uz
Feedback
BBA|Samarqand

BBA|Samarqand

Kanalga Telegram’da o‘tish

Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 99-091-65-29 94-356-93-00 Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q

Ko'proq ko'rsatish
3 563
Obunachilar
-124 soatlar
-87 kunlar
+43930 kunlar
Postlar arxiv
#Mustaqillikning_35_yilligi Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning
#Mustaqillikning_35_yilligi
Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 🎗 Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi. 🎗 Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi. 🎗 Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan. 🎗 Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan. 🎗 Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi. 🎗 Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. 🎗 Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir. 🎗 Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda. 🎗 IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi. 🎗 O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim. 🎗 Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur. 🎗 Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda. 🎗 Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi. ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi Oliy ta’lim tashkilotla
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha belgilangan muddat 28-avgust kuni soat 23:59 da o‘z nihoyasiga yetdi. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda, vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha tanlov natijalari 2026-yil 3-sentyabrga qadar eʼlon qilinadi. Agentlikning tanlov qaydnomalari abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidl
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.   Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.   Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.   Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.  
Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.   Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON! Bugun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi ku
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON!
Bugun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakulanadi. 2026-yil 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda, vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha tanlov natijalari qaydnomalari oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi. Agentlikning tanlov qaydnomalari abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Milliy_sertifikat 11 ta xorijiy til bo‘yicha Multi-level milliy sertifikat tizimi haqida 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi xorijiy tillardan chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi joriy etilgan: 🇨🇳 Xitoy tili 🇰🇷 Koreys tili 🇯🇵 Yapon tili 🇪🇸 Ispan tili 🇮🇹 Italyan tili 🇮🇷 Fors tili 🇦🇫 Dari tili 🇦🇫 Pushtu tili 🇵🇰 Urdu tili 🇮🇳 Hindiy tili 🇨🇳 Uyg‘ur tili ❗ Eslatma: mazkur xorijiy tillar bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari, ro‘yxatdan o‘tish tartibi, test formati, namunaviy test topshiriqlari, baholash mezonlari va imtihon o‘tkazish sanalari haqida rasmiy ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidagi «Chet tilidan milliy sertifikat» bo‘limida joylashtirilgan. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📌 “Yoshlar kuni” — ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi ✅ Bilimni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limida yoshlar bilan na
+4
📌 “Yoshlar kuni” — ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi   ✅ Bilimni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.   👤 Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i V.Sirliboyev test sinovlarining shaffofligi, OTMga kirishdagi imtiyozlar va sertifikat tizimi haqida ma’lumot berdi.   📝 Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 411-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.   💬 Yoshlarning savol va takliflari tinglanib, ularga atroflicha javoblar berildi. @BBASamarqand

#OnlaynTest Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2
#OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. 📆 2026-yil 26-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. 👨‍💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 💼 Imtihonda 700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Bir nafar talabgor chetlatildi. 📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#OnlaynTest #Aprobatsiya2026 〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Huquqshunoslik fanidan aprobatsiya 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
+6
#OnlaynTest #Aprobatsiya2026 〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Huquqshunoslik fanidan aprobatsiya
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida huquqshunoslik fanidan sertifikatlash tizimini yo'lga qo'yish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 📆 Mazkur ishlar doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 26-avgust kuni huquqshunoslik fanidan test sinovlarining aprobatsiyasi o'tkazildi. 👥 Test sinovlarining aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilib, “Onlayn test” axborot tizimi orqali amalga oshirildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Umumta'lim fanlarini bilish da
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 📆 Chet tilini bilish darajasini aniqla
Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🧑‍💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📢 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va mal
📢 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan GAPIRISH (Speaking) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda. 📅 Boshlanishi: 10-sentabr, soat 15:00 💻 Ta’lim shakli: Onlayn ⏱️ Davomiyligi: 36 soat 🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili 📌 KURSDA SIZ: 🔹 Speaking ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz; 🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz; 🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH 📅 8-sentabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: registration.ilmiymarkaz.uz 🎓 MUHIM: Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi sertifikat, shuningdek, Speaking ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi va tegishli diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi. ☎️ Murojaat uchun: 📞 95 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

📢 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malaka
📢 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI! 📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan YOZISH (Writing) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda. 📅 Boshlanishi: 10-sentabr, soat 15:00 💻 Ta’lim shakli: Onlayn ⏱️ Davomiyligi: 36 soat 🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili 📌 KURSDA SIZ: 🔹 Writing ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz; 🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz; 🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH 📅 8-sentabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: registration.ilmiymarkaz.uz 🎓 MUHIM! Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi tegishli sertifikat va diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 📌 Eslatma: Ekspertlikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ingliz tilini bilishi bo'yicha C1 darajadagi tegishli sertifikat, shuningdek, Writing ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. TKT va APTIS sertifikatlari ushbu talab doirasida inobatga olinmaydi. 📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

