BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot veb-sayt: https://buxedu.uz Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal analitikasi
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal (@bvmmtb) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 27 806 obunachidan iborat bo'lib, Taʼlim toifasida 6 931-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 875-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 27 806 obunachiga ega bo‘ldi.
04 Sentabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -1 881 ga, so‘nggi 24 soatda esa -57 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 7.97% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 4.68% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 2 219 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 302 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 4 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_P...”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 05 Sentabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Taʼlim toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Ma'lumot yuklanmoqda...
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 05 Sentabr | 0 | |||
| 04 Sentabr | +3 | |||
| 03 Sentabr | 0 | |||
| 02 Sentabr | 0 | |||
| 01 Sentabr | +1 |
| 2 | 🟢QOROVULBOZORDA STEP LOYIHASI: O‘QUVCHILARNING TIL BILISH DARAJASI ANIQLANMOQDA
🔆Qorovulbozor tumanida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va imkoniyatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan STEP — “Aqlli til ta’lim dasturi” loyihasining dastlabki test bosqichi o‘tkazilmoqda.
➡️Test jarayonida o‘quvchilarning xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, dastlabki til darajasi aniqlanadi. Natijalarga ko‘ra ular A2, B1 va B2 darajalari asosida tegishli guruhlarga ajratiladi.
⚡️Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning:
✅xorijiy tillarni amaliy o‘zlashtirish;
✅muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
✅keyingi ta’lim bosqichiga puxta tayyorlanish;
✅kelgusida mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishiga xizmat qilish.
📎Ta’lim jarayonida mahalliy va xalqaro o‘qituvchilar hamkorligida o‘quvchilarning til darajasiga moslashtirilgan dasturlar asosida mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
📌STEP — har bir o‘quvchining til o‘rganish imkoniyatini uning bilim darajasidan kelib chiqib, individual rivojlanish sari yo‘naltiradigan zamonaviy ta’lim loyihasidir.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 064 |
| 3 | #Hududlarda_muhokamalar
🟢NATIJALAR TANQIDIY-TAHLIL QILINIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
🔆Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan hududlarda ta’lim sifati va natijadorligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
➡️Shu yo‘nalishda Qorako‘l, Olot va Jondor tumanlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari ishtirokida tahliliy yig‘ilishlar tashkil etildi.
📊Yig’ilishlar davomida har bir hududdagi ta’lim natijalari raqam va ko‘rsatkichlar asosida ko‘rib chiqilib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, bitiruvchilar natijalari, pedagoglarning kasbiy salohiyati hamda maktablarning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish holatiga alohida baho berildi.
📌Asosiy e’tibor — natijani kutish emas, uni oldindan rejalashtirish va ta’minlashga qaratildi.
📎Jumladan, ta’limdagi mavjud bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, o‘quvchilar bilan manzilli ishlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘rganish samaradorligini oshirish va xalqaro hamda milliy sertifikatlarga ega o‘quvchilar safini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🎥Shuningdek, ikkinchi xorijiy tilni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, 9-sinf o‘quvchilarini qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib kasbga yo‘naltirish, ularni kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini ongli tanlashga tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
🔵Pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, attestatsiya jarayonlarida yuqori natijalarga erishish, fanlar kesimida ta’lim sifatini yaxshilash hamda “Kelajak” markazlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi qayd etildi.
📚O‘quvchilarni to‘garaklar, qo‘shimcha ta’lim va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga chiqarish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
⚡️Yig‘ilishlarda muammo qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, har bir masala bo‘yicha aniq yechim, muddat va mas’uliyat belgilanib olindi. Maktab rahbarlariga belgilangan vazifalarni amaliy natijaga aylantirish, ijroni muntazam tahlil qilib borish hamda ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini izchil yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 817 |
| 4 | 🟢HAR BIR BITIRUVCHI TAQDIRI — E’TIBORDA, HAR BIR YOSH KELAJAGI — NAZORATDA
🎓2025–2026-o‘quv yilida Buxoro viloyati umumta’lim maktablarining 11-sinfini 23 ming 667 nafar o‘quvchi tamomladi.
