BBA|Samarqand
Открыть в Telegram
Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
Больше3 176
Подписчики
-324 часа
-367 дней
-9930 дней
Архив постов
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
📣 DIQQAT, E’LON!
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga kirish uchun imtihon sanasi belgilandi👨💻 2027-2028-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni dastlabki saralash imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. 📆 Unga ko‘ra, mazkur imtihon 2026-yil 7-noyabr kuni bir smenada boʻlib o‘tadi. 🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi. 🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
#OnlaynTest
QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI: NAVBATDAGI QABUL IMTIHONLARI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI📆 2026-yil 2-3-noyabr kunlari respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi doirasida chet tillari bo‘yicha navbatdagi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari quyidagi hududlarda tashkil etildi: 🟢Qoraqalpog‘iston Respublikasi; 🟢Samarqand viloyati; 🟢Jizzax viloyati; 🟢Surxondaryo viloyati; 🟢Buxoro viloyati; 🟢Toshkent shahri. 💼 300 nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan va 2 nafari chetlatilgan ushbu tadbirda imtihonlar elektron platforma orqali amalga oshirildi. Talabgorlar imtihon yakunlanishi bilan o‘zlari to‘plagan ballar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. 📊 Imtihon natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. 📌 Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi – tegishli ta’lim dasturi doirasida o‘qitiladigan chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Samarqand viloyatida novbatdagi iTEP va AT Tanal Al Arabi imtihoni bo'lib o'tadi
Test o'tkaziladigan sanasi 2026-yil 4-noyabr bo‘lib o‘tadi.
🏢 Bino nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi binosi.
🚖 Bino manzili: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani "Kamolot" mahallasi yerteshar ges ko'chasi 5-A uy.
📍 Mo'ljal: Samarqand shahar (Super) kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan. Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib.
Tel: 990916529
🩸Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/BpqJm6VMmktapYQ99
Imtihon boshlanish vaqti 1-smena
⏰ Talabgorlarning test sinoviga kelish vaqti: soat 08-30
🕰 Test sinovi boshlanish vaqti: soat 09-00
3 177
🟦🟦🟦
🤝 Milliy test tizimi spetsifikatsiyasi
➕ Matematika
🇺🇿 Ona tili va adabiyot
🇬🇦 Qoraqalpoq tili va adabiyot
🇷🇺 Rus tili va adabiyot
🧑🔬 Kimyo
🌱 Biologiya
🌓 Fizika
🌎 Geografiya
🏛 Tarix
🎵 Musiqa madaniyati fani
🏀 Jismoniy tarbiya fani
👩🏫 Boşlanğiç taʼlim
✍️ @BBASamarqand
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
Prezident: “Çet elda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz — haqiqiy mard insonlar!”
Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Davlatimiz rahbari xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz haqida alohida töxtaldi:
🔵 “Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda işlaşidan qat’i nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qiliş — davlatning doimiy burçi va vazifasi”.Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerakligini qat’iy ta’kidladi. Batafsil ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning oktabr oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🗓 2026-yil 23-26- va 31-oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan geografiya, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari o‘z nihoyasiga yetdi.
📝 Bugun, 31-oktyabrda mazkur imtihonlarning tarix fani bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi (ishtirok etganlar - 38 600 nafar).
⛳ Barcha imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
🛗 Umumiy hisobda imtihonlarda jami 136 600 nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, 48 nafari tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📊 Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari📆 2026-yil 10-oktabrdan 23-oktabrgacha bo'lib o'tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌O‘zbekiston ta’sirchan global taraqqiyot markaziga aylanib borayotgan Turkiy davlatlar tashkilotini o‘zaro ishonch va amaliy sheriklik maydoni sifatida ko‘radi;
📌Strategik maqsadlar atrofida yanada jipslashib, manfaatlarni xalqaro maydonda birgalikda ilgari surish lozim. TDT mamlakatlari ushbu ezgu yo‘lda yakdil va kuch-g‘ayratini turkiy birdamlik uchun safarbar etishga tayyor;
📌Tashkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar o‘tkazish, yondashuv va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim;
📌Uchinchi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar tashkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uchrashuvlaridan boshlash taklif etildi;
📌Texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish, jahon bozoriga birgalikda chiqish imkonini beradigan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish zarur;
📌“Turkiy dunyo – 100” – yuzta strategik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dasturni qabul qilish taklif etildi;
📌Nodir va strategik minerallarni to‘liq qayta ishlash, “yashil” energetika uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq;
📌“Tijorat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi ko‘p tomonlama shartnomani ishlab chiqish lozim;
📌“Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmog‘i”ni tashkil etish va uni birgalikda boshqarish taklifi bildirildi;
📌Turkiy xalqlarning tarixiy shaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondo‘stlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etish maqsadida “Turkiy turizm alyansi”ni tashkil qilish tashabbusi ilgari surildi;
📌Fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni ishlab chiqish taklif etildi. Unda ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, chegaradan o‘tish va mezbon davlat hududida bo‘lish tartibini soddalashtirish masalalari aks etishi lozim;
📌Mamlakatimiz “Yangi O‘zbekiston” stipendiyasi doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratishga tayyor;
📌2027-yilni tashkilot doirasida “Tabiatni asrash yili” deb e’lon qilish bo‘yicha tashabbus hamda O‘zbekiston vakilining nomzodi Bosh kotib lavozimiga qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirildi;
📌"Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik g‘oyamiz va ulug‘vor rejalarimizga erishish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi";
📌“Barchamizning orzu-istaklarimiz va intilishlarimiz mushtarak. Biz bir bo‘lsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bo‘lsak, yanada yuksak marralarga albatta erishamiz”.
