Ahmad Ali Dilmurod
Відкрити в Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
6 365
Підписники
+124 години
+1627 днів
-15 99630 днів
Архів дописів
6 365
***
kulgim kelganida
kulmaslikni o'rgandim
sen haqingda eshitsam -
shunday qilaman.
go'yo,
hech nima bo'lmagandek,
sendagi baxtsizlikmi?
sendagi baxtmi?
...
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
men seni qidiraman
sen esa meni topasan
men qoyil qolaman
lekin
kulmaslikni o'rgandim.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
"sen yo'qsan"
"so'nggi shirinligim qoldi"
"choy esa allaqachon tugagan"
men hayot haqida
shunday o'ylayman.
2024
@ahmadali_writer
6 365
Repost from •Dostoyevskiy 📚
Призи розіграшу
1000 зірок будe розподілено між 10 переможцями.
Дата завершення
6 365
***
nima keragi bor
bu narsalarni?
sen tushunmaysan.
indamaysan.
tag'in,
nima keragi bor
bu narsalarni?
sen tushunmaysan,
indamaysan.
men bilmayman,
sen ataylab qilasanmi,
men ham tushunmayman -
balki, shuning uchun
so'rayotirman,
nima keragi bor?
bir-birimizni tushunmaymiz.
bir-birini tushunmaganlar
ajraladimi?
biz qachon ajralamiz?
yana ajralamizmi?..
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
sen qora rangni qayerdan bilarding?
kichik bolaning
katta orzusi -
hamma narsa.
sen kichik bola bo'lmagansan.
sen yosh bo'lmagansan.
sen bola bo'lmagansan.
sen tug'ilmagansan.
sen bilmaysan.
tamom.
2024
@ahmadali_writer
6 365
menga bitta katta kanal kerak. telegram starsga sovrinli tanlov qilamiz. kanal undan, tanlov mendan. ikki kanal ishtirokchilari orasidan 50 ta odamga 100 tadan stars tanlov qilamiz. istovchilar bo’lsa kanalini taklif qilsin.
https://t.me/ahmadali_writer?direct
6 365
***
biror kun.
birorta inson.
bir diydor.
bir tabassum.
bir nigoh.
bir ortga qaytish.
ortga qaraging kelishi...
sen uni yaxshi ko'rasanmi?
ortga qaytmaysanmi?
2024
@ahmadali_writer
6 365
endi-endi bilib qolyapman. men yoshlar bilan gaplasholmayapman. bilmadim nimaga, xuddi gaplarimiz tog’dan-bog’dan kelyapti. o’zim tengilar yoki o’zim tengi atrofdagilar bilan muammo yo’q, aynan ikki minginchi yillar atrofida shunaqa bo’lyapti. demak, oramiz shunchalik o’zgarib ketibdi-da… umuman fikrimiz bir-biriga tushmayapti, hamfikr bo’lolmayapmiz. men baribir bu holatda o’zimni “aybdor” deb bilyapman, ha yana aytaman - men aybdorman. men “kattaman” deb ayta olmayman, men “katta yoshli” emasman, men falon vaqtda tug’ilgan, falon yildan falon yilgacha odamlar bilan gaplasha oladigan odamman, xolos. aybim shu. bundan keyin ham shu urf davom etsa kerak. bilmadim qolganlarda qanaqa. biz payti, masalan faqat ikkita jins bo’lgan, erkak va ayol. biz payti erkaklar ayollardan ustun bo’lgan, ha nima bo’lsa bo’lgandir, ammo biz payti kurashish bo’lgan, hamma kurashgan, hamma haqqini so’ragan, urgan, tepgan. kim xafa bo’lsa, demak xafa bo’lgan. kim xafa qilsa demak kuchli bo’lgan. ammo, hech kim hammaga hamma narsani aytib yurmagan. hamma o’zini odamiga borib aytgan, shu doirada hal qilingan. hal qilinmasa demak hal qilinmagan. hech kim hech narsa bilmay qolavergan… e, qisqasi, gapirsa gap ko’p, xullas men tushundim va endi shunday deyman, men yoshlarni tushunmayapman, men yoshlar bilan gaplasha olmayapman. uzr, men aybdorman.
6 365
***
onang
otang
vaqt
o'g'ling
sen baqirib chaqirmaysan,
sen baqir-chaqir qilmaysan,
sen baqirmaysan,
hijolat bo'lasan,
uyalasan
uyalasan
onang
otang
vaqt
o'g'ling
sen bilasan
pichirlaysan
indamay turishing mumkin
indamay turish
sen ularning ko'ziga qaramaysan
sen sahnada -
indamay turasan
endi seni hamma eshitadi
endi seni hech kim eshitmaydi
sen indamaysan
sen indamaysan
onang
otang
vaqt
o'g'ling
sen bekor sahnaga chiqqaningni o'ylaysan
sen o'ylaysan
sen yig'lab yubormaslik uchun o'ylaysan
yig'lashni nima keragi bor?
onang
otang
vaqt
o'g'ling
yig'lashni nima keragi bor?
onang
otang
vaqt
o'g'ling
sen qarab turasan
sen bilan yana ko'rishamiz
sen tushunmaysan
o'shanda quyosh chiqib turgan bo'ladi
qorning ochligi esingda yo'q
havodan to'yib nafas olasan
(yoshligingdan havo senga yetmasa ham)
hammasi esingda qolmaydi
hammasi esingda qolmaydi
onang
otang
vaqt
o'g'ling
sen qadrlimisan?
onang
otang
vaqt
o'g'ling
sen qadrlimisan?
onang
otang
o'g'ling
yig'lashni nima keragi bor?
vaqt...
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
bir-birimizdan
xafa bo’lishga
kim qo’yibdi endi?
shuncha yil
yashagan bo’lsak…
@ahmadali_writer
6 365
***
yozib tushuntirolmayman senga,
savollaringga indamay qarab turishim kerak,
sen -
meni eshityapsizmi?
deysan,
men "ha" deyman,
ha, eshityapman.
men senga tushuntirishim uchun
savollaringga indamay qarab turishim kerak.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
so'zlar kerak emas
so'z kerak bo'lmasa
yoziqlar ham kerak emas
inson
muhabbat
vaqt
va inson kerak.
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
men ancha ortda qolibman.
qayerga ketgansan, bilmadim-u,
men ancha ortda qolibman.
inson shuncha ham o’tib ketadimi?
buncha tezsan
buncha oldindasan
buncha…
“faqat yo’qolib qolmasang bo’ldi”
“faqat yo’qolib qolmasang bo’ldi endi”
“xafaroqsan?”
“xafaroq ko’rinasan?”
“tundroqsan”
“yolg’izroqsan?”
“xato yozasan?”
“faqat uxlayotganida baxtli bo’ladigan inson”
“hammasi joyida”
men ancha ortda qolibman.
qayerga ketgansan, bilmadim-u,
men ancha ortda qolibman.
2026
@ahmadali_writer
6 365
***
- men seni sevaman!
- eshitmadim, balandroq ayt...
- men seni sevaman!
- iltimos, yana balandroq ayt.
- men seni sevaman!
- yana balandroq, baland ovozda ayt...
- men seni sevaman!
2024
@ahmadali_writer
6 365
***
sen orzuchi bolasan
insonlarni orzuingga qo’sha olasan
insonlar uchun orzuing bor
orzuingda insonlarga joy bor
sen orzuchi bolasan
sen - orzu
yonma-yon,
birga -
naqadar baxtlisan!
sen ularga ishonasan…
o, naqadar baxtlisan,
orzuingda insonlarga joy bor…
2026
@ahmadali_writer
6 365
***
yozmasa -
o’lganga o’xshab qoladimi odam?
yozmasa…
salom bermasa,
o’lganga o’xshab qoladimi odam?
“ha, yaxshiman”
demasa,
yo’q bo’ladimi inson?
“o’zing yaxshimisan?” deb
qayta so’ramasa
yo’q bo’ladimi inson?
“ichki ohangim yo’qolmoqda”
yozib-yozib turmasa
yo’q bo’lib ketadimi inson?
salom bermasa,
odam-inson bo’ladimi inson?
salom berib turmasa…
“xabar yozmaysan”
“xabar yozmayman”
kim kimga yo’q bo’ldi?
2026
@ahmadali_writer
6 365
***
seni ko'rsam
seni ko'rganimdan
"xursand bo'laman".
lekin ancha bo'ldi,
xursand bo'lmaganimga.
2024
@ahmadali_writer