📌Ta’limning yakuniy natijasi faqat shahodatnoma yoki diplom bilan emas, balki yoshning o‘z qobiliyati va qiziqishiga mos yo‘lni topishi, mustaqil hayotga ishonch bilan qadam qo‘yishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi bilan belgilanadi.
🔆Shu maqsadda bitiruvchilarning kelgusi taqdirini manzilli o‘rganish, bandligini ta’minlash va har bir yoshga individual yondashuv asosida amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qoshida maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
➡️Bugun Peshku tumanida boshqarma boshlig‘i Hamza Elliyev rahbarligida maxsus shtab mas’ullari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari ishtirokida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
📎Yig‘ilishda oliy ta’limga qamrab olinmagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, har bir yosh bilan manzilli ishlash, uning qiziqishi, qobiliyati va intilishlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔵Ayniqsa, tadbirkorlikka qiziqish bildirgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mavjud imkoniyatlar, jumladan, imtiyozli kreditlardan foydalanish mexanizmlari haqida tushuncha berish hamda o‘z biznes tashabbuslarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
🔹Mas’ullarga har bir bitiruvchining holatini alohida o‘rganish, uning qobiliyati va qiziqishiga mos yo‘nalish belgilash, bandligini ta’minlash hamda kelgusida o‘z o‘rnini topishi uchun zarur ko‘makni ko‘rsatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
⚡️Zero, har bir yoshning taqdiri — e’tiborda. Har bir qobiliyat — imkoniyatga, har bir intilish — natijaga aylanishi kerak.
💫Asosiy maqsad — birorta ham bitiruvchini e’tibordan chetda qoldirmaslik, har bir yigit-qizning o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi, munosib kasb egallashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 941 |
| 5 | #электрон_тўлов
#мактабгача_таълим
📣 Hurmatli ota-onalar!
✅ Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar badal to‘lovini farzandingizning JShShIR raqami orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
👉 To‘lovlarni:
➖mobil ilovalar orqali;
➖bank kassalarida naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirishingiz mumkin.
❗️Bu muhim: to‘lovni tasdiqlashdan oldin quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi:
👉 bolaning F.I.Sh va JShShIR raqami;
👉 maktabgacha ta’lim tashkiloti raqami va guruh nomi;
👉 to‘lov summasi miqdori.
🔹Videoyo‘riqnomada mobil ilova va bank kassasi orqali to‘lov qilish tartibi bosqichma-bosqich bayon etilgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤Telegram 🌐 Facebook
🌐Youtube 🌐Instagram
🔎Veb-sayt 😄 Linkedin | 2 403 |
| 6 | #Ofarin
🟢BUXOROLIK O‘QUVCHI XALQARO IELTS IMTIHONIDA 8.5 BALLNI QO‘LGA KIRITDI
🔆Kogon shahridagi 9-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yulduz Akmalova xalqaro IELTS imtihonida 8.5 ball (C2) natijasini qo‘lga kiritdi!
📊Natijalar:
✅Listening — 9.0
✅Reading — 9.0
✅Writing — 7.5
✅Speaking — 8.0
✨8.5 ball — bu shunchaki natija emas. Bu o‘quvchining izlanishi, intilishi va ustozlar mehnatining yuksak samarasidir.
⚡️Iqtidorli o‘quvchimizni ushbu munosib yutug‘i bilan tabriklaymiz!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 3 305 |
| 7 | #Islohotlar_samarasi
"Jasorat maktablari"da qaysi fanlar chuqurlashtirilib oʻqitiladi?
✅ 2025-2026 oʻquv yilidan Respublikamiz boʻylab 208 ta (har bitta tuman (shahar)da bittadan) “Jasorat maktablari” faoliyatini yoʻlga qoʻyildi.
📊 Ayni vaqtda mazkur maktablarda 10 ming nafardan ortiq oʻquvchilar tahsil olmoqda. Bunda har bir sinfga 26 nafardan oʻquvchi qabul qilinadi.