Facebook|Instagram|X
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonining spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va e’lon qilindi.
Milliy sertifikat imtihonining mazkur spetsifikatsiyasi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Buyuk Britaniyaning AQA Global Assessment Services tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro baholash standartlari asosida ishlab chiqildi.
Mazkur spetsifikatsiyada imtihon mazmuni, baholash yo‘nalishlari, topshiriqlar shakli va tarkibiga oid ma'lumotlar berilgan.
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihoni spetsifikatsiyasi hamda namunaviy test topshiriqlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishlari mumkin:
🔗 Spetsifikatsiya bilan tanishish
🔗 Namunaviy test topshiriqlari bilan tanishish
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
O‘ZBEK ALIFBOSIGA 2026-YILDA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR
Joriy yil 21-oktyabr kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining yangi tahriri e'lon qilindi.
Yangi tahrirga ko‘ra:
Alifboga 4 ta yangi harf shakli kiritildi: Ğ, Ö, Ş va Ç;
O‘, G‘ harflarining yozilishi takomillashtirildi;
Sh va Ch harf birikmalari o‘rniga mos ravishda Ş va Ç harflari qo‘llaniladi.
Yangi alifbo 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
🎬 Batafsil ma’lumot yuqoridagi videolavhada.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Anqara shahrida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bogʻining ochilish marosimida hamda TDT sammitining madaniy dasturida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с супругой приняли участие в церемонии открытия Парка цивилизации тюркских государств в городе Анкаре и культурной программе саммита ОТГ.
#Mirziyoyev #sammit #TDT #madaniyat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
#OnlaynTest
QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI: NAVBATDAGI QABUL IMTIHONLARI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDIXalqaro ta’lim sari muhim qadam – bilim va salohiyat sinovda! 📆 2026-yil 26-oktyabr kuni respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi doirasida chet tillari bo‘yicha navbatdagi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari quyidagi oliy ta’lim tashkilotlari uchun tashkil etildi: ⚫️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ⚫️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ⚫️Urganch davlat tibbiyot instituti ⚫️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ⚫️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Zamonaviy texnologiyalar – shaffof va tezkor baholash! 💼 Talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarida ishtirok etdilar. Jarayonning elektron shaklda tashkil etilgani talabgorlarga imtihon yakunlanishi bilan o‘zlari to‘plagan ballar bilan tanishish imkonini berdi. Natijalar – aniq, baholash – shaffof! 📊 Imtihon natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. 📌 Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi – tegishli ta’lim dasturi doirasida o‘qitiladigan chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonida qatnashmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
📆 2026-yil 16-oktabr kuni biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.
📱 Shu kunning o‘zida my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan va imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni 213 ming nafardan ziyodni tashkil etdi.
📝 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning fanlar va hududlar kesimidagi taqsimoti tahlil qilinib, talabgorlar soni ko‘pligi uchun imtihonlarni quyidagi sanalarda o‘tkazish belgilandi:
🔹biologiya — 21-, 23-noyabr;
🔹kimyo — 22-, 24-noyabr;
🔹fizika — 24-noyabr (qog‘ozda);
🔹matematika — 28-29-30-noyabr.
📋 Bunda fizika fanidan milliy sertifikat imtihonlari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda an’anaviy shaklda(qog‘ozda) o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
✅ Imtihonlarni oʻtkazish grafigiga oʻzgartirish kiritilgani uchun talabgorlarni my.gov.uz saytida qoʻshimcha roʻyxatga olish yoʻlga qoʻyildi.
