Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1176 qisqa raqamiga hamda (71) 200-06-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 4 829 |
| 7 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Xodimning hayoti va sog‘lig‘i — himoya ostida!
🟦Ish beruvchi xodimni sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ishga qabul qilmasligi yoki bunday ishga o‘tkazmasligi shart.
❗️Agar ish xavfli bo‘lsa, xodim bu haqda oldindan ogohlantiriladi.
🟦Ish jarayonida xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa, u ushbu ishni bajarishdan bosh tortishga haqli. Xavf bartaraf etilguniga qadar xodim ishni bajarmasa ham o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X | 6 709 |
| 8 | Bog‘bonning yillik daromadi 400 mln so‘mga yetdi
📍Fargʻona viloyati Quvasoy shahri Bogʻbon mahallasida yashovchi tadbirkor-agronom Asomiddin Soliyev samarasizlashgan gilos bogʻi oʻrnida maymunjon yetishtirib, oʻziga xos tajriba yaratdi.
🌿Endilikda u nafaqat hosil yigʻishtirmoqda, balki sifatli koʻchatlar yetishtirib, yangi maymunjon bogʻlarini barpo etishga va aholi daromadlarini oshirishga hissa qoʻshmoqda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X | 4 492 |
| 9 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Amaliyot — bepul ishlash degani emas!
❔ Kasbiy amaliyot yoki stajirovka o‘tayapsiz. Bunday holatda mehnatingiz uchun haq to‘lanadimi?
✅ Mehnat kodeksining 372-moddasiga ko‘ra, agar siz o‘quv rejasi asosida tashkilotdagi vakant lavozimga qabul qilingan bo‘lsangiz va shu yerda kasbiy tajriba orttirayotgan bo‘lsangiz, bu haq to‘lanadigan amaliyot yoki stajirovka hisoblanadi.
Bunday holatda:
🔹 muddatli mehnat shartnomasi tuziladi;
🔹 rahbaringiz belgilanadi;
🔹 bajarayotgan mehnatingiz uchun ish haqi to‘lanadi.
❗️Agar vakant lavozimga qabul qilinmagan va mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, amaliyot haq to‘lanmaydigan bo‘lishi mumkin.
🎥 Batafsil videoda.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X | 5 998 |
| 10 | 🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.
Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 4 703 |
| 11 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasi (“b” va “e” bandlari)ga koʻra, pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qoʻshib hisoblanadi:
☑️harbiy xizmatni oʻtash, shuningdek davlat xavfsizlik organlari, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridagi xizmat;
☑️oliy taʼlim muassasalarida, aspirantura, doktorantura va boshqa ilmiy bosqichlarda kunduzgi taʼlim olish (jumladan, xorijda oʻqish).
❗️ ESLATMA!
👉 Oliy taʼlimda oʻqigan davr ish stajiga qoʻshilishi uchun kamida 7 yil umumiy ish staji boʻlishi shart.
Harbiy xizmat davrini ish stajiga qoʻshish uchun esa oldindan ish staji talab etilmaydi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 5 204 |
| 12 | 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
📱Telefondan qo‘shimcha daromad topish mumkinmi?
- Ha. Buning uchun bloger bo‘lish yoki katta sarmoya shart emas.
O‘zingizga 3 ta savol bering:
Men nimani yaxshi bilaman?
🎨 Dizayn
🎬 Video montaj
✍️ Matn yozish
🌐 Tarjima
📊 Excel
Bu ko'nikmam kimga kerak?
🛍 Onlayn do‘kon
🍰 Kafe
👩🏫 O‘qituvchi
🏢 Kichik biznes
Birinchi mijozni qayerdan topaman?
✅Tanishlar, mahalliy bizneslar yoki onlayn platformalardan.
💡 Masalan, Canvada dizayn qila olasizmi? Yaqin atrofdagi 3 ta biznesni tanlang va ularga post yoki banner tayyorlash xizmatini taklif qilib ko‘ring.
Ko‘nikma → xizmat → mijoz → daromad. 💰
Katta natija uchun avvalo katta imkoniyat emas, kichik va aniq qadam kerak.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 6 012 |
| 13 | Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatida qonuniylik va shaffoflik masalalari muhokama qilindi
☑️Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligida “Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni taʼminlash: nazorat tadbirlarida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
☑️Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Biznes-ombudsman devoni va vazirlik masʼullari ishtirok etgan mazkur tadbirda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbirlarini qonunchilik talablari asosida o‘tkazish, mansabdor shaxslarning vakolat doirasidan chetga chiqishining oldini olish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga eʼtibor qaratildi.
