BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot veb-sayt: https://buxedu.uz Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal analitikasi
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal (@bvmmtb) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 25 693 obunachidan iborat bo'lib, Taʼlim toifasida 7 651-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 3 116-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 25 693 obunachiga ega bo‘ldi.
14 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -1 415 ga, so‘nggi 24 soatda esa -6 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 5.53% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 4.49% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 1 426 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 157 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 3 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_P...”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 15 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Taʼlim toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
🔹Tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar, ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.➖ Marosim davomida o‘quvchilar Vatanga sadoqatli bo‘lish, yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash, intizom va mas’uliyatga amal qilish hamda kelajakda mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga va’da berdilar. 🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🔹Namangan viloyati 🔹Andijon viloyati 🔹Xorazm viloyati 🔹Toshkent viloyati 🔹Surxondaryo viloyati 🔹Samarqand viloyati 🔹Navoiy viloyati 🔹Farg‘ona viloyati 🔹Buxoro viloyati 🔹Jizzax viloyati 🔹Sirdaryo viloyati 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔆Mazkur tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mardlik, intizom hamda yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.➡️Tantanali marosimda o‘quvchilar o‘z zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni chuqur anglagan holda, ona Vatanga sadoqatli bo‘lish, bilim va intilishlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shish yo‘lida va’da berdilar. ⚡️“Jasorat sinf”lari faoliyati o‘quvchilarning nafaqat bilim va jismoniy tayyorgarligini oshirish, balki ularni ma’naviy yetuk, intizomli, fidoyi va faol fuqarolar etib tarbiyalashga qaratilgan. ✔️Fotosuratlarda hududlarda o‘tgan tadbirlardan lavhalar aks etgan ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram
✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:🔹26-oktabr (1 kun) Informatika va axborot texnologiyalari; 🔹 27-29-oktabr (3 kun) Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun); Oʻzbek tili (Davlat tili); ❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi. 🔹 30-31-oktabr (2 kun) Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim); Musiqa madaniyati; (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni bo‘lib o‘tadi). 🔹 2-7-noyabr (6 kun) Boshlangʻich taʻlim; 🔹 9-10-noyabr (2 kun) Matematika; 🔹 11-noyabr (1 kun) Fizika; 🔹 12-13-noyabr (2 kun) Tarix; Davlat va huquq asoslari; Tarbiya; 🔹 14-noyabr (1 kun) Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun); Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun); 🔹 16-17-noyabr (2 kun) Rus tili (milliy maktablarda); Rus tili va adabiyoti; Qozoq tili va adabiyoti; Qirg‘iz tili va adabiyoti; Tojik tili va adabiyoti; Turkman tili va adabiyoti; 🔹 18-20-noyabr (3 kun) Ingliz tili (Umumta'lim); Fransuz tili (Umumta'lim); Nemis tili (Umumta'lim); Xitoy tili; Yapon tili; Koreys tili; 🔹 21-noyabr (1 kun) Tasviriy sanʻat va chizmachilik; Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik; Geografiya; Iqtisodiy bilim asoslari; 🔹 23-24-noyabr (2 kun) Biologiya; Kimyo; 🔹 25-noyabr (1 kun) Psixolog; Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim); Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim); Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari: 2-smena Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno). 🔹 26-27-noyabr (2 kun) Ingliz tili (Maktabgacha); Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi; Jismoniy tarbiya (Maktabgacha); Musiqa xodimi (Musiqa rahbari); Nemis tili (Maktabgacha); O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha); O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha); Rus tili (Maktabgacha); Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari); 🔹 27-28-noyabr (2 kun) Qoraqalpoq tili (Davlat tili); Qoraqalpoq tili va adabiyoti; ❗️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi. ➖ Sinov jarayonlari o‘tkazilish MANZILLARI *Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔆Bugun, 15-oktyabr kuni Vobkent tumanidagi 1-umumta’lim maktabida umumta’lim fanlari bo‘yicha Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi — tuman bosqichiga start berildi.➡️15–27-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bilimlar bellashuvi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, kompyuterlarda onlayn shaklda, real vaqt rejimida tashkil etilmoqda. 📎Olimpiadaning dastlabki sinovlari geografiya fanidan boshlandi. Ushbu fan bo‘yicha 156 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan bo‘lib, bellashuvlar ishtirokchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida uch smenada o‘tkazilmoqda. 💻Jarayonlarda sinovlarning shaffofligi, xolisligi va adolatli o‘tishini ta’minlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish hamda ota-onalarga zarur qulayliklarni taqdim etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram
🔆 Inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining Olot tuman bosqichi o‘tkazildi.➡️Tanlovda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan hamda umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida tahsil olayotgan 3–9-sinf o‘quvchilari belgilangan nizom talablari asosida ishtirok etdilar. 📎Ayni paytda tumanda 17 nafar bola uyda yakka tartibda, 46 nafar o‘quvchi esa inklyuziv sinflarda ta’lim olmoqda. Mazkur tanlov ular uchun o‘z iste’dodini namoyon etish, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va tengdoshlari qatorida o‘z imkoniyatlarini namoyish etish uchun muhim maydon bo‘ldi. 💫Ko‘rik-tanlovning estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z chiqishlari va ijodiy ishlari orqali san’atga bo‘lgan qiziqishi, mahorati va o‘ziga xos dunyoqarashini namoyon etdilar. ⚡️Hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholangan g‘olib va sovrindorlar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram
🔆Qorako‘l tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan “Jasorat maktabi”ning 26 nafar o‘quvchisi ishtirokida tantanali “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi.➡️Tadbirda tuman hokimi Xurshid Toxirov so‘zga chiqib, “Jasorat maktabi”ning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Bunday ta’lim maskanlari o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, intizom, mas’uliyat va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 📎Shuningdek, yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularni yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan voyaga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi qayd etildi. 💫Tantanali marosim davomida 26 nafar o‘quvchi o‘z zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni chuqur his etgan holda, Vatanga sadoqatli bo‘lish, bilim olishga intilish, ustozlar va ota-onalar hurmatini joyiga qo‘yish hamda el-yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga va’da berdilar. ⚡️Marosim yoshlar qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda qat’iyat, jasorat va yuksak maqsadlar sari intilish ruhini kuchaytirishga xizmat qildi. Zero, bugungi bilimli, intizomli va vatanparvar yoshlar — ertangi kunning ishonchli tayanchi, yurt kelajagining bunyodkorlaridir. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram
“Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.Uning qayd etishicha, tashrif davomida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish, maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📌Ibn Xaldun universiteti — 2015-yilda tashkil etilgan xususiy tadqiqot universiteti. Unda gumanitar va ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor qaratiladi, ta’lim ingliz, turk va arab tillarida olib boriladi. Universitetda 1 800 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Oliy ta’lim muassasasi O‘zbekistonning sakkizta yetakchi universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. 📌“Yenidoğu” maktabi esa maktabgacha ta’limdan yuqori sinflargacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayonida an’anaviy qadriyatlar zamonaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bolalarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, ijodiy hamda amaliy loyihalarga jalb etishga alohida e’tibor beriladi.
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
