uz
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
6 365
Obunachilar
+124 soatlar
+1627 kun
-15 99630 kun
Postlar arxiv
*** sen bor kunlarni o'ylayapman... o'sha kunlar ham - hozirgidek edimi? 2024 @ahmadali_writer

*** biz ko'p gaplashmasligimiz kerak gap senda emas gap menda gap senda emas men oxir-oqibat insonman gap senda emas men seni yaxshi ko'rib qolaman gap senda emas men onamni yaxshi ko'raman endi o'n uch yoshimda ketgan otamni yaxshi ko'raman endi onasi bilan qolgan o'g'limni yaxshi ko'raman endi gap senda emas gap menda men o'sha gapni yolg'on qila olmayman men yoziqlarimda nuqul savol beraman nima? qachon? qayerda? gap, hozir, senda emas. menda! biz ko'p gaplashmasligimiz kerak bo'lmasa, men seni yaxshi ko'rib qolaman... gap senda emas menda. 2024 @ahmadali_writer

*** sahifamdan o'chirib tashlasang ham - o'chirish tugmasi yuragimda ishlamaydi. 2024 @ahmadali_writer

*** ismingni berib turmaysanmi? biror daqiqaga biror soatga kunga ismingni berib turmaysanmi yonida tursam qo’l ushlab tursam isinib tursam ismingni berib turmaysanmi gapirmaydigan ismingni xohlamaydigan ismingni hech kimi yo’q ismingni ismingni berib turmaysanmi … … … ismingni berib turmaysanmi isinib tursam… 2026 @ahmadali_writer

*** yoshim o'tgani sari tushunib bormoqdaman. endi faqat tushunchalarim bilan yashaymanmi? 2024 @ahmadali_writer

*** uxlamay chiqsam? nima o’zgaradi? uxlab qolsamchi? nima o'zgaradi? sening isming bor, isming-isming isming-isming uxlamay chiqsam? nima o'zgaradi? uxlab chiqsamchi? yozib chiqsamchi? yozmay chiqsam? isming-isming, isming-isming, xato qilsam nima o'zgaradi? xato qilsam? isming-isming, isming-isming, nuqta qo'ysam nima o'zgaradi? qo'ymasamchi? isming-isming, isming-isming, soat o'n bo'lsa nima o'zgaradi? o'n bir bo'lsachi? chiziq bilan yozsam nima o'zgaradi? o'zgarsachi? chiziq-chiziq, chiziq-chiziq, oxirigacha o'qisang nima o'zgaradi? o'qimasangchi? seni sevib bo'lganman, o'zgaradigan narsa yo'q endi. nuqta-nuqta, nuqta-nuqta. 2026 @ahmadali_writer

*** nima xohlasam shuni qilaman! - deb qaror qildim o'zimga, keyin senga salom berdim. 2024 @ahmadali_writer

https://ahmadalidilmurod.uz saytni qayta ochib qo’ydim. telegram bilan bir xil ishlaydi. sayt 5 yilga olindi, mabodo topolmay qolsangiz sayt doim ishlab turadi.

*** do'stlarimni izlamay qo'ydim ularning qanday ekanini bilaman - men o'zimni bilmaymanmi? 2024 @ahmadali_writer

*** vaqt o'tib yoki sen afsuslanasan yoki men... ammo, bir-birimizga aytmaymiz bu haqda. 2024 @ahmadali_writer

*** men yo'qolib qolsam meni topa olmaysanmi? deding. nega bunday deganingni keyin tushundim. 2024 @ahmadali_writer

ulgurmay qolganlar bo’lsa yana ro’yxat qilamiz, kanal manzilingizni yuborishingiz mumkin. shartlarni qaytadan o’qib, so’ng yuboring. avval ishtirok etganlar bu safar ishtirok etmaydi. bu yangi ro’yxat.

*** muhabbat izlab kelding bu yerga chang ko'chada muhabbat nima qiladi? asfalt ko'rmagan ko'chada mudom, seni o'lim xavfi kutib turadigan ko'chada muhabbat izlab kelding muhabbat o'ldi-ku! amaking o'g'li yig'lab yetkazgan xabar buving muhabbat o'ldi-ku sen o'shanda yig'lamagan keyin tobutni ko'rib yig'lagan muhabbat... insonlar muhabbat o'lsa yig'lamaydimi? sen nega usiz qolding? nomini takrorlamaysanmi? insonlar har tong bir-biriga aytadi-ku axir, men senga muhabbatdaman deb. takrorning nimasi yomon? bo'lmasa, sen muhabbatsiz qoldim deb o'ylaysan - takrorlab turmasa izlamasa. axir, o'lmagan bo'lsa chang ko'chadan ham muhabbat topiladi-ku? ey, topiladi topiladi mudom, o'lim xavfi bor ko'chadan muhabbat topiladi faqat, u o'lmagan bo'lishi kerak tobutga solinmagan ko'milmagan amaking o'g'li yig'lab xabar yetkazmagan bo'lishi kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** bolasini yo'qotgan onadek nega turib qolding, nima yo'qotding sen ishonchingni yo'qotdingmi? topilmaydimi qaytib? 2024 @ahmadali_writer

2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati Hamma kanalga birdan ulanish uchun 👇 👇👇 https://t.me/addlist/FasOpHSHyw8zNjcy

2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati @ahmadali_writer - Ahmad Ali Dilmurod @chegarasiz_fikrlar - Chegarasiz fikrlar @rayhona_sk - Rayhona | BookBlog @yerning_yulduzi - Ko’ngilxonam @sezimlarim - Shohrux Davron Ergashev @sheriyART1 - She’riyART @konglim_hududi - Ko’nglim hududi @QonliBitiklarim - Bitiklarim @sengachalik - QM @Skeptitsizm - Pharmakon @eski_z - Einfach @xayol_chechaklari - Umida Abduhakimova @Sensiz_Dunyolarim - Seni Izlab @mavhumf - шабнам. 2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxati

*** og'riqlar - bitta yoziq. sen katta bo'lding, hozir yig'lashning vaqti emas, sen katta bo'lding bitta yoziq. birinchi marta yashamayapman-ku, birinchi marta eshitmayapman-ku, birinchi marta "menga ishoning" demayapsan-ku, sen birinchi marta aytayotgandirsan men buni ko'p eshitganman bilaman hammasini - bitta yoziq. sen, ular, anavilar bitta yoziq. tomog'imga tiqiladi bitta yoziq sen yig'lama sen yig'lama sen yig'lama bitta yoziq bitta yoziq. 2024 @ahmadali_writer

yana 8 ta joy qoldi

5 ta bir-biridan ajoyib kanal qo’shildi, shoshiling, yana 15 ta joy qoldi

2026-yil ijodiy/kitob yo‘nalishidagi Telegram kanallari ro‘yxatini tuzamiz. Qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, https://t.me/ahmadali_writer?direct manziliga kanalingiz nomi va havolasini yuboring. Qanday bo‘ladi? - Kanalingiz nomi va havolasini yuborasiz. - Yakuniy ro‘yxat tayyor bo‘lgach, uni o‘z kanalingizda e’lon qilasiz. Shartlar: - Kanal ijodiy yoki kitob yo‘nalishida bo‘lishi. - Kamida 100 nafar obunachiga ega bo‘lishi. - Kanal faol bo‘lishi, unda postlar mavjud bo‘lishi. - Ro‘yxat e’lon qilingach, uni kamida 1 oy davomida o‘chirib yubormaslik. Bu nima uchun? - O‘quvchilar uchun yangi ijodiy va kitob kanallarini topishga yordam beradigan ro‘yxat yaratish. - Kanal egalari uchun yangi obunachilar orttirish imkoniyati. Kamida 10 ta, ko‘pi bilan 20 ta kanal yig‘ilsa, ro‘yxatni tuzamiz.