en
Feedback
BBA|Samarqand

BBA|Samarqand

Open in Telegram

Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 99-091-65-29 Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q

Show more
3 188
Subscribers
-724 hours
-467 days
+16730 days
Posts Archive
Rasmiy munosabat   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarorida test topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuzilishi, test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtirilishi belgilangan. 2026–2027-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun huquqshunoslik fanidan test topshiriqlari ushbu qarordan kelib chiqqan holda davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan 35 ta qonunchilik hujjati asosida shakllantirilgan. Ushbu qonunchilik hujjatlariga huquqshunoslik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular doirasida murojaat qilingan. Test sinovi natijasidan norozi boʻlgan yoki test topshiriqlari o‘quv dasturlari asosida tuzilmagan deb hisoblagan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilingandan so‘ng belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Grant #Nodavlat Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi Oliy ta’li
#Qabul2026 #Grant #Nodavlat Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Eslatib o‘tamiz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari iyun–sentyabr oylari davomida bo‘lib o‘tadi. Qabul to‘liq yakunlangach, muayyan xorijiy va nodavlat OTTga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun davlat granti ajratilgan ta’lim sohalari bo‘yicha tanlovda qatnashish imkoniyati yaratiladi. 📝 Tanlov tartibi: 🔹 To‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar (PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi); 🔹 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun alohida test sinovlari tashkil etiladi; 🔹 Test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballar ketma-ketligi bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi. Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu grant tanlovida ishtirok etish huquqi beriladi. ℹ️ Test sinovlarini o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari qabul jarayonlari to‘liq yakunlangach qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

11_Samarqand 3-bino 24.07.2026 1-smen IIB xodimlari: 25 nafar MG : 10 nafar FVV xodimlari: 4 nafar SSB xodimlari: 4 nafar GN 38/38 SURDO 1/1

11_Samarqand 1-2-binolar 24.07.2026 1-smen IIB xodimlari: 52 nafar FVV xodimlari: 4 nafar SSB xodimlari: 4 nafar GN 130/126 SURDO 3/3

#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Tanlov ustuvorligi Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Tanlovni
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Tanlovni o‘tkazish asoslari: 🔺tanlov davlat granti uchun – har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi asosida; 🔺to‘lov-kontrakt uchun – har bir oliy ta’lim tashkiloti bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida; 🔺maqsadli qabul uchun – har bir ta’lim yo‘nalishi va hudud bo‘yicha (hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan taqdirda) alohida o‘tkaziladi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

TАSHАKKURNOMА ✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori hamda Samarqand viloyati hokimining 2026-yil 9-iyuldagi 01-07/730-son bilan ro‘yxatga olingan “2026/2027-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha CHORA-TADBIRLAR REJASI” ijrosi viloyatimizda yuqori saviyada ta’minlandi. ❇️ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazilishida tashkiliy ishlarda tashabbuskorlik ko‘rsatgan, test sinovlarini adolatli, shaffof va teng huquqliylik asosida o‘tishida abituriyentlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini asrash yo‘lida o‘zining samarali mehnati va beminnat xizmatlarini ayamagan Samarqand viloyati hokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Uzbektelecom” AK Samarqand viloyati filiali, “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ, viloyat “Suv ta’minoti” MCHJ,  Samarqand shahar hokimligi, Davlat feldegerlik xizmati, ZarNews.uz gazetasi, uza.uz milliy axborot agentligi hamda test sinovlarini yoritib borgan viloyatimizdagi barcha ijtimoiy tarmoqdagi kanallar administratorlariga Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi o‘zining samimiy MINNATDORCHILIGINI bildiradi. 👍🙏 🔰Yoshlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmay, davlat tadbirini hamkorlikda, hamjihatlikda va ko‘tarinki ruhda tashkil etilganligi uchun barcha tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlariga o‘zimizning samimiy TАSHАKKURIMIZni bildiramiz.         @BBASamarqand

