Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
Kanalga Telegram’da o‘tish
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali Web-sayt: http://gov.uz/marhamat Facebook: fb.com/marhamatpress Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss Instagram: instagram.com/marhamatpress Murojaat uchun: @Marhamat_matbuot_kotibi
Ko'proq ko'rsatish4 263
Obunachilar
+324 soatlar
-47 kun
-1430 kun
Postlar arxiv
+5
#Ustozlarga_ehtirom
Tuman Madaniyat bo‘limi hamda 26-son Bolalar musiqa va san’at maktabining iste’dodli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va turli badiiy chiqishlar bayram tadbiriga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yig‘ilganlar kayfiyatini chog‘ etmoqda.
Yosh iste’dodlarning mahorat bilan ijro etayotgan chiqishlari tadbir ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olinib, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromni o‘zida mujassam etmoqda.
+7
🎓 USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — YUKSAK E'TIROF
Marhamat tumanida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Tadbir davomida ta’lim-tarbiya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, yosh avlodga puxta bilim va tarbiya berib kelayotgan, o‘z kasbiga sadoqati, fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan hamkasblari hamda shogirdlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ustoz va murabbiylar munosib e’tirof etildi.
Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan ta’lim sohasining fidoyi vakillariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Darhaqiqat, ustozning mehnati — yillar osha o‘z samarasini beradigan, kelajak avlod taqdirida muhim iz qoldiradigan sharafli va mas’uliyatli mehnatdir. Bugun e’tirof etilayotgan har bir ustozning hayot yo‘li, kasbiga sadoqati va ko‘p yillik faoliyati yosh avlod uchun ibrat maktabidir.
Ular yillar davomida o‘z bilim va tajribalarini yosh avlodga baxsh etib, minglab o‘quvchilarning qalbiga ilm-ma’rifat urug‘ini qadadilar, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamladilar. Bugun turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan ko‘plab insonlarning ilk qadami aynan ustozlar bergan ta’lim va tarbiyadan boshlangan.
Bayram tadbirida ustoz va murabbiylarning zahmatli mehnati, fidoyiligi va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etilib, ularga samimiy minnatdorlik izhor etildi.
Zero, ustozga berilgan ehtirom — ilmga, ma’rifatga va kelajakka berilgan yuksak ehtiromdir!
+9
✨SIZNING TA'LIMINGIZ OLMAGAN KIM BOR,
SIZKU, YURAKLARDA ILK ZIYO YOQQAN!
✨Kuzning salqin, ammo mehrga toʻla nafasi ufurib turgan bir paytda eng ardoqli kasb-egalari ustoz va murabbiylar kuni keng tantana qilinadi.
🎈1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tumanda oʻtkazilgan bayram tadbiri mehr-muhabbat, ehtirom va samimiyatga yoʻgʻrildi.
⭐️Ustozlar uchun tayyorlangan tantanalar saroyi rang-barang sharlar va gullar bilan bayramona ruhda bezatildi.
Dastlab, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov viloyatimiz soha fidoyilarini bayram bilan tabrikladi. Tadbirda soʻz olgan Marhamat tumani hokimi I.Umrzaqov ustozlarning jamiyatimizdagi oʻrni beqiyos ekanligini taʼkidladi. Ular yosh avlodga bilim berish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash kabi masʼuliyatli vazifalarni ham bajarishlarini eʼtirof etdi.
MARHAMAT TUMANI HOKIMI ILYOSBEK UMRZAQOVNING “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!
Avvalo, barchangizni yurtimizda keng nishonlanayotgan 1 oktyabr — "Ustoz va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etaman! Inson hayotida shunday kasb egalari borki, ularning mehnati yillar o‘tgani sayin yanada qadr topadi. Ustoz ana shunday ulug‘ zotdir. Ustoz shogirdiga nafaqat harf tanitadi, bilim beradi. U uning qalbiga ezgulik, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, insonparvarlik va yurtga sadoqat tuyg‘ularini singdiradi. Shu bois har bir inson hayotida uning birinchi ustozi, maktabdagi mehribon muallimi alohida o‘rin tutadi.
Bugun Marhamat tumani ta’lim tizimida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizning samarali mehnati, erishilayotgan natijalar va o‘quvchilarimizning yutuqlari barchamizni quvontiradi. Ayni paytda tumanimizda 50 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritib, ularda 32 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ularning ta’lim-tarbiyasi bilan 2500 nafardan ziyod pedagoglar shug‘ullanmoqda. Bu raqamlar ortida qancha mehnat, izlanish, sabr va mashaqqat borligini yaxshi anglaymiz. Ayniqsa, o‘tgan o‘quv yilida bitiruvchilarimiz erishgan natijalar tahsinga sazovor. 1000 nafarga yaqin bitiruvchimiz oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinib, talaba bo‘lish baxtiga erishdi. Eng quvonarlisi, 31 nafar bitiruvchimiz 189 balllik yuqori natijani qayd etib, nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari safiga qo‘shildi. Bu — avvalo, o‘quvchilarimizning intilishi, ota-onalarning ishonchi va, eng muhimi, ustozlarimizning mashaqqatli mehnati samarasidir.
Tumanimiz maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni zamonaviy bilim va kasblarga yo‘naltirish borasida ham izchil ishlar olib borilmoqda. Ustozlar mehnatiga yaratilayotgan sharoit va ularning kasbiy salohiyatiga bo‘lgan e’tibor natijasini ham bugungi ko‘rsatkichlarda ko‘rish mumkin. Jumladan, 2025 yilda 50 nafar pedagogimiz 1000 AQSH dollaridan ziyod maosh olgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 139 nafarga yetdi. Bu, o‘z navbatida, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi nufuzi va qadri tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi bayramda yana bir quvonchli voqeani alohida ta’kidlashni istardim. Joriy yilda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida Marhamat tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mirzayeva Gulg‘uncha Maxammatovna g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu nafaqat ustozimizning shaxsiy yutug‘i, balki butun Marhamat ta’lim tizimining yutug‘idir. Gulg‘uncha Maxammatovnani ushbu yuksak natija bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Aziz ustozlar! Sizlarning mehnatingiz natijasi bugun emas, yillar o‘tib namoyon bo‘ladi. Bugun siz ta’lim berayotgan bolalar ertaga shifokor, muhandis, olim, tadbirkor, rahbar va yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan munosib insonlar bo‘lib yetishadi. Shogirdning qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ida ustozning mehnati, har bir muvaffaqiyatida ustozning duosi va har bir ezgu ishida ustoz bergan tarbiya mujassam. Fursatdan foydalanib, ta’lim sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, bugun ham yosh avlod tarbiyasiga o‘zining boy tajribasi bilan hissa qo‘shayotgan faxriy ustozlarimizga alohida minnatdorlik bildiraman.
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb xotirjamligi va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo shogirdlaringiz yutug‘idan faxrlanib, ularning kamolini ko‘rib yurish nasib etsin! Xonadoningizdan fayzu baraka, mehr-oqibat va quvonch arimasin! Ustozga ehtirom — ilmga ehtirom.
Ustoz mehnatiga e’tibor — kelajakka e’tibor.
Barchangizni yana bir bor 1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muhtaram ustozlar!
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘tadi. INHA va Arxitektura universitetlari Britaniya standarti asosida shunday dasturlarni yo‘lga qo‘yib, talabalarga o‘qishni bir nechta xorijiy oliygohda davom ettirish imkonini yaratdi.
Mazkur tajriba yoshlarga xalqaro talabga javob beradigan bilim, malaka va diplom berayotgani ta’kidlandi. Kelasi yildan yana 20 ta oliygohda shunday yondashuv joriy etiladi.
Prezidentimiz ushbu universitetlar rektorlaridan dunyoqarashni o‘zgartirish, boshqaruv tizimini hozirdan moslashtirish va xalqaro dasturlar bilan ishlaydigan alohida tuzilmalar tashkil qilishni talab qildi.
Maqsad – xorijiy standartlarni milliy ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirib, talabaga jahonda tan olinadigan tayyorgarlik berish.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz rektorlar oliy ta’lim sifati, mazmuni va natijasi uchun shaxsan mas’uliyat olishi shartligini ta’kidladi. Bundan buyon davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a’zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan iborat bo‘ladi. Kengash a’zolari va jalb etilgan ekspertlarga haq to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Kuzatuv kengashlari mutaxassisliklar va o‘quv dasturlarini mehnat bozori talabiga moslab, to‘liq qayta ko‘rib chiqadi. Xorijiy adabiyotlar mualliflari bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta darslik yaratadi.
Bitiruv ishlari va dissertatsiyalar iqtisodiyot tarmoqlaridagi amaliy muammolar yechimiga yo‘naltiriladi. Professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida kreativ klublar tuzilib, xususiy sektor ehtiyojiga mos ilmiy ishlanmalar ko‘paytiriladi.
Davlatimiz rahbari universitet mustaqilligi ta’lim sifati, ilm-fan va ish beruvchilar bilan hamkorlikda aniq natija berishi kerakligini qayd etdi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi. Yettita oliygohimiz 17 ta fan bo‘yicha nufuzli xalqaro reytinglarga kirdi. Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berildi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz rektorlar oldiga keskin savol qo‘ydi:
“Oliygohdagi darsliklarning mazmuni bugungi kun talabiga qanchalik mos?”.Davlatimiz rahbari bu savolga hozircha ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi. Yigirma ikkita muhandislik oliygohi birlashib, mualliflar jamoalarini tuzishi, xorijlik hamkorlar bilan ishlashi, har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyotini yaratishi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, moslashtirishi mumkin. Transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik jadal rivojlanmoqda. O‘n bitta tibbiyot oliygohi ham shu yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlashni kechiktirmasligi kerak. Oliygohlar ta’lim sifati va mutaxassislar malakasida hali keskin o‘zgarishi zarur. Facebook|Instagram|X