☑️Shuningdek, inspektorlar faoliyatida korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorat tizimi, kasbiy etika va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Ochiq muloqotda qonuniylik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash yuzasidan savol-javoblar, taklif va tavsiyalar bildirildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 10 166 |
| 14 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
📍Andijon: Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
📍Buxoro: Aholi daromadlarini oshirish yo'lida
📍Qashqadaryo: Mustaqillikning 35 yilligi: inson qadri e'tiborda
📍Jizzax: Tadbirkorlik va yangi ish o'rinlari kengaymoqda
📍Namangan: Tomorqasida noyob meva-sabzavotlar yetishtirayotgan oila
📍Sirdaryo: Mahallalarda tomorqa uchun suv ta’minoti yaxshilanmoqda
📍Surxondaryo: Uzunliklar barqaror daromadga ega bo'lishmoqda
📍Farg'ona: 50 ming so‘m bilan boshlangan faoliyat 50 million so‘m daromad keltirmoqda
📍Xorazm: Mehnatdan daromad - tomorqadan farovonlik
📍Qoraqalpog'iston Respublikasi: Poytaxtimiz mahallalari: Bugungi qiyofa va ertangi kunga ishonch.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 5 805 |
| 15 | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlashda qanday chora-tadbirlar qoʻllaniladi?
🎙Vazir Botir Zaxidov sohada yangi mexanizmlarni joriy etish bo'yicha belgilangan vazifalar haqida ma'lumot berdi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 5 962 |
| 16 | Markaz o‘qituvchisi go'lib bo'ldi
☑️Bugungi kunda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufida 8 ta Kasbiy koʻnikmalar markazi bo'lib, ular negizida Malakani baholash markazlari tashkil etish rejalashtirilgan.
☑️Ana shu muassasalar orasida Buxoro shahar Kasbiy koʻnikmalar markazi oʻz salohiyati va natijalari bilan alohida eʼtiborga molik.
☑️Markaz pedagoglarining kasbiy mahorati respublika miqyosidagi tanlovlarda ham namoyon bo'lmoqda.
🥇 Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — 2026” milliy kasbiy mahorat tanlovida Buxoro viloyati kasbiy ko‘nikmalar markazi sartaroshlik yo‘nalishi o‘qituvchisi Nozima Achilova birinchi o‘rinni egalladi.
Mazkur tanlovning yana bir muhim jihati shundaki, yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilardan Oʻzbekiston terma jamoasini shakllantirilib, ular WorldSkills International xalqaro kasbiy mahorat musobaqasiga tayyorlanishadi.
🏬 Batafsil UzA da
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 5 655 |
| 17 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajaruvchi xodimlar uchun mehnat ta’tilida qanday imtiyozlar bor?
Qonunchilikka ko‘ra:
🤰🏻Homilador ayol yillik mehnat ta’tilini o‘z xohishiga ko‘ra – dekret oldidan yoki undan keyin oladi.
◀️Homilador ayolni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo'l qo'yilmaydi.
◀️Bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.
Ishlaydigan erkaklarga xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida yillik mehnat ta’tili:
☑️birinchi ish yilida — ishlab berilgan muddatdan qat’i nazar;
☑️keyingi yillarda — ta’tillar jadvalidan qat’i nazar beriladi.
➡️ Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 5 745 |
| 18 | #Vakansiya
🛍 Sotuvchilar uchun — 500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni!
“Oson ish” platformasida ayni vaqtda “Do‘kon sotuvchisi” yo‘nalishi bo‘yicha 500 dan ziyod vakansiya mavjud.
💼 Sizni qanday ishlar kutmoqda?
— Do‘kon va savdo nuqtalarida sotuvchilik
— Mijozlar bilan ishlash
— Mahsulotlarni taqdim etish va sotish
— Savdo jarayonlarini tashkil etish
📍 Joylashuv: O‘zbekiston bo‘ylab
💰 Maosh: ish beruvchi va lavozim talablariga ko‘ra
📋 Talablar: vakansiyaga qarab belgilanadi
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X | 8 476 |
| 19 | #hokim_yordamchisi_faoliyatidan
Lenburda malina yetishtirish yangi darajaga olib chiqilmoqda
Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi Lenbur mahallasida “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida malinachilik keng yo‘lga qo‘yildi.
Natijada, bugungi kunda 450 dan ortiq xonadon malina yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda.
🍓 “Sweet raspberry garden” ishlab chiqarish kooperatsiyasi tashkil etilib, 100 dan ortiq xonadon kooperatsiyaga jalb qilindi. Yetishtirilgan mahsulotlar boshqa viloyatlarga hamda qo'shni davlatlarga yetkazib berilmoqda. Kooperatsiya faoliyati natijasida 50 dan ortiq mavsumiy ish o‘rni yaratildi.
💰 Shuningdek, fuqarolarning xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi, asalarichilik, xususiy bog‘cha va boshqa yo‘nalishlardagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun 3 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Mahallada yil davomida 587 nafar fuqaro doimiy va mavsumiy ishga joylashtirildi.
📽 Batafsil: "Mahalla tayanchi" loyihasining yangi sonida.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X | 6 921 |
| 20 | “Yil yakunigacha kambag‘al ham, ishsiz ham qolmasligi uchun men pul beraman”.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| X | 6 645 |