🔰 Mazkur maktablarda qabul imtihonlari 4-sinfni bitirgan oʻquvchilar oʻrtasida, ikki bosqichda — test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik tarzida boʻlib oʻtadi. Arizalar onlayn tarzda, ariza.piima.uz platformasi orqali yuboriladi.
🔹 Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarda 4-sinf uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi doirasida har bir o‘quvchiga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi.
✈️Shuningdek, joriy yilda ilk bora “Jasorat maktabi” oʻquvchilari oʻrtasida “Jasorat uchqunlari” harbiy vatanparvarlik va sport musobaqasi tashkil etildi. Gʻoliblar Ozarbayjon davlatiga ta’lim sayohatiga yuborildi.
➖ "Jasorat maktablari"da matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilmoqda.
📍 Shuningdek, robototexnika, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 2 038 |
| 8 | #OAV_nigohida
#Uzbekiston24
🟢Shofirkon tumanidagi 42-umumta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 859 |
| 9 | #Romitan_tumani
🟢YUQORI NATIJA, ANIQ MAQSAD, KUCHLI MAS’ULIYAT!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Romitan tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari ishtirokida ham ta’lim sifati va natijadorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
🔆Yig‘ilishda maktablarning bugungi ko‘rsatkichlari, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, bitiruvchilar natijalari, pedagoglarning kasbiy salohiyati hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud imkoniyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
➡️Ta’lim natijalarini yaxshilashda har bir o‘quvchi bilan manzilli ishlash, bilim va ko‘nikmalardagi bo‘shliqlarni o‘z vaqtida aniqlash, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning yuqori natijalarini ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilandi.
📎Shu bilan birga, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega o‘quvchilar salmog‘ini ko‘paytirish, ikkinchi xorijiy tilni o‘rganish uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌9-sinf bitiruvchilarini ularning qiziqishi, qobiliyati va mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ham mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
🫥Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, attestatsiyada yuqori natijalar qayd etishi, fanlar kesimida ta’lim sifatini oshirish, “Kelajak” markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’lim hamda to‘garaklarga keng jalb etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
⚡️Yig‘ilish yakunida har bir maktab uchun natijaga yo‘naltirilgan vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini muntazam monitoring qilish, samaradorlikni tahlil etish va aniq natijaga erishish bo‘yicha rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati belgilab qo‘yildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 2 197 |
| 10 | 🔵Buxoro shahri: 34-sonli ta’lim maskani ham yangicha andozada yangi o‘quv yilini boshladi
Ayni kunda ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik loyihalari yosh avlod uchun munosib, qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda zamonaviy pedagogik jarayon uchun zarur shart-sharoitni yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri.
➡️Batafsil
➡️Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube | 1 565 |
| 11 | Matn yo'q... | 1 940 |
| 12 | Matn yo'q... | 1 469 |
| 13 | #Peshku_tumani
🟢NATIJALAR TANQIDIY-TAHLIL QILINIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
🔆Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish — mavjud holatni xolis baholash, muammolarni aniq belgilash va har bir maktab kesimida natijaga yo‘naltirilgan ishlarni tizimli tashkil etishni taqozo etadi.
➡️Shu maqsadda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Peshku tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
📎Unda tumandagi ta’lim muassasalarining asosiy ko‘rsatkichlari, o‘quvchilar o‘zlashtirishi, bitiruvchilar natijalari, pedagoglar salohiyati hamda o‘quvchilarni kelgusi ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorlash borasidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.
🔵Yig‘ilishda har bir maktabning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ta’limdagi bo‘shliqlarni barvaqt aniqlash va o‘quvchilar bilan individual ishlashni kuchaytirish, yuqori natija ko‘rsatish salohiyatiga ega o‘quvchilarni maqsadli qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, o‘quvchilarning xorijiy tillarga qiziqishini oshirish, sertifikat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ikkinchi xorijiy tilni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda 9-sinf bitiruvchilarini qiziqishi va qobiliyatiga mos kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
📚Pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, attestatsiyada yuqori natijalarga erishish, fanlar kesimidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, “Kelajak” markazlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va o‘quvchilarni to‘garaklar hamda qo‘shimcha ta’limga keng jalb etish zarurligi ta’kidlandi.
