uz
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
6 365
Obunachilar
+124 soatlar
+1627 kun
-15 99630 kun
Postlar arxiv
*** kulgim kelganida kulmaslikni o'rgandim sen haqingda eshitsam - shunday qilaman. go'yo, hech nima bo'lmagandek, sendagi baxtsizlikmi? sendagi baxtmi? ... 2024 @ahmadali_writer

*** men seni qidiraman sen esa meni topasan men qoyil qolaman lekin kulmaslikni o'rgandim. 2024 @ahmadali_writer

*** "sen yo'qsan" "so'nggi shirinligim qoldi" "choy esa allaqachon tugagan" men hayot haqida shunday o'ylayman. 2024 @ahmadali_writer

Gift
telegram star1000

Lotereya mukofotlari

1000 yulduzlar 10 g‘olib o‘rtasida taqsimlanadi.

Tugash sanasi

*** nima keragi bor bu narsalarni? sen tushunmaysan. indamaysan. tag'in, nima keragi bor bu narsalarni? sen tushunmaysan, indamaysan. men bilmayman, sen ataylab qilasanmi, men ham tushunmayman - balki, shuning uchun so'rayotirman, nima keragi bor? bir-birimizni tushunmaymiz. bir-birini tushunmaganlar ajraladimi? biz qachon ajralamiz? yana ajralamizmi?.. 2024 @ahmadali_writer

*** sen qora rangni qayerdan bilarding? kichik bolaning katta orzusi - hamma narsa. sen kichik bola bo'lmagansan. sen yosh bo'lmagansan. sen bola bo'lmagansan. sen tug'ilmagansan. sen bilmaysan. tamom. 2024 @ahmadali_writer

menga bitta katta kanal kerak. telegram starsga sovrinli tanlov qilamiz. kanal undan, tanlov mendan. ikki kanal ishtirokchila
menga bitta katta kanal kerak. telegram starsga sovrinli tanlov qilamiz. kanal undan, tanlov mendan. ikki kanal ishtirokchilari orasidan 50 ta odamga 100 tadan stars tanlov qilamiz. istovchilar bo’lsa kanalini taklif qilsin. https://t.me/ahmadali_writer?direct

*** biror kun. birorta inson. bir diydor. bir tabassum. bir nigoh. bir ortga qaytish. ortga qaraging kelishi... sen uni yaxshi ko'rasanmi? ortga qaytmaysanmi? 2024 @ahmadali_writer

endi-endi bilib qolyapman. men yoshlar bilan gaplasholmayapman. bilmadim nimaga, xuddi gaplarimiz tog’dan-bog’dan kelyapti. o’zim tengilar yoki o’zim tengi atrofdagilar bilan muammo yo’q, aynan ikki minginchi yillar atrofida shunaqa bo’lyapti. demak, oramiz shunchalik o’zgarib ketibdi-da… umuman fikrimiz bir-biriga tushmayapti, hamfikr bo’lolmayapmiz. men baribir bu holatda o’zimni “aybdor” deb bilyapman, ha yana aytaman - men aybdorman. men “kattaman” deb ayta olmayman, men “katta yoshli” emasman, men falon vaqtda tug’ilgan, falon yildan falon yilgacha odamlar bilan gaplasha oladigan odamman, xolos. aybim shu. bundan keyin ham shu urf davom etsa kerak. bilmadim qolganlarda qanaqa. biz payti, masalan faqat ikkita jins bo’lgan, erkak va ayol. biz payti erkaklar ayollardan ustun bo’lgan, ha nima bo’lsa bo’lgandir, ammo biz payti kurashish bo’lgan, hamma kurashgan, hamma haqqini so’ragan, urgan, tepgan. kim xafa bo’lsa, demak xafa bo’lgan. kim xafa qilsa demak kuchli bo’lgan. ammo, hech kim hammaga hamma narsani aytib yurmagan. hamma o’zini odamiga borib aytgan, shu doirada hal qilingan. hal qilinmasa demak hal qilinmagan. hech kim hech narsa bilmay qolavergan… e, qisqasi, gapirsa gap ko’p, xullas men tushundim va endi shunday deyman, men yoshlarni tushunmayapman, men yoshlar bilan gaplasha olmayapman. uzr, men aybdorman.