💻 Imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 30-oktabrga qadar (shu kuni ham) my.gov.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
#OnlaynTest
XORIJIY DIPLOMLARNI TAN OLISH BO‘YICHA NAVBATDAGI TEST SINOVLARI BO‘LIB O‘TDI📆 2026-yil 29-oktyabr kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi. 📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Bu esa talabgorlarga o‘z yashash hududlariga yaqin joyda imtihonda ishtirok etish imkonini berdi. 🧑💻 Sinovlar maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi. Eng muhimi, talabgorlar test yakunlangach, o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👥 Test sinovida 505 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va test topshirganlardan 123 nafari belgilangan talabni bajardi. ‼️ Eslatma: xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin: ✅ @NostrifikatsiyaBBA_bot 🌎 https://t.me/NostrifikatsiyaBBA ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
#OnaTili #ÖzbekAlifbosi #YoşlarKuni #RaqamliKelajak #SuniyIntellekt #IT
🇺🇿 ONA TILIMIZ — RAQAMLI KELAJAK SARI!
✨ Yangi alifbo, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!
Til — millatning ma’naviy boyligi, yozuv esa uning tafakkuri va taraqqiyotini ifodalovçi muhim vositadir. Özbek tilining zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaşuvi, raqamli makonda keng qöllanişi va kelajak avlod uçun qulay bölishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
🔠 Yozuvdagi yangilanişlar
Taklif etilgan alifbo özgarişlarida ayrim harf birikmalarini yagona harflar bilan ifodalaşga e’tibor qaratilgan:
▪️ O‘ → Ö
▪️ G‘ → Ğ
▪️ Sh → Ş
▪️ Ch → Ç
Bu kabi özgarişlar yozuvni ixçamlaştriş, elektron matnlar bilan işlaşni qulaylaştriş va özbek tilining raqamli imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadlariga xizmat qilişi mumkin.
💻 Til va texnologiya — bir maqsad yölida!
Bugun sun’iy intellekt, dasturlaş, axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Uşbu jarayonda ona tilimizning ham zamonaviy texnologiyalarda munosib örin egallaşi muhim ahamiyat kasb etadi.
🚀 Yoşlar — taraqqiyotning asosiy kuçi!
Yoşlarning zamonaviy bilimlarni egallaşi, innovatsion g‘oyalarni ilgari surişi va raqamli texnologiyalarni puxta özlaştrişi mamlakat kelajagini belgilaydi. Ona tiliga hurmat va texnologik tafakkur uyğunligi esa yangi imkoniyatlar eşıgini oçadi.
🎯 Bizning maqsadimiz: milliy qadriyatlarni asrab-avaylaydigan, zamonaviy bilimlarga ega va raqamli kelajakni bunyod etişga qodir yoş avlodni qöllab-quvvatlaş!
Ona tilimiz — milliy özligimiz. Raqamli kelajak esa bilimli yoşlar qölida! 🇺🇿
✍️ @BBASamarqand
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🎵 Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun malaka imtihoni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 652-son qaroriga muvofiq musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 30-noyabr kuni musiqa madaniyati fanidan malaka imtihonining birinchi bosqichi — test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan
Talabgorlar mazkur fandan malaka imtihonida ishtirok etish uchun 10-noyabrga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Talabgorlar test varianti tafsilotlari, test topshiriqlari formatlari kabi ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3 177
Repost from Bilimni baholash agentligi
President Sh.Mirziyoyev Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladiUnda ta’lim yo‘nalishida ham buyuk alloma va mutafakkirlarimiz merosiga tayanishimiz, bunday boy ma’rifiy an’analarni bugungi texnologik davr talablari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha katta imkoniyatlarga egaligi, qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqamizning bebaho boyligi bu – bilimga chanqoq, katta orzu-intilishlar bilan yashayotgan yosh avlod ekani hamda ana shu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuchga aylantirishda eng samarali yo‘l – sifatli, zamonaviy ta’lim va tarbiya ekaniga alohida urg‘u berildi. Prezidentimiz o‘z tabrigida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:
Ta’lim tizimi faqat tayyor bilim berish bilan cheklanmasdan, yoshlarda mustaqil fikrlash, ijod qilish, mas’uliyatni his etish va butun umr davomida yangilikka intilib, o‘rganib yashash ko‘nikmalarini ham shakllantirishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi va murabbiylarning rolini oshirish, ta’limning ma’no-mazmunini yangilash, yoshlarni mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirish, maktab, texnikum, universitet va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga ustuvor e’tibor qaratiladi. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish, universitetlarni ilmiy ixtiro va ishlanmalar markaziga aylantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash ham muhim vazifadir. Shu bois universitetlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ko‘paytirish, talaba va olimlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat berishimiz kerak.Shuningdek, “Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni o‘zaro ishonch va do‘stlik diyoriga, ilm-ma’rifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdir” – deyiladi Prezident tabrigida. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
