Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
Відкрити в Telegram
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali Web-sayt: http://gov.uz/marhamat Facebook: fb.com/marhamatpress Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss Instagram: instagram.com/marhamatpress Murojaat uchun: @Marhamat_matbuot_kotibi
Показати більше4 363
Підписники
+1224 години
+237 днів
-2530 день
Архів дописів
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz qurilish materiallari sohasini quruvchining ishonchini qozonib, sifat, standart, assortiment va narx bo‘yicha kompleks yechim taklif qiladigan tarmoqqa aylantirish lozimligini ta’kidladi.
Bundan 10 yil oldin mahalliy qurilish materiallari deganda qum-shag‘al, g‘isht, sement, oyna va shifer tushunilar edi. Bu nari borsa qurilishda ishlatiladigan jami materiallarning 35-40 foizini tashkil qilgan.
So‘nggi o‘n yilda sohaga 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 4 mingdan ortiq yangi zamonaviy korxonalar ishga tushdi.
Sement, oyna, bazalt, keramik buyumlar, gazoblok, quruq qorishmalar kabi asosiy turdagi 20 dan ortiq mahsulotlarga bo‘lgan ichki talabni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi. Issiqlik saqlovchi, kompozit material, ekologik pardozlash materiallari va pol qoplamalari kabi yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi yo‘nalishlar jadal rivojlanmoqda.
Umuman, yangi uy-joylar va sanoat binolari qurishga kerak bo‘ladigan 98 foiz materiallarni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning hisobiga o‘tgan davrda sohada ishlab chiqarish hajmi 7 trilliondan 53 trillion so‘mga oshdi. Sohadagi eksport o‘tgan yili 1,2 milliard dollarni tashkil qildi.
Asosiysi, o‘tgan davrda mazkur tarmoq import o‘rnini qoplashning muhim bosqichidan o‘tdi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Hokimlar qaysi tumanida qaysi tarmoqni qanday rivojlantirish, nima loyihaga investitsiya olib kelsa, eng yuqori samaradorlikka erishishini aniq hisob-kitob qilishi kerakligi qayd etildi.
Buning uchun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi” hamda 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliygohlar nomma-nom biriktirildi.
Misol uchun, qurilish materiallari tarmog‘iga “aql markazi” sifatida Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari markazi hamda Materialshunoslik instituti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti biriktirildi.
Ular yangi turdagi materiallarga talab, buni qoplash uchun qaysi tumanda nima loyiha qilish, qanday texnologiyadan foydalanish, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi.
Barcha tarmoq rahbarlariga “aql markazi”, sohaviy ilmiy institut va oliygohlar bilan har bir tuman imkoniyatini shu yondashuv asosida tahlil qilib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga katta turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari asosiy masalaga o‘tishdan avval o‘tgan hafta yuksak saviyada o‘tkazilgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga to‘xtaldi. Forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan 43 milliard dollarlik 177 ta kelishuvga erishilganini ta’kidladi.
"Har bir kelishuv loyihaga, ish o‘rniga, yuqori qo‘shilgan qiymatga aylanishi shart",- dedi Prezidentimiz. Mutasaddilarga xorijiy investorlar ko‘targan 120 ta taklifning yechimi bo‘yicha qaror kiritish topshirildi. Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar investitsiya sifati va samaradorligi bo‘yicha yondashuvlarini o‘zgartirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. So‘nggi besh yilda yurtimizga kiritilgan jami investitsiyaning yarmi 4 ta hududga to‘g‘ri kelgan. Lekin jalb qilingan sarmoyaning iqtisodiyotga qaytimi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi tafovut katta. Masalan, 1 million so‘mlik investitsiya Farg‘onaning yalpi hududiy mahsulotiga qo‘shimcha 273 ming so‘mlik, Samarqandda 262 ming so‘mlik qo‘shilgan qiymat beryapti. Lekin Buxoroda bu atigi 117 ming so‘m. Ya’ni hududga olib kelinayotgan investitsiya samarasi boshqa hududlardan 2 karra past. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание, посвященное проводимой работе и дальнейшим приоритетным задачам в отрасли строительных материалов.
Facebook|Instagram|X
+4
Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi
Marhamat tumanida “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan yoshlar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi.
Qabul davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlik faoliyati, huquqiy masalalar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaat va takliflar tinglandi.
Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
+4
Yoshlar bilan uchrashuv: huquqiy targ‘ibot va profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
Marhamat tumanida yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirasida Marhamat tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik R.Z.Jaloldinov tomonidan tumandagi xususiy tadbirkor tomonidan tashkil etilgan sport klubida shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, salbiy holatlarga qarshi kurashish borasida zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, huquqiy va hayotiy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
+3
Yoshlar kuni doirasida ochiq muloqot va samimiy uchrashuv tashkil etildi
Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar topish maqsadida Marhamat tumanida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari A.Maxamatov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, sport, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda boshqa yo‘nalishlardagi taklif va murojaatlar bildirildi.
Muloqot jarayonida har bir murojaat atroflicha tinglanib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ularning fikr va takliflarini eshitish hamda kelajakka dadil qadam tashlashlariga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🌱 Yoshlar — yurt kelajagi, ularning har bir tashabbusi esa e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga munosibdir!
Repost from Saida Mirziyoyeva
+4
Andijonda viloyat rahbariyati va tuman hokimlari ishtirokida ishchi yig‘ilishni o‘tkazdik.
Aksariyat muammolarga respublika, viloyat, tuman va mahallalar miqyosida hamjihatlik bilan ish ko‘rilsagina yechim topiladi. Bugun qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish, ularning ijro muddatlari va vazifalarini aniq belgilash talab etilmoqda.
Yigʻilishda muhokama qilingan muhim masalalardan biri 1980-yillarda barpo etilgan magistral suv tarmog‘ini yangilash bo‘ldi. Aholi yashaydigan ko‘plab xonadonlar, mahalla va tashkilotlarning suv ta’minotiga bevosita daxldor bo‘lgan ushbu inshootni rekonstruksiya qilish jarayonini kechiktirib bo‘lmaydi.
—
В Андижане провели рабочее совещание с руководством области и хокимами районов.
Многие вопросы требуют согласованной работы сразу на нескольких уровнях: республики, области, районов и махаллей. Нам необходимо, чтобы решения принимались быстрее, а сроки и задачи их реализации были конкретнее.
Один из обсуждённых вопросов — обновление магистрального водопровода, построенного ещё в 1980-е годы. Этот объект, влияющий на водоснабжение большого числа жителей, махаллей и организаций, давно требует реконструкции.
Repost from Saida Mirziyoyeva
+8
Bugun Andijon viloyatida zudlik bilan eʼtibor qaratilib, yangilanishi talab etilayotgan bir nechta obyektda bo‘ldik.
Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘makay” oilaviy poliklinikasini ko‘zdan kechirdik. Ushbu binodan 1988-yildan buyon foydalanib kelinmoqda, u bugungi kun standartlaridan ancha orqada qolgan.
Shuningdek, 9-sonli bog‘cha va 36-sonli maktabda ham bo‘ldik. Bog‘cha 1970-yillarda qurilgan oromgoh o‘rnida joylashgan. Maktab binosi undan ham eski — 1960-yilda barpo etilgan bo‘lib, sig‘imi o‘quvchilar soniga mos kelmaydi. Har ikki obyekt yangidan quriladi.
Gap tibbiyot va ta’lim haqida ketar ekan, shifokor va o‘qituvchining ish joyi, yaratilgan sharoit, farzandini maktab yoki bog‘chaga kuzatayotgan ota-onaning ko‘ngli to‘q bo‘lishi — eng muhim, birinchi galdagi masaladir. Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak. Jarayonni tezlashtirish, aniq va sezilarli natija tez fursatda amalda ko‘rinishi lozim.
—
Сегодня в Андижанской области посетили несколько мест, которые требуют срочного внимания и обновления.
В Алтынкульском районе побывали в семейной поликлинике «Кумакай». Здание эксплуатируется с 1988 года и давно не соответствует современным требованиям.
Посетили также детский сад № 9 и школу № 36. Детский сад расположен на базе бывшего лагеря, построенного ещё в 1970-е годы. Школа ещё старше — 1960 года постройки, и она не соответствует количеству обучающихся в ней учеников. Оба объекта будут построены заново.
Когда речь идёт о медицине и образовании, очень важны условия, в которых работает врач, учится ребёнок, спокойны ли родители, когда оставляют детей в саду. Изменения жизни людей в лучшую сторону не должны быть растянуты на десятилетия. Нужно ускоряться, нужен видимый и понятный результат уже сейчас.
+3
Marhamat tumanida “Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda!
Yoshlar uchun mazmunli, faol va unutilmas kunlarni tashkil etish maqsadida “Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.
Bugungi kun tadbirlari “Sog‘lom turmush tarzi kuni” shiori ostida boshlandi. Erta tongdan Marhamat tumani yoshlari ishtirokida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Jismoniy faollik” ochiq trenirovkasi tashkil etildi.
Unda Marhamat tumani prokurori U.Azimov yoshlar bilan birgalikda ishtirok etib, badantarbiya mashqlarini bajardi. Tonggi shijoat va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan mashg‘ulotlar yoshlarni yanada faol bo‘lishga, sport bilan muntazam shug‘ullanishga undadi.
Mazkur tadbir orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi ezgu maqsadlar ilgari surildi.
💪 Sog‘lom avlod — kuchli kelajak poydevori!
Marhamat yoshlari bilan “Yoshlar kuni” bayramona ruhda davom etmoqda.
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
+3
Туркий халқлар бирдамлиги тантанаси: Муҳташам халқаро анжуман байрамона мушакбозлик билан якунланди
«Андижон — Турк дунёсининг маданий пойтахти — 2026» йирик халқаро тадбири доирасида бўлиб ўтган муҳташам маданий анжуман туркий халқларнинг бой куй-қўшиқлари ва қон-қардошлик бирдамлиги шукуҳи остида ўз якунига етди. Мазкур нуфузли тадбир давомида янграган жозибали миллий наволар ва санъат усталарининг чиқишлари қардош эллар ўртасидаги маданий ҳамкорлик ҳамда дўстлик ришталарини янада мустаҳкамлашга хизмат қилди.
Анжуманнинг хотимавий қисмида Андижон осмонини замин узра таралган куй-қўшиқлар садоси остида ранг-баранг ва жозибадор мушакбозлик шуълалари безади. Халқаро маданий форумнинг ёпилиш маросимига ўзгача файз ва улуғворлик бағишлаган ушбу маҳобатли мушаклар намойиши иштирокчилар ҳамда хорижий меҳмонларда ўчмас ва ёрқин таассуротлар қолдирди.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Туркий дунё маданий тадбирида юксак эҳтиром: ТУРКСОЙ Бош котиби Муҳаммад Юсуф шеърини ўқиб эшиттирди
«Андижон — Турк дунёсининг маданий пойтахти — 2026» халқаро анжумани доирасида бўлиб ўтган муҳташам маданий тадбирда адабий дўстлик ва қардошликнинг ёрқин намунаси намойиш этилди. Тантанали маросимда Халқаро туркий маданият ташкилоти (ТУРКСОЙ) Бош котиби Султон Раев жаноблари сўзга чиқиб, Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуфнинг қалбларни ларзага солувчи «Нечун қуллуқ қилмай Андижонга мен» номли машҳур шеърини ўқиб эшиттирди.