⚡️Yig‘ilish yakunida har bir ko‘rsatkich ortida aniq natija, har bir vazifa ortida esa shaxsiy mas’uliyat turishi qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatilib, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va natijadorligini muntazam nazorat qilish belgilab olindi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 860 |
| 14 | #OAV_nigohida
🟢KOGON TUMANIDA YANGI O‘QUV YILI — ZAMONAVIY MASKANLARDA!
🔆Kogon tumanidagi 20- va 12-umumta’lim maktablari ham yangi o‘quv yilini zamonaviy, qulay va barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan yangi o‘quv binolarida boshladi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 442 |
| 15 | 🚀 MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN INNOVATSION G‘OYALAR VA LOYIHALAR TANLOVI!
😀 9–11-sinf o‘quvchilari diqqatiga!
Sizda innovatsion g‘oya yoki loyiha bormi? Uni rivojlantirish, tajriba-sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish uchun Buxoro davlat universiteti laboratoriyalari va “Inkubatsiya markazi”dan bepul foydalaning!
❗️ Tanlov yo‘nalishlari:
💡IT va sun’iy intellekt;
💡Fan va texnologiyalar;
💡 Ekologiya va yashil texnologiyalar;
💡 Agrotexnologiyalar;
💡Energetika;
💡Muhandislik va dizayn;
Tadbirkorlik;
💡 Boshqa innovatsion yo‘nalishlar.
📑 Ishtirok etish uchun:
🔗 G‘oya yoki loyiha taqdimotini tayyorlang;
🔗 Maktab tavsiyanomasi oling;
🔗 Ota-ona yoki vasiyning rozilik xatini taqdim eting.
🏆 SARALASH:
➡️ 5 ta eng yaxshi g‘oya;
➡️ 5 ta eng yaxshi loyiha;
➡️ Jami 10 ta ishtirokchi 100 ballik mezon asosida saralanadi.
⚡️ Sizni nimalar kutmoqda?
- Universitet laboratoriyalaridan foydalanish;
- “Inkubatsiya markazi”da bepul ishlash;
- Mentorlik va uslubiy ko‘mak;
- Amaliy mashg‘ulotlar va tajriba-sinovlar;
- Istiqbolli loyihalarni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga yo‘naltirish.
🗓 Arizalar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.
➡️ Hoziroq ariza topshiring:
Ro'yxatdan o'tish havolasi
📄 Tanlov Nizomi
📊 Baholash mezonlari
📞 Savollar uchun: +99891 648-44-55.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 BuxDU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram | ✅ Facebook | 📹 Youtube | 1 983 |
| 16 | #Сўраган_эдингиз
❓Men yaqinda dekret taʼtilidan qaytib, sentyabrdan ish boshlamoqchiman kuzgi attestatsiyaga hujjat topshira olamanmi?
😀😀😀
🔺Ha, bemalol hujjat topshira olasiz.
✅ Toifangizni oshirish maqsadida kuzgi mavsum uchun navbatdan tashqari attestatsiya turi uchun oʻz xohishingiz bilan ariza topshirish huquqiga egasiz.
✅Oʻz xohishingiz bilan imtihon topshirib, yetarli ball toʻplay olmasangiz ham, amaldagi toifangiz tushirilmaydi (saqlanib qoladi).
🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, dekret taʼtilidan qaytgan pedagoglar uchun majburiy attestatsiyaga jalb etilishining quyidagi tartib belgilangan:
🔺Homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔺Homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔺Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 1 509 |
| 17 | #Kun_hikmati
🟢Doimo sabrli bo‘lishingiz kerak, chunki yaxshi o‘zgarishlar vaqt talab etadi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 2 036 |
| 18 | #Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining achinarli holatda ekani, shuningdek, 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Bugungi kunda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, binolar holatini yaxshilash hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026 yilda viloyatdagi 151 ta maktab va 85 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, jami 236 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Jumladan, Buxoro shahridagi 15 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy soniga nisbatan salmoqli ko‘rsatkichni tashkil etadi.