10. ANDIJON VILOYATI: Andijon davlat universiteti akademik litseyi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena soat 08-30, 2-smena soat 10-30. •Manzil: Andijon shahri, Universitet ko'chasi 129"A"-uy. Mo‘ljal: “Andijon davlat universiteti Akademik litseyi •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/Ezm1gbypoBCpPHaF7 11. FARG'ONA VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena 09:00, 2-smena 11:00. •Manzil: Fargʻona shahri, Nurafshon koʻchasi, “Mustaqillik shaharchasi”. •Mo‘ljal: “EKO shahar” •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5 12. NAMANGAN VILOYATI: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust. •Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy. •Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida. Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA 13. TOSHKENT SHAHRI: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena soat 08-30, 2-smena soat 10-00, 3-smena soat 11-00. •Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/NH9oiVFNbP3dGf2TA

Test sinovi o'tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari (2026-yil 27-avgust): 1. QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limii. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 10:00. •Manzil: Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To'rtko'l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal •Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F 2. XORAZM VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 11-30. •Manzil: Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, "Yuqoriovul" MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy. •Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab. •Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CLAKFLjz 3. BUXORO VILOYATI: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 14-30 •Manzil: Buxoro tumani, "Bog‘idasht" MFY. •Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman, 43-maktab. •Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A 4. NAVOIY VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 11-00. •Manzil: Navoiy shahar “Yoshlik” MFY. •Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/tZUjupAM9JHEmy5RA 5. SAMARQAND VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 11:00. •Manzil: Pastdarg‘om tumani "Kamolot" mahallasi Irteshar ges ko'chasi 5-A uy. •Mo'ljal: sobiq "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi yonida. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/BpqJm6VMmktapYQ99 6. QASHQADARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyati bo'limi binosi.Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 09:30. •Manzil: Qarshi shahri “Buyuk Turon” MFY Buyuk Turon ko‘chasi 10/v-uy. •Moljal: Qarshi xalqaro Aeroport yo‘li, "Smart" telivizor zavod yonida, Qarshi shahar 24-umumta'lim maktabi ro‘parasi •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/8pwYs32AqYcefpg59 7. SURXONDARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo'limi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, 1-smena 08:30, 2- smena 10:30. •Manzil: Termiz shahri "Tinchlik" maxallasi Shodiyona ko'chasi 1-"A" uy. •Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/UxekcDhjQgt5pGUd7 8. JIZZAX VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 10:00. • Manzili: Sh.Rashidov tumani, "Oqtosh ota" MFY, "Yangi O‘zbekiston" massivi. • Mo‘ljal: Sayxan, M39 avtomagistralida barpo etilayotgan yangi uylar. •Bino geolokatsiyasi:https://maps.app.goo.gl/zxi8CkZQ36ujLBUX7 9. SIRDARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi bo'limi. •Testning boshlanish vaqti: 27-avgust, soat 10-00. • Manzili: Guliston shahri, 4-mavze, “Buyuk kelajak” massivi. • Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi va Guliston davlat pedagogika instituti. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78

#Mustaqillikning_35_yilligi Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi
#Mustaqillikning_35_yilligi Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun o‘qishga qabul imtihonlari 📝 Bugun, 2026-yil 25-avgust kuni Huquqni muhofaza qil
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun o‘qishga qabul imtihonlari
📝 Bugun, 2026-yil 25-avgust kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun o‘qishga qabul imtihonlari, shu bilan bir qatorda, Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasining «Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishiga hamda Jamoat xavfsizligi universitetining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📆 Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Jarayonlarda 6000 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 📝 Imtihon natijalari hisoblanib, qaydnomalar rasmiylashtirilgandan keyin belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Apellatsiya O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda 📝 Tala
#Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda
📝 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda. 💼 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi. ✅ Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim. 📨 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. ⛳ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Chet_tili_imtihoni 〰️〰️〰️ Chet tillidan sertifikat imtihonlari 📝 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni
+5
#Chet_tili_imtihoni 〰️〰️〰️
Chet tillidan sertifikat imtihonlari
📝 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi. 📆 Imtihonlar 2026-yil 24-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Ularda salkam 19 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 39 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. 🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi 25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkazilishi belgilangan. 📝 Imtihon natijalari VMning 73-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube