ar
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 365
المشتركون
+124 ساعات
+1627 أيام
-15 99630 أيام
أرشيف المشاركات
*** endi xabar yozmaydi senga. sen ham unga xabar yozmaysan. xabarlaring yetib bormaydi. keyin "o'ylaysan" xabaring yetib bordi. hech nima! - hech nima... "hech nima" bukchayib ketayotgan yuzida biroz tabassumi bor yo'li yo'q odamni ko'rdingmi? uning xabari yo'q. uning gapi bor. 2024 @ahmadali_writer

*** senda qolsam maylimi? osmon-osmon ko'cha-ko'cha inson-inson senda qolsam maylimi? quyoshga chiqmasam... senda qolsam maylimi? ovoz-ovoz inson-inson ko'cha-ko'cha senda qolsam maylimi? men qaytib ko'rmaymanmi ularni? men ko'rmaymanmi ularni? men qaytmaymanmi ularni? senda qolsam maylimi? men so'rayotirman, men so'rayapman, men "sendan" so'rayapman... senda qolsam maylimi? yuragim bor surilsang, yuragim bor suyansang men baribir so'rayotirman senda qolsam maylimi? quyoshga chiqmasam... 2026 @ahmadali_writer

*** mening jimligim... mening jimligimni bilmasligingni xohlardim. men doim nimadir deyman-ku, axir! hazil qilishim mumkin, "ha, yo'g'e" deyishim mumkin, hech bo'lmasa qisqa gapirib qo'yishim mumkin. nega mening jimligimni sezmoqdasan? men qariyapmanmi? qariganlar kam gapiradimi? men yana senga jimman... "sen baqirib yuborma" men qo'rqaman, gap aytishdan qo'rqaman, endi nimadir deyishdan qo'rqaman, jimligimni sezishingdan qo'rqaman. qariganlar qo'rqoq bo'lib qoladimi? nega mendan gap olmoqchi bo'lasan, menda gap bor, menda gap bor, ammo, jimligim gapim yo'q ekanidan emas. men qariyapmanmi? 2024 @ahmadali_writer

*** oddiy odam oddiy odam oddiy odam esimdan chiqib ketsa kerak nimadan boshlashni bilmaysan esimdan chiqib ketsa kerak. sen endi kulmaysan g'am ham chekmaysan sen yo'lga qarab - insonlarga, qizlarga, yigitlarga, hayvonlarga, osmonga ketasan, esimdan chiqib ketsa kerak. sevgi o'zi nima? sen nimasan? oddiy savol, oddiy savol, oddiy savol, esimdan chiqib ketsa kerak. taassufki, esimdan chiqib ketsa kerak. darvoqe, esimdan chiqib ketsa kerak, jin ursin, afsuski, esimdan chiqib ketsa kerak. onam bormi meni? nega isyon qilaverasan? qachon? nima qachon? esimdan chiqib ketsa kerak. munosabatlarda aldama o'zing bilan o'zing gaplashma uzun narsa yozma esimdan chiqib ketsa kerak. qahva icha turib qahvadoshingni unutib qo'yma unga qarab tur unga qarab tur unga qarab tur esimdan chiqib ketsa kerak. meni kim sevadi? farq qani? bor bo'lgan farq? sen so'rayverma, sen jim qarab ket - yo'lga, hayvonlarga, esimdan chiqib ketsa kerak. men endi faqat yig'lasam kerak, sendagi hissiyot - mana-mana esimdan chiqmoqda bilmasam esimdan chiqib ketsa kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** kulgim kelganida kulmaslikni o'rgandim sen haqingda eshitsam - shunday qilaman. go'yo, hech nima bo'lmagandek, sendagi baxtsizlikmi? sendagi baxtmi? ... 2024 @ahmadali_writer

*** men seni qidiraman sen esa meni topasan men qoyil qolaman lekin kulmaslikni o'rgandim. 2024 @ahmadali_writer

*** "sen yo'qsan" "so'nggi shirinligim qoldi" "choy esa allaqachon tugagan" men hayot haqida shunday o'ylayman. 2024 @ahmadali_writer

Gift
telegram star1000

جوائز السحب

1000 نجوم سيتم توزيعها بين 10 فائزين.

تاريخ الانتهاء

*** nima keragi bor bu narsalarni? sen tushunmaysan. indamaysan. tag'in, nima keragi bor bu narsalarni? sen tushunmaysan, indamaysan. men bilmayman, sen ataylab qilasanmi, men ham tushunmayman - balki, shuning uchun so'rayotirman, nima keragi bor? bir-birimizni tushunmaymiz. bir-birini tushunmaganlar ajraladimi? biz qachon ajralamiz? yana ajralamizmi?.. 2024 @ahmadali_writer

*** sen qora rangni qayerdan bilarding? kichik bolaning katta orzusi - hamma narsa. sen kichik bola bo'lmagansan. sen yosh bo'lmagansan. sen bola bo'lmagansan. sen tug'ilmagansan. sen bilmaysan. tamom. 2024 @ahmadali_writer

menga bitta katta kanal kerak. telegram starsga sovrinli tanlov qilamiz. kanal undan, tanlov mendan. ikki kanal ishtirokchila
menga bitta katta kanal kerak. telegram starsga sovrinli tanlov qilamiz. kanal undan, tanlov mendan. ikki kanal ishtirokchilari orasidan 50 ta odamga 100 tadan stars tanlov qilamiz. istovchilar bo’lsa kanalini taklif qilsin. https://t.me/ahmadali_writer?direct