Repost from Edu.uz
📢 Abituriyentlar diqqatiga! Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang! 🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali: ✅ oliy taʼlim tashkiloti; ✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart. 📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin. ⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi. 📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑‍💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 👨‍💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 😎 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📹 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovi jarayonlaridan videolavhalar Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar «Ta’lim y
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
«Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligi «Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun: abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va belgilagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim granti yoki toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi. Abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan beshta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Maʼlumot uchun: beshtadan kam bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar, o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etadi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar «Ta’lim y
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
«Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligi «Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun: abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va belgilagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim granti yoki toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi. Abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan beshta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Maʼlumot uchun: beshtadan kam bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar, o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etadi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar «Ta’lim g
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
«Ta’lim granti» ustuvorligi «Ta’lim granti» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun: ➡️ abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; ➡️ abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi. Agar abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan beshala bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, tanlagan shu bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida yuqoridagi ketma-ketlikda tanlovda ishtirok etadi (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 TO‘QQIZINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan davla
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026
TO‘QQIZINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆 2026-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Abituriyentlar diqqatiga!
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi!
📆 2026-2027-o‘quv yilida Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik lisyeyi, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga hamda davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi Akademik litseylarga o‘qishga kirish test sinovlari 24-iyul va 25-iyul kunlari (2 kun) bo‘lib o‘tadi. ⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 09:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 🧾 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. 📍Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 🆔🧾 Abituriyent test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 👨‍💻 Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

RASMIY MUNOSABAT So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan avval tarqalgan ma’lumotlar yana muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qiladiki, o‘sha vaqtda imtihon savollari oldindan tarqalgani haqidagi da’volar o‘z tasdig‘ini topmagan. Tahlil doirasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan savollar aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarining barcha smenalarida qo'llanilgan test topshiriqlari bilan birma-bir solishtirildi. Aynan bir xil savol aniqlanmadi. Ayrim savollarning bir mavzuga tegishli bo'lishi tabiiy, chunki barcha topshiriqlar yagona o'quv dasturi doirasida tuziladi. 2026-yil 14-may kuni Agentlik vakillari va mavzuni yoritgan ommaviy axborot vositalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda tahlil natijalari taqdim etildi. “Xalq ta’limi Info” tahririyatiga ham imtihon jarayonlari va test natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berildi — shu asosda 20 may kuni qo‘shimcha tahliliy maqola e’lon qilindi: https://xalqtaliminfo.uz/post/1604 Test topshiriqlarining maxfiyligini ta’minlash Agentlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Test bazasi joylashgan serverlar internet tarmog‘idan to‘liq ajratilgan yopiq infratuzilmada saqlanadi va ularga tashqi tarmoqlar orqali ulanish imkoniyati mavjud emas. Materiallardan foydalanish huquqi faqat maxsus vakolatga ega, cheklangan doiradagi xodimlarga beriladi. Topshiriqlarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llashning barcha bosqichlarida ko‘p bosqichli xavfsizlik va nazorat mexanizmlari amal qiladi. Shuningdek, har bir test sinovidan so‘ng ilmiy tahlillar muntazam o‘tkazib boriladi: topshiriqlarning murakkablik darajasi, ishtirokchilar natijalari xalqaro ilmiy yondashuvlar asosida baholanadi. Natijalar ochiqlik tamoyili asosida Agentlikning rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilib boriladi: https://uzbmb.uz/page/tahlil Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, rasmiy manbalarga tayanish hamda jamoatchilikni chalg‘ituvchi xabarlardan tiyilishni so‘raymiz. Ayrim davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, imtihonlar atrofida tasdiqlanmagan gap-so‘zlarning tarqalishi ko‘pincha eng avvalo yoshlarning o‘ziga — ularning ruhiyatiga, mehnatiga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qiladi. Shu bois har bir xabarni tarqatishdan oldin uning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish barchamizning yoshlar oldidagi umumiy mas’uliyatimizdir. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari
📊 Test sinovlarining to‘qqizinchi kuni (22-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 67 154 nafar abituriyentdan 62 ming nafardan ortiq‘i ishtirok etdi. Shulardan 3 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. ‼️ Abituriyentlardan o‘zlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini so‘raymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. 📣 Eslatma, test sinovi topshiriladigan kuni belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin yetib borish lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning asli talab etilishini unutmang. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 YETTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan davlat o
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026
YETTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆 2026-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari
📊 Test sinovlarining sakkizinchi kuni (21-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 68160 nafar abituriyentdan 62 ming nafardan ortiq‘i ishtirok etdi. Shulardan 4 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. ‼️ Abituriyentlardan o‘zlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini so‘raymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. 📣 Eslatma, test sinovi topshiriladigan kuni belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin yetib borish lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning asli talab etilishini unutmang. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube