ru
Feedback
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿

Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿

Открыть в Telegram

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali Web-sayt: http://gov.uz/marhamat Facebook: fb.com/marhamatpress Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss Instagram: instagram.com/marhamatpress Murojaat uchun: @Marhamat_matbuot_kotibi

Больше
4 271
Подписчики
+924 часа
-17 дней
-2230 дней
Архив постов
MARHAMAT TUMANI HOKIMI ILYOSBEK UMRZAQOVNING “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI Hurmatli ustoz va mu
MARHAMAT TUMANI HOKIMI ILYOSBEK UMRZAQOVNING “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI Hurmatli ustoz va murabbiylar! Qadrli ta’lim sohasi fidoyilari! Avvalo, barchangizni yurtimizda keng nishonlanayotgan 1 oktyabr — "Ustoz va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etaman!  Inson hayotida shunday kasb egalari borki, ularning mehnati yillar o‘tgani sayin yanada qadr topadi. Ustoz ana shunday ulug‘ zotdir. Ustoz shogirdiga nafaqat harf tanitadi, bilim beradi. U uning qalbiga ezgulik, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, insonparvarlik va yurtga sadoqat tuyg‘ularini singdiradi. Shu bois har bir inson hayotida uning birinchi ustozi, maktabdagi mehribon muallimi alohida o‘rin tutadi. Bugun Marhamat tumani ta’lim tizimida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizning samarali mehnati, erishilayotgan natijalar va o‘quvchilarimizning yutuqlari barchamizni quvontiradi. Ayni paytda tumanimizda 50 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritib, ularda 32 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ularning ta’lim-tarbiyasi bilan 2500 nafardan ziyod pedagoglar shug‘ullanmoqda. Bu raqamlar ortida qancha mehnat, izlanish, sabr va mashaqqat borligini yaxshi anglaymiz. Ayniqsa, o‘tgan o‘quv yilida bitiruvchilarimiz erishgan natijalar tahsinga sazovor. 1000 nafarga yaqin bitiruvchimiz oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinib, talaba bo‘lish baxtiga erishdi. Eng quvonarlisi, 31 nafar bitiruvchimiz 189 balllik yuqori natijani qayd etib, nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari safiga qo‘shildi. Bu — avvalo, o‘quvchilarimizning intilishi, ota-onalarning ishonchi va, eng muhimi, ustozlarimizning mashaqqatli mehnati samarasidir. Tumanimiz maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni zamonaviy bilim va kasblarga yo‘naltirish borasida ham izchil ishlar olib borilmoqda. Ustozlar mehnatiga yaratilayotgan sharoit va ularning kasbiy salohiyatiga bo‘lgan e’tibor natijasini ham bugungi ko‘rsatkichlarda ko‘rish mumkin. Jumladan, 2025 yilda 50 nafar pedagogimiz 1000 AQSH dollaridan ziyod maosh olgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 139 nafarga yetdi. Bu, o‘z navbatida, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi nufuzi va qadri tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi bayramda yana bir quvonchli voqeani alohida ta’kidlashni istardim. Joriy yilda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida Marhamat tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mirzayeva Gulg‘uncha Maxammatovna g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu nafaqat ustozimizning shaxsiy yutug‘i, balki butun Marhamat ta’lim tizimining yutug‘idir. Gulg‘uncha Maxammatovnani ushbu yuksak natija bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Aziz ustozlar! Sizlarning mehnatingiz natijasi bugun emas, yillar o‘tib namoyon bo‘ladi. Bugun siz ta’lim berayotgan bolalar ertaga shifokor, muhandis, olim, tadbirkor, rahbar va yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan munosib insonlar bo‘lib yetishadi. Shogirdning qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ida ustozning mehnati, har bir muvaffaqiyatida ustozning duosi va har bir ezgu ishida ustoz bergan tarbiya mujassam. Fursatdan foydalanib, ta’lim sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, bugun ham yosh avlod tarbiyasiga o‘zining boy tajribasi bilan hissa qo‘shayotgan faxriy ustozlarimizga alohida minnatdorlik bildiraman. Qadrli ustoz va murabbiylar! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb xotirjamligi va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo shogirdlaringiz yutug‘idan faxrlanib, ularning kamolini ko‘rib yurish nasib etsin! Xonadoningizdan fayzu baraka, mehr-oqibat va quvonch arimasin! Ustozga ehtirom — ilmga ehtirom. Ustoz mehnatiga e’tibor — kelajakka e’tibor. Barchangizni yana bir bor 1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muhtaram ustozlar!

Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Insta
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘tadi. INHA v
Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga o‘tadi. INHA va Arxitektura universitetlari Britaniya standarti asosida shunday dasturlarni yo‘lga qo‘yib, talabalarga o‘qishni bir nechta xorijiy oliygohda davom ettirish imkonini yaratdi. Mazkur tajriba yoshlarga xalqaro talabga javob beradigan bilim, malaka va diplom berayotgani ta’kidlandi. Kelasi yildan yana 20 ta oliygohda shunday yondashuv joriy etiladi. Prezidentimiz ushbu universitetlar rektorlaridan dunyoqarashni o‘zgartirish, boshqaruv tizimini hozirdan moslashtirish va xalqaro dasturlar bilan ishlaydigan alohida tuzilmalar tashkil qilishni talab qildi. Maqsad – xorijiy standartlarni milliy ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirib, talabaga jahonda tan olinadigan tayyorgarlik berish. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz rektorlar oliy ta’lim sifati, mazmuni va natijasi uchun shaxsan mas’uliyat olishi shartligini ta’kidladi. Bunda
Prezidentimiz rektorlar oliy ta’lim sifati, mazmuni va natijasi uchun shaxsan mas’uliyat olishi shartligini ta’kidladi. Bundan buyon davlat universitetlari kuzatuv kengashlari a’zolarining uchdan ikki qismi xususiy sektor va xorijiy oliygohlar vakillaridan iborat bo‘ladi. Kengash a’zolari va jalb etilgan ekspertlarga haq to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Kuzatuv kengashlari mutaxassisliklar va o‘quv dasturlarini mehnat bozori talabiga moslab, to‘liq qayta ko‘rib chiqadi. Xorijiy adabiyotlar mualliflari bilan hamkorlikda har yili kamida 50 ta darslik yaratadi. Bitiruv ishlari va dissertatsiyalar iqtisodiyot tarmoqlaridagi amaliy muammolar yechimiga yo‘naltiriladi. Professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida kreativ klublar tuzilib, xususiy sektor ehtiyojiga mos ilmiy ishlanmalar ko‘paytiriladi. Davlatimiz rahbari universitet mustaqilligi ta’lim sifati, ilm-fan va ish beruvchilar bilan hamkorlikda aniq natija berishi kerakligini qayd etdi. Facebook|Instagram|X

Oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi. Yettita oliygohimiz 17 ta fan
Oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi. Yettita oliygohimiz 17 ta fan bo‘yicha nufuzli xalqaro reytinglarga kirdi. Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berildi. Shu bilan birga, Prezidentimiz rektorlar oldiga keskin savol qo‘ydi:
“Oliygohdagi darsliklarning mazmuni bugungi kun talabiga qanchalik mos?”.
Davlatimiz rahbari bu savolga hozircha ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi. Yigirma ikkita muhandislik oliygohi birlashib, mualliflar jamoalarini tuzishi, xorijlik hamkorlar bilan ishlashi, har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyotini yaratishi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, moslashtirishi mumkin. Transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik jadal rivojlanmoqda. O‘n bitta tibbiyot oliygohi ham shu yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlashni kechiktirmasligi kerak. Oliygohlar ta’lim sifati va mutaxassislar malakasida hali keskin o‘zgarishi zarur. Facebook|Instagram|X

Ilk bor o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasb tanlovida 170 ming o‘quvchi ishtirok etdi. G‘oliblarni tayyorlagan
Ilk bor o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasb tanlovida 170 ming o‘quvchi ishtirok etdi. G‘oliblarni tayyorlagan 120 nafar ustaga 40 million so‘mgacha mukofot berildi. Prezidentimiz tanlovni har yili o‘tkazish, eng munosib o‘quvchilar va ustalarni 2028-yili Tokiodagi kasblar bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorlash vazifasini qo‘ydi. Bundan buyon mintaqaviy va xalqaro kasb tanlovi g‘olibini tayyorlagan ustaga 100 million so‘m, jahon miqyosidagi nufuzli musobaqa g‘olibini tayyorlagan ustozga 200 million so‘m mukofot beriladi. Xususiy texnikum tashkil etadigan tadbirkorlar soliq imtiyozi va yer narxidan chegirma oladi. Kelasi o‘quv yilidan sanoat, servis va infratuzilma kabi muhim sohalarga kadr tayyorlaydigan xususiy texnikum o‘quvchilarining 50 foiziga davlat granti ajratiladi. Xalqaro dastur va franshiza olib kelish xarajatining 75 foizi qoplanadi. O‘quv laboratoriyalari va jihozlarini olib kirish bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz kasbiy ta’limga to‘xtalar ekan, “Hunar – hunardan rizqing unar”, degan naqlni keltirdi. So‘nggi ikki yilda 104
Prezidentimiz kasbiy ta’limga to‘xtalar ekan, “Hunar – hunardan rizqing unar”, degan naqlni keltirdi. So‘nggi ikki yilda 104 ta texnikumga Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya va Xitoyning xalqaro dasturlari olib kirildi. 25 ming korxona bilan hamkorlik natijasida 100 mingdan ziyod yosh o‘qish barobarida daromad topish imkoniga ega bo‘ldi. Shu yildan dual ta’limda kasb o‘rganayotgan yoshlarga 1 million 300 ming so‘mgacha stipendiya to‘lanmoqda. Bu yil 9-sinfni bitirgan 220 ming o‘quvchi texnikumga jalb qilindi. Xalqaro dasturlar bosqichma-bosqich barcha texnikumlarga joriy etiladi. Buning uchun ustalarni tayyorlash va rag‘batlantirish ham kuchaytiriladi: kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega ustaga 50 foiz ustama to‘lanib, sertifikat xarajati to‘liq qoplanadi. Har yili 500 nafar texnikum ustasi Germaniya, Shveytsariya, Turkiya va Xitoy kabi davlatlarda stajirovka o‘taydi. Facebook|Instagram|X

– Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi, – dedi Prezi
– Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi,
– dedi Prezidentimiz. Shu bois, kelasi yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplanadi. Bog‘cha tarbiyachilariga ishlab turib oliy ma’lumot olish imkoni yaratilgan. Joriy yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirdi: haftada besh kun ishlab, bir kun o‘qimoqda. Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin. Facebook|Instagram|X

– Bog‘cha bolaning qobiliyati kashf etiladigan, zehni ochiladigan maskanga aylanishi zarur, – dedi Prezidentimiz. Italiya, Bu
– Bog‘cha bolaning qobiliyati kashf etiladigan, zehni ochiladigan maskanga aylanishi zarur,
– dedi Prezidentimiz. Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Xitoy tajribasi asosida milliy qadriyatlarimizga mos dastur ishlab chiqildi. 180 ming tarbiyachi va pedagog yangi metodika bo‘yicha o‘qitilmoqda. O‘yin orqali ta’lim berishga qaratilgan dastur hozir bog‘chalarning 30 foizida amal qiladi. Yil yakuniga qadar u 38 mingdan ortiq bog‘chaning barchasiga joriy etiladi. Toshkentda UNESCO shafeligida Bolalarni erta yoshdan ta’limga jalb qilish mintaqaviy markazi va Italiyaning Rejjio Emiliya markazi ish boshladi. Ular xalqaro standartlar va innovatsion yechimlarni joriy etish, o‘yin orqali ta’lim bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar tayyorlashga xizmat qiladi. Har yili 50 nafar ilg‘or tarbiyachi xorijda stajirovka o‘taydi, barcha bog‘chalar uchun 100 ta videokontent tayyorlanadi. Uch yillik dastur asosida davlat bog‘chalari elektron doska, kompyuter va rangli printer bilan jihozlanadi. Facebook|Instagram|X

Ikki yilda inklyuziv muhit yaratilgan maktablar soni 729 tadan 3 ming 591 taga, ya’ni qariyb besh barobarga oshdi. – Bugun te
Ikki yilda inklyuziv muhit yaratilgan maktablar soni 729 tadan 3 ming 591 taga, ya’ni qariyb besh barobarga oshdi.
– Bugun tengdoshlari qatorida to‘laqonli muhitda ta’lim olayotgan alohida ehtiyojga ega 10 ming bolaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?
– dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj farzandlar doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi. Yaqinda Toshkent shahrida ko‘p funksional inklyuziv resurs maktabi ish boshladi. U yerda ko‘rish, eshitish yoki harakatlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, ruhiy rivojlanishda qo‘shimcha yordamga muhtoj bolalar sog‘lom tengdoshlari bilan bir muhitda o‘qib, tarbiya oladi. Bunday maktablar yil oxirigacha Xorazm, Jizzax va Samarqand viloyatlarida, kelgusi ikki yilda esa barcha hududlarda ochiladi. Facebook|Instagram|X

