cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Bandlik Vazirligi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 203 01 30 e-mail: [email protected], [email protected]

نمایش بیشتر
أوزبكستان2 187زبان مشخص نشده استحرفه1 018
پست‌های تبلیغاتی
38 035
مشترکین
+14424 ساعت
+1 3837 روز
+10 56730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

📈 O‘zbekistonda 2015–2023-yillarda kambag‘allikni qisqartirishda erishilgan natijalar Jahon bankining 2024-yil 9-maydagi “O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish yo‘li: xalqaro taqqoslash dasturi xulosalari” hisobotida O‘zbekistonda 20152022-yillarda kambag‘allik darajasi 2 barobarga qisqarib, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori natijaga erishgan mamlakatlardan biri ekanligi ma’lum qilinmoqda. Batafsil ___ 📈Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons In the report of the World Bank on May 9, 2024 "Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons", the poverty rate in Uzbekistan will be reduced by 2 times in 2015-2022, and the countries of Europe and Central Asia it is reported that it is one of the countries with the highest results. More Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 20😴 15🤔 9🤷‍♂ 7🥰 2😐 2🔥 1
KOICA prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Seulda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashdi. Unda agentlik tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar holati muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlarida qulay sharoitlarga ega 4 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)da 13 mingga yaqin ishsiz fuqaroga zamonaviy kasblar o‘rgatilib bandligi ta'minlangani, Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan shu kabi yangi markaz barpo etilayotgani ta'kidlab o‘tildi. KOICA prezidenti joriy yilda Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi qurilishi boshlanishini katta mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 267-sonli Qarori qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda bu kabi loyihalar sonini yanada oshirib, hududlarda yangi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini barpo qilish, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi boshqa o‘quv markazlarida ham Koreya texnologiyasi asosida qo‘shma markazlar tashkil etish, ularni zamonaviy va innovatsion o‘quv jihozlar bilan yangilash kabi masalalarda kelishib olindi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 37 3🔥 2👏 2🥰 1😴 1
Yoz kelyapti. Konditsioner tuzatuvchi va o‘rnatuvchi ustalarning davri kelyapti Bu kasbni "Ishga marhamat" monomarkazlarida o‘rganishingiz mumkin 👉Monomarkazlar ro‘yxati Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 37🤷‍♂ 3🤔 3
G‘uzorlik mirishkorlar xorijga 200 000 dollarlik ko‘katlarni eksport qilmoqchi Tumanning “Batosh” mahallasidagi 7 gektar yerda ko’kat ekilib parvarish qilindi. Ayni kunlarda mahsulotlar yig’ib olinib eksportga yo’naltirilmoqda. Ko’katni ekish, parvarishlash ishlariga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolar jalb qilinib, ularning bandligi ta'minlandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 32👏 8🔥 6 1🤔 1
Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir: ▪️1-yanvar — Yangi yil; ▪️8-mart — Xotin-qizlar kuni; ▪️21-mart — Navro‘z bayrami; ▪️9-may — Xotira va qadrlash kuni; ▪️1-sentabr — Mustaqillik kuni; ▪️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni; ▪️8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni; ▪️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni; ▪️Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 35 15🔥 3
🇰🇷 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning navbatdagi uchrashuvi Seulda Koreya Mehnat va bandlik vaziri bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda dastlab, ikki davlat o‘rtasida mehnat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi. Ta’kidlanganidek, 2024-yildan boshlab Koreyada o‘zbekistonliklar vaqtincha ishlashi uchun xizmat ko‘rsatish, kemasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, o‘rmon xo‘jaligi kabi yangi yo‘nalishlar ochildi. Bu o‘z navbatida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirib, O‘zbekiston uchun ajratilayotgan kvotalarni qamrab olish - saralash jarayonlarini tezlashtirishni talab etadi. Ushbu masalaning yechimi sifatida koreys tilidan imtihon topshirish jarayonlarini yengillashtirish, hududlarda imtihon olish markazlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi. Bundan tashqari muloqotda E9 vizasi (noprofessional ishchi viza turi) asosida o‘tadigan EPS testlarida “Qirol Sejong” o‘quv markazi sertifikatiga ega nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, qurilish sohasiga ishchilarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mavsumiy vizani joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 62🔥 3 2👏 2
Navbatdagi uchrashuv Koreyaning til o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli instituti “Qirol Sejong” bilan Xabar berib borayotganimizdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ayni kunlarda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ular bugun “Qirol Sejong” instituti rahbari Li He Yong xonim bilan uchrashdi. O‘zbekistonda koreys tiliga qiziqish yildan-yilga oshib borayotgani va bu o‘z navbatida Koreyaga kelib ishlovchilar sonining ortishiga ham xizmat qilayotgani muloqotda e’tirof etildi. Uchrashuvda: ▪️ O‘zbekistonda “Qirol Sejong” o‘quv markazi filiallarini har bir hududdagi monomarkazlar qoshida ochish; ▪️ Ushbu o‘quv kurslariga Koreyadan oliy toifali o‘qituvchilarni jalb qilish; ▪️ Mazkur o‘quv markazi sertifikatlarini qo‘lga kiritgan bitiruvchilarga Koreyada ishlash huquqini beruvchi viza taqdim qilish; ▪️ O‘zbekistonda koreys tili o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida maxsus kurslar tashkil etish; ▪️ Monomarkazlarni EPS test imtihonlariga ixtisoslashgan o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash masalalarida kelishib olindi. “Qirol Sejong” instituti Koreyada vaqtincha ishlash istagidagi yurtdoshlarimizga ish beruvchilar talabiga mos ravishda koreys tili, madaniyati va mehnat qonunchiligini yaxshi o‘zlashtirishlariga katta imkoniyat beradi.
نمایش همه...
👍 46👏 5🎉 2 1🔥 1
Bu rost! Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlarda ishlaganlarga to‘lagan soliqlari qaytarib beriladi 👉Soliq summasini qaytarish uchun ushbu havolaga kirib ma'lumotlaringizni yuboring! (havolaga Gmail elektron pochtasi orqali kiriladi) Soliqlar 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan vaqt ichida qaytariladi. 📞Murojaat uchun telefon: 71 202-33-55 (ichki raqam 17). Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 47🤷‍♂ 6👏 5🔥 2🥰 2🤔 2
Issiqxonadan "issiq" daromad Gulchilikdan 1 mavsumda 200 mln so‘mgacha daromad topayotgan denovlik issiqxonachi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
نمایش همه...
👍 21🤔 7🤷‍♂ 3😴 2 1 1