Ta’lim muassasalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari ob’yektlarning texnik va jismoniy holati, mavjud muammolarning dolzarbligi hamda belgilangan mezonlar asosida shakllantiriladigan davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ob’yektlarning holati ishchi guruhlar tomonidan o‘rganilib, eng og‘ir va ta’mirtalab muassasalarni bosqichma-bosqich dasturlarga kiritish bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.
Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan Buxoro shahridagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham 2027 yilda amalga oshiriladigan davlat dasturlariga kiritish bo‘yicha takliflar ro‘yxatiga kiritilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur ob’yektda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 3,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, murojaatda ta’mirlash dasturlarini shakllantirishda turli sub’yektiv yondashuvlar, jumladan, «tanish-bilishchilik» mavjudligi haqida iddaolar bildirilgan.
Qayd etish lozimki, respublikada ijtimoiy soha ob’yektlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish ishlari belgilangan davlat dasturlari hamda ularni shakllantirishga qo‘yilgan talablar asosida amalga oshiriladi. Ob’yektlarni dasturlarga kiritishda belgilangan tartib-taomillarga amal qilinishi ta’minlanadi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim muassasalarining holatini yaxshilash, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda bolalar uchun xavfsiz va munosib ta’lim-tarbiya muhitini yaratishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilagan.
Murojaatda ko‘tarilgan yana bir masala — Buxoro shahridagi 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining vaqtincha to‘xtatilgani bilan bog‘liq.
Mazkur muassasa binosining texnik holatida o‘zgarishlar kuzatilgani sababli, avvalo, tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Ayni vaqtda binoning texnik holati bo‘yicha xulosa olish ishlari amalga oshirilmoqda. Texnik xulosa natijalaridan kelib chiqib, ob’yektda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalasi belgilangan tartibda hal etiladi.
Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdan asosiy maqsad faqat binolarni yangilash emas, balki bolalar uchun xavfsiz, zamonaviy va munosib sharoit yaratishdan iborat.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati | 1 718 |
| 19 | 🔵Kogon tumani: “Navro‘z” mahallasida yangidan qurilgan maktab filiali binosi foydalanishga topshirildi
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari kogonlik o‘quvchi-yoshlar, ota-onalar va ustozlar qalbida ham beqiyos taassurotlar qoldirmoqda. Ayniqsa, tumanning “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini Xo‘chkob qishlog‘i aholisi uchun ham bu kun qo‘shaloq bayramga aylandi.
Bu mahallada o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida qurib foydalanib kelingan, bugunga kelib ma’nan eskirgan va ta’mirtalab ahvoldagi maktab binosi o‘rnida yangi zamonaviy ta’lim maskani barpo etildi. Zamon talablariga javob beradigan mazkur zamonaviy bilim maskani ikki qavatdan iborat bo‘lib, ayni paytda 120 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga olmoqda. Bunda qurilish-ta’mirlash ishlarini mahalliy pudratchilardan "Ziyo Shahriyor qurilish" MChJning tajribali quruvchi-muhandislari amalga oshirdi. Loyiha qiymati qariyb 1 milliard 600 million so‘mni tashkil etgan inshoot qurilishi o‘z muddatida bitirilib, navqiron avlod ixtiyoriga topshirildi.
Kuni kecha mazkur zamonaviy o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Xo‘chkobda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi, jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, maktab jamoasi, o‘quvchilar va ular ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar pedagoglar jamoasi va o‘quvchi yoshlarni zamonaviy ta’lim dargohi, qolaversa, yangi o‘quv yili boshlangani bilan samimiy muborakbod etdilar. Tadbirda o‘quv binosi qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan quruvchi-muhandislarga ehtirom ko‘rsatildi.
Shundan so‘ng, mehmonlar an’anaga binoan, inshoot “alvon lenta”sini qirqishib, yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Jarayonda joriy o‘quv yilida birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji bolajonlarga o‘quv anjomlaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirilgani o‘g‘il-qizlarni juda xursand qildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube | 1 894 |
| 20 | Matn yo'q... | 1 655 |