Юқори мартабали меҳмоннинг Андижон тупроғи ва ўзбек адабиётига бўлган ушбу юксак эҳтироми, анжуман иштирокчилари ҳамда халқаро делегация вакиллари томонидан давомли олқишлар ва катта ҳаяжон билан кутиб олинди. Туркий халқлар ўртасидаги маданий кўприкларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилган ушбу тарихий лаҳза, миллий шеъриятимиз жозибасини халқаро саҳнада яна бир бор юксак чўққига олиб чиқди.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
+7
Туркий халқлар мусиқа санъати Андижон саҳнасида: Халқаро анжуман доирасида муҳташам концерт дастури намойиш этилди
«Андижон — Турк дунёсининг маданий пойтахти — 2026» йирик халқаро тадбири доирасида қардош халқларнинг бой маданий меросини тараннум этувчи муҳташам концерт дастури бўлиб ўтди. Нуфузли анжуманда элимиз ардоғидаги санъаткорлар билан бир қаторда, барча туркий давлатлардан ташриф буюрган таниқли санъат усталари ва маҳоратли ижрочилар ўзларининг миллий куй-қўшиқлари билан иштирок этдилар.
Халқаро саҳнада янграган жозибали наволар ва туркий халқларнинг ўзига хос миллий ижрочилик маҳорати тадбирга ўзгача байрамона шукуҳ бағишлаб, қардошлик ришталарини янада мустаҳкамлади. Истеъдодли санъаткорларнинг жонли чиқишлари хорижий меҳмонлар ва томошабинлар томонидан юксак олқишлар билан кутиб олинди.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
+8
Элимиз ардоғидаги санъаткорлар Андижондаги халқаро анжуманга ўзгача шукуҳ бағишлади
«Андижон — Турк дунёсининг маданий пойтахти — 2026» йирик халқаро тадбири доирасида муҳташам маданий дастур намойиш этилди. Мазкур нуфузли анжуманда элимиз ардоғидаги таниқли санъаткорлар ва маҳоратли ижрочилар томонидан янграган дилрабо куй-қўшиқлар тадбирга ўзгача байрамона кайфият бағишлади. Санъат усталарининг юксак маҳорати ва жонли чиқишлари халқимизнинг бой мусиқий меросини хорижий меҳмонлар кўз ўнггида яна бир бор юқори савияда намойиш этди.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
«Андижон полкаси» жаҳон рекорди: Гиннес вакили вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмоновга расмий сертификатни топширди
Бобур юртида ўтказилаётган «Андижон — Турк дунёсининг маданий пойтахти — 2026» йирик халқаро тадбири доирасида миллий санъатимиз тарихига зарҳал ҳарфлар билан ёзиладиган тарихий воқелик юз берди. «Андижон полкаси» рақсини бир вақтнинг ўзида 20 минг нафар иштирокчи томонидан юксак маҳорат билан ижро этилиши натижасида қайд этилган жаҳон рекорди расман тан олинди.
Маҳобатли намойиш якунида Гиннес рекордлари ташкилотининг (Guinness World Records) махсус вакили ушбу йирик маданий акция барча қатъий халқаро мезонлар ва талабларга тўлиқ жавоб берганини эълон қилди. Тантанали вазиятда жаҳон рекордини тасдиқловчи расмий Гиннес сертификати Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмоновга топширилди.
Вилоят раҳбари ушбу юксак эътироф нафақат андижонликларнинг, балки бутун ўзбек халқининг бой номоддий маданий меросига берилган халқаро баҳо эканини таъкидлади. ТУРКСОЙ ташкилоти ва хорижий давлатлардан ташриф буюрган юқори мартабали меҳмонлар кўз ўнггида кечган ушбу тарихий лаҳза ўзбек миллий рақс мактабининг довруғини жаҳон миқёсида яна бир бор юқори чўққига олиб чиқди.
Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