*** biror kun. birorta inson. bir diydor. bir tabassum. bir nigoh. bir ortga qaytish. ortga qaraging kelishi... sen uni yaxshi ko'rasanmi? ortga qaytmaysanmi? 2024 @ahmadali_writer

endi-endi bilib qolyapman. men yoshlar bilan gaplasholmayapman. bilmadim nimaga, xuddi gaplarimiz tog’dan-bog’dan kelyapti. o’zim tengilar yoki o’zim tengi atrofdagilar bilan muammo yo’q, aynan ikki minginchi yillar atrofida shunaqa bo’lyapti. demak, oramiz shunchalik o’zgarib ketibdi-da… umuman fikrimiz bir-biriga tushmayapti, hamfikr bo’lolmayapmiz. men baribir bu holatda o’zimni “aybdor” deb bilyapman, ha yana aytaman - men aybdorman. men “kattaman” deb ayta olmayman, men “katta yoshli” emasman, men falon vaqtda tug’ilgan, falon yildan falon yilgacha odamlar bilan gaplasha oladigan odamman, xolos. aybim shu. bundan keyin ham shu urf davom etsa kerak. bilmadim qolganlarda qanaqa. biz payti, masalan faqat ikkita jins bo’lgan, erkak va ayol. biz payti erkaklar ayollardan ustun bo’lgan, ha nima bo’lsa bo’lgandir, ammo biz payti kurashish bo’lgan, hamma kurashgan, hamma haqqini so’ragan, urgan, tepgan. kim xafa bo’lsa, demak xafa bo’lgan. kim xafa qilsa demak kuchli bo’lgan. ammo, hech kim hammaga hamma narsani aytib yurmagan. hamma o’zini odamiga borib aytgan, shu doirada hal qilingan. hal qilinmasa demak hal qilinmagan. hech kim hech narsa bilmay qolavergan… e, qisqasi, gapirsa gap ko’p, xullas men tushundim va endi shunday deyman, men yoshlarni tushunmayapman, men yoshlar bilan gaplasha olmayapman. uzr, men aybdorman.

*** onang otang vaqt o'g'ling sen baqirib chaqirmaysan, sen baqir-chaqir qilmaysan, sen baqirmaysan, hijolat bo'lasan, uyalasan uyalasan onang otang vaqt o'g'ling sen bilasan pichirlaysan indamay turishing mumkin indamay turish sen ularning ko'ziga qaramaysan sen sahnada - indamay turasan endi seni hamma eshitadi endi seni hech kim eshitmaydi sen indamaysan sen indamaysan onang otang vaqt o'g'ling sen bekor sahnaga chiqqaningni o'ylaysan sen o'ylaysan sen yig'lab yubormaslik uchun o'ylaysan yig'lashni nima keragi bor? onang otang vaqt o'g'ling yig'lashni nima keragi bor? onang otang vaqt o'g'ling sen qarab turasan sen bilan yana ko'rishamiz sen tushunmaysan o'shanda quyosh chiqib turgan bo'ladi qorning ochligi esingda yo'q havodan to'yib nafas olasan (yoshligingdan havo senga yetmasa ham) hammasi esingda qolmaydi hammasi esingda qolmaydi onang otang vaqt o'g'ling sen qadrlimisan? onang otang vaqt o'g'ling sen qadrlimisan? onang otang o'g'ling yig'lashni nima keragi bor? vaqt... 2024 @ahmadali_writer

*** bir-birimizdan xafa bo’lishga kim qo’yibdi endi? shuncha yil yashagan bo’lsak… @ahmadali_writer

*** yozib tushuntirolmayman senga, savollaringga indamay qarab turishim kerak, sen - meni eshityapsizmi? deysan, men "ha" deyman, ha, eshityapman. men senga tushuntirishim uchun savollaringga indamay qarab turishim kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** so'zlar kerak emas so'z kerak bo'lmasa yoziqlar ham kerak emas inson muhabbat vaqt va inson kerak. 2024 @ahmadali_writer

*** men ancha ortda qolibman. qayerga ketgansan, bilmadim-u, men ancha ortda qolibman. inson shuncha ham o’tib ketadimi? buncha tezsan buncha oldindasan buncha… “faqat yo’qolib qolmasang bo’ldi” “faqat yo’qolib qolmasang bo’ldi endi” “xafaroqsan?” “xafaroq ko’rinasan?” “tundroqsan” “yolg’izroqsan?” “xato yozasan?” “faqat uxlayotganida baxtli bo’ladigan inson” “hammasi joyida” men ancha ortda qolibman. qayerga ketgansan, bilmadim-u, men ancha ortda qolibman. 2026 @ahmadali_writer

ijod - muhabbat uchun berilgan qaytim.

*** - men seni sevaman! - eshitmadim, balandroq ayt... - men seni sevaman! - iltimos, yana balandroq ayt. - men seni sevaman! - yana balandroq, baland ovozda ayt... - men seni sevaman! 2024 @ahmadali_writer