*** onang otang vaqt o'g'ling sen baqirib chaqirmaysan, sen baqir-chaqir qilmaysan, sen baqirmaysan, hijolat bo'lasan, uyalasan uyalasan onang otang vaqt o'g'ling sen bilasan pichirlaysan indamay turishing mumkin indamay turish sen ularning ko'ziga qaramaysan sen sahnada - indamay turasan endi seni hamma eshitadi endi seni hech kim eshitmaydi sen indamaysan sen indamaysan onang otang vaqt o'g'ling sen bekor sahnaga chiqqaningni o'ylaysan sen o'ylaysan sen yig'lab yubormaslik uchun o'ylaysan yig'lashni nima keragi bor? onang otang vaqt o'g'ling yig'lashni nima keragi bor? onang otang vaqt o'g'ling sen qarab turasan sen bilan yana ko'rishamiz sen tushunmaysan o'shanda quyosh chiqib turgan bo'ladi qorning ochligi esingda yo'q havodan to'yib nafas olasan (yoshligingdan havo senga yetmasa ham) hammasi esingda qolmaydi hammasi esingda qolmaydi onang otang vaqt o'g'ling sen qadrlimisan? onang otang vaqt o'g'ling sen qadrlimisan? onang otang o'g'ling yig'lashni nima keragi bor? vaqt... 2024 @ahmadali_writer

*** bir-birimizdan xafa bo’lishga kim qo’yibdi endi? shuncha yil yashagan bo’lsak… @ahmadali_writer

*** yozib tushuntirolmayman senga, savollaringga indamay qarab turishim kerak, sen - meni eshityapsizmi? deysan, men "ha" deyman, ha, eshityapman. men senga tushuntirishim uchun savollaringga indamay qarab turishim kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** so'zlar kerak emas so'z kerak bo'lmasa yoziqlar ham kerak emas inson muhabbat vaqt va inson kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** men ancha ortda qolibman. qayerga ketgansan, bilmadim-u, men ancha ortda qolibman. inson shuncha ham o’tib ketadimi? buncha tezsan buncha oldindasan buncha… “faqat yo’qolib qolmasang bo’ldi” “faqat yo’qolib qolmasang bo’ldi endi” “xafaroqsan?” “xafaroq ko’rinasan?” “tundroqsan” “yolg’izroqsan?” “xato yozasan?” “faqat uxlayotganida baxtli bo’ladigan inson” “hammasi joyida” men ancha ortda qolibman. qayerga ketgansan, bilmadim-u, men ancha ortda qolibman. 2026 @ahmadali_writer

ijod - muhabbat uchun berilgan qaytim.

*** - men seni sevaman! - eshitmadim, balandroq ayt... - men seni sevaman! - iltimos, yana balandroq ayt. - men seni sevaman! - yana balandroq, baland ovozda ayt... - men seni sevaman! 2024 @ahmadali_writer

*** sen orzuchi bolasan insonlarni orzuingga qo’sha olasan insonlar uchun orzuing bor orzuingda insonlarga joy bor sen orzuchi bolasan sen - orzu yonma-yon, birga - naqadar baxtlisan! sen ularga ishonasan… o, naqadar baxtlisan, orzuingda insonlarga joy bor… 2026 @ahmadali_writer

*** yozmasa - o’lganga o’xshab qoladimi odam? yozmasa… salom bermasa, o’lganga o’xshab qoladimi odam? “ha, yaxshiman” demasa, yo’q bo’ladimi inson? “o’zing yaxshimisan?” deb qayta so’ramasa yo’q bo’ladimi inson? “ichki ohangim yo’qolmoqda” yozib-yozib turmasa yo’q bo’lib ketadimi inson? salom bermasa, odam-inson bo’ladimi inson? salom berib turmasa… “xabar yozmaysan” “xabar yozmayman” kim kimga yo’q bo’ldi? 2026 @ahmadali_writer

*** seni ko'rsam seni ko'rganimdan "xursand bo'laman". lekin ancha bo'ldi, xursand bo'lmaganimga. 2024 @ahmadali_writer

*** sen bor kunlarni o'ylayapman... o'sha kunlar ham - hozirgidek edimi? 2024 @ahmadali_writer