cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bandlik Vazirligi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 203 01 30 e-mail: [email protected], [email protected]

Mostrar más
Uzbekistán2 201El idioma no está especificadoCarrera profesional1 015
Publicaciones publicitarias
38 167
Suscriptores
+2924 horas
+1 3007 días
+10 50430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Президентимиз бандлик ва аҳоли даромади масаласи биринчи даражали аҳамиятга эга эканини яна бир бор таъкидлаб, бу борада оқсоқликка йўл қўйиб бўлмаслиги ҳақида барча даражадаги раҳбарларни огоҳлантирди. Яна бир муҳим масала – тартибли ва хавфсиз меҳнат миграцияси. Жорий йилнинг январь-март ойларида меҳнат миграциясидан 58 минг нафар, апрелда 57 минг нафар фуқаромиз қайтиб келган. Йил охиригача яна 250-300 минг нафари қайтиши прогноз қилинмоқда. Уларни ишга жойлаштириш, ижтимоий масалаларига кўмаклашиш муҳимлиги таъкидланди. Мутасаддиларга миграция бўйича ягона ахборот платформасини яратиб, “маҳалла еттилиги” тизими билан интеграция қилиш, хорижда меҳнат қилаётган ва қийин вазиятга тушиб қолган юртдошларимизга кўмаклашиш, қайтган фуқароларни ишга жойлаштириш юзасидан топшириқлар берилди. Муҳокама қилинган вазифалар юзасидан тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 41😴 11🤔 7 2🏆 1😇 1
Йиғилишда кун тартибидаги иккинчи масала – барча жойларда “Сайхунобод” тажрибасини жадаллаштириш муҳокама қилинди. Бу борада бошланган ишлар натижасида апрель ойини ўзида 365 минг аҳоли бандлиги таъминлангани ва тадбиркорликка жалб қилингани қайд этилди. Банклар ўз мижозларининг муаммоларини ҳал қилиб, 115 минг аҳолига ишли бўлишга кўмаклашди. Маҳаллаларда 70 мингта микро-лойиҳа амалга оширилди, 465 минг гектар томорқа ерларига экин экилди. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 9🤔 3
Давлатимиз раҳбари "Сайхунобод" тажрибаси доирасидаги ишлар ҳамма ҳудудларда ҳам бирдек ташкил қилинмаётганини кўрсатиб ўтди. Масалан, 7 та туман ўрганилганда, 17 та маҳаллада ишлар сустлиги аниқланди. Ёки, ишга тушгани айтилган 1 мингдан зиёд хонадондаги микро-лойиҳалар жойида ўрганилганда, 76 таси ёки 7 фоизи ўз тасдиғини топмади. Шу боис, сусткашликка йўл қўйгани учун туман даражасидаги 382 нафар масъуллар ишдан олинган. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 3
Endilikda Koreyaga mavsumiy ishlarga hamyurtlarimiz jalb qilinadi Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda kelishuvga erishdi. Seulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi. Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoshlarimiz Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarda mehnat qilishi mumkin bo‘ladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar bo‘yicha ishlab, malakasini oshiradi, bu orqali ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini boyitib, yurtimizga katta tajriba bilan qaytishi mumkin. Bundan tashqari professional kasb-hunarga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarning ham Koreyada ishlash imkoniyatlari paydo boʻlmoqda. Aytish kerakki, ushbu yoʻnalishda yaʼni, maʼlum bir kasb-hunarga ega boʻlgan, qoʻlida diplomi bor mutaxassilar koʻp. Endilikda ular ham oʻz sohasidan kelib chiqib Koreyada faoliyat olib borishi yoʻlga qoʻyiladi. Ayni yoʻnalishda Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda yurtdoshlarimzning namunali faoliyat olib borishi, Koreya davlati qonunlarini hurmat qilishi ikki davlat hamkorlik munosabatlarining yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi qayd etildi. Koreyaga vaqtincha ishlash uchun boradigan har bir nomzod bilan mutaxassislar alohida shugʻullanishi, ushbu davlatning mehnat va migratsiya qonunchiligi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari xususida axborotlar berib borilishi maʼlum qilindi. Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan alohida qayd etildiki, agarda o‘zbekistonlik ishchilar Koreya Respublikasining mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga o‘tmasa, o‘z ish joylarini asossiz tashlab ketmasa Koreya tomoni hamyurtlarimiz uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 97 10🤔 6👌 1
Ishga kirishda qanday hujjatlar talab etiladi? ▪️Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat; ▪️Mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno); ▪️Harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma; ▪️Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tashkilotini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom; ▪️Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; ▪️Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda); ▪️Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno). ❗️Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan Mehnat kodeksida, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 👉Mehnat kodeksi 124-modda Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 11👏 3
📈 O‘zbekistonda 2015–2023-yillarda kambag‘allikni qisqartirishda erishilgan natijalar Jahon bankining 2024-yil 9-maydagi “O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish yo‘li: xalqaro taqqoslash dasturi xulosalari” hisobotida O‘zbekistonda 20152022-yillarda kambag‘allik darajasi 2 barobarga qisqarib, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori natijaga erishgan mamlakatlardan biri ekanligi ma’lum qilinmoqda. Batafsil ___ 📈Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons In the report of the World Bank on May 9, 2024 "Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons", the poverty rate in Uzbekistan will be reduced by 2 times in 2015-2022, and the countries of Europe and Central Asia it is reported that it is one of the countries with the highest results. More Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 21😴 19🤔 11🤷‍♂ 8🔥 2🥰 2😐 2
KOICA prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Seulda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashdi. Unda agentlik tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar holati muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlarida qulay sharoitlarga ega 4 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)da 13 mingga yaqin ishsiz fuqaroga zamonaviy kasblar o‘rgatilib bandligi ta'minlangani, Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan shu kabi yangi markaz barpo etilayotgani ta'kidlab o‘tildi. KOICA prezidenti joriy yilda Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi qurilishi boshlanishini katta mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 267-sonli Qarori qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda bu kabi loyihalar sonini yanada oshirib, hududlarda yangi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini barpo qilish, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi boshqa o‘quv markazlarida ham Koreya texnologiyasi asosida qo‘shma markazlar tashkil etish, ularni zamonaviy va innovatsion o‘quv jihozlar bilan yangilash kabi masalalarda kelishib olindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 40 3🔥 2👏 2🥰 1😴 1
Yoz kelyapti. Konditsioner tuzatuvchi va o‘rnatuvchi ustalarning davri kelyapti Bu kasbni "Ishga marhamat" monomarkazlarida o‘rganishingiz mumkin 👉Monomarkazlar ro‘yxati Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 38🤷‍♂ 3🤔 3
G‘uzorlik mirishkorlar xorijga 200 000 dollarlik ko‘katlarni eksport qilmoqchi Tumanning “Batosh” mahallasidagi 7 gektar yerda ko’kat ekilib parvarish qilindi. Ayni kunlarda mahsulotlar yig’ib olinib eksportga yo’naltirilmoqda. Ko’katni ekish, parvarishlash ishlariga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolar jalb qilinib, ularning bandligi ta'minlandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 33👏 8🔥 6 1🤔 1
Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir: ▪️1-yanvar — Yangi yil; ▪️8-mart — Xotin-qizlar kuni; ▪️21-mart — Navro‘z bayrami; ▪️9-may — Xotira va qadrlash kuni; ▪️1-sentabr — Mustaqillik kuni; ▪️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; ▪️8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni; ▪️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni; ▪️Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 36 15🔥 3