Joriy yil 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi – o‘tgan yilgiga nisbatan 10 foiz ko‘p. 2030-yilga borib, ularning soni 1 mill
Joriy yil 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi – o‘tgan yilgiga nisbatan 10 foiz ko‘p. 2030-yilga borib, ularning soni 1 millionga yetishi kutilmoqda. Har yili investitsiya dasturlari hisobidan 180-200 ming o‘quvchi o‘rni yaratilmoqda. Prezidentimiz o‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan 52 ta tumanda xususiy maktablar ochishni qo‘llab-quvvatlashning yangi moliyaviy mexanizmlarini e’lon qildi. Ushbu hududlarda maktab tashkil etish uchun 7 yillik 10 foizli imtiyozli kredit, ochish va jihozlash xarajatining 15 foizigacha, ko‘pi bilan 1,5 milliard so‘m subsidiya beriladi. Binosini maktabga ijaraga berganlar yer va mulk solig‘idan imtiyoz oladi. Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish xarajatining yarmi qoplanadi. Farzandi xususiy maktabda o‘qiydigan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi 3 milliondan 6 million so‘mga oshiriladi. Bu oilalarga yiliga 6-7 million so‘m tejash imkonini beradi; soliq idoralari to‘lovlarni har oy yakunida avtomatik qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Facebook|Instagram|X

– Zamon o‘zgaryapti. Bolalarning qiziqishi, dunyoqarashi, axborot olish xususiyati ham o‘zgaryapti. Kecha samara bergan dars
– Zamon o‘zgaryapti. Bolalarning qiziqishi, dunyoqarashi, axborot olish xususiyati ham o‘zgaryapti. Kecha samara bergan dars usuli bugun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab muallimning muntazam o‘qishi va o‘z ustida ishlashi zarur,
– dedi Prezidentimiz o‘qituvchilarning malakasi haqida. Pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi. Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi. Muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Kursni va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi. Davlatimiz rahbari bu o‘zgarish malaka oshirishni rasmiyatchilikdan amaliy ehtiyojga aylantirishi kerakligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bo
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi. Yangi o‘quv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi.
– Endi o‘rta ta’limda “sifat indeksi” joriy etiladi,
– dedi Prezidentimiz. Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi. Ilg‘or maktab boshqa maktablarga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi. Facebook|Instagram|X

Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika, fizika, kimyo va biologiyani makt
Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika, fizika, kimyo va biologiyani maktabdanoq chuqur o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda sinfda 25 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lsa, ushbu fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi. Fundamental fanlar o‘qituvchilari uchun rag‘batning yangi tizimi joriy etiladi. Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanadi, har yili 208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga 30 million so‘mdan mukofot beriladi. Yana 1 ming o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘taydi. Kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplanadi. Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa oladi. Prezidentimiz ushbu tashabbuslar qariyb 100 ming o‘qituvchiga munosib rag‘bat bo‘lishiga ishonch bildirdi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvoza
Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir” degan so‘zlarini yodga oldi. O‘g‘il-qizlarimiz uchun bu darvozani yanada keng ochish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish Uchinchi Renessans g‘oyasining o‘zagidir. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojlanar ekan, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, mavjud kasblar ham boshqa ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Shu bois, maktab bitiruvchisi katta hayotga til va kasbni egallamasdan chiqmasligi kerak.
– Bolani maktabdan kasb, til o‘rgatmasdan chiqarish – uning kelajagiga beparvolik emasmi?
– dedi Prezidentimiz. Direktorlar o‘quvchilar qaysi til va kasbni o‘rganayotgani, bitirganda qanday hunarga ega bo‘lishi haqida jiddiy o‘ylashi zarurligi qayd etildi. Maktab rahbarlariga zarur vakolatlar beriladi, hamkorlikka tayyor tadbirkorlarga sharoit yaratiladi. Yoshlarni maktabdanoq kasbga tayyorlash va ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlash uchun komissiya tuziladi; uch oy ichida yangi yechimlar e’lon qilinadi. Facebook|Instagram|X

Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sert
Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda o‘qituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi. PISA tahlilida bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 8 foiz, o‘rganilgan 91 davlatda o‘rtacha 40 foiz ekani keltirilgan. Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada g‘oliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati rag‘batlantirilmoqda. Yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar g‘olibiga ilk bor 616 million so‘mdan mukofot berildi. Prezidentimiz bunday e’tirof yanada ko‘proq muallimlarni yuksak marralarga intilishga undashini ta’kidladi. Kelasi yildan tanlovni 14 ta hududdagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish, ularni mukofotlash taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida
Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida maktabgacha ta’lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida 15 yoshli o‘quvchilar tabiiy fanlar bo‘yicha 32 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 48-o‘rinni egalladi. Joriy yilning o‘zida iste’dodli yoshlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medal – 38 ta oltin, 82 ta kumush va 108 ta bronzani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan xalqaro kimyo va informatika olimpiadalarida o‘quvchilarimiz yana 8 ta medalga sazovor bo‘ldi. Maktab paytidayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 100 mingga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘paygan. Bu yil qariyb 5 ming bitiruvchi oliygohga kirishda eng yuqori ballni to‘pladi. Prezidentimiz mazkur natijalarni ustozlar mehnati, yangilangan ta’lim mazmuni va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘ladi. Facebook|Instagram|X